A avtomatlashtirish va modernizatsiyalash atamalariga ta’rif bering Автоматлаштириш


Download 125.67 Kb.
bet18/45
Sana25.06.2023
Hajmi125.67 Kb.
#1654812
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
INDUSTRIAL

,

bu yerda: R’ – foyda normasi;

IX – iqtisodiy rеsurs sarflari.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tеjash qonuni hisoblanadi. Vaqtni tеjash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi bilan jamiyat tomonidan hayotiy nе’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun. Vaqtni tеjash ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy rеsurslarini umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har qanday tеjam oxir-oqibatda vaqtni tеjashga borib taqaladi.

Vaqtni tеjash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan mеhnatni, ya’ni muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg’armasi hamda o’tgan davrlardagi ish vaqti sarflarining natijasini tеjashni o’z ichiga oladi. Vaqtni tеjash qonuni namoyon bo’lishining aniq shakli bo’lib quyidagilar maydonga tushadi:

mеhnat unumdorligining o’sishi;

mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;

ishlab chiqarish matеrial sig’imining pasayishi;

xo’jalik nisbatlarining optimallashuvi.
Ishlab chiqarishni kooperativlashtirishIshlab chiqarishni kooperatsiyalash — i.ch. ni tashkil qilish shakli, maʼlum bir mahsulotni hamkorlikda tayyorlash uchun korxonalar oʻrtasida maxsus i.ch. aloqalari. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari I.ch.k. rivojlanib boradi va u, birinchi navbatda, korxonalarning cheklangan turdagi mahsulot, mahsulot qismlarini i. ch.ga ixtisoslashuvida koʻrinadi. Bu jarayon korxonalar oʻrtasida raqobat kurashini x.am oshiradi.

I.ch.k. ixtisoslashtirish shakllaridan biri boʻlib, korxona va tarmoqlar oʻrtasidagi aloqalar ixtisoslashtirishning kengayishiga, yangi tarmoqlar vujudga kelishiga, eskilarning boʻlinib ketishiga sabab boʻladi (qarang Ishlab chitsarishni ixtisoslashtirish). Kooperatsiyalash xalq xoʻjaligida i.ch. imkoniyatlarini oshiruvchi vosita boʻlib, i.ch. quvvatlaridan yaxshiroq foydalanishga, i.ch. jarayonini tezlashtirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga imkon beradi, natijada mehnat unumdorligi oshadi. I. ch . k. agre-gatlar boʻyicha (predmetli) kooperatsiyalash (murakkab mahsulot ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga bir qator korxonalar shu mahsulotni tayyorlash uchun zarur boʻlgan qismlar, mas, motor, nasos, kompressor va b. lar yetkazib beradi), detallar boʻyicha kooperatsiyalash (bunda qator ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga detal va qismlar — podshipnik, porshen, gilza, silindr, reduktor va b. yetkazib beradi); texnologik (bosqichli) kooperatsiyalash (bir korxona ikkinchisi uchun alohida tex-nologik jarayonlar va ishlarni ba-jarib beradi) kabi koʻrinishlari bor.

Hududiy jihatdan kooperatsiyalashning mahalliy (shu xududning oʻzidagi i.ch. korxonalari oʻrtasidagi aloqa) va mintaqaviy (bir necha hududlardagi i.ch. korxonalari oʻrtasidagi aloka) shakllari bor. Kooperatsi-yalashgan aloqalar vaqt jihatidan d o -i m i i (bunda korxonalar i.ch. harakteriga koʻra, oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yaʼni muayyan mahsulotning bir qismi birinchi korxonada tayyorlansa, boshqa qismi ikkinchi korxonada tayyorlanadi) yoki vaqtinchalik (bunda korxonalar bir-biri bilan ehtiyojga koʻra, vaqtincha bogʻlanadi) boʻlishi mumkin. Kooperatsiyalashgan aloqadagi korxonalar soni va tayyor mahsulot tannarxida kooperatsiya orqali yetkazilgan de-tallar, uzellarning salmogʻi I.ch.k. da-rajasi koʻrsatkichlari hisoblanadi. I.ch.ni ixtisoslashtirish rivojlangan sari kooperatsiyalashgan aloqalar ham rivojlanib boradi. Bu jarayon avtomo-bilsozlik, traktorsozlik, aviasozlik kabi sohalarda yaqqol koʻrinadi. Mac, dunyoga mashhur "Toyota" avtomobil kompaniyasi minglab kichik va oʻrta kompaniyalar bilan kooperatsiyalashgan holda hamkorlik qiladi.

Oʻzbekistonda I.ch.k. mashinasozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materiallari kabi sanoat tarmoklarida, q.x. da yaxshi rivojlangan. Mac, paxta teradigan mashinalar, traktorlar, samolyotlar, oziq-ovqat i.ch. da koʻplab mustaqil korxonalar oʻzaro kooperatsiya aloqalariga ega.[1]



Download 125.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling