8-Mavzu: baliq va baliq mahsulotlari reja
Baliq mahsulotlari sifatiga va saqlash sharoitlariga qо‘yiladigan talablar
Download 387.26 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quritilgan baliq
Baliq mahsulotlari sifatiga va saqlash sharoitlariga qо‘yiladigan talablar.
Kam tuzli seldlar suyuqligi bor bochkalarda-4-60 C gacha bо‘lgan haroratda 6 oy, sertuz 0-20 C gacha bо‘lgan haroratda 10 oy saqlanadi. Havoning nisbiy namligi 90% dan kam bо‘lmasligi kerak. Boshqa tur tuzlangan baliqlarni 1 oydan 8 oygacha saqlanadi. Quritilgan baliq-yarim fabrikat bо‘lib, ularni iste’mol qilishdan oldin pishirish kerak bо‘ladi. Yog‘li baliqni quritganda uni yog‘i oksidlanib sifati pasayib qoladi, shuning uchun quritishga yog‘siz baliq ishlatiladi. Quritishga treska, piksha, sayda, snetka, ukletka, koryushka, yersh, shuka, mintey baliqlari ishlatiladi. Baliqni quritish natijasida namligi kamayadi, buning natijasida pergamentlarni va mikroblarni faoliyati tо‘xtaydi, shuning uchun quritilgan baliqni kо‘p vaqt saqlash mumkin. Baliqni quritish sovuq, issiq va sublimatsion usullari mavjud. Sovuq quritishni tabiiy yoki sun’iy sharoitda 20-40 0 C haroratda olib boriladi. Issiq usulida baliqni pechda oldin 200 0 C ga yaqin haroratda, sо‘ngra 90-100 0 C da 3-4,5 soat quritiladi. Sublimatsion quritish tez muzlatilgan baliqni vakuum ostida (0,7-1,5 mm sim, ustuni-22 0 C dan yuqori bо‘lmagan haroratda) namlikni muz holatidan suyuq holatga о‘tmasdan bug‘ holatida uchirib yuborishga asoslangan. Sublimatsion usulda quritilgan baliqni mazasi, hidi, rangi, deyarli hamma vitaminlari, oqsillari, fermentlari о‘z holicha saqlanib qoladi. Quritilgan baliq ikki turga bо‘linadi: tuzsiz va tuzli quritilgan mahsulotlarga. Tuzsiz quritishda baliqni namligi 20% qolguncha quritiladi. Tayyor mahsulot rangi tiniq, yuzasi toza, zich konsistensiyasi uvoqlanmaydigan, yoqimli baliq hidi kelishi kerak. Tuzli quritish uchun baliq tuzlanadi va namligi 38% qolguncha quritiladi. Sifati bо‘yicha tuzli quritilgan mahsulotlar 1-va 2-navlarga bо‘linadi. Bunda yuzasiga, konsistensiyasiga, hidi, tuzini miqdoriga ahamiyat beriladi. Quritilgan baliq yog‘och va karton yashiklarga yoki karton korobkalarga joylanadi. Qurutilgan baliq quruq, shamollatiladigan omborxonalarda 8-9 oy, sublamatsion baliq 1-2 yil saqlanadi. Download 387.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling