A k a d e m I y a kriminalistik taktika
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushlash – ushlanayotgan shaxsning harakat erkinligini cheklovchi ehtiyot chorasi
- Ushlashning turlari .
- Ushlash bosqichlari.
- Ushlashning asoslari, sharoitlari va sabablari.
- 2-§. Ushlashga tayyorgarlik ko‘rish
- 3-§. Ushlashning ba’zi turlarini o‘tkazish taktikasining xususiyatlari
IX bob. USHLASH TAKTIKASI 1-§. «Ushlash» tushunchasi, mohiyati, turlari va ahamiyati Ushlash – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning eng muhim huquqlari – shaxs erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, u jinoyat protsessual qonuniga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirilishi kerak. Jinoyatchilikka qarshi kurash qonunbuzarlarga nisbatan tez va qat’iy choralar ko‘rishni talab qiladi. Shuning uchun jinoyat qilishga tayyorlanayotgan, jinoyat sodir etgan yoki gumon qilinayotgan shaxs aniqlanishi bilan ularni ushlash zarur, chunki ozodlikda qoldirilgan jinoyatchilar jinoyat izlarini yashirishga urinishlari yoki jinoyat sodir etishlari mumkin. Ushlash – ushlanayotgan shaxsning harakat erkinligini cheklovchi ehtiyot chorasi. Fuqarolarni ushlash ma’muriy va jinoyat- protsessual tartibda amalga oshirilishi mumkin. Bu ushlash turlari o‘xshashdek ko‘rinadi. Lekin ularning mohiyati, asoslari, davom etish muddati, natijalari va rasmiylashtirish tartibi turlichadir. Fuqarolarni ma’muriy tartibda ushlab turish – qonunbuzarlik harakatlarining oldini olish va qonunbuzarni ma’muriy javobgarlikka tortish maqsadida ma’muriy qonunbuzarlik sodir etgan shaxsning harakat erkinligini qisqa muddatga majburan cheklashdir. Harakatlarida ma’muriy jazo qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qonunbu- zarlik bo‘lmagan fuqarolarni ushlab turishga yo‘l qo‘yilmaydi (faqat atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan ruhiy kasallar bundan mustasno). Jinoyat-protsessual tartibda ushlashdagi «ushlash» termini 2 ta aspektga ega: – protsessual; – kriminalistik. Protsessual ma’noda, ushlash – bu ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo berilishi mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iborat bo‘lgan protsessual majburlov chorasi. Bu choraning mohiyati – jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni vaqtincha saqlash uchun hibsxonaga joylashtirish va albatta ushlash bayonnomasini tuzishdan iborat. 155 Kriminalistik jihatdan ushlash – jinoyat sodir etgan yoki gumon qilinayotgan shaxslarni qo‘lga tushirishga va ularni IIBga yetkazishga yo‘naltirilgan tergov harakati. Ushlash – bu tergov harakati bo‘lib, sezdirmasdan yaqinlashish, qo‘lga olish, qurolsizlantirish va IIBga yetkazishdan iboratdir. Biroq bundan farqli ravishda «ushlab turish» shunday ma’noni anglatadiki, unda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan va buning uchun ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo turi tayinlangan yoki xuddi shunday jinoyatlarni sodir etgan ayblanuvchi shaxslarni 72 soatgacha ushlab turish bilan bog‘liq majburiy vaqtinchalik ehtiyot chorasi qo‘llaniladi. Tergovchi, shuningdek, surishtiruv organlari JPKning 221-moddasida belgilangan asoslardan biri mavjud bo‘lganda ushlab turishni amalga oshirishlari mumkin. Amalda ushlashning mohiyati – jismoniy qo‘lga olishga (ya’ni ushlanayotgan shaxs bilan bevosita muloqotda bo‘lishga) qarshilik ko‘rsatilgan holda uni bartaraf qilib, shaxsga uning qo‘lga olinganini e’lon qilishdan iborat. Amalda ushlash obyektlari: jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganlar yoki sodir etayotganlar; ozodlikdan mahrum etish joylaridan yoki qamoqdan qochgan ayblanuvchilar (qidiruvdagilar); aniq bir shaxs emas, transport vositasi, masalan, korxonadan avtomashinada hisobga olinmagan mahsulotdan tayyorlangan buyumlarning olib chiqilgani haqida ma’lumot olinganda. Bu hollarda yukni olib ketayotgan shaxslar ushlash jarayonida aniqlanadi. Ushlashning ahamiyati. Bu quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi. Ushlash – shaxsning jinoiy faoliyatini cheklash va uning dastlabki tergov va suddan bosh tortishining oldini olish uchun amalga oshiriladi. Dalillarni aniqlashga va mustahkamlashga, jinoyat sodir etgan yoki gumon qilinayotgan shaxsni aniqlashga yordam beradi. Ko‘p hollarda jinoyat shohidlari, jabrlanuvchilar aniqlanadi. Tergov qilinayotgan hodi- saning sharoitlari, ushlanganning shaxsi, jinoyatning sabablari haqida ma’lumot olish imkoniyati bo‘ladi. Ushlanganni tanib olish uchun ko‘rsatish, jabrlanuvchi, guvohlar bilan yuzlashtirish imkonini beradi. Ushlashning turlari. Ular 5 ga bo‘linadi va quyidagilarga ko‘ra farqlanadi: – ushlanayotgan shaxslar soni bo‘yicha; – ushlash amalga oshirilgan vaqtiga qarab; – ushlanadigan shaxslar joylashgan yerga qarab; 156 – ushlashga tayyorgarlik ko‘rishga uchun ajratilgan vaqtning mavjudligiga qarab; – ushlashni amalga oshiruvchilarning harakatiga qarab. 1) Ushlanayotgan shaxslar soni bo‘yicha: – bir shaxsni (faqat yagona shaxsga qaratilgan harakat); – bir necha shaxslarni (bir necha shaxsga nisbatan qo‘llanadi); 2) ushlash amalga oshirilgan vaqtiga qarab: – bir vaqtda ushlash (ya’ni ushlanadigan shaxslarning hammasi qayerdaligidan qat’i nazar oldindan belgilangan bir vaqtda ushlanadi); – har xil vaqtda ushlash (turli joyda bo‘lgan, ushlanadigan shaxslar har biri o‘zi uchun belgilangan turli vaqtda ushlanadi); 3) ushlanadigan shaxslar joylashgan yerga qarab: – bino ichida; – ko‘chada va boshqa jamoat joylarida; – ochiq joylarda; – o‘rmonda; – tog‘larda; – transport vositalarida; 4) ushlashga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratilgan vaqtning mavjudligiga qarab: – dastlabki tayyorgarlikdan keyin amalga oshirilgan ushlash; – dastlabki tayyorgarliksiz to‘satdan ushlash; 5) ushlashni amalga oshiruvchilarning harakatiga qarab: – oshkora ushlash (ushlash ochiqdan-ochiq, ushlanuvchi va atrofdagilardan yashirinmasdan amalga oshiriladi); – oshkora bo‘lmagan ushlash (ushlanuvchi va atrofdagilardan yashirin amalga oshiriladi). Ushlash bosqichlari. Ushlash bosqichlari quyidagicha bo‘ladi: – ushlashga tayyorgarlik (u o‘z ichiga harakat qatnashchilarini psixologik tayyorlashni xam oladi); – ushlanadigan shaxsni bevosita qo‘lga olish va qurolsizlantirish (shaxsiy tintuv); – ushlangan shaxsni IIBga yetkazish; – ushlashni tahlil qilish va baholash. Ushlashning asoslari, sharoitlari va sabablari. Ushlash asoslari deganda, ma’lum shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsa- tuvchi ma’lumotlar tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221- moddasiga asosan, quyidagi hollarda shaxsni ushlab turishga asos bor: 1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa; 157 2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar; 3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; 4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa. Qamoqdan yoki ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan gumon qilinuvchi (ayblanuvchi), sudlanuvchini ushlash uchun asos bo‘lib surishtiruv yoki tergov organi qarori yoki sud ajrimi xizmat qiladi. Agar shaxs jinoyat sodir etayotgan bo‘lsa, yoki jinoyat sodir etib qochgan bo‘lsa, va uni «issiq izdan» ta’qib qilishayotgan bo‘lsa, uni qaror chiqarmasdan ham ushlash mumkin. Ushlash sabablari deganda u yoki bu shaxsni ushlash zaruratini keltirib chiqaradigan aniq maqsadlar tushuniladi. Ular ushlanayotgan shaxsning: – tergov va suddan bosh tortishiga; – o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirishiga; – tergovga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi. Quyidagi hollarda ushlash sababli hisoblanadi: – jinoyat sodir etgan shaxs dastlabki tergov va sud organidan yashi- rinishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda; – mazkur shaxs haqidagi ma’lumotlar, u ozodlikda qoldirilganda o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirishi aniq deb hisoblashga asos bo‘lganda; – ozodlikda qolganda jinoyat izlarini yashirish yoki yo‘qotish choralarini ko‘rganda yoki boshqa yo‘l bilan haqiqatni aniqlashga xalaqit berganda. Ushlashning asoslari, sabablari va sharoiti albatta aniqlangan va jinoiy ishdagi hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi shartligini esda tutish lozim. Shaxslarni ushlash haqidagi masalani hal qilishda bor materiallarni har taraflama, to‘liq va obyektiv o‘rganib chiqish va ushlashni qonunda ko‘rsatilgan hollardagina amalga oshirish kerak. Ushlashning ahamiyat shundaki, jinoyatchilarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yadi, javobgarlikka tortadi, ular tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini oladi, ularning aybini isbotlab beruvchi zaruriy ashyoviy dalillarni saqlaydi. 158 2-§. Ushlashga tayyorgarlik ko‘rish Ushlashni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ko‘pincha og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, jinoyatchining tergov va suddan bosh tortishi, jinoiy faoliyatini davom ettirishi, qarshilik ko‘rsatishi oqibatida halok bo‘lishi yoki atrofdagilarga ziyon yetkazishi, muhim bo‘lgan dalillarni yo‘q qilishi va hokazolar. Ushbu harakatni amalga oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi; – qo‘lga olinuvchining shaxsi haqida zaruriy ma’lumotlar; – tezkor-tergov guruhini tuzish va uning ishtirokchilari bilan yo‘riqnoma o‘tkazish; – texnik vositalarni saralab olish va transportlarni tayyorlash; – maxsus ma’lumotlardan foydalanish masalalarini hal qilish; – ushlash vaqtini va jinoyatchi yashiringan joyga kirib borish usullarini belgilash; – tergov harakatlari bo‘yicha reja tuzish. Bundan tashqari, jinoyatchini ushlash tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishda tadbir ishtirokchilarining, shuningdek, atrofdagi fuqarolarning ham xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni zudlik bilan hal qilish, tezkor va boshqa manbalardan kelib tushgan ma’lumotlarni tahlil qilish, maxsus texnik vositalar va qurollarni qo‘llash mumkinligini nazarda tutish, tergov-tezkor guruhi tarkibiga kiruvchi ichki ishlar xodimlarining ko‘nikmalarini tekshirish lozim. Qo‘lga olinuvchining (jinoyatchining) shaxsiyati haqidagi ma’lu- motlarni yanada to‘liqroq qo‘lga kiritish maqsadida uning oila-a’zolari, qarindosh-urug‘lari, hamkasblari bilan munosabatlarini o‘rganish (agar ushlash xizmat joyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa), shaxsning sudlangan yoki sudlanmaganligi va ushlash vaqtida qarshilik ko‘rsatish- ga moyilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan va tahlil qilingan bo‘lishi lozim. Gumon qilinuvchi shaxs haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqish qo‘lga olish taktikasini to‘g‘ri tashkillashtirish, jinoyatchining qarshiligini yengish va qochib ketishining oldini olishga yordam beradi. Qo‘lga olinuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlar maxfiy tarzda, ya’ni o‘ziga va boshqalarga sezdirmagan holda yig‘iladi. Ushlash tadbirini amalga oshirish holatlari va gumon qilinuvchi- ning shaxsiy fazilatlarini bilish tergov harakatlarini olib boruvchi ishtirokchilar o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash, qochish mumkin bo‘lgan joylarni to‘sib qo‘yish, qo‘lga oluvchi shaxslar va atrofdagilarni xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi. 159 Ushlashni amalga oshirish uchun qo‘yilgan vazifaga muvofiq, jumladan, gumon qilinuvchi yoki uning sheriklarining ehtimol tutilgan qarshiligini bartaraf etish maqsadida tergov-tezkor guruhi tuziladi. Guruh tarkibi qo‘lga olinuvchilarning miqdori, ulardan har birining shaxsiy xususiyatlari, ularning ehtimol tutilgan qurollanganligi, ushlash joyi, sodir etilgan jinoyatning og‘irligidan kelib chiqib belgilanadi. Tezkor guruhning son jihatidan ustun bo‘lishi (kamida 2:1) tavsiya etiladi. Ushlanayotganlarning qochib qutulishiga yoki o‘zlarining jinoiy sirlarini yashirish maqsadida jinoyatga tegishli bo‘lgan obyektlardan xalos bo‘lishlariga urinishlarining oldini olish, shuningdek, ushbu harakatlari- ga begona shaxslarning aralashuvini bartaraf etish maqsadida ba’zi ishtirokchilarni kuzatish uchun, qolgan ishtirokchilarni esa gumon qili- nuvchilarni qo‘lga olish uchun ajratish maqsadga muvofiq. Tergov-tezkor guruhiga yo‘riqnoma berish quyidagilarni tushuntirishni o‘z ichiga oladi: – ushlash tadbirining umumiy maqsadi; – har bir xodimning muayyan vazifasi; – kimni ushlash lozimligi (ishtirokchilarga fotosuratlar berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi); – ushlash joyining xususiyatlari; – ushlash vaqti va ushlash joyiga kelish marshruti; – boshqa ishtirokchilar borligi va ularni tanib olish usullari (ular ushlanayotgan shaxsning sheriklari yoki begona shaxslar deb qabul qilinmasligi uchun); – ishtirokchilarning bir-biri yoki rahbar bilan aloqa qilish usullari; – ushlanuvchi yashiringan joyga kirish usullari; – niqoblanish xususiyatlari va ehtiyot choralari; – qurol va maxsus vositalarni qo‘llash sharoitlari; – ushlanayotganlar qochishga yoki qarshilik ko‘rsatishga uringanida bajariladigan aniq harakatlar; – tintuv o‘tkazish xususiyatlari (shaxsni tintuv qilish va tintuvning boshqa turlari); – texnik vositalarni, obyektlarni aniqlash va olingan obyektlarni o‘rash-joylash xususiyatlari; – qo‘lga olingan shaxslar bilan harakatlanish marshrutlari; – ushlashda qatnashadigan shaxslarga yo‘riqnomalar o‘tkazish; – ushlash harakatining (niqoblanganligi) maxfiyligi. Ochiq joyda ushlash amalga oshirilayotganda ishtirokchilar o‘rta- sida aloqa qilish usullari (radio, telefon va boshqalar), shuningdek, 160 shartli signallar, masalan, tadbirning boshlanishi, erishilgan natijalar, oxirgi punktda guruhning yig‘ilishi haqidagi signallar tanlab olinadi. Yorug‘likning qisqa ko‘rinishi (cho‘ntak fonari va hokazolar), raketnitsadan o‘q uzish, hushtak va boshqalar signal bo‘lishi mumkin. Ushlanganlarning ehtimol tutilgan qarshilik ko‘rsatishini bartaraf etish maqsadida guruh qurollangan bo‘lishi va ushlash joyiga kelish hamda ushlanganlarni olib ketish uchun transport vositalariga ega bo‘lishi zarur. Ushlash paytida ko‘pincha mutaxassis yordami kerak bo‘lib qoladi. Agar taktik jihatdan bu zarur bo‘lsa, ushlash guruhi bilan birgalikda ta’minlash (kuzatish) guruhi tuziladi. Agar bir vaqtda turli joylarda qo‘lga olish o‘tkaziladigan bo‘lsa, aloqa vositalarini qo‘llash uchun radistlar, telefonchilar, transport xizmati ko‘rsatish uchun haydovchilar jalb qilinadi. Yerto‘lalar, chordoqlar, tashlandiq qurilish- larda yashiringan jinoyatchilarni ushlash paytida, ularning iziga tushish va qarshiligini bartaraf etish uchun kinologni iti bilan birga jalb qilish maqsadga muvofiq. Ushlangan shaxs darhol shaxsiy tintuv qilinishi bois, mutaxassis-kriminalist qidirishning texnik vositalari (portativ metall izlagich)ni, ushlashning qanday o‘tkazilgani va natijalarini qayd etish uchun texnikani qo‘llashda, sud-tibbiyotchi esa ushlangan shaxsning tanasini ko‘zdan kechirishda yordam berishi mumkin. Iloji boricha, jinoyatchini dalil bilan ushlash, uning qarshiligini yengish, gumon qilinuvchini fosh etuvchi dalillar yo‘qotilishining oldini olish maqsadida, jinoyatchini qo‘lga olishning to‘satdan bo‘lishini ta’minlash uchun qulay ushlash vaqti tanlab olinadi. Bu tergov harakati jinoyatchi uchun eng noqulay, ammo ushlovchilar uchun eng qulay sharoitlarda amalga oshirilishi zarur. Ushlash rejasiga tergov-tezkor guruhi a’zolari yo‘riqnomada keltiril- gan holatlarga mos keladigan bandlarni kiritishadi. Shu bilan birga, ushlash taktik tadbir ekanligi bois, reja ushlashdan kelib chiqadigan va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari ketma-ketligi va xususiyatlarini nazarda tutishi kerak. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi: ushlanayotgan shaxsni shaxsiy tintuv qilish, asoslar va zarur ishtirokchilar bo‘lganda xonani tintuv qilish, yashirinishga urinayotgan shaxslarni qo‘lga olish, guvohlarni aniq- lash, pistirmalar tashkil etish va hokazo. Rejada ushlashni tashkil etish va amalga oshirish paytida o‘zaro hamkorlik masalalari (tergovchi, surishtiruv organining tezkor xodimi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va jamoatchilik bilan) ham o‘z aksini topishi kerak. Ushlash rejasi vaziyat va sharoit o‘zgarishi ehtimolidan kelib chiqib, harakatlarning bir necha variantlarini nazarda tutishi zarur. 161 3-§. Ushlashning ba’zi turlarini o‘tkazish taktikasining xususiyatlari Bir guruh shaxslarni ushlash murakkab harakat bo‘lib, u guruhiy bir- damlikni, qarshilik ko‘rsatishni, ushlash harakatiga ko‘p xodimlarni jalb qilishni, ularning tegishlicha jihozlanishi va tayyorgarligini talab qiladi. Shu bois, agar vaziyat taqozo etsa, gumon qilinuvchilarni alohida-alohida ushlash taktik jihatdan to‘g‘ridir. Boshqa tomondan, jinoyat ishtirokchilarini bir vaqtning o‘zida ushlash ularni xavf haqida bir-biriga xabar berish, yashi- rinish, dalillarni berkitish yoki yo‘q qilish imkonidan mahrum qiladi. Oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan ushlash (ushlashning bu turiga jinoyat qidiruv xizmatining tezkor xodimlari odatda ko‘p duch keladilar), gumon qilinuvchini kuzatish paytida ushlovchilarning yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralari xodimlari, harbiy xizmatchilar yoki fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligi, atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Tezkor xodimning amaliy faoliyatida dastlabki tayyorgarliksiz ushlash zarurati shaxs jinoyat joyida fosh bo‘lganda, jinoyat joyidan yashiringan shaxsni ushlash vaqtida, tergov va suddan yashirinayotgan, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochgan, qidiruvda yurgan shaxs aniqlanganda yuzaga keladi. Tezkor xodim o‘tib ketayotgan yo‘lovchi qiyofasidagi ma’lum bel- gilar bo‘yicha qidirilayotgan shaxsni tanib qolgan vaziyatni tezkor xodim uchun tipik holat deb atash mumkin. Bunda u yaqin oradagi ichki ishlar organi navbatchilik qismini xabardor qilgan holda, mazkur shaxsni yashirincha kuzatishi lozim bo‘ladi. Bunday imkoniyat bo‘lmaganda, gumon qilinuvchi yo‘l olgan joyni aniqlab, kuzatuvni davom ettirishi lozim. Agar yo‘lida ichki ishlar xodimlari, harbiy xizmatchilar, patrullar uchrasa, ushlash uchun ularning kuchidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqa iloji topilmay qolganda, tezkor xodim ham o‘zining, ham atrofdagilarning xavfsizligi uchun eng qulay vaqt va joyni tanlab, ush- lashni mustaqil amalga oshiradi. Odatda, ushlanayotgan shaxs kutmagan paytda unga keskin yaqinlashib, qo‘lga olish amalga oshiriladi. Dastlabki tayyorgarlikdan so‘ng ushlash uni amalga oshirishning oldindan tuzilgan rejasini amalga oshirishni nazarda tutadi va taktik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Gumon qilinuvchini ish joyida yoki o‘qish joyida ushlash, qoida tariqasida, eng samaralisidir. Chunki bunda ish to‘satdan ro‘y berishi ta’minlanadi. Tergovchi yoki boshqa ushlovchi shaxslar yuzaga kelgan 162 vaziyatni tegishli rahbarga (direktorga, sex boshlig‘iga va shu kabilarga) tushuntirishadi va unga gumon qilinuvchini kabinetiga chaqirishni taklif etishadi. Bu yerda ushlash amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, mansabdor shaxslar (rahbarlar) yordamidan, faqat ularning tergov qilinayotgan jinoyatga aloqador emasligi aniq bo‘lgandagina foydalanish maqsadga muvofiqdir. Agar ushlash jamoat joylarida amalga oshirilsa, ushlanayotgan shaxs o‘ziga odamlar guruhi yaqinlashayotganini tabiiy qabul qiladigan paytni va joyni (misol uchun, transport bekatlari, do‘kon yoki kassani) tanlash lozim. Ushlash ishtirokchilari gumon qilinuvchining yo‘llarini to‘sgan holda ikki tomondan yaqinlashadilar. Bir yoki bir necha xodim boshqa tarafda begona- larning kelishi yoki gumon qilinuvchining qochishga urinishini to‘sishi lozim. Gumon qilinuvchi darhol shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi va ichki ishlar idorasiga olib kelinadi. Gumon qilinuvchini uning yashash joyida ushlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Jinoyatchi bilan muloqotga kirishishdan oldin ushlovchilar binoga (uy, xonadon) kirib olishlari kerak. Ko‘pincha bunga uning o‘zi yoki imkoni bor boshqa manfaatdor shaxslar ham qarshilik qilishga tayyorgarlik ko‘radi, dalillarni yo‘q qilishga yoki yashirinishga urinadilar (masalan, niqoblangan chiqish yo‘li, deraza, balkon, chordoq, tom orqali) to‘sqinlik qilishadi. Shuning uchun ushlashga tayyorgarlik ko‘rish paytida binolarni o‘rganishga, shuningdek, ularga kirish usullarini (tarafdorlik kayfiya- tidagi qarindoshlarini, qo‘shnilarini, gumon qilinuvchining eshigi shubhalanmagan holda ochiladigan boshqa shaxslarni) tanlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Ushlanayotgan shaxs joylashgan uyga kirishdan oldin uy o‘rab olinadi. Hamma derazalar, balkonlar, qo‘shimcha chiqish yo‘laklariga ko‘rinib turadigan qilib kuzatuv postlari joylashtiriladi. Eshik qo‘ng‘- irog‘i chalingach yoki eshik taqillatilganidan so‘ng qo‘lga olish guruhi qatnashchilari eshik ro‘parasiga emas, balki ehtimol tutilgan qurolli qarshilik xavfidan xoli bo‘lish va eshikdagi qarash tuynukchasi yoki qulf tirqishidan ko‘zga tashlanmaslik uchun eshikning ikki yonidagi chetga joylashadilar. Eshikni ochgandan yoki uni sindirgandan so‘ng tezkor xodimlar zudlik bilan binoga kiradilar, gumon qilinuvchi qarshilik ko‘r- satishga urinsa, uni qurolsizlantiradilar va shaxsiy tintuv o‘tkazadilar. Agar jinoyatchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan joyga yashirinsa, hujumga duch kelmaslik uchun ehtiyot choralariga rioya qilgan holda, tintuv qoidalari bo‘yicha qidirish olib boriladi. Alohida ajratilgan yoki 163 qorong‘ilashtirilgan binoga kirishdan oldin uni yoritib ko‘rish yoki qidiruv-xizmat itini oldinga o‘tkazib yuborish kerak. Ehtiyot bo‘lib javonlarni, sandiqlarni ochish, krovatlar, dasturxon to‘shab qo‘yilgan stollarning tagini ko‘zdan kechirish kerak. Ushlanayotgan shaxs pech, yerto‘la, chordoq, binoning tashqi devori- da (balkon tagida qo‘li bilan osilib), liftlarning oraliq devorlarida, shax- talarda berkingan hollar ham uchraydi. Qishloq joylarda esa gumon qilinuvchilar hovlidagi bostirmalar, pichanxonalardagi g‘aramlar, pichanlar orasiga, uyumlarga yashiringan, o‘tinxonalarda ustiga o‘tin taxlab qo‘yil- gan, quduqlarga tushib olgan, daraxt barglariga berkingan bo‘lishi mumkin. Jamoat joylarida ushlash ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘q-otar qurol ishlatishning imkoniyati cheklangani (hatto o‘ta jiddiy vaziyatlarda ham) va gumon qilinuvchi tomonidan qurol qo‘llash xavfi mavjud bo‘lgani bois qiyinlashadi. Shuning uchun gumon qilinuvchiga to‘satdan yaqinlashish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu tergov harakatini odamlar eng kam to‘plangan joylarda yoki gumon qilinuvchining harakatlanish imkoniyatlari cheklangan sharoitda (xonadan chiqayot- ganda, garderobda, hojatxonada, transport vositasiga o‘tirayotganda yoki undan tushayotganda va hokazo) o‘tkazish maqsadga muvofiq. Jinoyat qilishga tayyorlanayotgan jinoyatchilarni ushlash ham juda murakkabdir. Jinoyatchining niyatlari, jinoiy tajovuz obyekti, jinoyat sodir etish vaqti va joyi haqida tergovchi ega bo‘lgan axborotdan kelib chiqib, uning tomonidan ushlash taktikasi tanlanadi. Masalan, agar unda muayyan shaxslarning jinoyat sodir etishga hozirlik ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar bo‘lsa, biroq tajovuz vaqti va obyekti noma’lum bo‘lsa, ushlashni gumon qilinuvchilarning yashash joyida yoki ular jinoyat qurollarini saqlaydigan joyda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Agar tergov jinoyat sodir etishga tayyorlanayotgan barcha shaxslar haqida va jinoiy tajovuzning aniq vaqti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa, ushlash pistirmalar tashkil etish yo‘li bilan jinoyat joyida o‘tkaziladi. Guruhni qo‘lga olish o‘ta murakkab va xavfli bo‘lgani tufayli bu usuldan o‘ta zarur hollardagina foydalanish lozim. Bundan oldin guruh tarkibini bo‘lib tashlashga harakat qilinadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari bevosita yoki jamoatchilik orqali jinoiy guruh yig‘ilgan joyga yaqin yerda go‘yoki jinoyat sodir qilingani haqida yoki pasport rejimiga rioya qilishni tekshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilayotgani to‘g‘risida mish-mish tarqatib, ishonchli bo‘lishi uchun qo‘shni uylar yoki xonadonlarda tekshirish o‘tkazishlari mumkin. Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tezkor va profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi 164 natijasida fosh bo‘lib qolishdan xavfsirab, jinoiy guruh a’zolari bunday vaziyatda o‘zlari bo‘lgan joydan yakka-yakka bo‘lib chiqib ketishni ma’qul ko‘radilar. Ularning chiqib ketishi ehtimol tutilgan joylarga pistirma qo‘yiladi va jinoyatchilar ushlanadi. Agar guruhni qo‘lga olishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, ichki ishlar idoralari xodimlari son jihatdan ancha ko‘p bo‘lishi, yaxshi qurollanishi va individual himoya vositalariga ega bo‘lishi zarur. Imkoni boricha, ushlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning ketish yo‘li yopilishi, o‘rab olinishi kerak. Ushlash zarur bo‘lganda ogohlantiruvchi o‘q uziladi, ushlangan shaxslar darhol ko‘zdan kechiriladi va shaxsiy tinuv qilinib qo‘l kishanlari taqiladi. Ushlangan shaxslar ichki ishlar organiga alohida- alohida olib kelinadi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularning o‘zaro til biriktirishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bunda ular ayblarini fosh etuvchi obyektlardan xalos bo‘lmasliklarini ko‘zdan qochirmaslik lozim. Yax- shisi, ham qo‘lga olishni, ham olib kelishni ikki xodim, ushlangan shaxs- ning bevosita ikki tomonida va guruhni to‘sish atrofdagilarni kuzatishni ta’minlaydigan uchinchi xodim oldinda bo‘lgani holda amalga oshirgan ma’qul. Harakat marshruti shunday tanlanishi lozimki, bunda guruh ku- tilmaganda yoki oldindan bilib sheriklari bilan yoxud ushlangan shaxs- ning qarindoshlari bilan uchrashib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Ushlashgan shaxsni ichki ishlar idoralariga olib borish yakuniy bosqich bo‘lib, uni boshlashdan oldin ushlanganlar tartibga amal qilishlari va ular qochishga harakat qilsalar, xodimlar tomonidan qurol ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladilar. Ushlanganlarni yo‘lning o‘rtasidan olib yurish kerak, chunki bu uning sheriklari tomonidan to‘satdan hujum uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, gavjum ko‘chalar, maydonlar, yo‘lkalardan olib yurish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Ushlanganlarni maxsus jihozlangan yopiq avtomashinalarda yetka- zish maqsadga muvofiq. Agar u ochiq yuk mashinasida olib ketilayotgan bo‘lsa, kuzovning poliga harakatga qarama-qarshi tomonga qaratib o‘tirg‘izib qo‘yiladi. Yengil mashinaning orqa o‘rindig‘ida faqat bitta ushlangan shaxsni ikkita xodim o‘rtasida olib ketish mumkin. Ushlanganlarni mototsiklda yoki yo‘lovchi mashinalarda yetkazish mumkin emas. Yo‘lovchi transportlardan faqat ushlangan shaxs yarador bo‘lib, mustaqil harakatlana olmagandagina foydalanish mumkin. Begona shaxslarni avtomashinaga o‘tkazishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Tezkor guruhning faoliyati ushlashning barcha qatnashchilari tomonidan albatta tahlil qilinishi va baholanishi lozim. 165 Voyaga yetmagan shaxsni ushlash faqat o‘ta zarur bo‘lgan hollarda va qoida tariqasida kunduzi amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxsning ushlangani va qayerda ekanligi haqida ota-onasiga yoki qonuniy vakillariga xabar qilinish lozim. Bayonnomada o‘smirni kattalardan va sudlangan voyaga yetmaganlardan alohida saqlash zarur- ligini ko‘rsatish talab qilinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan, odatda, qurol yoki kishan qo‘llanilmaydi (o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlar bundan mustasno). Xavfli jinoyat sodir etgan o‘smirni ushlash uchun uning joylashgan joyini aniq belgilab olish zarur. Ba’zan ota-onalar jinoyat sodir etgan farzandlarini jinoiy javobgarlikdan saqlab qolish uchun ko‘p hollarda ularni o‘z qarindoshlarinikida, tanishlarinikida yashirishadi yoki davolash muassasalariga joylashtiradilar. Ushlab olish manfaatdor shaxslarning diqqatini jalb qilmaslik va o‘smirning ruhiyatini shikastlamaslik choralarini ko‘rgan holda amalga oshiriladi. Ayni paytda shuni yodda tutish lozimki, katta yosh guruhidagi voyaga yetmaganlar tomonidan hatto qurol ishlatishgacha bo‘lgan qarshilik istisno qilinmaydi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling