A k a d e m I y a kriminalistik taktika


-§. Ushlashning natijalarini qayd etish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Krim-taktika


 
4-§. Ushlashning natijalarini qayd etish 
 
Gumon  qilinuvchi  ichki  ishlar  organiga  olib  kelinganidan  so‘ng 
ushlash  bayonnomasi  tuziladi.  Unda  quyidagilar  ko‘rsatilishi  shart: 
ushlash asoslari, motivlari, ushlash kuni va soati, yili va oyi, ushlash joyi 
va shaxsiy tintuv qilinganligi haqida bayonnoma. 
Ushlash  bayonnomasi,  odatda,  blaknkada,  uchta  nusxada  tuziladi. 
Nusxalardan biri jinoiy ishga qo‘shib qo‘yiladi va bayonnoma uni tuzgan 
shaxs, ushlangan shaxs tomonidan imzolanadi. Shaxsning ushlanganligi 
haqida  yigirma  to‘rt  soat  ichida  tergovchi  va  surishtiruv  organi 
prokurorni  yozma  ravishda  xabardor  qilishi  shart.  Ushlash  o‘tkazilgani 
haqida  xabarnoma  olgan  paytdan  boshlab  qirq  sakkiz  soat  vaqt  ichida 
prokuror  ushlangan  shaxsni  qamoqqa  olishga  sanksiya  olish  haqida 
sudga iltimosnoma kiritadi yoki uni ozod qilishi shart.  
Ushlash sabablari va asoslari yetarli darajada aniq keltirilishi shart. 
Bayonnomada  ushlangan  shaxsga  himoyachidan  foydalanish  huquqi  va 
bunday  ishtirokning  protsessual  tartibi  tushuntirib  beriladi. 
Bayonnomada  ushlash  jarayonining  holatlari  (qarshilik  ko‘rsatganligi, 
shaxsiy tintuv vaqtida olingan qurol, narkotik modda va boshqa shaxsiy 
buyumlari,  kiyimlari,  agarda  tan  jarohatlari  mavjud  bo‘lsa,  ular)  aks 

 
166 
etishi  lozim.  Shaxsni  ushlash  jarayonida  uni  ushlagan  ichki  ishlar 
idoralari  xodimlari  yuqorida  ko‘rsatilgan  ma’lumotlarni  o‘z 
bildirgilarida,  tushuntirish  xatlarida  aks  ettiradilar  va  ularning  o‘zlari 
ham guvoh sifatida so‘roq qilinadilar. 
Ushlash  natijalarini  qayd  qilish  quyidagilar  yordamida  amalga 
oshiriladi: 
– ushlash bayonnomasini tuzish;  
– foto yoki kinotasvir yoxud videoyozuvlardan foydalanish. 
Bayonnoma  O‘zbekiston  Respublikasi  JPKning  225-moddasi 
talablariga javob berishi kerak, ya’ni: 
–  bayonnomaning  kirish  qismida  umumiy  rekvizitlardan  tashqari 
ushlash asoslari va sabablari ko‘rsatiladi;  
–  bayonnomaning  tavsiflash  qismida  ushlashning  borishi  va 
ushlangan shaxsning harakatlari to‘liq bayon etiladi; 
–  bayonnomaning  xulosa  qismida  ushlashning  natijalari,  ushlash 
vaqtida  olib  qo‘yilgan  buyumlar  va  ushlangan  shaxs  qayerga  olib 
borilishi aks ettiriladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
167 
 
 
X bob. TINTUV VA OLIB QUYISH TAKTIKASI 
 
1-§. «Tintuv» tushunchasi, uning turlari va tintuvga 
 tayyorgarlik ko‘rish 
 
Tintuv  –  shaxsni,  xonalarni,  tintuv  qilinayotgan  shaxs  va  uning  oila 
a’zolari  yoki  tashkilot  ixtiyorida  bo‘lgan  xona  va  turar  joylarni,  ochiq 
joylarni  majburiy  tekshirish.  Tintuv  o‘tkazishning  maqsadi  jinoyatdan 
qolgan  qurollar,  predmetlar,  jinoyat  yo‘li  bilan  topilgan  qimmatbaho 
narsalar,  ish  bo‘yicha  ahamiyatga  ega  boshqa  predmet  va  hujjatlar, 
shuningdek,  qidiruvda  bo‘lgan  shaxslar,  jasadlar  yoki  uning  qismlarini, 
garovga  olingan  va  olib  qochilgan  shaxsni  topishdan  iboratdir.  Bundan 
tashqari, ishga taalluqli bo‘lmagan, lekin jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyat 
sodir  etilganligi  to‘g‘risida  guvohlantiruvchi  obyektlarni  olib  qo‘yish  va 
fuqarolik  almashuvida  cheklangan  hamda  maxsus  ruxsatnomalar  asosida 
ishlatiladigan  predmetlar  olinadi.  Bunday  predmetlarga  o‘q  otar  qurollar, 
o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, pornografiya nashrlari, giyohvandlik vosi-
talari,  O‘zbekiston  Respublikasining  manfaatlariga  qarshi  yozilgan  ada-
biyotlar,  oltin  va  qimmatbaho  toshlar,  xorijiy  valuta,  spirtli  ichimliklar  va 
ularni yasama usulda ishlab chiqaradigan uskunalar kiradi. 
Tintuvning  qonunchilik  kafolatlariga  egaligi  quyidagilar  bilan 
ta’riflanadi: 1) tintuvning asosligi, uni o‘tkazish uchun tegishli dalillarning 
mavjudligi yoki tezkor-qidiruv choralarini o‘tkazishda qo‘lga kiritilgan va 
tegishli shaxsda ishga taalluqli obyektlar borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
asos bo‘lishi; 2) tintuvni kriminalistika tavsiyalari va ma’naviyat talablariga 
asosan to‘liq va aniq ravishda o‘tkazish; 3) tintuv jarayonini va natijalarini 
protsessual va taktik jihatdan to‘g‘ri qayd qilish va olinadigan obyektlarni 
bayonnomada to‘g‘ri tavsif etish. 
Tintuvni  jinoyat-protsessi  qonuniga  to‘g‘ri  o‘tkazish  asosi  sifatida 
JPKning  159,  161-moddasiga  binoan  tergovchi  yoki  surishtiruv  organi 
tomonidan chiqarilgan va prokuror tomonidan rozilik berilgan qaror xizmat 
qiladi.  Ba’zi  hollarda  esa  shaxsiy  tintuv  JPKning  162-moddasiga  binoan 
ushlab olish fakti bo‘yicha o‘tkaziladi. Tintuv kechiktirib bo‘lmaydigan 
tergov harakati bo‘lib, prokurorning roziligisiz ham o‘tkazilishi mumkin, 
ammo bu to‘g‘rida 24 soat ichida prokurorga xabar berish zarur bo‘ladi. 
Odatda  kechiktirib  bo‘lmas  tergov  harakatlari  jinoyatni  bartaraf  etish, 
jinoyatchini ushlab olish, jinoyat izlarini “issig‘ida” topish, o‘g‘irlangan 

 
168 
mulk va qimmatbaho narsalar yo‘q qilinishining oldini olish maqsadida 
zudlik bilan olib boriladi. 
Tintuv  va  olib  qo‘yishni  o‘tkazish  jarayonida  tergovchi  shaxsiy 
hayotga aloqador muhitga kiradi, shu bois, uning qonunga hamda ma’na-
viy talablarga rioya qilishi talab etiladi. Xolislar yoki jamoat vakillariga 
shaxsiy  tintuv  o‘tkazish,  jinoyatchiga  tegishli  hujjatlar  va  narsalarni 
mustaqil  qidirish  to‘g‘risida  topshiriq  berish  man  etiladi.  Ma’naviyat 
talablariga  binoan,  tintuv  qilinayotgan  shaxsning  shaxsiy  hayotiga 
aloqador  mulkni  va  shu  to‘g‘ridagi  ma’lumotlarni  sir  saqlash,  ovoza 
qilmaslik  tavsiya  etiladi.  Agar  shaxsiy  maktublarning  mazmuni  ishga 
bevosita aloqador bo‘lmasa, ularni xolislarga namoyish etish  maqsadga 
muvofiq bo‘lmaydi. Tintuv yosh bolalarga ma’naviy jarohat yetkazishini 
hisobga olib, ularni tintuv qilish joyidan boshqa joyga jo‘natish va tintuv 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ovoza qilmaslik choralarini belgilash lozim. 
Tintuvning  natijalari  unga  tayyorgarlik  ko‘rish  harakatlari  bilan 
bog‘liq va bir qator choralarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich – tintuvga 
tayyorgarlik quyidagilarni talab qiladi: tintuv o‘tkaziladigan joy va tintuv 
qilinadigan  shaxs  to‘g‘risida,  uning  hayot  tarzi,  aloqalari,  avtomashinaga 
egaligi,  turar  joylari  haqidagi  ma’lumotlar,  binolarning  necha  qavatga 
egaligi, signalizasiyaning borligi va boshqa ma’lumotlar o‘rganiladi hamda 
yig‘ib  tahlil  etiladi.  Agar  tintuv  ochiq  joyda  o‘tkaziladigan  bo‘lsa,  unga 
tayyorgarlik  ko‘rish  vaqtida  joyning  ta’rifi,  tevarak-atrofda  binolar  va 
o‘simliklarning borligi, tintuv qilinadagan obyektning qanday joylashgan-
ligi, tuproq qatlamining xususiyatlari aniqlanishi kerak. 
Bundan tashqari, oriyentirlash maqsadlarida qidiriladigan predmet-
lar va hujjatlarning ta’rifi, ularning shakli, hajmi, soni hamda o‘ziga xos 
belgilari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. 
Tintuvni o‘tkazish vaqti tintuv qilinadigan shaxsga, uning faoliyat 
rejasiga qarab va shunga bog‘langan ma’lumotlarga asosan tanlanadi. 
Qidiruv  harakatlari  uchun  eng  qulay  vaqtni  tanlash  ham  juda 
muhim. Bu ko‘pincha ertalabki soatlarga to‘g‘ri keladi. Agar kechiktirib 
bo‘lmas  holat  yuzaga  kelsa,  tintuv  har  qanday  soatda  o‘tkazilishi 
mumkin.  Umumiy  odatga  ko‘ra,  agar  zarurat  paydo  bo‘lsa,  tintuv  shu 
zahotiyoq o‘tkazilishi lozim. 
Tintuvga  tayyorgarlik  ko‘rganda  tergov-tezkor  guruhining  tarkibi 
to‘g‘risidagi masala hal etilib, tintuv a’zolari o‘rtasida tegishli vazifalar 
taqsimlanadi.  Tintuv  qatnashchilari  tarkibi  va  miqdori  qidiruv 
harakatlarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tintuvda  ishtirok  qiluvchi  mutaxassislar  –  kriminalistik  bo‘lim-
larning  xodimlari  obyektlarni  mutaxassislik  jihatidan  tekshirilishi  va 

 
169 
qidiruv  ishlarining  texnik  tomondan  ta’minlanishi  uchun  chaqirtiriladi. 
Mutaxassislar  sifatida  santexnik,  zargar  hamda  boshqa  sohalarning 
egalari ham jalb etilishi mumkin.  
Ichki  ishlar  idoralari  xodimlari  ham  qidiruv  ishlariga,  ham  tintuv 
o‘tkazilayotgan odamning xatti-harakatlari ketidan kuzatish, uni shaxsiy 
tintuv qilish, tintuv joyini muhofaza etishga jalb etiladi. 
Tergov-tezkor guruhini texnik vositalar bilan jihozlash to‘g‘risidagi 
masala ham yechiladi. Bu texnik vositalarga tergov chamadoni, yoritish 
uskunalari,  akkumulator  batareyalari  kabilar  kiradi  va  quyidagi  qidiruv 
vositalari ham olinadi: 

  qidiriladigan  joyga  mexanik  ta’sir  etish  uchun  qo‘llaniladigan 
texnik vositalar (har xil nayzalar, ilmoqlar); 

  doimiy  magnit  maydoni  (metall  qidiruvchi)  xususiyatiga  ega 
asboblar; 

  elektromagnit  maydoni  xususiyatiga  ega  (elektron  metall 
qidiruvchilar) asbob-uskunalar; 

 spektrning ko‘rinmas qismini ishlatish xususiyatiga ega uskunalar 
(rentgen  uskunalari,  elektro-optik  o‘zgartirgichlar  EOP,  ultrabinafsha 
yoritgichlar); 

 kimyoviy asbob-qidiruvchilar (jasad qidiruvchilar). 
Ko‘rsatilgan  asboblar  devorlarning,  mebellarning  ichida  bo‘lgan 
obyektlarni, yerga ko‘milgan qimmatbaho narsalar, jasadlar va ularning 
qismlarini  topishda  hamda  devordagi  gulqog‘ozlarni  qaytadan  yirtib 
tiklanganini,  qon  va  spermalarni  topishda,  predmetlarning  ichini 
yoritishda ishlatiladi. Ba’zi hollarda ko‘rsatilgan harakat davrida kinolog 
bilan  xizmat  itini  ham  tintuvga  jalb  qilish  lozim,  chunki  xizmat  iti 
giyohvandlik vositalarini topishda va ichki ishlar idoralari xodimlarining 
xavfsizligini ta’minlashda yordam beradi. 
Shunday qilib, tintuvga tayyorgarlik ko‘rish quyidagilardan iborat: 
1)  jinoyat ishi materiallari bilan tanishish; 
2)  tintuv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish
3)  tintuv  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  chiqarish  va  uni  amalga 
oshirish uchun prokurordan rozilik olish; 
4)  yo‘naltiruvchi ta’rifga ega axborotni to‘plash va uni tahlil etish, 
ya’ni qidiriladigan predmetlar to‘g‘risidagi axborotni o‘rganish; 
5)  tintuv rejasini tuzish. Bunda: 

 tintuvda ishtirok etuvchi shaxslarning doirasini belgilash va ular 
orasida vazifalarni taqsimlash

 tintuv o‘tkazish vaqtini va ketma-ketligini belgilash

 
170 

  texnik  vositalarni  tanlash  va  tayyorlash, shuningdek, olinadigan 
predmetlarni o‘rash uchun vositalar tayyorlash; 

  tintuvni  o‘tkazish  uchun  xavfsizlik  choralarini  ko‘rish  hamda 
tintuv  qilinadigan  shaxsning  boshqa  shaxslar  bilan  aloqa  qilmasligini 
ta’minlash; 

  tintuv  qilinadigan  joyga  kirish  uslubini  ishlab  chiqish  va  agar 
jinoyatchi  qurollangan  bo‘lsa,  uni  qurolsizlantirish  choralarini  ishlab 
chiqish; 

 kinolog bilan xizmat itini tintuvga jalb qilish to‘g‘risidagi savolni 
yechish; 

 aloqa qilish va transport vositalarini tanlash. 
  Tintuv, obyektiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1)  shaxsiy tintuv; 
2)  xonalarni tintuv qilish
3)  ochiq joylarni tintuv qilish; 
4)  transport vositalarini tintuv qilish. 
Tintuv ketma-ketligi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: 
1)  Dastlabki (boshlang‘ich) tintuv; 
2)  Qayta tintuv. 
Tintuv o‘tkazish vaqti bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1)  bir necha joyda bir vaqtda tintuv o‘tkazish; 
2)  har xil vaqtlarda tintuv o‘tkazish. 
Dastlabki  tintuv  jinoyat  ishi  bo‘yicha  ilk  bor  o‘tkazilsa,  qayta  tintuv 
tegishli  obyekt  topilmagani  yoki  dastlabki  tintuv  natijali  bo‘lmaganligi 
sababli o‘tkazilishi mumkin. Shuning uchun tintuv o‘tkazganda tergovchi 
tintuv  joyida  bo‘lgan  va  jinoyatchi  tomonidan  yashirilgan  obyektlarni 
imkoni boricha aniqlab, olib qo‘yishi kerak. 
Jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatga oid ishlar yuzasidan 
bir  necha  joyda  bir  vaqtda  tintuv  o‘tkazish  guruh  a’zolarining  bir-birlari 
bilan  aloqa  bog‘lamay  turib,  ularning  turar  joylarida  jinoyat  ishi  bo‘yicha 
daliliy  ahamiyatga  ega  subyektlarning  topilishiga  yordam  beradi  hamda 
ishning holati qanday vaziyatda bo‘lganligini aniqlashlariga to‘sqinlik qiladi. 
Har xil vaqtlarda o‘tkazilgan tintuv bunday imkoniyatlardan istisnodir. 
 
2-§. Tintuv bosqichlari, ularni o‘tkazishning 
taktik xususiyatlari 
 
Tintuv  o‘tkazish  jarayoni  kriminalistik  taktika  nuqtai  nazaridan 
dastlabki, ishchi va yakunlovchi bosqichlardan iborat bo‘ladi. 

 
171 
Tintuvning  dastlabki  bosqichi  tergov-tezkor  guruhning  tintuv 
qilinadigan  obyektga  kirib  kelishi  va  tintuvdan  oldin  o‘tkaziladigan 
choralarning amalga oshirilishidan iboratdir. Har bir jinoyat ishi bo‘yicha 
o‘tkaziladigan  tintuvdan  oldin  mazkur  joyning  xususiyatlari,  tintuv 
qilinadigan  shaxsning  ta’rifi,  uning  hayot  tarzini  inobatga  olib,  tintuv 
o‘tkaziladigan  joyga  qanday  kirishning  eng  samarali  yo‘llaridan  biri 
tanlab  olinadi.  Tergov-tezkor  guruhi  tintuv  joyiga  tintuv  qilinadigan 
odamga  bildirmasdan  yetib  kelishi  kerak.  Zarurat  tug‘ilsa,  turar  joyga 
kirish  yo‘laklarida,  uning  qarama-qarshi  tomonlarida  deraza  va  eshik 
oldida  kuzatuvchilar  tayinlanadi.  Tergovchining  mahalla  fuqarolar 
yig‘ini  raisi  yoki  vakili  bilan  tintuv  qilish  joyiga  birgalikda  borishi 
maqsadga  muvofiqdir, chunki bunday hol tintuv o‘tkaziladigan joyning 
egasida hech qanday shubha tug‘dirmaydi. 
Alohida  vaziyatlarda  tintuv  qilinadigan  joyga  kirish  o‘sha  joydan 
biror-bir kimsaning ko‘chaga chiqish vaqtida amalga oshirilishi mumkin 
va  bu  juda  qulay  vaziyatlardan  biri  bo‘ladi.  Xonaga  tergov-tezkor 
guruhining  barcha  a’zolari  xolislar  bilan  birgalikda  bir  vaqtda  kirishi 
kerak.  Agar  tergovchi  jinoyatchida  qurol  borligi  va  u  tergov-tezkor 
guruhiga  nisbatan  kuch  ishlatishi  xavfi  borligi  haqida  ma’lum  qilsa,  u 
holda  tegishli  tezkor  kombinatsiyalar  o‘tkazilib,  xavfsizlik  choralari 
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Qurollangan  jinoyatchining  xonasiga  kirganda  avvalo  uni  shaxsiy 
tintuv qilib, qurolini olib qo‘yish, ya’ni qurolsizlantirish choralari ko‘riladi, 
aks holda jinoyatchi qurol ishlatishi mumkin. 
Xonaga  kirgach  va  xavfsizlik  choralarini  o‘tkazgandan  so‘ng  ter-
govchi  o‘zini  tanishtirib,  guvohnomasini  tintuv  qilinayotgan  joyning 
egasiga  ko‘rsatadi  hamda  tintuv  qilish  qarorini  o‘qib  eshittiradi.  Tintuv 
qilinadigan  shaxs  ushbu  qaror  bilan  tanishib  chiqqanligi  to‘g‘risida  unga 
imzo  chekishi  kerak.  Unga  tintuvning  maqsadi  oshkor  etiladi  va  sodir 
etilgan  jinoyatga  aloqador  barcha  jinoyat  qurollarini,  jinoyat  natijasida 
qo‘lga kiritilgan predmetlar va qimmatbaho narsalarni hamda ish bo‘yicha 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa predmet va hujjatlarni taqdim etishni talab 
qilishi lozim. 
Agar  talab  etilgan  predmetlar  ixtiyoriy  ravishda  berilgan  bo‘lsa  va 
ularni  yashirish  ehtimoli  bo‘lmasa,  tergovchi  tintuv  qilmasdan  berilgan 
obyektlar bilan cheklanishi mumkin hamda qidiruv ishlarini olib bormaydi. 
Tergovchiga obyektlarni ixtiyoriy taqdim etish tintuv o‘tkazilishiga to‘sqin-
lik  qilmaydi.  Tintuv  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  masala  muayyan  vaziyatga 
qarab hal etiladi. 

 
172 
Tintuv  xonasida  bor  bo‘lgan  va  ushbu  xonaga  kirib  kelayotgan 
shaxslar  bu  xonani  tergovchining  ruxsatisiz  tark  etishlari  man  etiladi. 
Bundan tashqari, tintuv vaqtida ular bir-birlari bilan muloqot qilmasliklari 
va tintuv tugamaguncha tintuv qilinayotgan xonadan hech qayerga chiqib 
ketmasliklari  to‘g‘risida  ogohlantiriladilar.  Agar  zarurat  bo‘lib  qolsa, 
xonada bo‘lgan barcha notanish shaxslar shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi. 
Ishchi  bosqich  xonani  yoki  ochiq  joylarni  dastlabki  tekshirishdan 
boshlanadi  va  tergovchi  tintuv  o‘tkaziladigan  barcha  joylarni  aylanib 
chiqadi. Umumiy tekshirish jarayoni  bo‘yicha  tintuv  rejasi  tuziladi  (ba’zi 
bir  vaziyatlarda  qidiruv  ishlarining  xomaki  sxemasini  tuzish,  texnikani 
ishlatish  to‘g‘risidagi  masalani  yechish  va  qidiruv  guruhining  har  bir 
a’zosiga muayyan topshiriqlarni berish mumkin). 
Tergovchi  qidiruv  ishlari  ustidan  umumiy  rahbarlik  qiladi  va  tintuv 
jarayonining qanday borishi yuzasidan nazorat yuritishi yoki o‘zi bevosita 
yashirilgan  obyektlarni  topish  uchun  qidiruv  ishlarida  ishtirok  etishi 
mumkin. 
Tintuv natijali bo‘lishining shartlaridan biri uning aniq reja asosida 
o‘tkazilishi, bir tizimda olib borilishi va tekshirish ishlarining sinchkov 
bo‘lishidadir. 
Xonada  (xona,  uyning  tomida,  yordamchi  xo‘jalik  xonalarida),  shu-
ningdek,  chegaralangan  hovlida  tintuvni  ketma-ketlik  asosida  o‘tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Tergovchi soat yo‘nalishi bo‘ylab yoki qarama-qarshi 
yo‘nalishda  yurib,  mavjud  barcha  predmetlarni  (devorlarda  osilgan 
predmetlar hamda devorlarning o‘ziga ahamiyat berib) tekshiradi. Shundan 
so‘ng xona, hovli markazidagi obyektlar tekshiriladi. 
Odatda, har bir obyektni tekshirish bundan avvalgi obyektni batafsil 
tekshirmasdan  boshlanmaydi.  Bu  usul  izlanadigan  predmetlarni  tanlab 
qidirish  va  metall  qidiruvchi  yoki  o‘zi  bilan  olib  yuriladigan  rentgen 
uskunasi vositasida ularni topishni inkor etmaydi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  JPKning  161-moddasiga  binoan,  tintuv 
obyektlariga  zaruriyatsiz  zarar  yetkazish,  ularni  bekorga  shikastlantirish 
man  etiladi.  Tintuv  o‘tkazganda  obyektlarni  buzmasdan  harakat  qilish 
darkor,  ammo  zarurat  bo‘lsa,  bunday  harakatlar  majburiy  bajariladi. 
Shuning  uchun  tintuv  qilinadigan  shaxs  tergovchiga  qanchalik  yordam 
bersa,  unga  tegishli  predmetlar  shunchalik  buzilmasdan  qoladi.  Tintuv 
paytida  tintuv  qilinayotgan  shaxslarning  ketidan  kuzatib,  ularning  xatti-
harakatlarini  nazorat  qilib  borish  zarur.  Ularning  ruhiy  holati  yashirilgan 
predmetlarning  qayerda  joylashganligini  bildirib  qo‘yishi  mumkin. 
Masalan,  tergovchi  yashirilgan  obyektga  qanchalik  yaqinlashib  borsa, 

 
173 
tintuv qilinayotgan shaxsning hayajoni shunchalik oshib boraveradi. Ba’zi 
paytlarda  hayvonlar  va  parrandalarning  xatti-harakatlariga  e’tibor  berish 
kerak bo‘ladi, chunki ular yerga ko‘milgan jasad yoki uning qismlarining 
qayerga ko‘milganligini sezishga qodir bo‘ladi. 
Bir  qator  vaziyatlarda  og‘zaki  ayg‘oqchilik  usuli  natijali  holatlarni 
beradi. Bunda ketma-ketlik asosida qidirilayotgan obyektlarning nomlarini 
aytganda tintuv qilinayotgan shaxsning xatti-harakatlariga e’tibor beriladi. 
Bundan  tashqari,  tintuv  qilinayotgan  shaxsning  mutaxassisligini 
bilish lozim, chunki u biror-bir narsani berkitishda, albatta, o‘z bilimlariga 
tayanishga  harakat  qiladi.  Shunday  holatlar  borki,  yagona  bir  jinoyatni 
sodir etgan shaxslarning ko‘pincha, yashirish joylari bir-biriga o‘xshashligi 
aniqlangan.  Bunday  o‘xshashlikni  guruhlar  tomonidan  sodir  etilgan 
jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ham hisobga olish lozim. 
Tintuv  jarayonida  aniqlangan  narsalar,  jumladan,  soxta  pul  qog‘oz-
lari,  soxta  «qimmatbaho  narsalar»,  yozishmalar  va  jinoyatga  bilvosita 
aloqador  hujjatlar,  shuningdek,  gumon  qilinuvchi  va  uning  aloqalarini 
ta’riflovchi  hujjatlar,  jinoyat  yo‘li  bilan  topilgan  pullar  va  qimmatbaho 
buyumlar, jinoyat izlari qolgan predmetlar (qonga belangan, yirtilgan kiyim 
va  hokazo),  qurollar  va  jinoyat  qurollari,  jumladan  texnik  jihozlar, 
asboblar,  materiallar  va  shu  kabilarning  jinoyat  ishlariga  taalluqliligini 
aniqlash kerak. 
Tintuv  paytida  har  xil  hujjatlarga  e’tibor  berib,  ular  bo‘yicha 
tegishli  tushuntirishlar  olish  zarur  bo‘ladi,  chunki  topilgan  hujjatlar 
tintuv  qilinayotgan  shaxsning  ta’rifiga  yoki  uning  bergan  tushuntirish-
lariga  zid  bo‘lishi  mumkin.  Ushbu  shaxsning  tegishli  buyumlarni 
yashirish  holatlarini  aniqlaganda,  buyumlardan  qolgan  izlar  bunga 
yaqqol  dalolat  berishi  mumkin.  Masalan,  zargarning  uyini  tintuv 
qilganda  pol  ustida  zargarning  ishlash  stoli  bo‘lgani  to‘g‘risida  stoldan 
qolgan  to‘rtta  stol  oyoqlarining  dumaloq  izlari  dalolat  berib  turgan. 
Tergovchi  shu  holat  yuzasidan  qo‘shnilarni  so‘roq  qilganida,  zargar 
ushbu  stolni  o‘zining  qarindoshlarinikiga  olib  ketganligi  aniqlangan. 
Tintuv paytida, bundan tashqari, har xil xomaki yozuvlar, fotosuratlar va 
boshqa  hujjatlarga  alohida  e’tibor  qaratish  lozim.  Chunki  ushbu 
predmetlar  izlanayotgan  narsalar,  shaxslar  hamda  jinoyat  holatlari 
to‘g‘risida  ma’lumotlar  topishga  yordam  berishi  mumkin.  Masalan,  bir 
turar  joyni  tintuv  qilganda  boshqa  bir  joyning  to‘lov qog‘ozi  tergovchi 
e’tiborini  jalb  etgan  va  o‘sha  joyga  zudlik  bilan  tergov-tezkor  guruhi 
tintuv  o‘tkazish  uchun  borgan  hamda  shu  joydan  tegishli  daliliy 
ashyolarni topishga muvaffaq bo‘lgan. Tintuv paytida tintuv qilinadigan 

 
174 
shaxsni topilgan obyektga nisbatan pala-partish tushuntirishlar berishga 
sabab  bo‘lgan  va  saqlanishi  kishini  taajjubga  soluvchi  obyektlarni  olib 
qo‘yish  zarur.  Masalan,  benzin  kanistri  yotoqxonadan  topilgan  bo‘lsa 
(keyinroq bu kanistrda pul va qimmatbaho buyumlar saqlanganligi ayon 
bo‘lgan), bu, albatta, odatdan tashqari, ya’ni g‘ayritabiiy hol hisoblanadi. 
Tintuv  paytida  binoning  barcha  qismlarini  tekshirib  ko‘rish  lozim 
va uning tashqi hamda ichki tomonlarini solishtirib, yashirin tokcha yoki 
joylar borligini aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Shunga  asosan,  predmetlarda  ham  yashirin  bo‘shliqlar  borligini 
aniqlash  maqsadida  ular  batafsil  tekshiriladi  va  ko‘zdan  kechiriladi, 
zaruriy  holatlarda  ular  buzilishi  ham  mumkin.  Jirkanch,  iflos  obyektlar 
ham  obdon  tekshiriladi.  Masalan,  tintuv  qilinayotgan  shaxs  daliliy 
ashyolarni axlat chelak yoki kir ko‘ylaklar orasiga, hojatxona idishi yoki 
hojatxonaning  bo‘shlig‘iga  yashirishi  ham  mumkin  (masalan,  zargarlik 
buyumlarini  talon-toroj  qilishga  oid  jinoyat  ishi  bo‘yicha  oltin  va 
qimmatbaho 
toshlardan 
yasalgan 
buyumlarni 
hojatxonaning 
bo‘shlig‘idan  foydalanib,  uning  poli  tagida  yasalgan  tokchalarga 
yashirish holatlari aniqlangan). 
 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling