A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


“Zinama-zina” texnologiyasi


Download 366.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana08.03.2023
Hajmi366.69 Kb.
#1254381
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E

“Zinama-zina” texnologiyasi 
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot oʻquvchilarni oʻtilgan yoki 
oʻtilishi kerak boʻlgan mavzu boʻyicha yakka va kichik jamoa boʻlib fikrlash 
hamda xotirlash, oʻzlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, toʻplangan fikrlarni 
umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma koʻrinishida ifodalay olishga 
oʻrgatadi. Bu texnologiya oʻquvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki 
guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda oʻtkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Oʻquvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy 
fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va 
amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga oʻz fikri bilan ta’sir eta olishga, uni 
ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda 
egallagan bilimlarini qoʻllay olishga oʻrgatish.
Texnologiyaning qoʻllanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit boʻlsa), seminar, 
amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda 
oʻtkazish hamda nazorat darslarida qoʻllanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qoʻllaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan 
(mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik 
mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam) lar.


 
Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi:  
- oʻqituvchi oʻquvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik 
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta boʻlgani ma’qul);
- oʻquvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning oʻtkazilish tartibi bilan 
tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu 
yozuvi boʻlgan varaqlar tarqatiladi;
- oʻqituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular 
bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster 
yordamida qog‘ozdagi boʻsh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib 
yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
- guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni 
yozma (yoki rasm, yoki chizma) koʻrinishida ifoda etadilar. Bunda guruh 
a’zolari kichik mavzu boʻyicha imkon boricha toʻlaroq ma’lumot 
berishlari kerak boʻladi.
- Tarqatma materiallar toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot 
qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, 
albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
- Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, 
ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Izoh: oʻquv mashg‘ulotining bunday tashkil etilishi oʻquvchilarni mustaqil 
fikrlashga, oʻtilgan va oʻzlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma (yoki 
rasm, chizma koʻrinishida) bayon etishga, fikrlarni umumlashtirishga oʻrgatadi.

Download 366.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling