A avtomatlashtirish va modernizatsiyalash atamalariga ta’rif bering Автоматлаштириш
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga ta’rif bering
Download 125.67 Kb.
|
INDUSTRIAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning omillari va yo’llari Ишлаб
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga ta’rif bering. Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (qarang Marketing). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlikni oshirishda texnik tadbirlarning roli Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi.Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash deganda nimalar tushuniladi?
Ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning omillari va yo’llari Ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишнинг жуда кўп, хилма-хил омиллари ва асосий йўналишлари мавжуд. Барча омиллар уч белгига асосан гуруҳларга бўлиниши мумкин: манба бўйича, ишлаб чиқаришни ривожлантириш ва такомиллаштиришнинг асосий йўналишлари бўйича, омилларнинг ўрни ва амалга ошириш даражаси бўйича. Омилларни ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш манбалари бўйича таснифлаш нималар ҳисобига ижтимоий меҳнатни тежашга эришиш мумкинлигини ёки эришилганлигини аниқлашга ёрдам беради. Шу нуқтаи назардан асосий омилларга қуйидагиларни киритиш мумкин: маҳсулотнинг меҳнат сиғими, материал сиғими, фонд сиғими ҳамда капитал маблағ талабликни камайтириш, табиий ресурслардан рационал фойдаланиш ва вақтни тежаш. Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy va qiyosiy samaradorligiIshlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib kеladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada kеskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan rеsurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi. Lеkin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kеlib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’еkt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan rеsurslar qiymatiga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni: Download 125.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling