A avtomatlashtirish va modernizatsiyalash atamalariga ta’rif bering Автоматлаштириш


Industrial iqtisodiyot fanining boshqa fanlar bilan aloqasi «Industrial iqtisodiyot» fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas


Download 125.67 Kb.
bet16/45
Sana25.06.2023
Hajmi125.67 Kb.
#1654812
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
INDUSTRIAL

Industrial iqtisodiyot fanining boshqa fanlar bilan aloqasi «Industrial iqtisodiyot» fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchasbog‘langan. Ular jumlasiga «Ekonomiks», «Iqtisodiyot nazariyasi»,«Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Sta¬tistika», ayniqsa, «Iqtisodiystatistika», «Mehnat iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment»,
«Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya va kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik», «Innovasiya strategiyasi» «Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti» va boshqa birqator fanlar kiradi. «Industrial iqtisodiyot» fani «Korxona iqtisodiyoti» fani bilanchambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlari moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta'sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi.
Innovatsiya atamasiga ta’rif bering Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.

Iqtisodiy fanlar tizimi qanday turlarga bo’linadi. Iqtisodiy fan o’z ichiga bir butun fanlar tizimini oladi. Mazkur tizimda fanlar differenstiastiyasi (tabaqalanishi) va integrastiyasining uzluksiz jarayoni boradi, ilmiy muassasa va olimlarning ixtisoslashuvi ro’y beradi.Iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o’rinni barcha boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va metodologik asosi hisoblangan iqtisodiyot nazariyasi egallaydi. Bu fanlar iqtisodiyot nazariyasining xulosa va qoidalaridan iqtisodiyot va tarmoq muammolarini hal etishga tatbiqan foydalanadilar. O’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning natijalaridan foydalangan holda, iqtisodiyot nazariyasi nazariy xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va o’zining yanada rivojlanishi uchun zarur materiallarga ega bo’ladi.Hozirda iqtisodiy fanlarni to’rtta guruhga ajratish mumkin:1. Iqtisodiyot nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari: siyosiy iqtisodiyot, ekonomiks, umumiy (universal) iqtisodiyot nazariyasi.2. Umumiy iqtisodiy fanlar: jamiyat iqtisodiy rivojlanishi tarixi, iqtisodiy geografiya (yoki ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish), iqtisodiy statistika, shuningdek, integrastiyalashgan fanlar – boshqarish va tartibga solish nazariyasi, demografiya (nufus to’g’risidagi fan).3. Funkstional fanlar: mehnat iqtisodiyoti, prognozlashtirish, moliya, pul muomalasi, kredit, marketing.4. Tarmoq fanlari: sanoat, transporta, qurilish, aloqa, qishloq xo’jaligi va h.k. iqtisodiyoti. Shuningdek, bu fanlar qatoriga nisbatan yangi hisoblangan quyidagi fanlarni ham kiritish mumkin: ta’lim, maishiy xizmat ko’rsatish, turizm iqtisodiyoti va boshqal

Iqtisodiy samara va uni hisoblash usullari



Download 125.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling