A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. So‘roq qilishning ruhiy asoslari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatuvlarning shakllanishi.
- So‘roq qilinuvchi bilan ruhiy aloqa bog‘lashning mohiyati, ahamiyati va yo‘llari.
2-§. So‘roq qilishning ruhiy asoslari So‘roq qilish – bu ruhiy jihatdan juda murakkab tergov harakatidir. Ruhiyat talablarini bilish tergovchiga ayblanuvchining, gumon qilinuvchining, yolg‘on ko‘rsatma beruvchi yoki haqiqatni yashirib yolg‘on so‘zlayotgan guvohning xatti-harakatlarining mag‘zini chaqish imkonini beradi. So‘roq qilinuvchi qanday sabablarga ko‘ra haqiqatni oshkor qilmasligini ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etishga ko‘maklashadi, unga oqilona xatti-harakat qilish yo‘llarini ko‘rsatib, taktik qoidalarning qonun va ilm-fan talablariga to‘g‘ri bo‘lgan so‘roq qilishning asoslangan usullarini tanlashga yordam beradi. So‘roqni ruhiy muloqotning maxsus shaklida tavsif etadigan bo‘lsak, uni ko‘rsatuvlarning vujudga kelishi, so‘roq qilinuvchi bilan ruhiy aloqa bog‘lash, ruhiy ta’sir etishning mumkinligi va chegaralari kabi bir necha tomonlarga ajratishimiz kerak bo‘ladi. Ko‘rsatuvlarning shakllanishi. Ko‘rsatuvlarning shakllanishi uchta bosqichni qamrab oladi: qabul qilish, eslab qolish va eslab qolganni qaytadan tasavvur etish. Ko‘rsatuvlarning shakllanishi tashqi muhitni qabul qilishning oddiy shaklidan boshlanadi. Ongda buyumlar va hodisalarning ayrim xususiyatlari in’ikosiga asosan taassurotlarning yig‘indisi vujudga kelib predmetni qisman yoki to‘liq ravishda qabul qilish holati shakllanadi. Shu bilan birga ko‘rsatuvlarning to‘g‘riligiga subyektiv va obyektiv omillar ta’sir etadi. Subyektiv omillar odamning voqelikni to‘g‘ri qabul qilish qobiliyatiga (masalan, uning sezish organ- larining holatiga, ruhiy xastalikka ega bo‘lishiga, xayolparastlikka beril- ganiga) bog‘liqdir. Obyektiv omillar esa taassurotni to‘g‘ri qabul etilishi- ga ta’sir qiluvchi omillarga (qabul qilish sharoitlari, ob-havo vaziyati, yorug‘lik holati, kuzatishning davomiyligi, so‘roq qilish sharoitlari) va uning taktik jihatdan amalga oshirilishi, ruhiy aloqaning bog‘lanishi, savollarni oqilona va to‘g‘ri berilishi va hokazoga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga shaxsning ayrim jismoniy kamchiligi uni so‘roq qilishdan ozod etmaydi. Masalan, ko‘rlarda ovoz va hid bilish, karlarda ko‘z bilan eslab qolish qobiliyati, kar, ko‘r, va soqovlarda esa tana sezgirligi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shu xususiyatlarga tayanib ulardan ish bo‘yicha muhim axborotni olish mumkin. 88 Taassurotni subyektiv sharoitlariga odamning ruhiy holatini, uning diqqati nimaga yo‘naltirilganligini, ehtiyojlarini, manfaatlarini, taassurot paytini qo‘shish mumkin (ayni paytda shart hamdir). Masalan, odam ruhiy ezilish holatida bo‘lsa, uning taassurotga ega bo‘lish darajasi pasaygan bo‘ladi va aksincha, odamning ruhiy holati ko‘tarinki bo‘lsa, uning taassurotlari mustahkam va yaqqol bo‘lishi mumkin. Shuning uchun so‘roq paytida odamning jinoyat hodisasini qanday ruhiy holatda qabul qilinganligini hisobga olish zarurdir. Taacsurot diqqatning yo‘nalishiga bog‘liqdir. Bilvosita diqqatda odam o‘z oldiga u yoki bu hodisa to‘g‘risida to‘xtalib, uni eslab qolish xususida hech qanday vazifa qo‘ymaydi, bevosita diqqat (to‘ppa-to‘g‘ri yo‘naltirilgan diqqat) tashqi sabablar, obyektlarni yaqqolligi bilan, faktlarning taajjubligi va uni qabul qilish sharoitlari bilan belgilanadi. Taassurotning sifatiga uni eslab qolgan shaxsning mutaxassisligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, muhandis-quruvchini voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shaxs sifatida so‘roq qilganda, u qurilishda texnika xavfsizligini buzish holatlari to‘g‘risida to‘liq va voqealikka to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi mumkin. Tikuvchi kiyimning astarini, uning tikilishi uslubini yaxshi eslab qoladi, sartarosh esa odamning sochlari qanday shaklda bo‘lganligini to‘liq xotirlay oladi. Taassurotlarni qabul qilishda odamning temperamenti ham ta’sir etadi. U odamning xatti-harakatlariga va hodisani eslab qolishiga bevosita ta’sir qiladi. Chunki odamdagi ruhiy jarayonlar temperament orqali yuzaga chiqadi. Odamning temperamentiga qarab tergovchi uni so‘roq qilish me’yorini belgilaydi, ishga astoydil yordam berishni istagan so‘roq qiluvchiga ko‘maklashish choralarini ko‘radi. Ba’zi bir hodisalar, masalan, yo‘l-transport harakatlarining buzilishi shunday qisqa vaqt ichida yuz beradiki, ularni qabul qilishda ma’lum xatolarga duch kelish mumkin. Ular ko‘z xatoliklari, obyektlarning xusu- siyatlari va qabul qilish sharoitlari bilan bog‘liq. Masalan, qora rangli avtomashina bilan qizil rangli avtomashinani bir tezlikda kuzatuvchi shaxs uchun har birini alohida yurgizib, ma’lum masofani o‘tish bo‘yicha ekspe- rement qilganimizda, kuzatuvchi ularning tezligi bir xil bo‘lsa-da qizil rangli avtomashinaning katta bo‘lganligini ma’lum qildi. Buning sababi rangda. Ayrim jinoyat ishlari bo‘yicha mast holatdagi guvohlarni so‘roq qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda ularning ko‘rsatuvlari havoyi bo‘lib, voqea tafsilotlari yaxshi esda qolmagan, ketma-ketligi buzilgan, voqelikdan ajralgan hamda u bilan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Eng ma’qul hollarda esa noto‘liq ko‘rsatuvlarga duch kelamiz. 89 Vaqt o‘tishi bilan eslab qolingan hodisa to‘g‘risidagi axborotning hajmi yemirilib boradi va umuman esdan chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun odamning esida tegishli hodisaning yaxshi saqlanib qolishi uning taassurot kuchiga bog‘liq. Ahamiyatga ega bo‘lmagan faktlar butunlay odamning esida qolmaydi va vaqt o‘tishi bilan unutiladi. Bunga sabab, odamning hayotida bo‘lgan voqealarni tanlab, ularni diqqat bilan eslab qolishidir. Bundan tashqari, yodlash va esdan chiqarish jarayonlari ham bu sabab bilan bog‘langan. Yaxshi eslab qolinadigan narsalar odamning ruhiyatiga zid yoki mutanosib narsalardir. Yodlash qayta tasavvur qilish bilan bog‘liq. Qayta tasavvur etish bu odamning esida qolgan axborotni qabul qilish va eslab qolish qobiliyati, uning ruhiy holati, savodi borligi va ma’lumotga egaligi, shaxsiy ta’rifi, temperamenti, xayolparastligi, ta’sirchanligi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, so‘roq qanday sharoitda o‘tkazilganligi va uning taktikasi in’ikos hisoblanadi. Hodisa, uning fikriy obrazi va og‘zaki tavsifi o‘zaro bir-biri bilan teng emas. Odam voqeaning o‘zini emas, balki uning fikriy obrazini qayta ongidan o‘tkazib, esda qolgan axborotni tavsif etadi va bu axborot voqealikda bo‘lgan hodisa bilan mutanosib kelmasligi mumkin. Shuning uchun aynan yakka bir hodisani kuzatgan odamlar uni o‘ziga xos qilib tav- sif etadilar. Odam ko‘proq darajada eslab qolsa ham eslab qolgan axbo- rotdan uning ma’lum qisminigina tavsif etishi mumkin. Shuning uchun so‘roq paytida jinoyatchi to‘g‘risida guvoh yoki jabrlanuvchidan olingan ko‘rsatuvlardan kelib chiqqan axborot hajmi bilan mutanosib bo‘lmaydi. So‘roq qilinuvchi bilan ruhiy aloqa bog‘lashning mohiyati, ahamiyati va yo‘llari. Tergov amaliyotida ruhiy aloqa bog‘lash deganda, jinoyat-protsessida ishtirok etuvchilarning tergovchi bilan ruhiy tomondan sog‘lom, muvozanatga ega bo‘lgan munosabatga kirishishlari tushuniladi. Ushbu munosabatlar tergov qilinayotgan jinoyatga nisbatan haqiqatga to‘g‘ri, to‘liq va asosli ko‘rsatuvlar olishni ta’minlaydi. Ruhiy aloqa so‘roq paytida tergovchiga bog‘liq. U so‘roq taktikasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, so‘roq qilinuvchining shaxsini, o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, jinoyat ishi materiallarini yaxshilab o‘rganadi va tahlil qilib, o‘z maqsadiga ko‘ra bu tergov harakatini o‘tkazadi. Bunday muloqotda tergovchi hech qanday ziddiyatga o‘rin qoldirmasligi, o‘rtadagi ruhiy kuchlanishni yo‘q qilib, so‘roq qilish uchun ma’qul tergov sharoitini yaratishi lozim. Agarda tergovchi so‘roq qilinuvchi shaxsning ishonchiga kirib so‘roq qilish uchun maqsadga muvofiq sharoitlar tayyorlamasdan, o‘z 90 harakatlarini jadallik bilan boshlasa, ruhiy aloqa bog‘lash mush- kullashadi. Shunga ko‘ra, tergovchi so‘roq paytida olingan axborotni doimiy ravishda jinoyat ishi bo‘yicha mavjud bo‘lgan axborot bilan solishtirib turishi lozim, chunki bu uslub so‘roq qilinuvchining bergan ko‘rsatuvlarini nazorat ostida bo‘lishini ta’minlaydi. So‘roqning har qanday bosqichida ruhiy aloqa bog‘lash va uni saqlab turish uchun o‘ziga xos uslublar mavjud. So‘roqning boshlang‘ich qismida so‘roq qilinuvchi o‘zi to‘g‘risidagi demografik ma’lumotlarni, o‘zining hayot yo‘li to‘g‘risida aytib berganda, u bilan ruhiy aloqa bog‘- lashga intilib, uning dunyoqarashlari va manfaatlari to‘g‘risida ma’lumot olish zarur. Ayni shu paytda so‘roq qilinuvchining ijobiy tomonlariga va uni ijobiy ta’riflovchi holatlarga katta ahamiyat berilishi kerak. Tergovchi bu bosqichda o‘zining xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilaydi. Keyingi bosqichlarda ruhiy aloqa mustahkamlanadi va tobora rivojlanib boradi. Bunday aloqa so‘roq qilinuvchi oldida savollarni qo‘yish, unga dalillarni taqdim etish, bergan ko‘rsatuvlarni ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan axborotga solishtirish bilangina cheklanib qolmay, balki so‘roq qilinuvchining diqqat-e’tiborini faollashtirish, haqiqatga xizmat qilayotganini ta’kidlash va ish bo‘yicha vujudga kelgan holatni birgalikda yechishda yordam berish bilan ta’riflanadi. So‘roq qilinuvchi bilan ruhiy aloqa bog‘lashda ushbu shaxsning jinoyat-protsessida qanday o‘rin egallashiga qarab tegishli usul tanlanadi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish jabrlanuvchi va astoydil to‘g‘ri ko‘rsatuv beruvchi guvohlarni so‘roq qilishdan farq qiladi va tergovchidan yanada ko‘proq aql ishlatishni va irodaga tayanib gumon qilinuvchi va ayblanuvchini fosh qilishni taqozo etadi. Bu esa ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki ularning ruhiy holati tergovchining manfaatlariga qarama-qarshi bo‘ladi. 3-§. So‘roq qilishning taktik va mantiqiy asoslari So‘roq qilish taktik usullarining tuzilishi. So‘roq qilish taktikasi – bu jinoyat ishining xususiyatlari, so‘roq qilinuvchining shaxsi va so‘roq qilish sharoitlari bilan mutanosib bo‘lgan eng omilkor usullar yig‘indisi. So‘roq qilish taktikasining maqsadi so‘roq qilinuvchidan voqelikda bo‘lgan hodisa haqida obyektiv va to‘liq ko‘rsatuvlar olishdan iborat. So‘roqda qo‘llaniladigan taktik usullarni har xil asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin. Avvalambor, tegishli taktik usullarning JPKda ko‘rsatilganligi yoki ko‘rsatilmaganligi bo‘yicha tasnif etish maqsadga muvofiqdir. 91 Jinoyat-protsessual tartibiga rioya qilgan holda yakka bir jinoyat ishi bo‘yicha chaqirilgan guvohlar alohida so‘roq qilinadi va har bir guvoh o‘z ko‘rsatuvlarini boshqa guvohning ishtirokisiz bayon qiladi. Bu qonun talabi. Demak, bu taktik usul bevosita qonunda aks ettirilgan. Shuning uchun tergovchi bu talabga to‘la-to‘kis rioya qilishi lozim. Ba’zi bir usullar tergov qilish joyiga qaratilgan. JPKning 96- moddasida quyidagi talab qayd etilgan: tergovchi dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda so‘roq qiladi. Jinoyat-protsessual kodeksda shunday talablar borki, ular ter- govchiga u yoki bu harakatlarni amalga oshirishni ta’kidlaydi. Masalan, tergovchi so‘roq qilinuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobi ma’lum bo‘lgan savollarni (yo‘naltiruvchi savollar) berishga haqli emas va bunday harakatlar man etiladi. Bunday qonunlarning talabi kriminalistik taktika uchun aynan so‘roq qilish taktikasiga asos bo‘ladi. Ikkinchi guruhni jinoyat-protsessual kodeksda ko‘rsatilmagan taktik usullar tashkil etadi. Biroq ular so‘roq qilishda muayyan vaziyatni yechishda ishlatiladi. Shunga asosan quyidagi belgilarga, ya’ni taktik usulning hajmi, uni yo‘naltirish ta’siri, so‘roq qilinuvchining shaxsiga qarab usullarni tasniflash mumkin. Harakat qilish hajmiga ko‘ra taktik usullarni umumiy va maxsusga ajratish mumkin. Umumiy taktik usullar har qanday so‘roqqa doir bo‘ladi. Maxsus taktik usullar esa muayyan shaxsga nisbatan yoki maxsus holatga doir qo‘llaniladi. So‘roqning umumiy usullari qatoriga taktik kombinatsiyalarni kiritish mumkin, chunki ular ma’lum holatni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, so‘roq qilinuvchi tomonidan baho berilishi to‘g‘ri bo‘lgan qarorga olib kelishni maqsad qilib qo‘yadi. Taktik kombinatsiyani amalga oshirganda tergovchi aniq bo‘lgan axborotni u yoki bu tarzda qo‘llashi natijasida so‘roq qilinuvchi tergov- chining ish bo‘yicha voqea to‘g‘risida va dalillarga egaligi to‘g‘risida to‘la axborotga ega ekanligini yoki ega bo‘lmaganligini bilmagan holda mushkul holatga tushib qoladi. Bunda o‘xshash jinoyatlarning mavzulari to‘g‘risida gapirib berish yo‘li bilan maqsadga yetish mumkin. Ammo bunday usulning nishonga tegishi uchun tergovchi tavsif etiladigan axborotida uni dalil sifatida emas, balki ehtimol tutilgan holatga doir fikr sifatida bayon yetishi lozim (bu fikr aniq dalillar bilan asoslangan bo‘lishi lozim). Natijada so‘roq qilinuvchi yolg‘on ko‘rsatuv beradi, ter- govchi esa uni ishda bor bo‘lgan dalil bilan fosh qiladi va shunday qilib 92 so‘roq beruvchi shaxs yolg‘on ko‘rsatuv berishdan bosh tortib, voqelikka mos keluvchi ko‘rsatuvlarni bayon qiladi. Muayyan taktik usulni tanlash so‘roq qilinuvchining shaxsiga, so‘roq predmetiga, uning holatiga bog‘liq. Masalan, so‘roq qilishga tayyorgarlik bosqichida ruhiy aloqa bog‘lashni ta’minlovchi taktik usullar tanlanadi. So‘roqning erkin so‘zlab berish bosqichida esa esdan chiqqan savollarni eslatish, ko‘rsatuvchilarni detallashtirish (maydalash- tirish) kabi taktik usullar ishlatiladi. Savollar berish bosqichida taktik usullar holatni ziddiyatli yoki ziddiyatsiz bo‘lishiga qarab ishlatiladi. Agar so‘roq ziddiyatsiz holatda o‘tadigan bo‘lsa, taktik usullar yangi dalillarni aniqlashga va so‘roq qilinuvchining yordam berishiga yo‘nal- tirilgan bo‘ladi. Agar so‘roq ziddiyatli ta’rifga ega bo‘lsa, tergovchining qanday isbot-dalillarga ega ekanligiga ko‘ra, taktik usullar uchta variantga bo‘linishi va quyidagi tasnifda ifodalanishi mumkin: 1) agar tergovchida so‘roq qilinuvchini to‘la fosh qiluvchi dalillar bo‘lsa; 2) agar tergovchida so‘roq qilinuvchini to‘la fosh qilish uchun yetarli dalillar bo‘lmasa; 3) agar tergovchida bilvosita ma’lumotlarga ko‘ra gumon bo‘lsa. Birinchi variantga ko‘ra ketma-ketlik bo‘yicha taqdim etish usuli qo‘llanilishi mumkin va bu usul har bir vaziyat uchun o‘ziga xosdir (avvalo hajmi kichik dalillar ko‘rsatiladi va asta-sekin keyingi dalilning isbot kuchi hajmi ortib boradi hamda so‘roq qilinuvchida ish bo‘yicha barcha holatlarni tergovchi yaxshi aniqlaganligi va yolg‘on ko‘rsatma bersa, fosh bo‘lishi to‘g‘risida fikr tug‘ilib, u voqelikka mos bo‘lgan to‘g‘ri ko‘rsatuv beradi). Agar ikkinchi variant bo‘lsa, ya’ni dalillar haj- mi yetarli bo‘lmasa, tergovchi o‘zini umuman hech qanday dalillarga ega bo‘lmagan shaxs sifatida ko‘rsatadi va so‘roq qilinuvchiga «ishonib», undan voqea to‘g‘risida ishda ma’lum bo‘lgan fakt bo‘yicha savol beradi. Yolg‘on ko‘rsatuv berishga tayyor turgan shaxs tergovchining ishonchini suiiste’mol qilib, yolg‘on gapiradi va natijada tergovchida bor bo‘lgan dalillar bilan fosh etiladi. Bunday vaziyatlarda boshqacha taktik usulni, masalan, qayta so‘roq qilish usulini xam qo‘llash mumkin. Bir necha marotaba ishlatilgan bu usul so‘roq qilinuvchining sabr-bardoshini to‘ldiradi va natijada u haqiqatni so‘zlashga ahd qilib, voqelikka to‘g‘ri keladigan ko‘rsatuvlarni beradi. Qayta so‘roq paytida tergovchi yanada ko‘proq daliliy ashyolarga ega bo‘lishi lozim. 93 So‘roq paytida mantiqiy qonunlarga tegishli taktik usullar ishla- tiladi. Ularning asosida tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, analogiya kabi tushunchalar yotadi. Bu o‘rinda birinchi talab voqeani ketma-ketlik asosida bosqichma-bosqich aniqlashdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlash pog‘onama-pog‘ona olib borilishi kerak. Bunda isbot-dalillarni taqdim etish ham, guvoh va ayblanuvchilarni so‘roq qilish ketma-ketligi ham, nihoyat, tergovchi tomonidan ko‘rsatuvlarni baholash ham ma’lum mantiqiy ketma-ketlik asosida o‘tkazilishi lozim. So‘roqning erkin so‘zlab berish bosqichida so‘roq qiluvchiga voqeani qanday mantiqiy ketma-ketlik asosida kuzatilganligini gapirib berish tavsiya etiladi. Shuning uchun bu bosqichda unga har qanday savollarni berish nojoizdir, chunki so‘roq boshida tergovchi gumon qilinuvchining qanday axborotga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmayadi. Bundan tashqari, tergovchining bergan savollariga qaraganda, so‘roq qilinuvchi undan ko‘proq axborotga ega bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda tergovchi juda qimmatbaho axborotlarni olishga erishadi. So‘roq qilinuvchi faktlar- ni ma’lum mantiqiy ketma-ketlik asosida gapirib berganda, u ko‘zga ilinar-ilinmas faktlarni ham eslab, ish bo‘yicha muhim bo‘lgan faktlarni oydinlashtirishi mumkin. Agar so‘roq davomida tergovchi so‘roq qilinuvchi tomonidan ayrim voqeaning xossalari, qismlari esdan chiqib qolganini payqasa, bu faktlar yodga olinishi uchun uning eslash qobiliyatini faollashtirishi lozim. Bunda esa quyidagilar yordam beradi: 1) xilma-xil jihatlarda so‘roq qilish. Bunda dastlab so‘roq qilinuvchidan uni qiziqtirgan hodisa to‘g‘risida gapirib berish iltimos qilinadi. Shundan so‘ng bergan ko‘rsatuvlarini o‘sha ketma-ketlikda yana qaytarish yoki hodisaning qoq o‘rtasidan yoxud oxirini batafsil gapirib berish yoki voqeaning ayrim fragmentlarini (ko‘rinishlarini) yoddan so‘zlab berish so‘raladi. Har xil voqeaning bosqichlaridan so‘roq qilish so‘roq qilinuvchida voqeaga doir ayrim ma’lum bo‘lmagan faktlarning ayon bo‘lishi va dastlabki so‘zlangan voqeaning aniqlashtirilishiga olib keladi; 2) hodisadan avval bo‘lgan faktlar to‘g‘risida so‘roq qilish. So‘roq qilinuvchidan hodisa sodir bo‘lgan vaqtda muvoziy ravishda bo‘lib o‘tgan boshqa harakatlar to‘g‘risida (agarda ular hodisa joyiga tutash bo‘lsa) gapirib berish talab qilinadi. Bu yerda bog‘lanish fikrlari, ya’ni o‘xshashlik bog‘lanishi (qandaydir o‘xshash faktni eslash, tergovchini qiziqtirgan faktning yodga olinishiga ko‘maklashadi) katta 94 rol o‘ynaydi. Muvoziylik bog‘lanishida predmetlar va hodisalar orasida vaqt va makon munosabatlari aniqlanadi. Sabab-oqibat bog‘lanishlari (faktlar va predmetlar sababining oqibati sifatida yodga olinadi yoki aksincha, oqibatga ko‘ra unga olib kelgan sabablar esga tushiriladi; 3) hodisa bilan bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan dalil- larni taqdim etish. Yodga olish fikran bog‘lanishlardan tashqari ko‘z bilan eslab qolingan va xotirani faollashtiruvchi tasavvurlarga tayanadi. So‘roq qilinuvchi predmetni tanib olib, agar uni jinoyat sodir etilish paytida ko‘rgan bo‘lsa, uning jinoyat bilan hamda voqea bilan aloqador detallarini yodga olishi mumkin; 4) hodisa joyida so‘roq qilish. So‘roq qilinuvchi esda bo‘lgan holatlarni to‘laroq yodga olishi va ularni qayta xotirdan o‘tkazishi uchun ko‘rsatuvlarni joyida tekshirish paytida, voqea joyida so‘roq qilinadi; 5) yuzlashtirish. Buni o‘tkazishda so‘roq qilinuvchi tegishli jarayonda ishtirok etuvchi shaxsga aloqador bo‘lgan tegishli hodisalarni yodga olishi mumkin; 6) so‘roq qilinuvchini boshqa shaxslar bergan ko‘rsatuvlar bilan tanishtirish. Bu yerda quyidagi tartibga rioya qilish zarur bo‘ladi. So‘roq qilinuvchiga barcha ko‘rsatuvlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas. Unga tegishli voqeani yodga olishi uchun ko‘rsatuvning bir qismi o‘qib beriladi. Aynan ushbu qism uning yodidagi voqeaning qanday bo‘lganligini eslatishga qaratilgan bo‘ladi. Shunday maqsadlarda so‘roq qilinuvchining avval bergan ko‘rsatuvlari ham o‘qib eshittiriladi. Ammo bu usulni ishlatish har doim maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi, chunki bu o‘ziga xos «savolga javob berish»ga aylanadi. Agar so‘roq qilinuvchi oldin bergan ko‘rsatuvlariga qarama-qarshi ko‘rsatuv bersa, bu usul tergovchi tomonidan ishlatiladi. So‘roq jarayonida taktik usullar ishlatilganda ular mantiqqa to‘g‘ri, bir- biri bilan bog‘langan, yagona bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu talab shunga asoslanganki, ajratib tashlangan faktlar kutilgan maqsadga olib kelmaydi. Agar faktlarni mantiqiy ravishda va ketma-ketlikda ishlatilsa va ularning barchasi so‘roq qilinuvchiga katta ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha tekshirilgan dalillar bo‘lsa, u holda mantiqiy usulni qo‘llab, so‘roq qilinuv- chini to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga undash lozim. Shuning uchun so‘roq qilinuv- chining qilgan harakatlari tahlil etiladi, sabab-oqibat bog‘lanishlari unga yaqqol ko‘rsatiladi va bir tizimga keltirilib, so‘roq jarayonida namoyon qilinadi. Natijada so‘roq qilinuvchining jinoyatni sodir qilganligi to‘g‘risida tergovchida hech qanday shubha qolmaydi. Agar tergovchi bevosita dalillarga ega bo‘lmasa-da, lekin shubha uyg‘otadigan ma’lumotlarga ega bo‘lsa, so‘roq taktikasi murakkabroq 95 shaklda o‘tkaziladi. Shunday hollarda tergovchi so‘roq qilinadigan shaxsning voqea to‘g‘risida erkin ravishda bergan ko‘rsatuvlarini yozib oladi va har tomonlama tahlil etib, ularda bor bo‘lgan ziddiyatlarni aniqlaydi hamda qayta so‘roq qiladi. Biroq keyingi safar uning ketma- ketligini o‘zgartiradi. Amaliyotda shunday holatlar bo‘lganki, tergovchilar dalillarni ketma-ketligini mantiqiy talablarga zid holda taqdim etishi oqibatida dalillar o‘zining kuchini yo‘qotib qo‘ygan. Masalan, bir do‘konda o‘g‘irlik sodir bo‘lgan. Jinoyatchi do‘konga kirib, avvalo oynani chiqargan va unda barmoq izlari qolgan. Aynan shu barmoq izi jinoyat ishi bo‘yicha asosiy dalil sifatida xizmat qilgan. Tergovchi gumon qilinuvchini so‘roq qilishni, taktikani puxta o‘ylamasdan, daktiloskopik ekspertiza bergan xulosadan boshlagan. Gumon qilinuvchi shu xulosa bilan tanishib, tergovchi ushbu ish bo‘yicha boshqa daliliy ashyolar bilan qurollanmaganligini payqagan va haqiqatdan ham oynakda qoldirilgan iz o‘ziniki ekanligi to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan. Chunki u bu faktni inkor qilmagan va bu iz qoldirish vaziyatini ham izohlab bergan. U do‘konga kirganini va bu faktni sotuvchilar ham tasdiqlashi to‘g‘risida gapirgan. Oynakda o‘zi iz qoldirganligini bayon qilib, ko‘chada nima bo‘layotganligini ko‘rish uchun oynakning oldiga kelib, iz qoldirganligini sabab qilib ko‘rsatgan. Natijada so‘roq qilish taktikasida maqsadga erishilmagan. So‘roqning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun savollarni to‘g‘ri berish va to‘g‘ri tuzish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun yuqoridagi misolda tergovchi avvalo gumon qilinuvchining jinoyat kuni qayerda bo‘lganligi, nima bilan shug‘ullanganligi to‘g‘risida so‘roq qilganda, u jinoyat joyida iz qoldirilganligiga ishonib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yolg‘on ko‘rsatuv berishga ahd qilar edi va tergovchiga uydirma, yolg‘on ko‘rsatuv berib, tilidan tutilgan bo‘lar edi. Shundan so‘ng tergovchi daktiloskopik ekspertiza xulosasini bergach, gumon qilinuvchi fosh qilingan bo‘lar edi. So‘roq jarayonida savol berish katta ahamiyatga ega: u so‘roq qi- lish predmetiga yo‘nalgan bo‘ladi. Maqsad shaxs voqea to‘g‘risida erkin so‘zlayotganda barcha noto‘liq joylarni oydinlashtirish, so‘roq qi- linuvchining ko‘rsatmalarini aniqlashtirish va tekshirishdan iborat. Javoblarning to‘g‘riligi va to‘liqligi savollarni qanday yo‘sinda qo‘yilishiga bog‘liq. Ular ham to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, savollar voqeani yoki uning ayrim fragmentlarini to‘liq yoki qisman ochib berishga imkon beruvchi, bevosita yoki bilvosita 96 bo‘lishi mumkin. So‘roq qilinuvchiga shunday savol berish lozimki, ushbu savoldan u o‘zi uchun kamroq axborotni o‘zlashtirib olsin va tergovchida unga qarshi qanday axborot va isbot-dalillar borligini bilishi har doim muammoligicha qolsin. Shuningdek, berilgan savollar unga oson bo‘lgan javobga olib kelmasin. Axborotga egalik bo‘yicha ayblanuvchi tergovchiga nisbatan ma’qulroq holatda bo‘ladi: u qilgan jinoyatining va faktlar mazmunini yaxshi biladi, teran anglaydi, tergov- chi esa faqat ish bo‘yicha to‘plangan va hajmi hali to‘liq bo‘lmagan dalillarga tayanadi. Shuning uchun ayblanuvchini so‘roq qilganda unga berilgan savollar qaysi yo‘nalish bo‘yicha ketayotganini bildiradi, shuningdek, tergovchiga nima ayonligi ayblanuvchi uchun qiyin masala bo‘lib qolmaydi. Shunday holatni hisobga olgan holda tergovchi ayblanuvchiga «ishonish» holatiga kirib, uydirma bo‘lsa-da, undan ko‘proq ko‘rsatuvlarni olishga harakat qilishi lozim, ya’ni ayblanuvchi qancha ko‘proq yolg‘on ko‘rsatuv bersa, shuncha yaxshi: keyinroq uning ko‘rsatuvlarini fosh qilish juda oson bo‘ladi. Savol ma’lum mantiqiy xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. U pred- metli, aniq, tushunarli, to‘g‘ri ifodalangan bo‘lishi kerak. Tegishli savol qanchalik to‘g‘ri berilgan bo‘lsa, javob shunchalik teran bo‘ladi. Agar tergovchi bir necha holatlarni aniqlashni xohlasa yoki so‘roq qilinuvchidan muayyan holat to‘g‘risida so‘rasa, bu savol xususiy tarzda berilishi ham mumkin. Odatda, savol-javob jarayoni aynan bir javob bilan cheklanish holatiga olib kelmasligi zarur. So‘roq mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum ketma- ketligi xronologik, mantiqiy yoki taktik bo‘lishi mumkin. Savol berish uchun qulay vaziyatni tanlash lozim. So‘roq qilinuvchi berilgan savolni boshqa savollar bilan bog‘lanish holatini va uning ahamiyatini sezmasligi kerak. Aks holda so‘roq qilinuvchi tergovchi tomonidan berilgan savoldan keyin kelgusi savolning mag‘zini tez chaqib, o‘zining manfaatlarida «himoya chizig‘ini» mustahkamlab oladi. Savollarning mantiqiy ketma-ketligi asosiy savoldan keyin uni to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi va yodga tushirish uchun ko‘maklashuvchi savollarning berilishini ifodalaydi. Agar so‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlarini tekshirish kerak bo‘lsa, unga tekshiruvchi savollar beriladi. Ketma-ketlikning variantlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1) umumiy savollardan xususiy savollargacha, deduksiya asosida. So‘roq boshida, odatga ko‘ra, umumiy savollar beriladi. Masalan, gumon qilinuvchini so‘roq qilishda voqeaning barcha holatlari 97 tergovchi uchun noma’lum bo‘ladi. Shuni e’tiborga olib unga shunday savol berish lozimki, so‘roq qilinuvchi tergovchida qanday dalillar borligini payqamasin. Bu variant o‘zini amaliyotda oqlagan va guvohlarni so‘roq qilishda ham ishlatiladi (agar tergovchi alohida topshiriq asosida so‘roq qilsa va hodisa to‘g‘risida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lsa). Masalan, firibgarlikda ayblanayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risida guvohlarni so‘roq qilish zarur bo‘ldi deylik. Tergovchi so‘roq qilishdan avval holatni yaxshi o‘ylaydi (gap shundan iboratki, jinoyatchi ichki ishlar xodimi kiyimida savdo korxonalariga kirib, ularni xaridorga nisbatan qilgan g‘ayriqonuniy harakatlarini fosh etgan va ulardan tegishli pul mablag‘larini olgan). Shuning uchun tergovchi jinoyatchining bergan ko‘rsatuvlari asosida ko‘rsatuvlarni joyida tekshirish harakatini o‘tkazib, u ko‘rsatgan savdo xodimlarini guvoh sifatida so‘roqqa chaqiradi. Guvohlar tergovchiga barcha narsa ayon bo‘lganini payqab, haqiqatdan ham aynan shu shaxs ularni ichki ishlar xodimi sifatida qo‘rqitib, ulardan pul olganligi to‘g‘risida ko‘rsatuv berishadi. Ularning ko‘rsatuvlarini fosh qilish uchun tergovchi jinoyatchi bilan yuzlashtirish o‘tkazgandan keyin voqealikka to‘g‘ri bo‘lgan ko‘rsatuvlar berishadi. Shunday qilib, savollarni mantiqiy ravishda ketma-ketlik asosida berish ko‘rsatuv beruvchining holatiga kirib, uning beradigan javobiga tayanib ish ko‘rishni talab qiladi; 2) avvalgi faktlardan keyingi faktlarga qarab tergovni qiziqtir- gan asosiy faktgacha so‘roq qilish. Teskari mantiqiy ketma-ketlik ham o‘rinlidir. Unga asosan, oldin oqibatning holatlari, keyin uning sabablari aniqlanadi. Masalan, so‘roq qilinuvchidan voqeaning teskari oqimi bo‘yicha javob berish tavsiya qilindi yoki unga nisbatan katta taassurot uyg‘otgan narsani tavsiflab berish taklif etiladi. Natijada, so‘roq qilinuvchining voqealikka to‘g‘ri bo‘lgan ko‘rsatuvlar berganligi ayon bo‘ladi; 3) ahamiyatga loyiq bo‘lmagan hodisa va juz’iy hollardan aniq- langan asosiy va ish bo‘yicha katta ahamiyatga ega faktlargacha savollarni berish. Ba’zi bir hollarda so‘roq paytida savollar orasidagi mantiqiy bog‘lanish ko‘zga ko‘rinmaydi va ularni savollar hech qanday ketma-ketliksiz berilgan deb qayd qilinadi. Lekin yaqqol ko‘zga tushmaydigan mantiqiy bog‘lanish o‘ziga xos mantiqni shakllantiradi, chunki asosiy maqsad savollarni mantiqiy bir-biriga bog‘lanishini so‘roq qilinuvchi shaxs payqamasligi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling