Ishlab chiqarishning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligi. «Samaradorlik» so‘zi natija degan ma’noni berada. Korxonalar iqtisodiyotiga bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb etmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyaga ega.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
• Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
• Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;
• Material sarfming kamayishi;
• Fond samarasining oshishi.
Ishlab chiqarishning samaradorligi
Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‘ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‘rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin.
Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag‘batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoliyatining butun xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |