A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. So‘roq qilishni tashkiliy jihatdan ta’minlash
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish taktikasi
- Retsidivistni so‘roq qilganda quyidagi usullar yordam berishi mumkin
4-§. So‘roq qilishni tashkiliy jihatdan ta’minlash So‘roq qilish bir necha bosqichlardan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish va shu orqali uning ma’lumoti to‘g‘risida axborot olish; – so‘roq qilinuvchiga uning protsessual huquq va burchlarini tushuntirish; – guvoh (jabrlanuvchi)ni yolg‘on ko‘rsatuv berish yoki ko‘rsatuvlarni berishdan bosh tortish uchun jinoiy javobgarlikka tortilish to‘g‘risida ogohlantirish; – gumon qilinuvchiga u qanday jinoyat sodir etishda gumonlanayotganligini e’lon qilib, uning huquq va burchlarini tushuntirish, himoya huquqlarini ta’minlash; – so‘roq qilinuvchining unga ish bo‘yicha ayon bo‘lgan holatlarini erkin himoya qilishda, ya’ni hikoya qilish shaklida eshitish, ko‘rsatuvlarni savol-javob shaklida olish; – so‘roq jarayonini va natijalarini protsessual talablarga asosan qayd qilish. So‘roq qilishning muvaffaqiyatli bo‘lishi unga tayyorgarlik ko‘rish bilan belgilanadi. So‘roq qilishga tayyorgarlik ko‘rish quyidagilardan iborat: – so‘roq predmetiga taalluqli bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ish; – so‘roqqa chaqiriladigan shaxslarning doirasini belgilash va so‘roq qilinuvchining shaxsini o‘rganish; – so‘roqning ketma-ketligini va so‘roq qilinuvchini chaqirish yo‘lini belgilash; – so‘roq qilish joyini tayyorlash; – so‘roqni o‘tkazish uchun so‘roq qilinuvchidan tashqari boshqa shaxslarni ishtirok qilish uchun taklif etish; – so‘roqni texnik jihatdan tayyorgarlik holatiga keltirish; – so‘roq qilish rejasini tuzish; – so‘roq qilishga tayyorgarlik holatini tekshirish. So‘roq predmetiga taalluqli bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ish jinoyat ishi materiallari asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, tergovchi tegishli shaxsga nisbatan ichki ishlar organlari yana qanday materiallarga ega ekanligini aniqlaydi va ular bilan tanishib chiqadi. Jinoyat ishini o‘rganganda quyidagi savollar shakllanadi: jinoyat ishi 99 bo‘yicha va so‘roq uchun qanday holatlarni aniqlash lozim, so‘roq qilinuvchi shaxs qanday axborotga ega bo‘lishi mumkin? Ayblanuvchini so‘roq qilish uchun tayyorgarlik ko‘rganda, masalan, talon-torojga oid murakkab ish yuzasidan so‘roqda ishlatiladigan barcha materiallarni o‘qib chiqib, ularni alohida konspektga ko‘chirish lozim, chunki bu axborotlar so‘roq paytida tergovchiga kerak bo‘ladi. Shunda aybla- nuvchining aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi hamda bu savollar bo‘yicha avval so‘roq qilingan shaxslarning ko‘rsatuvlarida ziddiyatlar borligiga e’tibor beriladi. Har bir talon-toroj qilish epizodining mazmuni bilan tanishib chiqib, ular o‘rtasidagi aloqalarga e’tibor berish lozim. So‘roqqa tayyorgarlik ko‘rganda tergovchi daliliy ashyolarni ko‘zdan kechiradi, avval olingan ko‘rsatuvlar bilan tanishadi. So‘roqqa chaqiriladigan shaxslarning doirasini belgilash va so‘roq qilinuvchini shaxsini o‘rganish bosqichida avvalambor chin ko‘ngildan voqealikka to‘g‘ri bo‘lgan ko‘rsatuvlar berib kelayotgan shaxslar tergovchini qiziqtirayotgan savollar bo‘yicha so‘roq qilinadi. Chunki ular yordamida aniqlanishi kerak bo‘lgan faktlarning voqelikda qanday sodir etilgani yoki qaysi shaxslardan haqiqiy ko‘rsatuv olish imkoniyati borligi va shunga asosan boshqa dalillarni baholash mumkinligi oydinlash- tiriladi. Oldin, odatga ko‘ra, jabrlanuvchilar va jinoyatni o‘z ko‘zi bilan boshidan oxirigacha ko‘rgan shaxslar-shohidlar, keyin voqea to‘g‘risida xabar bergan yoki gumon qilinuvchi va jabrlanuvchi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar so‘roq qilinadi. Agar yagona bir epizod bo‘yicha yoki yagona bir fakt bo‘yicha bir necha shaxslarni so‘roq qilish imkoniyati bo‘lsa, u holda birinchi galda tergovni qiziqtirgan holat bo‘yicha uni ma’qul shart-sharoitlarda qabul qilib, eslab qolgan, hayotiy tajribasi ko‘proq bo‘lgan yoki boshqa bir sabablarga ko‘ra voqea to‘g‘risida to‘liq hikoya qilib beradigan shaxsni so‘roq qilish zarur bo‘ladi. So‘roq qilinuvchining shaxsini o‘rganish tergovchiga so‘roq jarayonida so‘roq qilinayotgan shaxsning ichki va tashqi qiyofasini, xatti-harakatlarini kuzatish, tergovchiga ta’sir etishga urinishlarini bashorat qilish imkonini beradi. So‘roq qilinuvchining shaxsini o‘rganish tergovchi uni so‘roq qilish to‘g‘risida bir qarorga kelgandan so‘ng amalga oshiriladi (tergovchi shaxsni so‘roq qilish to‘g‘risida taktik qaror chiqaradi, shuning uchun uni protsessual qaror bilan aralashtirilmaydi). U ikki bosqichga bo‘linadi: 100 1) so‘roqni o‘tkazishdan avvalgi bosqich; 2) so‘roqni o‘tkazish jarayonidagi bosqich. So‘roq qilinuvchi to‘g‘risida protsessual axborot olish – tergov harakatlari orqali o‘tkaziladi (so‘roq qilish, ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish, ekspertiza tayinlash va hokazo). Noprotsessual axborot manba- lariga axborot olishda ishtirok etuvchi boshqa axborot olish vositalari xiz- mat qiladi (tezkor-qidiruv faoliyati, jamoatchilik yordamidan foydalanish va hokazo). Har bir vaziyatda so‘roq qilinuvchining biografik ma’lumot- lari, mehnat faoliyati, jamoat joylarida o‘zini qanday tutishi, oilaviy muhitdagi xulq-atvori va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida bilish maqsadga muvofiq. Shaxsni so‘roq qilishdan avval uni o‘rganishning asosiy yo‘llari sifatida quyidagilar xizmat qiladi: – jinoyat ishida bor bo‘lgan hujjatlarni tahlil qilish; boshqa tergov harakatlari o‘tkazilganda ma’lumotlarni yig‘ish (masalan, ushbu shaxsning hayot tarzini aniqlash va uni yaxshi taniydigan shaxslarni so‘roq qilish); – ish joyi va o‘qish joyi bo‘yicha bu shaxsga oid axborotlarni yig‘ish, tavsifnomalar olish; – ichki ishlar idoralari tezkor xodimlari tomonidan bu shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar olish; – agar so‘roq qilinuvchi avval sudlangan yoki ish bo‘yicha guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, arxivda bo‘lgan jinoyat ishi materiallari bilan tanishish. Shaxsni so‘roq qilish jarayonida asosiy e’tiborni uning bergan ko‘rsatuvlariga, og‘zaki nutqiga, ruhiy holatlariga qaratish lozim. So‘roqning ketma-ketligini va so‘roq qilinuvchini chaqirish yo‘l- larini belgilash bir qator holatlar, jumladan, ma’lumotlarning hajmi bilan bog‘langan (ya’ni, bu shaxs qanday ma’lumotlarga ega va ularning hajmi qanday, tergovchida qanday dalillar bor, so‘roq qilinuvchining bo‘lib o‘tgan voqeaga munosabati, uning ishning to‘g‘ri hal etilishidan manfaatdorligi va uning ishda ishtirok etishi). So‘roqning ketma-ketligi isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlash ketma-ketligi, tusmolning ta’rifi hamda tusmollarni tekshirish rejasi bilan belgilanadi. Guruhiy jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq voqeaning ikkinchi darajali qatnashchi- laridan boshlanadi. Agar shaxs haqqoniy ko‘rsatuv berishni xohlamasa, bu shaxsni tergovchi so‘roq qiladi. Biroq unda shaxsni qoralovchi asoslangan dalillar yig‘ilgan bo‘lishi kerak. Shundagina so‘roq qilinuvchi shaxsdan to‘g‘ri ko‘rsatuvlar olish oson kechadi. 101 So‘roq qilinuvchi guvoh yoki jabrlanuvchi tergovchi oldiga chaqiruv qog‘ozi, telegramma yoki telefonogramma orqali chaqiriladi. Shuningdek, ular bevosita tergovchi tomonidan ham so‘roqqa taklif etilishi mumkin. Ba’zi bir paytlarda hudud profilaktika inspektori orqali chaqiriq qog‘ozini yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi va guvohga zudlik bilan so‘roqqa yetib kelish talab qilinadi. So‘roqqa chaqirish oshkor bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun bu harakatni obdan o‘ylab bajarish lozim. Agar so‘roqning ziddiyatli tusga ega bo‘lish ehtimoli bo‘lsa, bu holda so‘roq qilinuvchini qandaydir bir jamoat zaruriyatini asos qilib kutilmagan holda chaqirish kerak. Bunday taktika so‘roq qilinuvchining o‘z «himoya chizig‘ini» yaxshi o‘ylab ko‘rishiga vaqt bermaydi. So‘roq qilish uchun so‘roqni tinchgina o‘tkazishni ta’minlay oladigan har qanday joyni tanlash mumkin. Keksa yoshdagi va xasta odamlarni so‘roqqa chaqirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Tergovchining o‘zi ularning oldiga borib, bunday shaxslarining xohishiga binoan (ba’zi hollarda tibbiyot xodimi ishtirokida) so‘roq qilinadi. Agar shunday harakatlarni amalga oshirish qiyin bo‘lsa, bu shaxslarning turar joylari bo‘yicha harakatda bo‘lgan ichki ishlar organlarining tergovchisi yoki surishtiruvchiga ushbu shaxslarni so‘roq qilish to‘g‘risida alohida topshiriq beriladi. So‘roq qilinish joyini tayyorlash. Odatda, so‘roq qilish tergovchining xonasida amalga oshiriladi. Qamoqqa olingan shaxslarni esa tergov hibsxonalarida (ya’ni izolatorlarda, yakkalash xonasida) so‘roq qilinadi. Tergovchining xonasidagi holat jiddiy bo‘lishi kerak va so‘roq qilinuvchining diqqatini o‘ziga jalb qilib, so‘roqqa xalaqit qiluvchi biron- bir narsa bo‘lmasligi lozim. So‘roq paytida begona shaxslar yoki predmetlarning bo‘lishi, eshik orqasidagi shovqin-suron, manzaraning yaqqol tasviri aks etgan oynaning yaqin bo‘lishi va so‘roq qilinuvchining manzaraga qarab, diqqati bo‘linishi, xonadagi telefon qo‘ng‘iroqlarining to‘xtamasdan jiringlashi yoki radiorepraduktorning ishlashi so‘roqqa ruhiy tomondan salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi. So‘roqqa tayyor- garlik ko‘rganda bu omillarning barchasi bartaraf etilishi yoki hisobga olinishi lozim. So‘roqni o‘tkazish uchun so‘roq qilinuvchidan tashqari tergovchi qanday shaxslarni so‘roqda ishtirok etishi to‘g‘risidagi masalani hal etadi. Umumiy odatga ko‘ra, tergovchining xonasida so‘roq uchinchi shaxslarning ishtirokisiz o‘tkaziladi, ammo ba’zi hollarda jinoyat- protsessual qonuni so‘roqda himoyachining, prokurorning, tarjimonning, muallimning ishtirok etishini talab qiladi. So‘roqda ishtirok etish uchun ekspert taklif etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki suddan ruxsat olib ekspert 102 so‘roq qilinuvchiga ekspertizaga taalluqli savollar berishi mumkin (JPKning 68-moddasi). Tekshiruv va yordam ko‘rsatish maqsadlarida tergov bo‘limi yoki bo‘linmasining boshlig‘i so‘roqda shaxsan ishtirok etishi yoki bevosita so‘roqni o‘zi o‘tkazishi mumkin (JPKning 37-moddasi). Jinoyat ishini bir guruh tergovchilar tergov qilganda so‘roqda tergovchilar guruhining rahbari ishtirok etishi mumkin. So‘roqni texnik jihatdan tayyor holatga keltirish, avvalambor, dalillar va so‘roq qilishda kerak bo‘ladigan materiallarni tayyorlashdan iborat. Shu maqsadda jinoyat ishining jildida zarur bo‘ladigan varaqlariga jild muqovasidan tashqariga chiqib, ko‘zga tashlanadigan chiptalar qo‘shib qo‘yiladi. So‘roq qilinadigan shaxslarning sxemasi tayyor qilinadi yoki unga fotosuratlar ilova qilinadi, daliliy ashyolar tayyorlanadi, protsessual hujjat- larning blankalari tayyorlanadi. Agar so‘roq ovoz yozish tasmasiga qayd eti- ladigan bo‘lsa, zarur bo‘lgan ovoz uskunalari tayyor holatga keltiriladi. Videoyozuvni amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda mutaxassislar chaqirilib, videoga olish vositasi tayyor holatga keltiriladi. Tayyorgarlikning yakunlovchi bosqichi – so‘roq qilish rejasini tuzish va so‘roq qilishga tayyorgarlik holatini tekshirishdan iborat. So‘roqni o‘tkazish rejasi yagona bir harakat uchun tuzilib, vaqt bo‘yicha katta jarayonni o‘ziga olmaydi va asosan tergov qilish rejasining tarkibiy qismi sifatida xizmat qiladi. Ko‘p epizodli jinoyat ishlari va ayblanuvchilarning ko‘plab jinoyat ishlari, juda ko‘p buxgalter hujjatlariga ega jinoyat ishlari bo‘yicha yoki bilvosita dalillar asosida qurilgan va shunga asosan aybnoma e’lon qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilinuvchi haqiqiy ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortsa (agar so‘roq paytida tezkor qidiruv axborotni ishlatish zarur bo‘lsa), shuningdek, so‘roqni ovoz yozish yoki videoga olish uskunasiga qayd qilish kerak bo‘lsa, so‘roq reja- sini tuzish taqozo etiladi. Shunday qilib, yozma reja tuzish zarur bo‘lmaydi va tergovchi so‘roqda beriladigan savollar ro‘yxati bilan cheklanadi hamda ularning ketma-ketligini belgilaydi. So‘roqqa tayyorgarlik ko‘rganda savollarning tahririga e’tibor beriladi va ularning ketma-ketligi belgilanadi. Shuning uchun savollar shakllantiriladi va taktik holatiga qarab rejaga kiritiladi. Maxsus savollarni o‘rganish zaruriyati bo‘lsa, tergovchi ishlab chiqarish texnologiyasi, mexanizmlarning ishlash xususiyatlari va so‘roq paytida ishlatiladigan atamalar bilan bevosita tanishadi. 103 5-§. So‘roq qilishning taktik usullari So‘roq qilish so‘roqqa kelgan shaxsni (guvohni, jabrlanuvchini) tekshirishdan boshlanadi, ya’ni uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi va shaxs bilan solishtiriladi, keyin uning huquq va burchlari tushuntiriladi. Yolg‘on ko‘rsatuv berish yoki ko‘rsatuv berish- dan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi va ish bo‘yicha unga nima ma’lum bo‘lsa, barchasini bayon qilish tavsiya etiladi. So‘roq qilish quyidagi bosqichlardan iborat: 1) dastlabki tergov bosqichi (shaxsni tekshirish va huquqlarini tushuntirishdan iborat); 2) erkin hikoya qilish bosqichi; 3) so‘roq jarayonini va natijalarini qayd qilish bosqichi. So‘roq qilinuvchi erkin hikoya qilib berganidan so‘ng so‘roqning mavzusi tugamaydi, chunki ba’zi holatlarga ahamiyat bermagan bo‘ladi. Ba’zi hollarda buni shaxsning esidan chiqib ketganligiga yo‘yish mumkin (ehtimol, u o‘zining fikrini yaqqol ifodalashga qodir bo‘l- maydi). Shu sababli tergovchi erkin hikoya qilish bosqichidan so‘ng so‘roqning uchinchi – savol-javob bosqichiga o‘tadi, tekshirilayotgan faktlar to‘g‘risida ularning aytilmaganligini hisobga olib savol beradi. So‘roq qilinuvchi guvohlarning qanday ko‘rsatuv berayotganlarini hisobga olib, ikki turga bo‘lish mumkin: – astoydil haqiqiy ko‘rsatuvlar berayotgan guvohlar; – bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan guvohlar. Bu bo‘linish taxminiydir, chunki yagona guvoh biror bir fakt bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatuvlar berishi mumkin. Bundan tashqari, uning yolg‘on ko‘rsatuvlari anglashilmovchilik sabablariga ko‘ra vujudga kelishi mumkin va voqealikka to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, 2008-yilning 31-dekabr kuni qabul qilingan qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi- ga «Guvohning advokati» deb nomlangan 66 1 -moddasining qo‘shilishi, 66- moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi jinoyat ishlari bo‘yicha guvohlarni so‘roq qilish tizimini yanada takomillashtirdi. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, guvoh tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish, o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik huquqlariga ega bo‘ldi. Shu sababli guvohni so‘roq qilishda undan so‘ralayotgan hodisaning o‘ziga qarshi bo‘lgan qismlari to‘g‘risida savollar bermaslik maqsadga muvofiq. 104 Chin yurakdan to‘g‘ri ko‘rsatuv berayotgan guvohni so‘roq qilishning taktik usullari munosabatlarni ziddiyatsiz bo‘lgan ta’rifda saqlab, faktlar to‘g‘risida undan to‘g‘ri va to‘liq axborot olishdan iboratdir. Astoydil, haqiqiy ko‘rsatuvlar beruvchi guvohga u unutgan holatlarni eslashi uchun yordam ko‘rsatish kerak. Bunday holda voqeani eslash uchun bog‘lanish usuli qo‘llaniladi va unga dalillar taqdim etiladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatuvlar olinadi, zarur bo‘lsa ayblanuvchi va boshqa guvohlar bilan yuzlashtirish o‘tkaziladi. Yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan guvohlarga nisbatan tergovchi bosh- qacha taktik usullarni ishlatadi. Aynan shu guvohlar tergovda ziddiyatli tergov holatini yuzaga keltirishadi. Yolg‘on ko‘rsatuv berish aybsiz shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi yoki og‘ir jinoyat sodir qilgan shaxsning oqlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday ko‘rsatuvlar voqealikda bo‘lmagan harakatlarni bo‘lgan deb tasdiqlashdan yoki voqealikda bo‘lgan harakatlar to‘g‘risida hech qanday axborot bermaslikdan kelib chiqadi. Yolg‘on ko‘rsatuvlar berish va haqiqatni gapirmaslik sabablarini bilish uchun tergovchi, avvalambor, guvohga uning gumon qilinuvchi- ning qilgan harakatlari jamiyatga naqadar ziyon keltirishi to‘g‘risida tushuntirishi lozim. Shuningdek, tergovning to‘liq ravishda olib borilishi haqiqatning aniqlanishiga olib kelishi to‘g‘risida unga ta’sir ko‘rsatib, mantiqiy usul bilan uning yolg‘on ko‘rsatuvlari sudda chilparchin bo‘lib, o‘zi jinoiy javobgarlikka tortilishi ehtimoli borligini ham uqtirish kerak. Agar bunday guvoh o‘zboshimchalik qilib, baribir yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan bo‘lsa, uning ko‘rsatuvlari har bir daqiqagacha maydalash- tirilishi kerak (detalizatsiya uslubida), natijada uning voqealikka qarshi ko‘rsatuv berayotganligi yaqqol ko‘rinadi. Jabrlanuvchi sifatida tan olingan shaxs guvohni so‘roq qilish qoidalariga asosan so‘roq qilinadi, lekin bu so‘roqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, ko‘pgina vaziyatlarda jabrlanuvchi – jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bu jinoyat orqali unga zarar yetkazilgan shaxs hisoblanadi. Shu bois, u jinoyatning holatlari to‘g‘risida xabardordir bo‘ladi. Uning ko‘rsatuvlari ko‘pincha to‘liq bo‘ladi. Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari sodir etilgan voqea to‘g‘risida to‘liq tushuncha hosil qilishga imkon beradi, tusmollar tuzishga va dalillarni aniqlashga yordam beradi. Ikkinchidan, jabrlanuvchi bu jinoyat ishining natijalaridan manfaatdor bo‘lib, tergovchiga yordam qilishga harakat qiladi. Lekin, ko‘pincha, uning o‘ziga ruhiy, ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar 105 jabrlanuvchi jinoyat qilishga gijgijlagan shaxs bo‘lsa, uning ko‘rsatuvlari voqealikka to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Ammo bir vaqtda jabrlanuvchining jinoyat ishi bo‘yicha manfaatdorligi va unga betaraf bo‘lmasligi uning bergan ko‘rsatuvlariga ishonmaslik hollarini keltirmasligi zarur. Shuning uchun uning ko‘rsatuvlarini hisobga olmaslik yoki ularni shubha ostiga olish mumkin emas (agarda shubha hech qanday asoslarga ega bo‘lmasa). Uchinchidan, jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari – uning huquqi bo‘lib qolmasdan, balki uning protsessual burchi hamdir. Jabrlanuvchi o‘zining ko‘rsatuvlarida o‘ziga berilgan savollarning chegaralaridan oshib, fikr va mulohazalarini bayon qilishga, xulosalar chiqarishga va jinoyat bo‘yicha tegishli taxminlar qilishga haqli. To‘rtinchidan, jabrlanuvchining guvohdan farqi shundaki, uning protsessual huquqlari kengroq. Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari o‘zining jinoyatdan poymol bo‘lgan huquq va manfaatlarining qalqoni bo‘lib qoladi. Ish bo‘yicha har qanday vaqtda u o‘zining ko‘rsatuv berish huquqidan foy- dalanishi mumkin. U tashabbus ko‘rsatib, jinoyatni ochishda, ayblanuvchini fosh qilishda va da’vosining qondirilishida tergovchiga faol yordam beradi. Har qanday jabrlanuvchi o‘zining ko‘rsatuvlarini to‘g‘ri va voqelikka mutanosib qilib ko‘rsatishga ojizdir. Tergov amaliyotida shunday hollar uchraydiki, ba’zi bir jabrlanuvchilar u yoki bu sabablarga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv bermaydilar. Bu holat ularning anglashilmovchiligi natijasida yuz berishi mumkin. Masalan, ular yanglishib (biroq yanglishganlarini mutlaqo bilmasdan) ayblanuvchining hisobidan o‘ziga keltirilgan zararni qoplash maqsadlarida shunday ko‘rsatuv berishlari mumkin. Ba’zan ular jinoyat ishida o‘zlarining qilgan ishlarini berkitish maqsadida yolg‘on ko‘rsatuv beradilar. To‘liq bo‘lmagan ko‘rsatuvlarni odatda jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoiy hodisalar bo‘yicha so‘roq qilinadigan jabrlanuvchilar beradi, chunki bo‘lib o‘tgan jinoyat ularni ruhiy ezadi va jinoyat detallari to‘g‘risida batafsil axborot berishdan uyalib, sodir etilgan isnodni oshkora qilmaslikka harakat qiladilar. Jabrlanuvchini ilk bor so‘roq qilganda unga keltirilgan moddiy zararning ta’rifi va miqdorini aniqlash lozim. Ba’zi hollarda jabrlanuv- chilar g‘araz niyatlarda keltirilgan zarar miqdorini oshirib ko‘rsatadilar. Ammo bu har bir jabrlanuvchi to‘g‘risida zarar miqdorini oshirib ko‘rsatadi deb xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki ular jinoyatdan zarar ko‘rsalar ham avvalambor o‘zlarini koyiydilar va aziyat chekadilar. Jabrlanuvchini so‘roq qilish yakunida ogohlantirish zarur. Ogohlantirishning mazmuni shundan iboratki, agar jabrlanuvchi ish 106 bo‘yicha qandaydir bir vaziyat yoki holatni eslasa va bu axborot ish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lishini taxmin qilsa, u holda tergovchining oldiga kelib, bu to‘g‘rida batafsil gapirib berishi lozim va natijada u yangi ko‘rsatuvlar bergan hisoblanadi. Ba’zan jinoyat to‘g‘risida soxta xabar berish ham uchraydi. Bunday holatlar talon-torojni yashirish, davlat yoki jamoat mulkini yoxud katta ahamiyatga ega hujjatni yo‘qotish, kamomadni yashirish, o‘zi uchun moddiy manfaatga ega bo‘lish va boshqa asoslarga ko‘ra sodir etiladi. Ushbu vaziyatlarda voqea sodir bo‘lgan joyni batafsil ko‘zdan kechirishdan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi, eksperiment o‘tkazilib, guvohlarning ko‘rsatuvlarini olgandan keyin jinoyat to‘g‘risida xabar bergan odamni so‘roq qilib, uning ko‘rsatuvlari boshqa tergov harakatlari natijalari bilan solishtiriladi. «Soxta jinoyat» to‘g‘risida xabar bergan shaxsni fosh qilish uchun uni batafsil detalli ravishda so‘roq qilish, kerak bo‘lsa, qayta so‘roq o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Negaki, yolg‘onni oxirigacha to‘la o‘ylab chiqish mumkin emas va yolg‘on axborotni esda saqlash ham qiyin masaladir. Shunga asosan yolg‘on ko‘rsatuv fosh bo‘ladi. Jabrlanuvchining ishdan manfaatdorligi, o‘ziga xos ruhiy holati, jinoyat bo‘lgan vaqtda unga nisbatan tergovchining munosabati uning ko‘rsatuvlariga alohida tus beradi va tergovchidan jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini aniqlashtirib, detallashtirishni taqozo etadi. Bu esa tegishli axborotga uning qayerdan ega bo‘lganligini bilish hamda uni tekshirish uchun kerakli ma’lumotlarni olishdan iborat bo‘ldi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish taktikasi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilishning protsessual tartibi ayblanuvini so‘roq qilish tartibidan farq qilmaydi. Ammo gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish taktikasi bir emas. Gumon qilinuvchida obyektiv axborotni yashirish bo‘yicha o‘zini muhofaza qilish xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tergovchiga nisbatan u xavfsirab va ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Shuning uchun tergovchi uning ish bo‘yicha qanday axborotlarga ega ekanligini bilishga harakat qiladi. Gumon qilinuvchi ko‘rsatuvlar berishga haqlidir. Bu uning pro- sessual huquqi. U bergan ko‘rsatuvlari bilan o‘ziga qaratilgan shubhaga qalqon bo‘ladi. Gumon qilinuvchi surishtiruv organlari yoki tergovchi bilan birinchi bor uchrashgan payti so‘roq qilinadi. Shu vaqtda tergovchi unga qarshi qanday dalillar bilan qurollanganligini bilmaydi va javobgarlikdan qochishga harakat qiladi. Gumon qilinuvchini qo‘qqisdan so‘roq qilish oqibatida g‘aflatda qoldirish uning u yoki bu tusmolni 107 o‘ylab chiqishiga imkon bermaydi (agarda uni avvalroq o‘ylab chiqarmagan bo‘lsa) va uning tergovchida bo‘lgan dalillarga baho berishga vaqti ham bo‘lmay qoladi. Jinoyat ishi uchun gumon qilinuvchini daliliy ashyo bilan ushlab olish vaziyati katta ahamiyatga ega. Ushlab olingan gumon qilinuvchi xohlasa-xohlamasa holatni tushuntirishi kerak bo‘ladi. Lekin ruhiy tomondan tayyorlanmagan holda oxirida haqiqiy ko‘rsatuvlarni berishga majbur bo‘ladi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilishga tayyorgarlik ko‘rish tergovchi tomonidan qisqa vaqt ichida o‘tkazilishi lozim. Ko‘pincha, u gumon qilinuvchining shaxsi to‘g‘risida hajmi bo‘yicha eng kam axborotga ega bo‘ladi va so‘roq paytida ma’lum bir taktik usullarni qo‘llab, maqsadga muvofiq harakat qiladi. So‘roqning predmeti, uni o‘tkazish joyi aniqlashtiriladi va agar ushlab olingan shaxslar bir necha bo‘lsa, savollarning ketma-ketligi belgilanadi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilishga tayyorgarlik ko‘rish ziddiyatli tergov holatini keltirib chiqarmaslik maqsadida ham amalga oshiriladi. Shuningdek, bunda gumon qilinuvchi qanday ruhiy qarshilik ko‘rsatishi va uni bartaraf qilish choralari ham hisobga olinadi. Tergovchining so‘roq qilinuvchidan nimani va axborotni qanday ketma-ketlikda aniqlash kerakligini, qanday dalillarni ishlatish zarurligini bilmasdan va so‘roqqa tayyorgarlik ko‘rmasdan so‘roqni boshlashi maqsadga muvofiq emas. Aks holda, u tergov xatosiga yo‘liqadi va gumon qilinuvchi ish bo‘yicha hech qanday dalillarga ega emasligini payqab, o‘zining «himoya chizig‘ini» mustahkamlaydi, ba’zi bir vaziyatlarda ochiqdan ochiq hujumga o‘tib, qonuniy ravishda jinoiy jazodan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilish uning shaxsini hujjatlar asosida tasdiqlashdan boshlanadi. Agar hujjatlari bo‘lmasa, u holda bu shaxsni yaxshi taniydigan kishilarning shahodatidan hamda IIV Axborot markazida kriminalistik ro‘yxatlarga qarab aniqlanadi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilish bayonnomasining anketa ma’lumotlari qismini to‘ldirganda, keyingi paytlarda u qayerda istiqomat qilganligi, qayerda ishlaganligi, nima uchun shahardan chiqib ketganligi aniqlanadi. Shundan so‘ng undan bo‘lgan joylarida (shaharlarda) jinoyat sodir qilganmi, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinganmi, qidiruvda bo‘lmaganmi degan savollarga javob olish lozim. Gumon qilinuvchi bilan birinchi marotaba uchrashganda unga yolg‘on ko‘rsatuvlar berishdan voz kechish va kelgusida agar u yolg‘on ko‘rsatuv bersa, bu ko‘rsatuvdan ajralish unga qiyinchilik tug‘ilishini tushuntirish 108 kerak. Odatda, jinoyatga aloqador bo‘lmagan shaxs o‘zi haqida batafsil ko‘rsatuvlar beradi va hech narsani yashirmaydi. Jinoyatchini ushlab olish holatlaridan tashqari, o‘zining jinoyatga aloqador emasligi to‘g‘risida tegishli yo‘llarni ko‘rsatadi. Jinoyatga aloqador gumon qilinuvchi javobgar- likdan qochishga urinsa ham, shubhani asossiz vajlar bilan bartaraf etishga harakat qiladi yoki ko‘rsatuv berishdan umuman bosh tortadi, uydirma familiyani to‘qiydi. O‘zining alibisi to‘g‘risida bayon qiladi (alibi shaxsning jinoyat paytida boshqa joyda bo‘lganligini bildiradi). Har bir shunday vaj detalli savollar qo‘yilishi bilan tekshirilishi va uning ko‘rsatuvlarini jinoyat ishi materiallari bilan solishtirishi lozim. Gumon qilinuvchining ko‘rsa- tuvlarini tekshirish uchun uni vaji (alibisi) bo‘yicha qayta so‘roq o‘tkaziladi. Faktlarni aniqlash ketma-ketligi o‘zgaradi, shu ko‘rsatuvlardagi noaniqliklarni va ziddiyatlarni bilishga yordam beradi. Ayblanuvchini so‘roq qilishning umumiy qoidalari JPKning 109- 113-moddalarida qayd etilgan. Unga asosan, tergovchi ayblanuvchiga uni jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtirganidan so‘ng zudlik bilan (ayb e’lon qilingandan keyin) so‘roq qilishi taqozo etiladi. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra bunday harakatlarni amalga oshirish qiyin bo‘lsa, tergovchi tomonidan bu haqda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Taktik jihatdan ayblanuvchidan haqiqiy ko‘rsatuvlar olish juda muhim. Chunki bu voqea to‘g‘risida aniq manbaga ega bo‘lib, jino- yatning sababi, ayblanuvchini tasdiqlaydigan shaxslarning nomi, boshqa dalillarni keltirishga imkon yaratib, tergovchiga noma’lum bo‘lgan vaziyatlarni aniqlashga yordam beradi. Ayblanuvchini so‘roq qilishga tayyorgarlik ko‘rish va so‘roq qilish ma’lum xususiyatlarga ega. Ayblanuvchi, avvalambor, gumon qilinuvchi sifatida dastlab shu tergovchi tomonidan so‘roq qilingan bo‘lishi mumkin. Bir tarafdan, bu so‘roqqa tayyor bo‘lishga yordam beradi, boshqa tarafdan esa, so‘roqni o‘tkazish ma’lum bir murakkablikka duch keladi. Chunki tergovchi avval ishlatgan dalillarni ayblanuvchiga takroran ko‘rsatadi (gumon qilinuvchi bo‘lganida bu dalillar ilk bor ko‘rsatilgan edi). Shuning uchun avval gumon qilinuvchi bilan o‘tkazilgan barcha so‘roqlardagi ko‘rsatuvlar yaxshi tahlil etilishi va bo‘lajak so‘roqning taktikasi shakllantirilishi lozim. Ayblanuvchini so‘roq qilish uni ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha o‘z aybiga iqror bo‘lishi borasidagi savol bilan boshlanadi va shundan so‘ng aybnoma- ning mazmuni bo‘yicha ko‘rsatuv berish tavsiya etiladi. Ushbu savolga 109 ayblanuvchi qanday javob berishi qarab uni so‘roq qilish taktikasi belgilanadi. Ayblanuvchining unga e’lon qilingan aybnomaga bo‘lgan munosabati va bergan ko‘rsatuvlarining voqelikka to‘g‘riligi bo‘yicha so‘roq qilishda tergovchi quyidagi beshta asosiy tipik holatlardan biriga duch kelishi mumkin: 1) ayblanuvchi o‘zi sodir etgan jinoyatda aybiga to‘la iqror bo‘lib, voqea to‘g‘risida to‘liq va obyektiv ko‘rsatuvlar bersa va bu axborot ish materiallaridagi faktlar bilan mutanosib bo‘ladi; 2) ayblanuvchi o‘zini aybdor hisoblab ko‘rsatuv beradi, ammo uning ko‘rsatuvlarida jinoyat ishi materiallari bilan qarama-qarshi ma’lumotlar bo‘ladi; 3) ayblanuvchi o‘zini qisman aybdor deb iqror bo‘ladi va ish bo‘yicha yig‘ilgan materiallarga qaraganda qarama-qarshi ma’lumotlarni o‘z ko‘rsatuvlarida bayon etadi; 4) ayblanuvchi o‘zini aybdor hisoblamaydi va buning sababini tushuntiradi; 5) ayblanuvchi o‘zini aybdor hisoblamaydi va ko‘rsatuv berishdan bosh tortadi. Agar ayblanuvchi o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lsa, tergovchi undan yanada og‘irroq jinoyat sodir etganligi uchun va uni oshkora qilmaslik niyatida unga ayb sifatida qo‘yilgan boshqa jinoyatlarda to‘la iqror bo‘lganligi bo‘yicha savol beradi. Bunda ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini boshqa dalillar bilan mustahkamlashi zarur bo‘ladi. Ayblanuvchini so‘roq qilganda eng samarali so‘roq qilish uslubi uning bergan ko‘rsatuvlarini maydalashtirish hisoblanadi. Bu usul ayblanuvchining sodir etgan jinoyatini bosqichma-bosqich qanday bo‘lganligini nazorat qilib borishga imkon beradi va uning harakatlari mantiqqa to‘g‘riligini tekshirishga yordam beradi. Bunday so‘roqqa ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan va ishga katta ta’sir ko‘rsatuvchi hollarni o‘tkazib yuborish mumkin emas va bunda tergovchini aldash hollari yaqqol seziladi. Ko‘rsatuvlarni maydalashtirganda jinoyatda qatnashgan, unga gijgijlagan va jinoyat to‘g‘risida xabar bermagan shaxslarni aniqlash osonlashadi. Bundan tashqari, o‘g‘irlangan mulk qayerda yashirilganini, yangi dalillarni va ayblanuvchining ko‘rsatuv- larini tasdiqlovchi ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Ayblanuvchini so‘roq qilishda ishlatiladigan boshqa taktik usul uni qayta so‘roq qilish usuli bo‘lib, ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini tekshi- rishda yordam beradi. Ayblanuvchi avval bergan ko‘rsatuvlari bo‘yicha qayta so‘roq qilinadi. Qayta so‘roqdagi detallashtirish, ya’ni ko‘rsatuvlarni 110 maydalashtirish usulini so‘roq qilinuvchining birinchi bergan ko‘rsatuvlari bilan solishtirganda, qarama-qarshiliklarni aniqlash mumkin. Ayblanuvchini so‘roq qilganda, agar u haqqoniy ko‘rsatuvlar ber- masa, uni chalg‘itadigan fikrlar bilan ovora qilish lozim. Masalan, uning avval sudlanganligi va jazoni qayerda o‘taganligi, qayerda yashaganligi va ishlaganligi to‘g‘risida so‘rab, keyin unga ish bo‘yicha mavjud alohida dalillarni taqdim etish yo‘li bilan haqqoniy ko‘rsatuv berishga undash ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam berishi mumkin. So‘roq qilinuvchi munosabatining tergovchiga nisbatan salbiy tarafga o‘zgarishi – juda murakkab ruhiy jarayondir. Bu dastavval uning umumiy hayajonlanishi va ishonchsizligida, keyin esa haqiqatni oshkora qilish uchun ehtiyotkorlikni namoyish qilishida ko‘rinadi. Odatga ko‘ra, ayblanuvchining bir-biriga qarshi bo‘lgan fikrlarni haqiqatni tergovchiga oshkor etish kerakligi yoki mumkin emasligi holatini shakllantiradi. Ayblanuvchini fosh qilish uchun (agar aybiga iqror bo‘lmasa) ish bo‘yicha aniqlangan qoralovchi dalillarni ishlatish mumkin. Tergov amaliyotida ayblanuvchiga shunday dalillarni taqdim etishning ikkita yo‘li bor: avvalambor, arzimas faktlardan boshlab, keyinroq ma’lum va katta ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar taqdim etiladi yoki birdaniga ayblanuvchiga katta isbot kuchiga ega bo‘lgan dalillar taqdim etiladi. Agar yagona usul muvaffaqiyatga erish uchun yetishmasa, boshqa yangi dalillarni ishlatishga to‘g‘ri keladi, ammo so‘roqni tamom qilish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Agar shubhani asoslovchi bilvosita isbotlar kuchli bo‘lsa, har bir shunday dalilni tergovchi ayblanuvchiga alohida ko‘rsatib, har biri bo‘yicha batafsil ko‘rsatuvlar olishi zarur. Agar shubhani asoslovchi bilvosita dalillarning kuchi yetarli bo‘lmasa, ularning barchasini yig‘ish kerak. Yig‘ilgan shaklda ularni ayblanuvchiga ko‘rsatish ijobiy natijalar beradi (agar yig‘ilgan dalillar ayblanuvchi tomonidan har qanday yo‘llar bilan yashirilgan jinoyatning holatlarini ochiq tarzda oshkor qilsa). Agar ayblanuvchi haqiqiy ko‘rsatuvlar berishni istamasa, unga u yoki bu dalilning yoki ekspert xulosasining yoxud daliliy ashyolarning ahamiyatini tushuntirish zarur. Bir qator hollarda ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Agar jinoyat ishi bo‘yicha bir necha ayblanuvchilar o‘tadigan bo‘lsayu va ularning hech biri o‘z aybiga iqror bo‘lmasa, ammo jinoyat ishi bo‘yicha ularning aybini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lsa, quyidagi taktik usulni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jinoiy guruhning biron-bir a’zosidan ikkinchi darajali fakt bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatuv olinadi. Shundan so‘ng yuzlashtirishda jinoiy guruhning boshqa qatnashchisi bilan bu faktni 111 takrorlash tavsiya etiladi. Shunga asosan, ikkinchi jinoyat guruhi qatnashchisining holati nomuvozanat holga keltirilib, undan haqiqiy ko‘rsatuvlar olish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘z aybiga iqror bo‘lmaydigan ayblanuvchiga uning harakatlari salbiy oqibatlarga olib kelishi tushuntiriladi. Masalan, agar o‘g‘irlangan mulk qaytarilmasa, uning mulki xatlanishi lozim bo‘lib, unga qarshi fuqaroviy da’vo taqdim etiladi. Ba’zan bu harakatlar ayblanuvchini haqiqiy ko‘rsatuv berishga majbur etadi. Agar ayblanuvchi tergovchi bilan o‘ta ziddiyatli holatga tushgan bo‘lsa, uni fosh qilish yuzlashtirish va uning aybini tasdiqlovchi boshqa dalillarni ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lmasdan, yuzlashtirishda ham haqiqiy ko‘rsatuv bermaydi. Bunday hollarda yuzlashtirishdan so‘ng uning o‘zini so‘roq qilish lozim. Bir necha marotaba sudlangan retsidivistni so‘roq qilish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki bu shaxs tergovchi bilan muloqot qilganda ziddiyatli vaziyatni vujudga keltiradi. O‘zini jinoyat bilan bog‘liqligini yashirish niyatida retsidivistlar so‘roqda har xil nayranglar o‘ylab topadilar, boshqa bir odamni aybdor qilib ko‘rsatadilar, ko‘rsatuv berishdan bosh tortadilar, tergovchining obro‘sini to‘kishga harakat qiladilar. Shunday vaziyatlarda retsidivistning jinoyat kodeksi bilan tanish bo‘lgani hamda jinoyat protsessi va tergov taktikasi to‘g‘risidagi bilimlari borligi kabi o‘ta nozik holatlarni hisobga olish zarur. Shuning uchun ular u yoki bu dalil- larning ahamiyatini yaxshi anglagan bo‘ladilar. Ziddiyatli vaziyatni yo‘q qilish uchun so‘roqning dastlabki bosqichida tergovchi «suhbat qurish» taktik usulini ishlatishi mumkin yoki ayblanuvchi bilan o‘zi o‘rtasidagi ruhiy va mantiqiy devorni «yo‘q qilish», «kuchlanishni bartaraf etish», «hamma narsaga tushunish bilan qarash» va shu kabi samarali usullarni qo‘llashi mumkin. Retsidivistni so‘roq qilish uchun tayyorgarlik ko‘rganda uning qochib ketishi, tergovchiga hujum qilishi va dalillarni yo‘q qilishga olib keluvchi sharoitlarni bartaraf etish lozim. Bunday xavfsizlik choralari sifatida so‘roqda qo‘riqlovchining bo‘lishini, xonaning oynalarida temir panjaralarning borligini, dalillarning fotonusxalari mavjudligini e’tiborga olish kerak. Stol ustida ayblanuvchini qiziqtiradigan narsalar va jarohat yetkazishi mumkin bo‘lgan obyektlar bo‘lmasligi lozim. Retsidivistni so‘roq qilganda quyidagi usullar yordam berishi mumkin: – tergovga ma’lum bo‘lgan faktlarni so‘roq qilinuvchiga xabar qilmaslik; 112 – ayblanuvchiga jinoiy guruhning boshqa qatnashchilarining holati to‘g‘risida vaqtincha xabar qilmaslik, tergovchining ish bo‘yicha bo‘lgan reja va intilishlari to‘g‘risida oshkor etmaslik; – yuzlashtirishlar o‘tkazish; – ayblanuvchining aybini oshkor qiluvchi xatti-harakatlar bo‘yicha birdaniga savollarni qo‘yish; – ko‘rsatuv ziddiyatlarini yuzaga chiqarish uchun maydalashtirish; – dalillarni har xil ketma-ketlikda taqdim etish; – ayblanuvchining diqqatini boshqa narsaga jalb etib, shu to‘g‘risida so‘roq qilish (bunday usul shundan iboratki, tergovchi asosiy savolga haqiqiy javob olmasligini bilib, niqoblash usulida «xavfsizroq» savollar beradi va undan bilvosita asosiy savolga javob oladi); – bir necha kun o‘tgandan so‘ng qayta so‘roq qilish (bu so‘roqning boisi shundan iboratki, yolg‘on axborotlar vaqt o‘tishi bilan esdan chiqadi); – so‘roq davomida namoyish qilish usulini ishlatish (so‘roq qilinuvchining tarjimai holiga oid savollarni yaxshi bilganligi to‘g‘risida tergovchi o‘zining bilimlarini namoyish qiladi); – so‘roq qilinuvchiga ehtimolga yaqin bo‘lgan hodisaning ketma- ketligini birma-bir bayon etish lozim (tergovchi o‘zida yetarli isbot- dalillar unga o‘qib berishi, ular yig‘ilgan bo‘lsa, ketma-ket namoyish qilishi mumkin); – so‘roq qilinuvchiga nisbatan uning ko‘rsatuvlaridagi bor ziddiyatlardan yoki unga qarshi bo‘lgan dalillardan foydalanish. Retsidivistni so‘roq qilganda boshqa ayblanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini ovoza qilish barcha ijobiy va salbiy holatlarni hisobga olib amalga oshirilishi lozim. Chunki bu ko‘rsatuvlarni residivist o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatishi ham mumkin. Retsidivistga har tomonlama to‘la tekshirilgan va yetarli dalillarga ega bo‘lgan axborotni o‘qib berish lozim. Shuning uchun unga shubhali ko‘rsatuvlarni o‘qib berish tavakkal qilish hisoblanadi. Agar retsidivist gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilinganida o‘zini jinoyatda ishtirok etganligini inkor qilgan bo‘lsa, tergovchi uni ayblanuvchi sifatida so‘roq qilganda inkor qilayotgan aybini tasdiqlovchi dalillardan boshlashi maqsadga muvofiqdir. Retsidivistlar so‘roq paytida jar- gon so‘zlardan foydalanishi mumkin. Ushbu jargon so‘zlarni tergovchi bilishi shart, aks holda retsidivistni tushunishi qiyin bo‘ladi. So‘roq bayonnomasini har qanday ayblanuvchi kabi retsidivistning o‘zi o‘qishi zarur. Aks holda u sud zalida so‘roqdan keyin o‘zini bayon- noma bilan tanishtirilmaganligi va uning ko‘rsatuvlari bayonnomada 113 noto‘g‘ri yozilganligi to‘g‘risida ig‘vo tarqatishi mumkin. Bayonnoma bilan tanishib chiqqanligi to‘g‘risida ayblanuvchi-retsidivist o‘z qo‘li bi- lan imzo chekib, bu faktni tasdiqlashi va tegishli yozuvlarni yozishi kerak. Tergovchi bu tasdiqnomaning qanday yozilganligini tekshirishi lozim. Voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish taktikasi. Voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki bolalar va o‘smirlarning ruhiy holatlari va ularning yoshi bunga asos bo‘la oladi. Shuning uchun voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish qo‘shimcha protsessual kafolatlarga ega. Uni o‘tkazish esa o‘ziga xos taktik usullarni taqozo etadi. Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishning maqsadi – jinoyat va uning holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar olishdan tashqari, voyaga yetmagan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Tergovchi voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishga tayyorgarlik ko‘r- ganda ishni umumiy savollarni o‘rganishdan boshlaydi. Voyaga yetmagan guvohlarni so‘roq qilishdan avval guvohni tarbiya qilgan mikromuhitni, uning yoshini o‘rganadi va yoshi kichik guvohni so‘roq qilish uchun kimni ishtirokchi sifatida jalb etish masalasini hal etadi. Ba’zi hollarda tergovchi dastavval ota-onasi yoki muallimlaridan yosh guvohning tavsifnomasi, rivojlanishi va qiziqishlari to‘g‘risida axborot oladi. Voyaga yetmagan shaxsni to‘la o‘rganish uchun u to‘g‘risida maktabdan (agar u ishlasa, ish joyidan) tavsifnoma so‘rash lozim. So‘roq qog‘ozini maktab yoki ish joyiga yuborib, uning rahbariyatiga bu so‘rov qayerga talab qilinayotgani bildiriladi, tavsifnoma to‘liq va obyektiv bo‘lishi to‘g‘risidagi talab hujjatda qayd etiladi. Chunki amaliyotda noobyektiv tavsifnomalarni tergovchiga taqdim etish holatlari, afsuski, ko‘p uchraydi. 16 yoshga yetmagan bolalar, odatda, ota-onasi yoki qonuniy vakillari orqali so‘roqqa taklif qilinadi. Voyaga yetmagan shaxsni boshqacha tartibda ham so‘roqqa chaqirish mumkin, lekin bunday hol ish bo‘yicha vujudga kelgan vaziyat bilan belgilanadi. Chaqiriq qog‘ozining yuborilishi va so‘roq qilinuvchining so‘roqqa kelish payti bilan vaqtni cho‘zish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, aks holda voyaga yetmagan shaxsga uning ota-onasi, o‘rtoqlari yoki jinoyat qatnashchilari (agar ular ham bu to‘g‘rida xabardor bo‘lib qolishsa) ta’sir qilishi mumkin. So‘roq paytida voyaga yetmagandan unga kimlar ta’sir etganligi, so‘roqda u o‘zini qanday tutishi lozimligi, yolg‘on ko‘rsatuv berishni tavsiya etgan shaxslarning barchasini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishda uning tarbiyasini, oilasining tarkibini, turar joyi va moddiy ahvoli qanday holatda bo‘lganli- 114 gini, yashash sharoitlari va uning qiziqishlarini, maktab va uyda o‘zini qanday tutishini aniqlash kerak. So‘roq suhbat shaklida olib boriladi va bu voyaga yetmaganga tushunarli bo‘lishi kerak. Erkin ravishda hikoya qilib berish imkoniyati voyaga yetmaganlar uchun qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun pastki sinf o‘quvchilarini so‘roq qilish so‘roq qilish savollarga javob berish shaklida o‘tkaziladi. Katta sinf o‘quvchisi erkin hikoya qilib ko‘rsatuv berayotganda, unga savol berib, hikoyasini buzish maqsadga muvofiq emas. Aks holda uning fikrlash jarayoni buzilib, ko‘rsatuvlari noto‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘z ko‘rsatuvlarini erkin tavsif etganda tergovchi o‘zi bilmagan yangi jinoiy harakatlar va yangi dalillar to‘g‘risida axborot olishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslar jinoyat sodir bo‘lgandan keyin qisqa vaqt ichida so‘roq qilinishi lozim, chunki bolalar voqeaning ko‘pgina detallarini tez vaqtda esdan chiqarib yuboradilar. Ammo hayajonda bo‘lgan yoki tushkunlikka tushgan bolani so‘roq qilish o‘ziga kelmaguncha kechiktirish lozim. Voyaga yetmaganlarga murojaat qilganda ularga tushunarli bo‘lgan oddiy tilda, baqirmasdan, bir me’yorda gapirish lozim. Bu so‘roq qilishning asosiy shartlaridan biridir. Xuddi o‘qituvchi o‘z o‘quvchisi bilan muloqotda bo‘lganidek, tergovchi ham shu ohangda voyaga yetmagan bola bilan so‘zlashishi lozim. Bolalarning tiliga o‘xshatib so‘roq olib borish to‘g‘ri bo‘lmaydi, negaki bolalar soxta munosabatni tushunib, tergovchiga nisba- tan hurmatsizlik qilishlari mumkin. Ularga kattalar murojaat qilganda buni hurmat deb bilishadi va tergovchiga yordam berishga harakat qilishadi. Voyaga yetmaganlar bilan ruhiy aloqa bog‘lash tergovchining asosiy vazifasi. Bolalar kattalardan, ayniqsa, begonalardan qo‘rqishadi va ularga hurmat jihatidan yondashmasa, so‘roq davomida faol ishtirok etmaydilar. So‘roq sharoitlari bolalarni ochiq suhbatga chorlashi lozim. Voyaga yetmagan ayblanuvchini so‘roq qilish uning himoyasi bilan birga olib boriladi. Himoyachining dastlabki tergovda ishtirok etishi va voyaga yetmagan shaxsni birinchi bor so‘roq qilishdan boshlab dastlabki tergovda qatnashishi tergovchini (xoh qoralovchi, xoh oqlovchi) dalillarni obyektiv ravishda yig‘ishdan ozod etmaydi. Voyaga yetmagan ayblanuvchilarni so‘roq qilishning asosiy taktik usullari quyidagicha: 1) tergovchi voyaga yetmagan shaxs va ish materiallari to‘g‘risida o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatishi zarur; 2) so‘roq qilinuvchiga dalillarni namoyish qilish zarur; 3) ko‘rsatuvlarni maydalashtirish lozim; 4) so‘roq qilinuvchini maksimal holda o‘ziga qaratib qo‘yish va uning ishonchini qozonish lozim; 115 5) so‘roq qilinuvchining intilishlari, manfaatlarini ishlatish lozim; 6) pedagogning, tibbiyot xodimining, tarjimonning katta yoshda bo‘lganligini hisobga olib ularning tajribasini ishlata bilish kerak; 7) bolalarning ruhiyatini yaxshi bilish kerak. Agar voyaga yetmagan ayblanuvchi so‘roq qilinayotgan bo‘lsa, unga jinoyatga iqror bo‘lishi to‘g‘risidagi savolni so‘roqning oxiriga borib berish maqsadga muvofiq sanaladi. Aks holda ayblanuvchini qo‘rqitib qo‘yishi mumkin va natijada barcha so‘roqlarning xulosasini oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmay qoladi. Voyaga yetmagan shaxsdan uning hayot tarzi va tarbiyasiga oid bo‘l- gan savollar aniqlanadi (ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, oilada bo‘lgan ruhiy holat, oilaning moddiy ahvoli va turar joy sharoitlari, o‘qishga va ishga bo‘lgan munosabatlari va hokazo). Jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan sabab va sharoitlar, uni gijgijlatgan voyaga yetgan shaxslar va jinoyatni sodir etgan qatnashchilar, voyaga yetmagan shaxsning sog‘ligi, spirtlik ichimlik va giyohvanlik moddalariga munosabati va shu kabilar o‘rganiladi. Agar voyaga yetmagan ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lmasa, tergovchi haqiqiy ko‘rsatuvlar olish uchun unga ijobiy ta’sir etishi kerak. Shunda ularning ahamiyatini hamda haqiqatni to‘la gapirib berish sabablarini aniqlaydi. Bunday sabablar jumlasiga soxta romantika, og‘aynilari oldidagi andisha, ota-ona oldidagi qo‘rquv, jinoyat qatnash- chilari tomondan qo‘rqitish harakatlari va shu kabilar kirishi mumkin. Shuni e’tiborga olish lozimki, voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilganda uning o‘zi to‘g‘risida qoralovchi ma’lumotni berishi holatlari nisbatan ko‘proq uchrab turadi. Shuning uchun tergovchi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan hech qanday kuchli ta’sir ko‘rsatmasligi, bosim o‘tkazmasligi yoki tirishqoqlik bilan javob olishga berilmasligi lozim. Agar voyaga yetmagan ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lishi to‘g‘risida ijobiy javob berayotgan bo‘lsa, tergovchi uning iqror bo‘lish faktini tekshirishi lozim, chunki bu iqror boshqa bir og‘ir jinoyatni yashirish maqsadi bo‘lishi mumkin. Sodir bo‘lgan jinoyatda u o‘zining rolini bo‘rttirib ko‘rsatishi ehtimoli ham bo‘ladi. Ushbu holatni tekshirish uchun voyaga yetmagan shaxsning ko‘rsatuvlarini maksimal holda maydalashtirish va tekshiruvchi savollarni qo‘yish kerak. Jinoyatni sodir etgan muayyan shaxsning bilgan masalalari bo‘yicha savol berishi lozim, chunki boshqa shaxsning bulardan xabardor bo‘lmasligi tabiydir. Tergovchi ayblanuvchining aybiga iqror bo‘lishi bilan cheklanmasligi kerak, balki uning aybini tasdiqlovchi dalillarni yig‘ishi lozim. Shu 116 maqsadda tergovchi jinoyat hodisasi voyaga yetmagan shaxsga qayerdan ma’lum bo‘lib qolganligini va jinoyat sodir bo‘lganda u qanday ruhiy holatda bo‘lganligini aniqlashi lozim. Jinoyat hodisasini qabul qilish va eslab qolish qobiliyati voyaga yetmaganlar uchun ularning yoshiga qarab har xil bo‘ladi. Masalan, kichik yoshdagi bolalarda diqqat-e’tiborning aniq-ravshan bo‘lishi kichik vaqt jarayonini egallaydi va 10-15 daqiqadan oshmaydi (bunday xususiyatga 5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ega). 7 dan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning diqqati taxminan 15-20 daqiqagacha saqlanib turishi mumkin. 12 yoshdan boshlab esa ularning mustahkam holdagi diqqat-e’tibori 30 daqiqani hosil qiladi. Shunga asosan, tergovchi so‘roqning davomiyligini belgilashi lozim. Katta sinf o‘quvchilari uchun ulardan so‘roq qilish vaqti 1 soatdan oshmasligi lozim. Zaruriyat bo‘lsa, tanaffus qilish kerak. Voyaga yetmagan shaxsning ko‘rsatuvlarini ovoz yozish yoki videoga olish vositasida qayd etish lozim va ularni voqea bo‘yicha erkin gapirib bergandan so‘ng bayonnomada ko‘rsatish zarur. Bayonnomadagi yozuv so‘zlagan bolaning gapidan farq qilmasligi va uning rivojlanish darajasiga mutanosib bo‘lishi kerak. Uning hikoyasi, so‘zlari va iboralari to‘liq ravishda aks etishi lozim. Sudda anglashilmovchilik bo‘lmasligi uchun tergovchi bayonnomani voyaga yetmagan shaxsga o‘qish uchun berishi lozim va bu to‘g‘rida bayonnomada tegishli belgi qo‘yiladi hamda ayblanuvchi tomonidan tasdiqlanadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling