9-Mavzu: oziq-ovqat yog‘lari. Режа
Ozuqaviy yog‘lar va moylar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi
Download 93.94 Kb.
|
Oziq-ovqat yog‘lari.
Ozuqaviy yog‘lar va moylar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi
xom-ashyo, ularning mahsulot xossalari va ozuqaviy qimmatiga ta’siri. Kimyoviy reaksiyalar yo‘li bilan to‘yinmagan yog‘ kislotalari radikallariga vodorod biriktirish yo‘li bilan qattiq konsistensiyali holatga keltirilgan o‘simlik va hayvon yog‘lari gidrogenlangan yog‘lar yoki salomaslar deb ataladi. Salomaslarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari va konsistensiyasi tarkibidagi yog‘ kislotalari, boshlang‘ich moy va yog‘larning xossalari, gidrogenlanish sharoitlariga bog‘liq. Salomaslar margarin, iste’mol yog‘lari va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan yog‘larni ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Oziqaviy salomaslarni ishlab chiqarish uchun paxta, kungaboqar, soya, eryong‘oq, zig‘ir kabi o‘simlik moylaridan, dengiz hayvonlari va baliq yog‘laridan foydalaniladi. Gidrogenlanadigan yog‘ va moylar rafinirlangan bo‘lishi kerak. Yog‘ 200—250°C gacha qizdirilib, katalizator kiritiladi va bosim ostida vodorod purkaladi. Oldin yuqori moy kislotalarining qo‘shbog‘lari vodorod bilan to‘yinadi, keyin esa qo‘shbog‘lari kam bo‘lgan kislotalar va oxirida bir qo‘shbog‘i bo‘lgan olein kislotasi vodorod bilan to‘yinadi. Salomas belgilangan erish haroratiga etgach, gidrogenlash tugal-lanadi; mahsulot 120°C gacha sovitiladi, filtrpresslarda undan katalizator ajratib olinadi, 40°C ga sovitilib saklash idishlariga solinadi. Konsistensiyaning o‘zgarishi tufayli salomasning hidi va ta’mi oldingi mahsulotning hidi va ta’miga nisbatan o‘zgaradi. Oson eruvchi yaxshi dezodorasiyalangan salomas xushbo‘y hidli bo‘ladi. Fizik-kimyoviy xossalariga ko‘ra salomasning hazm bo‘lishini, plastikligi va qattiqligini erish harorati belgilaydi. qattiqligi 6x6x6 sm o‘lchamli yog‘ bo‘lagining 15°C da bir daqiqada kesuvchi simning 1 sm. ga tushadigan kuchlanish kattaligi (gG‘sm) orqali ifodalanadi. Download 93.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling