A k a d e m I y a kriminalistik taktika


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Krim-taktika


 
 
VII bob. KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA 
TEKSHIRISH TAKTIKASI 
 
1-§. «Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish» 
tushunchasi va uning ahamiyati 
 
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakati 
deganda alohida va mustaqil tergov harakati tushuniladi. Unda guvoh va 
jabrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchilarning  ko‘rsatuvlarini 
hodisa sodir bo‘lgan joyda ba’zi holatlarni aniqlash maqsadida tekshiri-
ladi (yoki boshqa maqsadlarni aniqlash uchun ko‘rsatuvlari hodisa sodir 
bo‘lgan  joyda  tekshiriladi).  Tergov  jarayonida  yig‘ilgan  axborotni 
tekshirish  zaruriyati  paydo  bo‘ladi.  Bunday  tekshirish  hodisa  sodir 
bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish,  hujjatlarni,  daliliy  ashyolarni  ko‘zdan 
kechirish,  guvohlantirish,  tintuv  qilish,  so‘roq  qilish,  tanib  olish  uchun 
ko‘rsatish,  eksperiment  o‘tkazish  kabi  tergov  harakatlari  orqali  amalga 
oshiriladi.  Ammo  ma’lum  jinoyatning  holatlariga  ko‘ra,  so‘roq 
qilinganlarning  ko‘rsatuvlarini  voqelikka  va  jinoyatning  sodir  etilgan 
joyi hamda sharoitlariga to‘g‘ri bo‘lishini ko‘rsatilgan tergov harakatlari 
orqali tekshirish qiyin masala bo‘lib qoladi. Masalan, ayblanuvchi so‘roq 
paytida jinoyatni sodir etish joyini aniq eslashga qiynalsayu, ammo unga 
olib boruvchi yo‘lni yaxshi esda saqlasa va uni ko‘rsatishga qodir bo‘lsa, 
bunday ko‘rsatuvlarni tekshirish uchun u bilan jinoyat sodir etilgan joyga 
borish lozim. Bunda u ko‘rsatgan jinoyat sodir etilgan joy, vaqti boshqa 
hollar  va  qayd  etilgan  hamda  ro‘yxatga  olingan  jinoyat  fakti  bilan 
cheklanish kerak emas, chunki jinoyat to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan shaxs 
boshqa birovdan olingan axborotni berayotgan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsa-
tuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirganda  esa  ayblanuvchining 
hodisa sodir bo‘lgan joyga doir ma’lumoti, joyning sharoiti va detallarini 
hamda  jinoyatga  aloqador  boshqa  holatlarni  aniqlash  mumkin  (boshqa 
manbalardan bu axborotni aniqlash qiyinroq bo‘ladi). 
Bunday  holatlarda  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda 
tekshirish  kabi  tergov  harakati  o‘tkaziladi.  Bu  tergov  harakati  JPKning 
132-134-moddalarida qayd etilgan. 
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish mohiyati dastav-
val so‘roq qilingan shaxsning bergan ko‘rsatuvlarini voqelikda bor bo‘lgan 
sharoitlarga  va  holatga  to‘g‘riligini  aniqlashdan  iborat.  Shu  bois,  so‘roq 

 
136 
qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari voqelikda bo‘lgan obyektlarni ko‘rsatish, 
kerak bo‘lsa, ma’lum harakatlarni namoyish qilishdan iborat bo‘ladi. 
Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  kompleks 
harakat  bo‘lib,  u  so‘roq  qilish,  ko‘zdan  kechirish,  tanib  olish  uchun 
ko‘rsatish,  eksperiment  elementlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Biroq  mazkur 
harakat o‘zining  mazmuni bo‘yicha biror-bir ko‘rsatilgan harakatlar bilan 
aynan  mos  bo‘lmasdan,  balki  ulardan  o‘zining  maqsadlari  va  mohiyati 
bo‘yicha farq qiladi va mustaqil ta’rifga ega. 
Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  boshqa  tergov 
harakatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi: 
– 
ko‘rsatuv  bergan  shaxs  uning  ko‘rsatuvlarini  hodisa  sodir 
bo‘lgan  joyda  tekshirish  va  aniqlashtirish  uchun  o‘z  xohishini  bildirishi 
kerak, aks holda, bu tergov harakati o‘tkazilmaydi; 
– 
ko‘rsatuvlar  tegishli  harakatlarni  namoyish  etish  va  voqelikda 
bo‘lgan obyektlarni va holatni ko‘rsatish bilan olib boriladi; 
– 
hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  ko‘rsatuvlarni  tekshirish  paytida 
harakatlarni  namoyish  qilish  jinoyatning  sodir  etilish  vaqtida  bo‘lgan 
sharoitlarni maxsus ravishda tiklamasdan o‘tkaziladi; 
– 
hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan 
shaxsning  tavsiyalari  bo‘yicha  tegishli  izlarni  va  boshqa  obyektlarni 
qidirish bilan o‘tkaziladi; 
– 
mazkur  harakat  sharoitni  joyida  qayd  qilish  va  avval  so‘roq 
qilingan shaxsning tushuntirishlarini hisobga olish bilan o‘tkaziladi. 
 
2-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga 
tayyorgarlik ko‘rish 
 
Ushbu tergov harakatini o‘tkazish zaruriyati quyidagi vaziyatlarda 
kelib chiqadi: 
– 
tergov qilinadigan hodisa qayerda, qaysi turar joy yoki ochiq 
joyda  bo‘lganligi  va  u  yerga  qaysi  yo‘llar  bilan  yetib  borish  kerakligi 
bo‘yicha  so‘roq  qilingan  shaxsning  bilimlarini  tekshirish  lozim 
bo‘lganda; 
– 
hodisa  sodir bo‘lgan  joyning  holati va  so‘roq  qilinuvchining 
bergan  ma’lumotlari  orasidagi  o‘zaro  mutanosiblikni  tekshirish  zarurati 
yuzaga kelganda
– 
avvalroq  tegishli  joyda  aniqlanmagan  izlar  va  predmetlarni 
aniqlash zarur bo‘lganda; 
– 
hodisa  qatnashchilarining  bergan  ko‘rsatuvlarini  o‘zaro 
solishtirish zaruriyati paydo bo‘lganda va hokazo. 

 
137 
Tergovchi ko‘rsatuv bergan shaxsning ma’lumotlarini hodisa sodir 
bo‘lgan  joyda  (ya’ni  ko‘rsatuvlarga  oid  bo‘lgan  joyda)  tekshirish 
to‘g‘risida  taktik  qarorga  kelsa,  bu  shaxsdan  ushbu  tergov  harakatini 
o‘tkazish  uchun  rozilik  olinishi  va  u  o‘z  xohishini  namoyish  qilishi 
lozim.  Aks  holda,  mazkur  shaxsning  ixtiyorisiz  ushbu  tergov  harakati 
o‘tkazilmaydi. 
Agar  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  uchun 
qo‘shimcha  axborot  zarur  bo‘lsa,  qayta  so‘roq  o‘tkaziladi.  Bunday 
so‘roqning maqsadi harakat qilish marshruti, xona yoki ochiq joy, hodisa 
sodir  bo‘lgan  joy  va  u  yerda  sodir  etilgan  harakatlar  to‘g‘risida 
mukammal  axborot  olishdan  iborat  bo‘ladi.  Masalan,  marshrutning 
qanchalik uzun bo‘lishi, uning asosiy oriyentirlari,  yurish tezligi, ochiq 
joyning  manzaralari  qanday  ta’rifga  ega  bo‘lganligi,  o‘simliklar  ta’rifi, 
uylar va yo‘llar borligi, uylarning turi va tashqi ko‘rinishi, xonalarning 
turi  va  joylanishi,  ularda  mebelning  joylanish  ta’rifi  kabilar  shular 
jumlasidan. Tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rishda so‘roq qilinuvchiga 
yurish marshrutining yoki boradigan joyning sxemasini detalli ravishda 
chizib  berishni  tavsiya  etish  lozim.  Bu  esa  ko‘rsatuvlarning  voqelikka 
naqadar  to‘g‘ri  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Qator  vaziyatlarda  ularning 
noaniqligini  aniqlash  mumkin,  chunki  hodisa  joyining  sxemasini  va 
undagi obyektlarni chizganda ularni og‘zaki tavsif etishdagi noaniqliklar 
bartaraf etiladi. 
Agar  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  joy  aniq  bo‘lsa,  tergovchi 
dastavval  u  yerga  borib  kelishi  mumkin  va  birinchi  navbatda  qanday 
savollarga javob topishni, tergov harakatini qanday yo‘sinda o‘tkazishni, 
unga  kimlarni  taklif  etishni va  qanday  texnik  vositalar  olish  zarurligini 
hamda joyni yaxshiroq oriyentirlashni maqsad qilib qo‘yadi. 
Mutaxassislar  doirasi  va  zaruriy  texnik  vositalar  majmuasi 
ko‘rsatuvlar tekshiriladigan joy va uning holati bilan ta’riflanadi hamda 
tergovchi  tomonidan  rejalashtiriladigan  harakatlar,  qidiriladigan 
obyektlarning  xususiyatlari  (ko‘rsatuvlarni  qayta  tiklash,  qidiruv,  qayd 
etish, izlarni olish va hokazo) bilan belgilanadi. 
Ko‘rsatuvlarni  o‘z  joyida  tekshirishni  amalga  oshirganda  zaruriy 
harakatlarni qaytarib ko‘rsatish maqsadida (masalan, avtomashinani olib 
qochish  hodisalari  bo‘yicha)  avtotransport  vositalaridan  foydalanish 
mumkin. 
Agar  jinoyat  ishi  bo‘yicha  bir  necha  shaxslarning  ko‘rsatuvlari 
tekshiriladigan  bo‘lsa,  ularning  tekshirilishi  ketma-ketligini  va  joyga 
chiqib borish vaqtini alohida-alohida rejalashtirish lozim, chunki alohida 

 
138 
tergov  harakati  muayyan  shu  turdagi  tergov  harakati  bilan  bir  vaqtga 
mo‘ljallanmasligi kerak. 
Agar  gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)  hibsga  olinib,  uning 
ko‘rsatuvlari  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshiriladigan  bo‘lsa,  qochib 
qolish harakatlarini bartaraf etish, xavfsizlik choralarini ko‘rish va uning 
boshqa shaxslarga g‘ayriqonuniy ta’sir etishi harakatlarining oldini olish 
uchun bir qator ishlarni rejalashtirish lozim. 
 
3-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish taktikasi 
 
Ushbu  tergov  harakatining  asosiy  taktik  sharoitlari  sifatida 
quyidagilar namoyon bo‘ladi: 
–  shaxsning  ko‘rsatuvlari  tekshirilishi  va  joyga  chiqib  u  yerda 
ko‘rsatuvlarini  qaytarishga  uning  roziligini  olish  yoki  bu  shaxsning 
xohishiga ko‘ra mazkur tergov harakatini o‘tkazish; 
–  joyga  borishda  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsga 
tashabbuskorlik  qilishi  va  tegishli  harakatlarni  namoyish  etganda  unga 
mustaqil harakatlanishi uchun sharoitlar yaratib berish; 
–  savollarga  ketma-ket  javob  olish  maqsadida  ko‘rsatuvlarni  o‘z 
joyida tekshirishda shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirmaslik va 
bunday savollarni bermaslik
– tergov harakati qatnashchilari va atrofdagi shaxslarning harakati 
xavfsizligini ta’minlash. 
Shularni  hisobga  olib,  tergov  harakatining  qatnashchilariga 
yo‘riqnoma  berishda  ularning  huquq  va  burchlarini  tushuntirishdan, 
tergov  harakatining  umumiy  tartibi  va  ketma-ketligini  ta’riflashdan 
tashqari,  asosiy  e’tiborni  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsga  hech 
qanday yo‘naltiruvchi axborotlar bermaslik, ya’ni undan avval (birinchi 
bo‘lib)  yo‘lni  ko‘rsatmaslik,  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsning 
javoblarini va xatoliklarini to‘g‘rilamaslik talab qilinadi. 
Tergov  harakatini  o‘tkazish  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsga 
marshrutning  bosh  nuqtasini  ko‘rsatib  berish,  avval  bergan  ko‘rsatuvlarini 
ta’riflash  va  marshrutning  yakunlovchi  nuqtasini  ta’riflab,  uni  bevosita 
ko‘rsatish  hamda  ko‘rsatuvlarni  qayta  tavsiflashdan  boshlanadi.  Tegishli 
joyga  kelgandan  so‘ng  undan  bu  joyning  qanday  alomatlari  va  qaysi 
belgilari bo‘yicha tanib olganligi so‘raladi, hodisa bilan aloqador holatlarni 
gapirib berish tavsiya etiladi. Unga aloqador bo‘lgan obyektlarni ko‘rsatish 
va  kerak  bo‘lsa,  tergov  qilinadigan  hodisa  bo‘yicha  uning  sodir  etilish 
vaqtida qanday harakatlar amalga oshirilganini ko‘rsatish tavsiya etiladi. 

 
139 
Marshrut  bo‘yicha  harakat  qilganda  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan 
shaxs  tergov-tezkor  guruhini  boshlab  borishi  (yurishi)  lozim.  Agar 
hibsga  olingan  shaxsning  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  bo‘lsa,  u  tezkor 
xodim bilan birga va bir qadam keyinroq kishanband holda (ko‘rsatuvlari 
tekshiriladigan shaxs bilan tezkor xodim bir kishanga bog‘langan holda) 
yo‘l  boshlashi,  boshqa  tergov-tezkor  guruhining  qatnashchilari  esa 
ularning ketidan borishi zarur. 
Agar  marshrut  bo‘yicha  harakat  qilish  avtomashinada  olib  bori-
ladigan bo‘lsa, ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs haydovchining o‘rindig‘i 
yo‘nalishiga  muvoziy  bo‘lgan  o‘rindiqqa  o‘tirib  yo‘lni  ko‘rsatib  turishi 
kerak.  Hibsga  olinganni  avtomashinada  olib  boriladigan  bo‘lsa,  uning 
qochish harakatlari qurol bilan bartaraf etilishi kerak. Shuning uchun agar u 
qochadigan  bo‘lsa,  otilishi  to‘g‘risida  ogohlantirilishi  lozim.  Aks  holda, 
hibsga  olingan  ayblanuvchi  qochishga  urinishi  mumkin.  Hibsga  olingan 
shaxs  avtomashinaning  orqa  o‘rindig‘iga  ikkita  tezkor  xodim  o‘rtasiga 
o‘tirishi lozim va u yo‘lni shu holda ko‘rsatib boradi. 
Ko‘rsatuvlarni  o‘z  joyida  tekshirish  paytida  yo‘naltiruvchi  yoki 
tanqidiy  savollar,  tekshiriladigan  shaxsning  harakatlarini  boshqarish  va 
shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish man etiladi. 
Jinoyat harakatlarini qayta namoyish etganda  ma’naviy talablarga va 
qatnashchilarning  hayotiga  xavfli  bo‘lgan,  shuningdek,  ko‘rsatuvlari 
tekshiriladigan shaxsning salomatligiga zarar yetkazadigan harakatlarning 
amalga oshirilishi man etiladi. 
Yuqorida  qayd  etilganidek,  ushbu  tergov  harakatining  asosiy 
vazifalaridan  biri  ushbu  shaxs  hodisa  joyini  yaxshi  bilishi  tufayli  joyda 
mustaqil harakat qilish qobiliyatiga asosiy e’tiborni qaratib, shu masalalarni 
o‘rganishdan  iboratdir.  Shu  bois,  agar  jinoyat  ishi  bo‘yicha  bir  necha 
shaxslarning ko‘rsatuvlarini tekshirish lozim bo‘lsa, ularning har biri bilan 
alohida  tergov  harakati  o‘tkaziladi.  Agar  bitta  tergov  harakatida  ularning 
barchasini  birga  olib  borilsa,  ular  o‘zaro  til  biriktirib,  tergovni  noto‘g‘ri 
yo‘lga  boshlashlari  mumkin  va  har  birining  ko‘rsatuvi  bir  asosga  ega  va 
birinchi  shaxs  bergan  ko‘rsatuvlarga  to‘g‘ri  bo‘lib  qoladi.  Shuni  hisobga 
olib, bu tergov harakatida har xil xolis va haydovchilarni jalb etish darkor. 
Bu  talab,  birinchidan,  xolislar  uchun  tergov  harakati  to‘g‘risida  chalkash 
ta’rifga ega bo‘lmaydi va ular aniq ravishda tergov harakati jarayoni hamda 
natijalarini  tavsiflashga  qodir  bo‘lishadi.  Ikkinchidan,  haydovchi  agar  bu 
jarayonda ikkinchi marta ishtirok etgan bo‘lsa, marshrutni bilganligi sababli 
ikkinchi  marotaba  uning  o‘zi  yo‘lboshchilik  qilgan  degan  noto‘g‘ri  fikr 
shakllanishining oldini oladi. 

 
140 
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirish 
uni  o‘tkazishda  xilma-xil  usullarni  ishlatishni  taqozo  etadi.  Tashkiliy 
choralarni amalga oshirish, ya’ni guruhni to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishi 
va  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsning  harakatlarini  to‘g‘ri  namoyish 
qilishini  ta’riflashdan  tashqari,  tergovchi  so‘roq  qilish,  ko‘zdan  kechirish, 
tanib olish uchun ko‘rsatish, taqqoslash usullari kabilarni keng qo‘llaydi. 
Agarda  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  paytida 
ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan birinchi shaxs tomonidan qandaydir obyektlar 
topilgan bo‘lsa, ko‘rsatuvlari tekshiriladigan boshqa shaxslar bilan bu tergov 
harakatini o‘tkazganda qidiruv ishlarining oqibatlarini bartaraf etib, joy ilgari 
qanday  holda  bo‘lgan  bo‘lsa,  uni  shunday  holga  keltirish  zarur.  Keyingi 
qatnashchilar  bergan  ko‘rsatuvlarni  hodisa  joyida  tekshirganda,  agar  ular 
ham ushbu obyektlar to‘g‘risida tavsif etishgan bo‘lsa, ularning  arizalarini 
yanada aniqlashtirish, ya’ni bu obyekt qayerda qoldirilgan, yashirilganligini 
bilib  olish  lozim,  chunki  ikkinchi  marta  bu  obyektni  qidirish  maqsadga 
muvofiq  bo‘lmaydi.  Obyekt  bo‘lgan  joyni  ko‘rsatish  ko‘rsatuv  bergan 
shaxsning  bu  obyektning  joylashishini  to‘g‘ri  bilganligidan  yaqqol 
dalolat bera oladi. Mazkur axborotni albatta bayonnomada, rejada texnik 
vositalar yordamida qayd qilish lozim. 
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirish 
jarayonida  tergovchi  olinadigan  axborotni  tahlil  qilib,  taqqoslashi  va  uni 
faktik  holat  hamda  avvalgi  berilgan  ko‘rsatuvlar  bilan  solishtirish  kerak. 
Zarur bo‘lsa, o‘tkazilayotgan tergov harakatiga tegishli aniqliklar kiritishi va 
agar berilgan ko‘rsatuvlar voqelikka to‘g‘ri kelmasa, tushuntirishlarni talab 
qilishga  imkon  berishi  mumkin.  Albatta,  bunday  nomutanosiblik 
holatlarining sabablarini aniqlash kerak. 
Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  va  aniqlash-
tirishni qayd qilish. Bunday qayd qilish bayonnoma to‘ldirish, fotosuratga 
tushirish,  videoga  olish,  ovoz  yozish  uskunalarini  ishlatish,  reja  va 
sxemalarni tuzishdan iborat. Fotosurat va videoga olinadigan marshrutlarni 
qayd  qilish  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsni  qaysi  yo‘nalishda  qanday 
yo‘llar  bilan  hodisa  joyiga  borganligini,  qanday  harakatlarni  amalga 
oshirganligini, hodisa joyidagi va aniqlangan obyektlarning holatini tasavvur 
etishda  yordam  beradi.  Qayd  qiluvchi  tasvirning  ma’lum  axborot  hajmiga 
egaligi ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning qayerda bo‘lganligidan tash-
qari,  uni  tegishli  joyga  qaratgan  qo‘li  hamda  yo‘nalish  harakati  bo‘yicha 
muayyan  oriyentirlarni  ko‘rsatishi  va  joyida  amalga  oshiriladigan 
harakatlarning tasvir etilishi bilan belgilanishi kerak. 

 
141 
Tasvirga  olish  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsning  yonboshidan 
yoki  orqasidan  amalga  oshiriladi.  Ammo  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan 
shaxsni  oldidan  qayd  qilish  mumkin  emas,  chunki  bu  holda  ko‘rsatuvlari 
tekshiriladigan  shaxsga  uning  yurish  yo‘nalishini  boshqa  shaxs  (masalan, 
tasvirga oluvchi) ko‘rsatib bergan degan noto‘g‘ri fikrning shakllanishi oldi 
olinadi. 
Agar  marshrut  yo‘nalishi  bo‘yicha  tushuntirishlar  olish  yoki  boshqa 
maqsadlarda  to‘xtash  lozim  bo‘lsa,  ular  o‘tkaziladi.  To‘xtashlarning 
boshlanish va tugash vaqti qaysi vaqtda va qayerda, qanday sabablarga ko‘ra 
to‘xtalganligi video yoki ovoz yozish tasmasida qayd qilib o‘tilishi kerak. 
Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  bayonnomasida 
umumiy talab qilinadigan qoidalardan, tergov harakatini o‘tkazish vaqti va 
joyi, qatnashchilarning tarkibi, ularning huquq va burchlarini tushuntirishdan 
tashqari quyidagilar ham qayd etiladi: 
–  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  va 
aniqlashtirishning maqsadi; 
 – shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda 
uning ixtiyoriy ravishda shu tergov harakatida faol ishtirok etishi; 
–  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirishning 
boshlang‘ich nuqtasi; 
–  joyga  borishda  qanday  usul  ishlatilganligi  va  qanday  vositalar 
jalb etilganligi; 
–  yo‘nalish  harakati  va  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxs 
tomonidan ko‘rsatilgan oriyentirlar; 
–  guruhning  joyga  borish  tartibi  va  yo‘nalish  bo‘yicha  harakat 
qilishdagi ketma-ketligi
–  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxs  yo‘nalish  bo‘yicha  qanday 
harakat qilganligi (yo‘nalishda tap tortmasdan yo‘lni aniq ko‘rsatganligi, 
yo‘nalishdan adashib tegishli joygacha borganligi va hokazo); 
–  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsning  qanday  harakatlarni 
amalga oshirganligi, ularning ta’rifi va natijalari
–  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxs  qanday  joyda  ko‘rsatuvlar 
berganligi  (shuningdek,  joyga  borishga  qadar  qanday  ko‘rsatuvlar 
berganligi), ularning mazmuni nimadan iborat bo‘lganligi; 
– tergovchi qanday savollar bergan va qanday javoblar olganligi;   
– qayd qiluvchi vositalarning ishlatilishi va ularni ishlatish tartibi. 
Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  va 
aniqlashtirish  natijalari  sifatida  avval  berilgan  ko‘rsatuvlarni  hodisa 

 
142 
joyida  amalga  oshirilgan  harakatlar  va  voqelikda  bo‘lgan  sharoitlarga, 
boshqa asoslangan ma’lumotlarga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishini misol 
qilish mumkin. 
Natijalarni  baholaganda  shuni  esda  tutish  lozimki,  natijalarning 
voqelikka  to‘g‘ri  bo‘lishi  ko‘rsatuv  bergan  shaxsning  hodisaning 
holatlari  va  joyi  to‘g‘risida  to‘liq  ma’lumotga  egaligidan  darak  beradi. 
Bu  ma’lumotlarning  detallashtirilishi  esa  bilimining  manbaini  to‘g‘ri 
ko‘rsatadi,  ya’ni  aynan  shu  odam  jinoyatda  ishtirok  etganligi  yoki  bu 
jinoyat  to‘g‘risida  xabar  olib,  go‘yoki  bu  jinoyatda  ishtirok  etdim,  deb 
bergan  ko‘rsatuvlarini  fosh  qilishga  yordam  beradi.  Agar  ko‘rsatuvlari 
tekshiriladigan  shaxs  hodisa  joyida  bo‘lgan  o‘zgarishlarni  (jinoyatdan 
so‘ng  bo‘lgan  o‘zgarishlarni)  aniq  ko‘rsatishi  va  ularni  ta’riflab  berish 
qobiliyatiga ega bo‘lsa, natijalar yanada voqelikka to‘g‘ri bo‘ladi. 
Ko‘rsatuvlarning  voqelikka  to‘g‘ri  bo‘lmasligidan  sodir  etilgan 
jinoyatni  aynan  shu  shaxs  qilmaganligi  yoki  o‘z  ko‘zi  bilan 
ko‘rmaganligi ma’lum bo‘ladi (agar ular o‘zini o‘zi aybdor deb yolg‘on 
ko‘rsatuv bersa yoki o‘zga odamni aybdor deb qoralasa, bu kabi yolg‘on 
ko‘rsatuvlarni  fosh  qilishda  juda  zarurdir).  Bundan  tashqari,  ko‘rsatuv 
bergan  shaxslar  orasida  ziddiyatlarning  borligi,  ulardan  kimdir  yolg‘on 
ko‘rsatuv berish niyatini amalga oshirganini yoki o‘zga shaxsni qoralash 
niyati borligini yaqqol ko‘rsatib beradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
143 
 
 
VIII bob. EKSPERIMENT TAKTIKASI 
 
1-§. «Eksperiment» tushunchasi: uning mohiyati va maqsadlari 
 
Eksperiment  –  protsessual  harakat  bo‘lib,  u  maxsus  tajribalar 
o‘tkazish, ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan yangi dalillarni olish yoki 
mavjud  dalillarni  tekshirish,  shuningdek,  qandaydir  bir  faktlarning  kelib 
chiqish sabablari bo‘yicha tergov tusmollarini tekshirish, hodisani vujudga 
keltirgan mexanizm harakatlarini (masalan, guvoh ma’lum masofada turib 
ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlashuvni eshitishga, jabrlanuvchi, 
agar  jinoyatchilar  avtomashinada  qochib  ketishgan  bo‘lsa,  avtomashina 
raqamini ko‘rib eslab qolishga qodirmi yoki yo‘qmi, ayblanuvchi so‘roqda 
bergan ko‘rsatuvlariga asosan seyfni ochishga imkoni bormi yoki yo‘qmi 
va  hokazoni)  o‘rganishdan  iboratdir.  Shunga  o‘xshash  har  qanday 
vaziyatlarda  tergovchiga  ko‘makdosh  sifatida  tajriba-eksperiment  uslubi 
yordamiga keladi. 
Garchi  o‘rganish  uslubi  hisoblangan  eksperiment  boshqa  bir  tergov 
harakatlari jarayonida o‘tkazilsa ham (masalan, ko‘zdan kechirish paytida), 
uning tergov jarayonida olib boriladigan boshqa tajribalardan farq qilishini 
bilish lozim va bu tegishli ta’rifga ega bo‘lish kerak. 
Masalan,  ko‘zdan  kechirish  o‘tkazilganda  omborxonada  signal 
(xabar) berish tizimi yaxshi ishlayaptimi, o‘g‘irlik qayerdan sodir etilgan, 
gumon  qilinuvchidan  olingan  kalit  bilan  tegishli  qulf  ochiladimi,  degan 
savollarga  bevosita  javob  olish  mumkin.  Lekin  bunday  tajribalar  alohida 
tergov harakati maqomiga ega emas, chunki u tergov ko‘rinishning tarkibiy 
qismi,  ya’ni  fragmentidir.  Eksperiment  bunday  harakatlarni  amalga 
oshirishning qator uslublaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. 
Eksperiment – bu o‘ziga xos, mustaqil tergov harakati bo‘lib, uning 
jarayonida  tajribalar  o‘tkaziladi  va  ular  ushbu  tergov  harakatining  asosiy 
mazmunini tashkil qiladi. 
Eksperiment  bir  necha  marta  va  odatda  boshqa  protsessual 
harakatlardan so‘ng hodisa  joyi  tiklangan sharoitlarda  o‘tkaziladi. Hodisa 
joyini  ko‘zdan  kechirish  hodisa  sodir  bo‘lgan  sharoitlarda  o‘tkazilsa, 
eksperiment odatda hodisa sharoitlari jinoyatdan avvalgi tiklangan holatda 
olib boriladi. Uni o‘tkazishda tergovchi jinoyat vaqtida ishlatilgan predmet-
larga o‘xshash predmetlardan foydalanishi mumkin. 

 
144 
Eksperiment kriminalistik ekspertizalar bilan o‘xshash jihatlarrga ega. 
Ekspertizalarni o‘tkazishda ham tajribalar o‘tkaziladi. Lekin hodisa joyini 
ko‘zdan  kechirishga  o‘xshab  ekspertlar  tomonidan  olib  boriladigan 
eksperimentlar  o‘rganishning  xususiy-uslubiy  ahamiyatiga  ega  va 
tadqiqotning  bir  fragmentini  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari,  ekspertizani 
tergovchining  qarori  bo‘yicha  mutaxassis  o‘tkazadi  (JPKning  180-
moddasi). Eksperimentni esa tergovchi o‘z qaroriga asosan o‘zi o‘tkazadi. 
Unga,  odatda,  maxsus  bilimlarga  ega  bo‘lish  talabi  qo‘yilmaydi. 
Eksperiment  JPKning  153-154-moddalari  talablariga  asosan  o‘tkaziladi. 
Eksperimental  tadqiqotlarni  o‘tkazganda,  tajribalar  ekspert  uslubiyatiga 
asoslanadi va uning biror-bir xossasini tashkil qiladi. Eksperiment bayon-
nomasida  tajribalarning  mazmuni  aks  ettiriladi,  xolos.  Tergovchi  bunda 
hech  qanday  xulosalar  chiqarmaydi,  chunki  eksperimentning  natijalari 
boshqa ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan dalillar bilan baholanadi. 
Eksperiment  ko‘rsatuvlarni  o‘z  joyida  tekshirishdan  farq  qiladi, 
ammo  ularning  umumiy  maqsadi  bir  (ya’ni  dalillarni  tekshirishga  va 
aniqlashga qaratilgan). Eksperimentning mazmuni asosan tajribalar, tajriba 
harakatlari  o‘tkazish  bo‘lsa,  ko‘rsatuvlarni  o‘z  joyida  tekshirish  va 
voqelikda  beriladigan  ko‘rsatuvlarni  avval  berilgan  ko‘rsatuvlar  bilan 
solishtirishga  hamda  ularni  voqelikka  to‘g‘ri  kelishini  aniqlashdan 
iboratdir.  Shunga  asosan,  tergov,  odatga  ko‘ra,  hech  qanday  tajriba 
harakatlarini  amalga  oshirmaydi,  biroq  ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan 
shaxsning  harakatlari  va  bergan  tushuntirishlariga  e’tibor  qiladi,  chunki 
aynan shu harakatlar va tushuntirishlar ish uchun ahamiyatli bo‘ladi. Ba’zi 
bir  tajriba  harakatlari  mazkur  tergov  jarayonida  o‘tkazilsa  ham  ikkinchi 
darajali  bo‘ladi  va  ko‘rsatuvlarni  o‘z  joyida  tekshirishning  fragmentini 
tashkil etadi. 
Eksperiment  protsessual  nuqtai  nazardan  qaraganda,  eng  murakkab 
tergov harakatlaridan biridir. Uning tuzilishi quyidagilardan iborat: 
1)  tergovchi eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 
2)  ushbu  tergov  harakatining  muayyan  maqsadlari  va  o‘tkazish 
tarzlari belgilanadi
3)  eksperimentni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi; 
4)  tajriba harakatlarini amaliy tarzda qo‘llash joriy etiladi; 
5) olingan natijalar baholanadi. 
Ushbu tuzilish to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish eksperimentni to‘g‘ri 
o‘tkazishga, uni rejalashtirishga va oqilona amalga oshirishga asos bo‘la 
oladi. 

 
145 
Eksperimentning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
–  voqelikda  bo‘lgan  harakatlar  qanday  o‘tgan  bo‘lsa,  shunday 
harakatlarni eksperiment jarayonida o‘tkazish lozim bo‘ladi; 
–  tajribalar  hodisa  sodir  etilganidan  avval  mavjud  bo‘lgan  va 
tiklangan  sharoitlarda  o‘tkaziladi  hamda  bu  tiklangan  sharoitlar 
hodisadan avvalgi sharoitlarga o‘xshashi lozim; 
– eksperiment mustaqil tergov harakati bo‘lib, uning bayonnomasi 
jinoyat ishiga doir dalil bo‘ladi. 
Garchi  eksperiment  ba’zi  bir  o‘tmishda  bo‘lgan  va  tergov 
qilinayotgan  hodisaga  aloqador  harakatlar  bilan  bog‘langan  va  ularni 
qayta  namoyon  etishdan  iborat  bo‘lsa  ham,  yangi  jinoyatni  sodir  etish 
man etiladi. 
Inson sha’ni, qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga 
taalluqli  ma’lumotlar  tarqalib  ketishga  olib  keladigan,  sog‘ligini  xavf 
ostiga  qo‘yadigan,  asossiz  ravishda  unga  jismoniy  va  ma’naviy  azob-
uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi 
(JPKning 17-moddasi). 
 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling