8-Mavzu: baliq va baliq mahsulotlari reja


Download 387.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana22.12.2022
Hajmi387.26 Kb.
#1040938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-Ma\'ruza

Donador ikra. Yangi baliqni ikra saqlaydigan pardalari (yastiq) ajratib olinadi, 


yuviladi, yirik pardalar bir necha bо‘laklarga bо‘linadi va elakdan о‘tkaziladi. Ikra 
donalarini toza suv bilan yuviladi. Emallangan idishlarga solib tuzlanadi. Tuzlash 
uchun osh tuzini 3-5% li eritmasi tayyorlanib ustiga antiseptiklardan solinadi. 
Antiseptik sifatida urotropin va tripolifosfat ishlatiladi. Tuzlash 1-3 minut davom 
etadi. Tuzlash vaqti uzayib ketsa donador ikra yopishqoq bо‘lib qoladi. Ikra 
tuzlukdan ajratib banka yoki bochkaga qadoqlanadi. Bankalar 2-6 soat davomida 
saqlab qо‘yiladi va yig‘ilgan tuzluk quyib olinadi. Banka germetik yopiladi. 
Pasterilizatsiya qilinishi kerak bо‘lgan bankalarni 60 
0
C da 3-4 soat pasterizatsiya 
qilinadi. Tayyor mahsulot transport taralarga joylanadi.
Bankaga joylangan donador ikra, 1- va 2-navlar bilan savdoga chiqariladi. Oliy 
nav ikraga donalari yirik va о‘rtacha, bir xil baliqdan olingan, rang bо‘yicha bir turli, 
begona hidi va mazasi bо‘lmagan ikralar kiradi.
1-navga kattaligi turlicha bо‘lgan ikralar, namroq yoki quyuq konsistensiyali
biroz begona «о‘t» mazasi bо‘lgan ikra kiradi. 2-navga kо‘rsatilgan nuqsonlari 
kо‘proq ifodalangan ikra kiradi. osh tuzining miqdori hamma navlarida 3,5-5% 
gacha, antiseptiklar 0,2% gacha, kaliy 1 kg mahsulotga 200 mg dan oshmasligi kerak. 
Bochkani donador ikrani faqat maxsus buyurtma bilan tayyorlanadi. Sifati bо‘yicha 
oliy, 1- va 2-navlarga bо‘linadi.
Ezilgan ikra. Pardalaridan tozalangan ikra zichligi 1,19-1,20 bо‘lgan tuz eritmasi 
bilan 1-2 minut tuzlanib sо‘ng tuzlukdan ajratib olinadi va qopchalarga solib presslab 
tuzlukdan ajratishni oxiriga yetkaziladi. Ikrani emna bochkalarga yoki 2 kg gacha 
bо‘lgan bankalarga zich qilib qadoqlanadi. Ezilgan ikra oliy, 1- va 2-navlarga 
bо‘linadi.
Pardali ikra. Yetilmagan yoki yetilib о‘tib ketgan pardalar 15-20 sm qilib qirqib 
tayyorlanadi. Parda ikrasi bilan birga 5-8 minut davomida tо‘yingan tuzlukdan 
tuzlanadi. Tuzlukdan ajratib bochka yoki bankalarga qadoqlanadi.
Uzoq Sharq losos baliqlari ikrasi. Tayyorlanishiga qarab donador va pardali 
bо‘ladi. Losos ikrasi yirik, olovsimon qizg‘ish rangli bо‘ladi. Donador ikrani 
tayyorlash uchun pardalaridan ajratib olingan ikra donalarini tо‘yingan tuzlukda 
tuzlanadi. Tuzlangan ikraga antiseptiklardan urotropin va sorbin kislotasi qо‘shiladi. 


Ikra donalarini yopishib qolmasligi uchun 1 s tayyor ikraga 600 g rafinatsiya qilingan 
kungaboqar yoki imakkajо‘xori moyi va 15 g glitserin solinadi. Ikrani tunuka hamda 
shisha bankalarga hamda eman bochkalarga qadoqlanadi. Bu ikra 1- va 2-navlarga 
bо‘linadi.
1-navga bir nasl baliqdan olingan, toza, butun, rangi bо‘yicha bir tekis, donador, 
parda bо‘laklari bо‘lmagan, yoqimli hidli ikralar kiradi: osh tuzi 46% gacha bо‘ladi. 
2-nav ikrada rangi bir tekis bо‘lmasligi, bо‘sh ikralar, parda bо‘laklari bо‘lishi 
mumkin. Biroz achchiq va о‘tkir maza bо‘lishiga ruhsat etiladi. Tuzining miqdori 4-
7% gacha. Ikrani har ikki navida urotropin va sorbin kislotasining miqdori 0,1% dan 
oshmasligi kerak. Losos pardali ikrasi navlarga bо‘linmaydi. Ikrani turiga qarab-3-12 
0
C da havoni nisbiy namligi 70-90% da 6-12 oy saqlanadi.

Download 387.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling