8-Mavzu: baliq va baliq mahsulotlari reja
Download 387.26 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiq dudlash.
Dudlash konservalash usuli bо‘lib, tuzlangan baliqni tо‘liq yonmagan yog‘och
tutuni bilan yoki dudlash moddasi bilan ishlov berib amalga oshiriladi. Dudlangan baliq-mazali, ozuqaligi yuqori, spetsifik hidi, mazasi va rangga ega bо‘lgan, iste’mol qilishdan oldin pishirishni talab qilmaydigan, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri iste’mol qilishga tayyor mahsulot. Dudlash haroratiga qarab sovuq (40 0 C dan yuqori bо‘lmagan haroratda), issiq (80-170 0 C da) va yarim issiq (80 0 C dan yuqori bо‘lmagan haroratda) dudlash usullari mavjud. Sovuq dudlash-tuzlangan baliq ivitib ortiqcha tuzi ketkazilgandan sо‘ng kanop yoki sixlarga ilinib maxsus xonalarda 40 0 C dan 3-5 kun dudlanadi. Sovuq dudlangan baliq quruq, havo, harorat, tuz va tutun ta’sirida yetiladi va xomlik xususiyati yо‘qoladi. Dudlangan baliq zich, tarang konsistensiyali, xiyla о‘tkir shо‘rtang ta’mlik, dud hidli, usti quruq, toza, jigarrang bо‘ladi. Sovuq usulda kо‘proq vobla, leshch, sazan, ribets, chexon, usach, jerex, taran va boshqa baliqlar dudlanadi. Sovuq dudlangan baliq tarkibida suv 42-52%, tuz 5-105 bо‘ladi. Issiq dudlash. Baliq tozalanadi, tuzlanadi, suv bilan yuvib tuzi normallashtiriladi, maxsus dud xonalarda chala yondirilgan yog‘och tutuni ta’sirida 80-1700 S da 4 soat gacha vaqt ichida dudlanadi. Yuqori haroratda baliq gо‘shti о‘z suvida bug‘lanib pishadi va tayyor mahsulot sersuv, nafis, xiyla tutun ta’mli bо‘ladi. Issiq dudlangan baliq toza, butun, tangachalari tushmagan bir tekis tо‘q yaltiroq jigarrangli, gо‘shti sersuv, mayin, lazzatli bо‘lishi kerak. Tayо‘r mahsulot tarkibida tuzning miqdori 2,5-3% bо‘ladi. Dudlangan baliq nuqsonlariga tо‘liq dudlanmagan, yog‘i oqib ketishi va oqsil moddasi yuzasiga chiqib ketishi, quruq yoki uvoqlanadigan konsistensiyali bо‘lishi, yog‘ni oksidlanishi, terisini lat yeyishi kiradi. Dudlangan baliq yog‘och yashiklarga, metall konteynerlarga, tо‘kilgan savat va korobkalarga, karton yashiklarga massasini 1-30 kg gacha qilib qadoqlanadi. Tara mustahkam, quruq va toza bо‘lishi kerak. Dudlangan baliq, toza, quruq, nisbiy namligi 75-80% bо‘lgan, salqin, yaxshi shamollatiladigan, begona hidi bо‘lmagan xonada sovuq dudlangan baliq tovarlari (-5-0 0 C gacha haroratda) 60 kun, issiq dudlangan baliq (-2-10 0 C) 3 kun, yarim issiq dudlangan baliq (-3...-20 0 C) 10 kun saqlanadi. Saqlash muddatini uzaytirish uchun issiq dudlangan baliq tovarlarini-30 0 C da tez muzlatib-25-30 0 C da 1-3 oy saqlanadi. Ikra urg‘ochi baliqlarni tuxumi bо‘lib, u yuqori ozuqalik qimmatiga ega. Osetra va losos baliqlari ikrasi tarkibida oqsili-30%, oson hazm bо‘luvchi yog‘lar 10-13%, mineral moddalar 1,2-1,9%. Ikra letsetin, A, E, D, B guruh vitaminlarga, fosforga, temirga juda boy mahsulotdir. Lekin ikrani tarkibida xolestrin va osh tuzi (3-10%) kо‘p. Ikra olinadigan baliqlarni oilasiga qarab osetra, losos va boshqa baliqlar ikrasiga bо‘linadi. Download 387.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling