A k a d e m I y a kriminalistik taktika


-§. Dastlabki tergovda so‘roq jarayoni va


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Krim-taktika


 
6-§. Dastlabki tergovda so‘roq jarayoni va  
natijalarini  qayd qilish 
 
 Ko‘rsatuvlarni  asosiy  qayd  qiluvchi  vosita  sifatida  bayonnoma 
tuziladi. So‘roq bayonnomasi – bu protsessual hujjat bo‘lib, u so‘roqning 
jarayonini va natijalarini aks ettiradi.  
So‘roq bayonnomasida quyidagi talablarga rioya etilishi lozim: 
–  bayonnomani  tergovchining  o‘zi  qayd  qilishi  kerak,  agar 
bayonnomani  stenografist  yoki  mashinkada  yozuvchiga  qayd  etish 
topshirilsa,  tergovchi  yozilgan  matnni  tekshiradi  va  to‘g‘ri  yozilganligini 
nazorat qilib boradi; 
– so‘roq bayonnomasi to‘liq va obyektiv ravishda so‘roq qilinuvchi 
bergan  ko‘rsatuvlarini  aks  ettirishi  lozim.  Zarur  bo‘lsa,  savol  va  ularga 
bo‘lgan javoblar yoziladi, ko‘rsatuvlar shunday yozilishi kerakki, natijada 
so‘roq  qilinuvchi  haqiqatdan  ham  uning  so‘zidan  to‘g‘ri  yozilganligiga 
ishonch  hosil  qilishi  kerak,  og‘zaki  nutqning  yozma  shakli  uning  to‘liq 
talaffuziga, izohlash shakliga, tiliga to‘g‘ri bo‘lishi lozim; 

 
117 
– barcha ko‘rsatuvlar birinchi shaxs nomidan va har bir so‘zi aniq 
qayd  qilib  yozilishi  kerak.  Ammo  tergovchining  so‘roq  qilinuvchining 
barcha so‘zlarini mexanik ravishda to‘liq yozishi talab qilinmaydi, balki 
so‘roq predmetiga aloqador hamma narsalar to‘liq aks ettiriladi. Bu esa 
ish bo‘yicha katta ahamiyatga ega
–  so‘roq  qilinuvchining  ko‘rsatuvlari  aniq  va  to‘liq  yozilishi,  har 
tomonlama  to‘g‘ri  tushunilib,  to‘g‘ri  izohlashga  imkoniyat  bo‘lishi 
lozim.  Agar  ushbu  ko‘rsatuvlarni  biror  kishi  o‘qiydigan  bo‘lsa,  u  ham 
ko‘rsatuvlarni  shu  tarzda  tushunishi  kerakligi  uchun  bu  talabga  rioya 
qilinadi. 
Ko‘rsatuvlar  so‘roq  oxirida,  so‘roq  jarayonida  yoki  alohida 
epizodlarga  bo‘lib  yozilishi  mumkin  (eng  yaxshisi,  avval  so‘roqni 
o‘tkazib, keyin bayonnomaga tushirish maqsadga muvofiq).  
Ovoz yozish va videoga olish uskunalari so‘roqni qayd qilishning 
qo‘shimcha  vositalariga  mansub.  Ular  ko‘rsatuvlarning  to‘liq  qayd 
etilishini ta’minlaydi. Agar ayblanuvchi o‘zini so‘roq qilishda nohaqlik-
ka yo‘l qo‘yilgan deb da’vo qilsa, ovoz yozish va videoga olish tasmasi 
bunday  asossiz  gaplarni  bartaraf  etadi  va  tergovning  manfaatlarini 
himoya  qiladi.  Bundan  tashqari,  ular  tergovchining  ma’lum  bir  reja 
asosida so‘roq o‘tkazishini talab qiladi, so‘roq qilnuvchining intizomini 
tartibga  soladi.  Magnitofon  va  video  tasma  yozuvi  ko‘rsatuvlarning 
mazmunidan  tashqari,  ularning  emotsional  (ruhiy)  shaklini  aniqlashga 
yordam beradi, ya’ni so‘roq qilinuvchi qanday axborot bergan bo‘lsa, bu 
axborotni  qanday  imo-ishora  bilan  gapirilganligi  yaqqol  namoyon 
bo‘ladi. 
 Ko‘rsatuvlarni  ovozga  yozishni  quyidagi  holatlarda  amalga 
oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:  
– agarda so‘roq qilinuvchilar voyaga yetmagan shaxslar bo‘lsa; 
– so‘roq qilinuvchi og‘ir yarador yoki og‘ir kasallik bilan og‘rigan 
shaxslar bo‘lsa; 
– so‘roq qilinuvchi o‘z aybini bo‘yniga olgan shaxs bo‘lsa va o‘z 
ixtiyori  bilan  ichki  ishlar  organlariga  sodir  etgan  jinoyati  to‘g‘risida 
xabar olib kelgan bo‘lsa; 
– alohida topshiriq bo‘yicha so‘roq o‘tkazish jarayonida; 
– so‘roq qilinuvchi joyini tez o‘zgartirib yuradigan shaxslar bo‘lsa 
(turist yoki yo‘lovchilar bo‘lsa); 
– ajnabiy davlatning fuqarolarini so‘roq qilganda; 
– sudga chaqirish imkoniyati yo‘q bo‘lgan shaxsni so‘roq qilganda; 
–  ruhiy  kasallik  alomatlariga  ega  bo‘lgan  yoki  shu  kasallikka 

 
118 
gumon  qilingan  shaxslarni  so‘roq  qilganda.  Bunday  yozuvni  eshitgach, 
ruhshunos  tibbiyot  mutaxassislari  bu  odamning  kasal  yoki  sog‘lom 
ekanligi  to‘g‘risida  tegishli  xulosa  chiqarishadi  va  bu  ma’lumot  ular 
uchun katta ahamiyatga ega; 
 –  so‘roq  jarayonida  davlat  tilini  bilmaydigan  shaxslar  so‘roq 
qilinganda  (bu  yozuv  tarjimaning  qanchalik  to‘g‘ri  qilinganini 
tekshirishga  imkon  beradi  va  ayblanuvchining  suddagi  uydirma  gapla-
rini,  ya’ni  tarjimonsiz  so‘roq  qilinganligi  to‘g‘risidagi  vajlarini  bartaraf 
etishga yordam beradi); 
 – so‘roq qilinadigan shaxslarni yuzlashtirishda; 
–  bir  guruh  tergovchilar  tomonidan  muayyan  shaxsga  nisbatan 
jinoyat ishini olib borilishi sababli. 
Agar  tergovchi  so‘roqda  qatnashmagan  bo‘lsa,  va  ayniqsa,  ushbu 
ish  bo‘yicha  to‘liq  axborotga  ega  bo‘lishi  lozim  bo‘lsa.  Bunda  ovozni 
yozish va videoga olish zarurdir.  
Videoyozuvning  so‘roqda  qo‘llanilishi  so‘roq  sharoitlarini  ko‘r-
satish uchun (negaki, sud majlisi so‘roqning to‘g‘ri baholanishi uchun bu 
tergov  harakati  qanday  sharoitlarda  o‘tganligi  to‘g‘risida  obyektiv 
axborotga  ega  bo‘ladi),  so‘roq  jarayonida  daliliy  ashyolarni  namoyish 
qilish uchun, so‘roq jarayonida tarjimon ishtirok etganda, kar va saqov 
bo‘lgan shaxslarning ko‘rsatuvlarini qayd qilganda, hodisa joyida so‘roq 
o‘tkazilganda lozim bo‘ladi.  
Ba’zi hollarda so‘roq qilinuvchi tegishli predmetni tavsif etish niyatida 
uni  qog‘ozga  chizib  ko‘rsatadi,  ochiq  joyning  sxematik  suratini  chizadi, 
predmetlarning  o‘zaro  joylanishini  ko‘rsatadi,  odamning  tashqi  qiyofasini 
suratda  ifodalaydi  (agar  u  to‘g‘rida  ko‘rsatuv  bergan  bo‘lsa).  Bunday 
modellashtirish  so‘roqning  to‘liqroq  bo‘lishiga  olib  keladi.  Chunki  so‘roq 
qilinuvchining  ko‘rsatuvlari  yanada  aniq  va  ularning  izohi  to‘liq  bo‘ladi 
hamda  modifikatsiyalashgan  holda  so‘roq  qilinuvchining  «o‘z  qo‘li  bilan 
yozgan» axboroti so‘roq bayonnomasining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  JPKning  106-moddasiga  ko‘ra,  so‘roq 
qilinuvchi  bayonnomada  yozilgan  o‘z  ko‘rsatuvlari  bilan  tanishib 
chiqqanidan  keyin  «ko‘rsatuvni  o‘z  qo‘li  bilan  yozma  ravishda  bayon 
qilishga haqli. O‘z qo‘li bilan yozilgan ko‘rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, 
bu  haqida  bayonnomaga  yozib  qo‘yiladi».  Ayblanuvchi  va  guvoh 
ko‘rsatuvlarini  o‘z  qo‘li  bilan  yozgandan  keyin  tergovchi  bu  yozuvlarni 
to‘liq o‘qib chiqadi va so‘roq qilinuvchi oldida ziddiyatlar va noto‘liqliklarni 
bartaraf  etish  uchun  tegishli  savollarni  qo‘yadi.  So‘roq  qilinuvchi  va 
tergovchi  o‘z  qo‘li  bilan  yozilgan  ko‘rsatuvlarni  imzolaydilar.  O‘z  qo‘li 

 
119 
bilan yozgan ko‘rsatuvlarning sifati va to‘liqligi muallifning savodiga, ma’-
lumotiga va o‘z fikrini mantiqiy, to‘g‘ri va savodli ifodalashiga bog‘liqdir. 
Savodi past bo‘lgan guvoh o‘z ko‘rsatuvlarini  yozishga  qiynalsa, u holda, 
so‘roq qiluvchi qalam ustasi sifatida ularni yanada chiroyli va to‘g‘ri qilishi 
va  voqelikda  bo‘lmagan  faktlari  bilan  noto‘liq  joylarini  to‘ldirib  qo‘yish 
holatini  vujudga  keltirishi  mumkin.  O‘z  qo‘li  bilan  yozilgan  ko‘rsatuvlar 
ruhiy tomondan so‘roq qilinuvchini bergan ko‘rsatuvlaridan bosh tortishdan 
saqlaydi  va  tergovchiga  nisbatan  ularni  o‘zgartirgani  to‘g‘risida  uydirma 
chiqarilishiga yo‘l bermaydi.  
 
7-§. Ko‘rsatuvlarni tekshirish va baho berish tarzlari 
 
So‘roq  bayonnomasi  imzolagandan  so‘ng  tergov  harakatlari 
protsessual jihatdan yakunlangan deb hisoblanadi. Ammo tergovchining 
faoliyati  bu  bilan  yakunlanmaydi,  chunki  u  berilgan  ko‘rsatuvlarni 
tekshirishi va ularga baho berishi lozim.  
Tergov  harakati  bo‘lgan  so‘roq faqat  axborot  olish  vositasi  bo‘lib 
qolmay,  balki  bu  ko‘rsatuvlarning  voqelikka  to‘g‘riligini  tekshirish 
vositasi hamdir. Ko‘rsatuvlarni tekshirgandan so‘ng tergovchi chiqargan 
xulosalariga  asosan  olingan  dalillar  manbalari  chinligi  va  ishga 
taalluqliligiga,  ahamiyatga  egaligiga  ishonch  hosil  qiladi.  Ko‘rsatuvlarni 
tekshirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 
– so‘roq jarayonida taktik usullarni qo‘llash;  
– ko‘rsatuvlarni bor bo‘lgan faktlar bilan solishtirish; 
– qo‘shimcha dalillarni yig‘ish. 
So‘roq  paytida  tergovchi  so‘roq  qilinuvchidan  shunday  ko‘rsatuvlar 
olishi  lozimki,  ular  olingan  ma’lumotlarni  tekshirishga  imkon  bersin. 
Bunday  ma’lumotlar  predmetlarning  yashirilgan  joyi  (keyinroq  bu 
predmetlar  daliliy  ashyo  sifatida  tan  olinadi),  so‘roq  qilinuvchining 
o‘zigina bilgan holatlar to‘g‘risida, guvohlarga oid axborot beradi.  
Tekshirish  maqsadlarida  ko‘rsatuvlar  boshqa  daliliy  ashyolar  va  ish 
bo‘yicha  aniqlangan  holatlar  bilan  taqqoslanadi.  Natijada  ko‘rsatuvlar 
boshqa dalillar bilan mos tushishi yoki qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi 
mumkin. Ko‘rsatuvlarni tekshirish qo‘shimcha yoki qayta so‘roqlar orqali 
aynan shu ko‘rsatuv beruvchi shaxsdan ma’lumotlar olish, maxsus tergov 
harakatini  o‘tkazish  va  ko‘rsatuvlarni  joyida  tekshirish  hamda  tergov 
harakatlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Ko‘rsatuvlarni  tekshirish  maqsadida boshqa shaxslar  so‘roq qilinadi 
va ular so‘roq jarayonida ko‘rsatuvlarni tasdiqlaydilar yoki tekshirilayotgan 

 
120 
ko‘rsatuvning  voqelikka  to‘g‘ri  emasligini  ko‘rsatadilar.  Bunday 
guvohlarning  ko‘rsatuvlari  voqelikka  to‘g‘riligi  va  asoslarga  egaligi 
bo‘yicha tekshiriladi. 
Shuningdek,  ko‘rsatuvlarni  tekshirish  maqsadida  tezkor-qidiruv 
choralari ham ishlatilishi mumkin. Ularga ko‘ra, ayblanuvchining so‘roqqa 
nisbatan  munosabatini,  uning  boshqa  shaxslar  bilan  jinoiy  til  biriktiril-
ganligini, dalillarning yangi manbalarini, so‘roq qilinuvchining intilishlari va 
rejalarini, so‘roqda kelishilgan chiziqda harakat qilishi yoki uni o‘zgartirish 
maqsadida  chora  ko‘rishi,  tergov  jarayoniga  ta’sir  ko‘rsatishga  urinishi, 
jinoiy guruh qatnashchilari bilan aloqa bog‘lashi va shu kabilarni aniqlash 
mumkin bo‘ladi.  
Ko‘rsatuvlarga  baho  berish  –  ko‘rsatuvlarning  tergov  qilinayotgan 
jinoyatga  mansubligini,  dalil  sifatida  ishlatish  mumkinligini,  voqelikka 
to‘g‘riligi  va  ahamiyatini  aniqlashni,  ularning  kuchini,  ta’sir  qilish 
darajasini aniqlab, shunga asosan ish bo‘yicha ma’lum xulosalarga kelish 
demakdir.  Ko‘rsatuvlarni  baholash  dastlabki  ta’rifga  ega  bo‘lib,  tergov 
qilish  yo‘nalishini  belgilashda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Ko‘rsatuv-
larga uzil-kesil baho berish sudga mansubdir.  
 
8-§. Yuzlashtirishning taktik usullari 
 
Yuzlashtirish – tergov harakati bo‘lib, aynan bir vaqtda ikkita shaxsni 
so‘roq qilishdir. Bu harakatning maqsadi jinoyat bo‘yicha muhim bo‘lgan 
holatlar to‘g‘risida avvalgi olingan ko‘rsatuvlarda mavjud bo‘lgan qarama-
qarshiliklarni yo‘q qilishdan iborat. Yuzlashtirish – bu so‘roqning bir turi. 
Mazkur  tergov  harakati  ikkita  ayblanuvchi  (gumon  qilinuvchi), 
ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) va jabrlanuvchi, ikkita guvoh, ikkita jabr-
lanuvchi o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin.  
Yuzlashtirishda  so‘roq  qilishdan  avval  yuzlashtirishda  qatnashuvchi 
shaxslarga  guvoh  yoki  jabrlanuvchi  bo‘lsa,  yolg‘on  ko‘rsatuv  va  bosh 
tortganligi  uchun  javobgarlik  haqida  ogohlantirilishini  ko‘rsatish  kerak. 
Shuningdek,  bir-birlarini  biladilarmi,  yo‘qmi,  oralarida  qanday 
munosabatlar borligi to‘g‘risida savol beriladi. Bunday savolni oydinlash-
tirish yuzlashtirishda olinadigan ko‘rsatuvlarga to‘g‘ri baho berishga imkon 
yaratadi hamda asossiz aybnomalarni bartaraf etishga yordam beradi (agar 
shaxsiy adovati bo‘lgan biror-bir shaxs yuzlashtirishda boshqa shaxsni ayb-
lasa  yoki  ishning  natijalaridan  manfaatdor  bo‘lsa).  Shundan  so‘ng  yuz-
lashtirish  qatnashchilariga  tergovchi  yuzlashtirish  tartibi  (ya’ni  ular  faqat 
tergovchining ruxsati bilangina bir-biriga savol berishi, imo-ishora qilishi 

 
121 
mumkinligi, tinchlikni saqlab, o‘zini va boshqaning qadr-qimmatini e’zoz-
lash  talablariga  rioya  qilishi  kabilar)ni  tushuntiradi.  Keyin  ikkita  so‘roq 
qilinuvchi tergovchining savoliga birma-bir, ma’lum ketma-ketlikda javob 
beradilar va ushbu savollar bo‘yicha yuzlashtirish o‘tkazilgan bo‘ladi. 
Yuzlashtirish ma’lum ruhiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa so‘roq 
qilish  harakatlaridan  farq  qiladi.  Birinchidan,  yuzlashtirish  paytida 
murakkab  ruhiy  munosabatlar  vujudga  keladi.  Tergov  ziddiyatli  holatga 
o‘tib  ketadi,  chunki  birinchi  shaxsning  bergan  ko‘rsatuvlari  ikkinchi 
shaxsning  bergan  ko‘rsatuvlari  bilan  qarama-qarshi  holda  bo‘ladi. 
Ikkinchidan,  yuzlashtirishda  so‘roq  qilinuvchilardan  biri  haqiqiy 
ko‘rsatuvlar  bersa,  ikkinchisi  yolg‘on  ko‘rsatuvlarga  tirmashadi. 
Yuzlashtirishda yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan shaxsga ta’sir ortib boradi. 
Uchinchidan,  yuzlashtirishda  jinoyat  hodisasi  va  so‘roq  predmeti  bilan 
aloqador  ikkita  shaxs  uchrashadi.  Ikkinchi  shaxsni  yuzlashtirishda  esidan 
chiqqan  faktlarni  yodga  olish  samarasi  vujudga  keltiradi  va  yuzma-yuz 
uchrashgan shaxsga nisbatan uning voqelikda bo‘lgan harakatlari bo‘yicha 
tergovchi  batafsil  ko‘rsatuvlar  olishga  muvaffaq  bo‘ladi.  Bu  esa  qabul 
qilish  va  eslashda  bo‘lgan  kamchiliklarni  yo‘q  qilishga  imkon  beradi, 
ko‘rsatuvlar yanada aniqroq, voqelikka to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Yuzlashtirish  qatnashchilari  ruhiy  jihatdan  unga  tayyor  bo‘lishlari 
lozim.  Guvohni  yuzlashtirish  bo‘lishi  to‘g‘risida  ogohlantirish  kerak  va 
yuzlashtirishda  ayblanuvchi  ishtirok  etishi  to‘g‘risida  unga  xabar  berish 
lozim.  Shunga  asosan,  guvohdan  bergan  ko‘rsatuvlarini  himoya  qilishi 
to‘g‘risida  so‘raladi.  Agar  ayblanuvchi  o‘zining  ko‘rsatuvlariga  tirmashib 
unga  qarshi  ko‘rsatuvlar  beradigan  bo‘lsa,  u  o‘zining  ko‘rsatuvlaridan 
tolmasligi  to‘g‘risida  savollar  beradi.  Tergovchi  guvoh  bergan 
ko‘rsatuvlariga naqadar bog‘langanligini, unga ta’sir etish va uning ruhiy 
«mustahkamligini» tekshirish lozim. Agar guvoh yuzlashtirishda o‘zining 
bergan  ko‘rsatuvlaridan  tonsa,  u  holda  ayblanuvchining  voqelikka  to‘g‘ri 
bo‘lmagan  ko‘rsatuvlari  ustun  kelishi  xavfi  yuzaga  keladi  (agarda  uning 
soxta ko‘rsatuvlari boshqa dalillarga zid bo‘lsa).  
Yuzlashtirishdan avval tergovchi quyidagi tayyorgarlik harakatlarini 
o‘tkazishi kerak. 
1)  ko‘rsatuvlardagi  bor  ziddiyatlarning  ta’rifiga  baho  berib, 
ularning ish bo‘yicha ahamiyatga ega yoki ega emasligini aniqlashi kerak; 
2)  ish  bo‘yicha  katta  ahamiyatga  ega  ziddiyatlarni  bartaraf  etish 
uchun  ularni  yuzlashtirish  yo‘li  bilan  yo‘q  qilish  va  bu  tergov  harakatini 
o‘tkazish to‘g‘risida taktik qarorga kelishi lozim (ziddiyatlar boshqa tergov 
harakati asosida yo‘q bo‘lishi mumkin emas); 

 
122 
3)  yuzlashtirish vaqtini va joyini belgilash; 
4)  yuzlashtirishda qatnashuvchi shaxslarning ta’rifini o‘rganish va 
ular o‘rtasida bo‘lgan munosabatlarni aniqlash; 
5)  yuzlashtirish  rejasini  tuzish  va  unga  yuzlashtirish  predmetini, 
unda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  yuzlashtirishda  qiladigan  xatti-
harakatlari variantlarini tahlil etib, so‘roqning ketma-ketligini, savollarning 
shakli va ketma-ketligini belgilash, dalillarni tayyorlash; 
6)  yuzlashtirishda ishlatiladigan qayd qiluvchi vositalarni (qog‘oz-
qalam,  kompyuter,  bosma  mashinka,  audio  (yoki  vedio)  magnitofon  va 
hokazolarni) tayyorlab qo‘yish; 
7)  yuzlashtirishga  chaqiriladigan  shaxslarning  tegishli  sanada  va 
vaqtda  kelishlari  choralarini  ko‘rish.  Shuningdek,  yuzlashtirishda  zaruriy 
ravishda boshqa qatnashuvchilar ishtirok etsa (masalan, voyaga yetmagan 
ayblanuvchining  himoyachisi)  ularni  yuzlashtirishga  chaqirish  tadbirlarini 
qabul qilish. 
Yuzlashtirishda  tergovchi  birinchi  bo‘lib  so‘zni  haqiqiy  ko‘rsatuv 
berayotgan shaxsga beradi. Bunday tartib quyidagi sabablarga bog‘langan: 
haqiqatga  to‘g‘ri  keladigan  ko‘rsatmalar  yolg‘on  ko‘rsatuvlar  berayotgan 
shaxsga ta’sir qiladi va haqiqiy ko‘rsatuvlar berishga olib kelishi mumkin. 
Yuzlashtirishda  tergovchi  ehtiyotkorlikni  saqlashi  lozim.  Agar 
voyaga  yetmagan  shaxs  haqiqatga  to‘g‘ri  ko‘rsatuvlar  berayotgan  bo‘lsa, 
voyaga yetgan va yolg‘on ko‘rsatuvlar beruvchi shaxs unga nisbatan salbiy 
ta’sir  ko‘rsatishi  ehtimoli  yuzaga  kelishi  va  natijada  voyaga  yetmagan 
shaxs o‘z ko‘rsatuvlaridan voz kechishi mumkin. 
Yuzlashtirishda ishlatiladigan taktik usullar quyidagilardan iborat: 
– yuzlashtirish qatnashchilarining ko‘rsatuvlarini maydalashtirish;  
– ziddiyatlarni aniqlab, ularning sabablarini bilib olish; 
– qatnashuvchilarning yodidan ko‘tarilgan axborotni eslatish va shu 
maqsadda  ularga  dalillarni  taqdim  etish,  ularning  esida  bor  bo‘lgan 
assotsiativ aloqalarni faollashtirish; 
– avval so‘roq qilingan shaxslarning haqiqiy ko‘rsatuvlarini ishlatish; 
– yuzlashtirishni voqea sodir bo‘lgan joyda o‘tkazish. 
Yuzlashtirish  qatnashchilariga  nisbatan  ruhiy  ta’sir  qilish  bo‘yicha 
yuzlashtirishning  asosiy  maqsadini  vaqtinchalik  niqoblash,  to‘satdan 
harakat  qilish  va  yolg‘on  ko‘rsatuv  beruvchi  shaxsning  ongida  tergovchi 
haddan  tashqari  ko‘p  axborotga  ega  ekanligi  to‘g‘risidagi  fikrni 
shakllantirish,  yangi  dalillarni  ishlatish,  yuzlashtirishda  uchinchi  shaxsni 
jalb  etish  (ota-onasini,  qonuniy  vakilini,  muallimini,  prokurorni, 

 
123 
himoyachini)  yolg‘on  ko‘rsatuvlarni  bayon  qilishda  qiyinchilik  tug‘dirish 
uchun taktik usullar ishlatiladi. 
Yuzlashtirish predmeti bir necha bahsga oid savollarga bo‘linadi va 
ularning  har  biri  alohida  ravishda  yuzlashtirish  jarayonida  aniqlanishi 
mumkin yoki har birini aniqlash maqsadida alohida yuzlashtirish o‘tkazish 
mumkin.  Bunday  maydalashtirish  yuzlashtirish  qatnashchilari  ko‘rsatuv-
larining to‘liqroq asoslangan shaklga aylanishini ta’minlaydi. 
Yuzlashtirishda  agar  qatnashchilarning  o‘z  ko‘rsatuvlarini  boshqa 
qo‘shimchalar bilan to‘ldirishga imkonlari va bir-birlariga boshqa savollari 
bo‘lmasa,  yuzlashtirish  yakuniga  yetgan  deb  hisoblanadi.  Yuzlashtirish 
o‘tkazilgani  to‘g‘risida  bayonnoma  tuziladi  va  unda  ketma-ketlik  asosida 
tergovchining  savollari  va  qatnashchilarning  javoblari  qayd  etiladi. 
Yuzlashtirishda  ko‘rsatuvlarni  qo‘shimcha  qayd  qilish  uchun  magnitofon 
yoki  video  yozuv  uskunasi  ishlatilishi  mumkin.  Bu  haqda  bayonnomada 
tegishli belgi qo‘yiladi va ularning ishlatilishi to‘g‘risida yuzlashtirishdan 
avval barcha qatnashuvchilar ogohlantiriladilar.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
124 
 
 
VI bob. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH TAKTIKASI 
 
1-§. «Tanib olish uchun ko‘rsatish» tushunchasi va turlari 
  
Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  –  mustaqil  tergov  harakati  bo‘lib, 
jabrlanuvchi,  guvoh,  gumon  qilinuvchi  yoki  ayblanuvchi  tomonidan 
avval  kuzatilgan  obyektning  obraz  bo‘yicha  fikran  aynanligi  yoki 
guruhiy mansubligini aniqlashdan iborat. Ushbu tergov harakati JPKning 
125-131-moddalarida qayd etilgan. 
Mazkur  tergov  harakatining  mohiyatiga  ko‘ra,  tanib  oluvchiga 
qonunda  belgilangan  asosda  shaxslarni,  predmetlarni,  jasadlarni  va 
boshqa  obyektlarni  yoki  ularning  fotosuratlarini  ko‘rsatib,  ularning 
aynanligi, o‘xshashligi yoki farq qilishi aniqlanadi. 
Bu  tergov  harakati  asosida  ruhiy  jarayon  yotadi  va  tanib  oluvchi 
shaxs  fikriy  mushohada  qilib,  esida  qolgan  va  dastavval  kuzatilgan 
(indentifikatsiyalovchi) obyektni voqelikda bo‘lgan va boshqa obyektlar 
bilan 
birgalikda 
tanib 
olish 
uchun 
ko‘rsatiladigan 
(indentifikatsiyalashtiriladigan)  obyektga  taqqoslaydi.  Taqqoslash 
natijasida  ular  orasidagi  aynanlik,  o‘xshashlik  yoki  o‘xshamaslik 
to‘g‘risida mantiqiy xulosa chiqariladi. 
Jinoyatlarni  tergov  qilish  amaliyotini  umumlashtirish  va  tegishli 
ilmiy  xulosalarga  asoslanib,  ushbu  tergov  harakatini  o‘tkazish  uchun 
asosiy qoidalar shakllantirilgan. Ushbu qoidalar quyidagilardan iborat: 
–  tanib  oluvchi  shaxs  tanib  olishdan  avval  kuzatilgan  shaxsning 
yoki  predmetning  qanday  sharoitlarda  kuzatganligi  bo‘yicha  so‘roq 
qilinishi  lozim.  Bundan  tashqari,  shaxs  yoki  predmetning  belgilari  va 
o‘ziga xos xususiyatlariga asosan tanib olishga qodirligi aniqlanadi; 
–  tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  obyektlarning  umumiy  soni 
uchtadan kam bo‘lmasligi kerak; 
–  tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  obyektlar  tanib  olinadigan 
obyektga  nisbatan  tashqi  ko‘rinishi  bo‘yicha  o‘xshash  bo‘lishi  lozim. 
Tanib  olinadigan  obyekt  va  u  bilan  birgalikda  ko‘rsatiladigan 
obyektlarning turi bir xil bo‘lishi lozim; 
– tanib olishdan avval tanib olinadigan shaxsga tanib olish uchun 
ko‘rsatiladigan  shaxslar  bilan  turish  uchun  xohlagan  joyini  tanlash 
tavsiya etiladi; 
–  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  kamida  ikkita  xolislar  ishtirokida 
amalga oshiriladi; 

 
125 
–  agar  tanib  oluvchi  shaxs  guvoh  yoki  jabrlanuvchi  bo‘lsa,  tanib 
olishdan  avval  ular ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortganligi  yoki  bila  turib 
yolg‘on  ko‘rsatuv  berganligi  uchun  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi 
to‘g‘risida ogohlantiriladilar va bayonnomada shu haqda o‘z imzolarini 
qo‘yadilar 
–  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  paytida  javobga  yo‘naltiruvchi 
savollar berish man etiladi; 
–  agar  tanib  oluvchi  shaxs  unga  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilgan 
predmetlar orasidan biron-bir predmetni yoki shaxsni ko‘rsatgan bo‘lsa, 
uni  qanday  belgilari  yoki  xususiyatlari  bo‘yicha  tanib  olganligi 
to‘g‘risida tushuntirib berish tavsiya etiladi
– tanib olish uchun ko‘rsatishda mutaxassisni jalb etish mumkin; 
–  tergov  harakatining  jarayoni  va  natijalarini  qayd  qilish  uchun 
kinofotouskunalar  hamda  ovoz  yozish  va  video  yozuv  uskunalari 
ishlatilishi mumkin. 
Bu tergov harakati natijali bo‘lishining eng asosiy sharti protsessual 
qonun  talablariga  to‘la  rioya  qilishdan  iborat.  Tanib  olish  uchun 
ko‘rsatish  oddiy  tanib  olishga  aylantirilmasligi  lozim  (ko‘pincha  oddiy 
tanib olish so‘roq paytida ishlatiladi, ya’ni so‘roq qilinuvchiga fotosurat 
ko‘rsatilib, unga ayon bo‘lgan shaxslarning ismlarini aytib berish tavsiya 
etiladi).  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishning  quyidagi  turlari  mavjud: 
shaxslarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish,  predmetlarni  tanib  olish  uchun 
ko‘rsatish,  murdalarni,  hayvonlarni  va  ularning  jasadlarini,  xonalarni 
yoki ochiq joylarni tanib olish uchun ko‘rsatish va hokazo. Ko‘rsatilgan 
obyektlarni  tanib  olishda  uning  o‘zini  yoki  fotosuratini  tanib  oluvchi 
shaxsga ko‘rsatish mumkin.  
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling