A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. Protsessual harakatlar taktikasi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
3-§. Protsessual harakatlar taktikasi Protsessual harakat taktikasi uni o‘tkazishga tayyorgarlikni amalga oshirish, qayd etish va natijalariga baho berish bo‘yicha tegishli taktik usullarning ishlatilishini talab qiladi va ular o‘ziga xos tizim hosil qilib, ushbu protsessual harakatning taktikasi sifatida ifodalanadi. 17 Tergov va sud harakati taktikasi qonunchilik talablariga mutlaqo rioya qilgan holda uni maksimal ravishda faol bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir. Ushbu vazifaning yechilishi prosessual harakatning taktik tuzilishini, unga kiruvchi xossalarning mazmunini belgilab beradi, chunki har bir taktik xossa noprosessual harakatning ma’lum bosqichi sifatida ifodalanadi. Umumiy ravishda ushbu bosqichlarning ketma- ketligi quyidagi yo‘llar bilan belgilanadi: – protsessual harakatga tayyorgarlik ko‘rish; – protsessual harakatni o‘tkazish; – protsessual harakatning jarayoni va natijalarini qayd qilish; – olingan natijalarga baho berilgan muayyan jinoyat ishi bo‘yicha ularning isbotlovchi axborot tizimidagi ahamiyati va o‘rnini belgilash. Ushbu bosqichlarning har birini amalga oshirishda qo‘llaniladigan taktik usullar, har bir bosqichning xususiyatlariga asosan, ular oldida turgan vazifalarni yechishga yordam beradi. Protsessual harakatni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish. Ushbu bosqichda protsessual harakat vazifalari qo‘yilib, ularning mazmuni tahlil etiladi, jinoyat bo‘lgan joyni qo‘riqlash, ushbu harakatni o‘tkazish, ishtirokchilar doirasi, qanday texnik-kriminalistik vosita va usul- larni qo‘llash, tezkor imkoniyatlar, jamoatchilik vakillari va mutaxassislar yordamidan foydalanish mezonlari belgilanadi va hal etiladi. Protsessual harakatni o‘tkazish uchun shakllangan vazifalar uni o‘tka- zish rejasida aks etadi. Mazkur reja ko‘rsatilgan vazifalardan, uni o‘tkazish joyi va vaqtini belgilashdan tashqari, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – agar shaxslar yoki obyektlarga nisbatan ushbu noprotsessual harakat o‘tkaziladigan bo‘lsa, ular to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘ladi; – protsessual harakatni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan dalillar yoki ushbu harakatning o‘tkazilishiga sababchi bo‘lgan holatlar hisobga olingan tavsiyalarga ega bo‘lishi lozim; – dalillar va tezkor axborotning qay tarzda ishlatilishi hamda qanday usullar orqali protsessual harakat jarayonida qo‘llanilishi to‘g‘risida tavsiyalar bo‘lishi kerak; – protsessual harakatning qanday taktik usullarni ishlatish, ularning ketma-ketligi, qanday tergov holati jarayonida o‘tkazilishi, ya’ni protsessual harakatning ishtirokchilari o‘zlarini qanday tutishlari hamda zaruriy texnik vositalarni ishlatish jihatlari hisobga olinishi zarur. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi o‘tka- ziladigan tergov harakatlarini «Isbot qilishning umumiy shartlari» bobida aks etib, 87-moddasida bevosita ro‘yxati ko‘rsatilgan. 18 Tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni tergovchi o‘z ixtiyori bo‘yicha qabul qiladi, chunki u shu qarorlarning qonuniy tartibda va o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun to‘la javobgardir. Protsessual harakatni o‘tkazish uchun uning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elementi ishtirokchilar doirasini belgilashdan iborat. Qonunga binoan tergov harakatlarining majburiy va nomajburiy ishtirokchilari bir-biridan farq qiladi. Tergovchidan tashqari majburiy ishtirokchi sifatida tegishli vaziyatlarda qonun xolislarni, mutaxassisni, tarjimonni, pedagogni yoki voyaga yetmaganning qarindoshlarini, himoyachining ishtirokini qayd etadi. Lekin amaliy tarafdan majburiy ishtirokchilar doirasi yanada kengroq bo‘lishi mumkin (ular ichiga guvohlar, jabrlanuvchilar, ayblanuvchilar, ma’muriyat vakillari va hokazolarni qo‘shganda). Ayrim holatlarda qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, tergovchilar amaliyot talablariga ko‘ra tergov harakatini o‘tkazishda yordamchi sifatida mutaxassislarni jalb etishi mumkin bo‘ladi (masalan, o‘g‘irlik bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, yo‘l- transport hodisasi yoki yong‘in joyini ko‘zdan kechirish paytida). Shu bois, tergov harakatining bo‘lajak qatnashchilarini belgilashda tergovchi qonun talablariga rioya qilgan holda, amaliyot ishlab chiqqan tartiblarga qarab va alohida turdagi jinoyatning tergov qilish xususiyatlariga e’tibor berib, ushbu tergov harakatini o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Tergovni tashkil etish o‘ziga xos faoliyat bo‘lib to‘rtta pog‘onadan iboratdir. Tergovni tashkil etishning birinchi pog‘onasi eng oliy pog‘ona bo‘lib, barcha dastlabki tergov qarorlari va tergov organlari (garchi ular har xil vazifalarga mansub bo‘lsa-da) faoliyatini qamrab oladi. Ikkinchi pog‘onasi yagona vazirlikka mansub dastlabki tergov va surishtiruv organlarining faoliyati bo‘lib, ko‘rsatilgan vaziyatda – ichki ishlar organlarining faoliyatidir. Ushbu pog‘ona dastlabki tergov organlarining eng omilkor tuzilishini, ularni boshqarishni, zaruriy rivojlanish darajasi- ni, ular faoliyatining natijali bo‘lishini va ularning vosita va faoliyat uslublari takomillashganligini ko‘rsatuvchi bir tizimli choralar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Muayyan jinoyatni tergov qilishni tashkil etish – uchinchi, tashkiliy faoliyatning uslubiy pog‘onasi sifatida tan olingan. Ushbu pog‘onada kriminalistik uslubiyat ishlab chiqqan tavsiyalarni tipik tergov vaziyatida maqsadga muvofiq ishlatib, buning uchun eng maqbul sharoitlar yaratish va eng yuqori natijali xulosalarni qo‘lga kiritib, ushbu harakatlarga eng kam vaqt, vosita va kuch sarf qilish orqali maqsadga yetishish talab qilinadi. 19 Tergovni tashkil etishning to‘rtinchi, ya’ni so‘nggi pog‘onasi alohida tergov harakatini yoki tashkiliy-texnik choraning o‘tkazilishini tashkil etishni talab qiladi. Mazkur pog‘ona ishni tashkil etishning taktik pog‘onasi bo‘ladi. Bu tergov harakatining maqsadlarga yetishishi uchun choralar yig‘indisi bo‘lib, muayyan tergov vaziyatida eng natijali va maqsadga muvofiq texnik-kriminalistik taktik usul va vositalarni qo‘llashni taqozo etuvchi tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Tashkiliy vositalar sifatida ushbu pog‘onada ko‘pincha tashkiliy va tashkiliy-texnik choralar qo‘llaniladi. Ushbu harakatlar asosiy tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida amalga oshiriladi. Ulardan tashqari, ushbu maqsadlarga avvalroq o‘tkaziladigan tergov harakatlari, shuning- dek, taktik kombinatsiyalar ham xizmat qilishi mumkin. Tergov harakatini boshlashdan avval tergovchi uni o‘tkazish bo‘yicha quyidagilarni hisobga olishi lozim: – tergov harakati o‘tkazilishining asoslanganligi va tegishli dalillarning mavjudligi; – ushbu harakatni to‘g‘ri olib borish uchun to‘g‘ri taktik qaror qabul qilib, qonunda belgilangan protsessual qarorni chiqarish; – tegishli tayyorgarlik harakatlarini amalga oshirish (chaqiruv qog‘ozi yuborib, shaxsni so‘roqqa chaqirish, mutaxassislarni ishga jalb etish, tergov harakatining rejalarini tuzish va hokazo). Yuqoridagilar tergov harakatining alohida bosqich sifatida tan olinishini taqozo etadi. Aynan ushbu bosqichlarda zarur kuchlarni jalb etish va ularni joy-joyiga qo‘yish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik, zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlash kabi masalalar hal qilinadi. Protsessual harakatning o‘tkazilishi. Mazkur bosqichda qabul qilingan reja amalga oshiriladi va tergovchi yoki sud o‘z oldiga qo‘ygan masalalarni hal qiladi. Bu bosqichda taktik usullar bevosita qo‘llaniladi, isbotlovchi axborot olinadi va uni qo‘lga kiritish uchun zaruriy sharoitlar vujudga keltiriladi, tusmollar tekshiriladi. Protsessual harakatni taktik jihatdan o‘tkazish mazmuniga ushbu harakatning jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkaziladigan harakatlar tizimidagi o‘rniga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bu esa tergov harakatlari misolida yaqqol ko‘rinadi. Tergov harakatlari o‘zining jinoyat protsessidagi roli bo‘yicha, odatda, dastlabki va kelgusi tergov harakatlariga taqsimlanadi. Dastlabki tergov harakatlari tergov qilishning dastlabki bosqichida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyin o‘tkaziladi. Qonun ba’zi harakatlarni jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan oldin ham o‘tkazilishiga quyidagi maqsadlarga xizmat qilgandagina ruxsat beradi: 20 – tergovchiga voqeaning mazmuni nimadan iboratligi, uni sodir etish mexanizmi va uning sabablari to‘g‘risida hamda hodisa to‘g‘risida ma’lumot bersa; – jinoyatning «issiq izidan» ochilishini, jinoyatchilarni aniqlab, ularni qidirishda ko‘maklashuvchi zaruriy axborotni qo‘lga kiritilishini ta’minlab bersa; – subyektiv yoki obyektiv omillarga ko‘ra, yo‘q qilingan xavfi bo‘lgan dalillarning olinishini ta’minlasa; – isbotlash predmetini to‘liq qamrab oladigan tergov tusmollarini ko‘rish uchun dastlabki axborotni olishga yordam bersa. Dastlabki va kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini o‘zaro aralashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, chunki kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari – bu shunday harakatlarki, ularni zudlik bilan amalga oshirish lozim bo‘ladi. Ko‘pincha, ushbu harakatlar dastlabki tergov harakatlari sifatida ham namoyon bo‘ladi, chunki aynan shu harakatlardan tergov jarayoni boshlanadi. Masalan, o‘g‘irlik jinoyati belgilari aniqlanganda kechiktirib bo‘lmaydigan dastlabki tergov harakati sifatida hodisa joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini zudlik bilan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Kelgusi tergov harakatlari tergov jarayoning ikkinchi va uchinchi tergov bosqichlarida amalga oshiriladi va dastlabki bosqichda olingan dalillar tadqiq etiladi, tusmollar har tomonlama tekshiriladi, jinoyat tarkibiga kiruvchi elementlar isbotlanadi, jinoyatning sodir etilishiga va uni yashirish jihatlariga e’tibor beriladi. Agar dastlabki tergov harakatlari taktikasi uchun eng belgilovchi omil sifatida vaqt namoyon bo‘lsa hamda qo‘qqisdan harakat qilish amalga oshirilsa, kelgusi tergov harakatlari taktikasi kombinatsiyalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunda bir necha tergov harakatlari yagona kompleks sifatida birlashadi va bitta maqsadga qaratilgan bo‘lib, taktik kombinatsiyani hosil qiladi. Protsessual harakat jarayoni va uning natijalarini qayd etish. Protsessual harakatning ushbu bosqichidagi taktikasi prosessual harakatga oid butun mazmun va qo‘lga kiritilgan natijalarni maksimal holda to‘liq va aniq tavsif etishga qaratilgan. Qayd qilishning taktik usullari, avvalambor, tegishli sharoitlarni tanlash yoki vujudga keltirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, qonunga binoan texnik-kriminalistik vosita va usullarni maksimal ravishda qo‘llab, isbotlovchi axborotni aks ettirishga mo‘ljallangan. Ushbu bosqich katta ahamiyatga ega bo‘lib, tegishlicha prosessual qayd qilinmasa, olingan axborot isbot kuchiga ega 21 bo‘lmasligi va tergovchi yoki sud harakatining behudaligiga olib kelishi mumkin. Olingan natijalarga baho berish va ularning ahamiyatini belgilash. Bu yakunlovchi bosqich bo‘lib, olingan dalillarni haqiqatga to‘g‘ri va isbotlashda ularning qay darajada ahamiyatli bo‘lishi, shuningdek, qanday yo‘llar bilan ishlatish lozimligini belgilab beradi. Ushbu bosqichda protsessual harakatda uchragan xatolar aniqlanadi, xatolar qanday oqibatlarga olib kelgani yoki olib kelishi kuzatiladi va ushbu protsessual harakatni yangidan o‘tkazilishi belgilanadi. Protsessual harakatni qayd qilgan hujjat ham baholanadi va uning mazmunida aks etgan protsessual harakat jarayoni va natijalari voqelikka, to‘liqlik talablariga, mantiqqa to‘g‘ri bo‘lishiga va tavsifning to‘g‘ri, ketma- ketlikda bayon etilishiga, so‘zlar aniq va oydin bo‘lishiga, zaruriy protsessual rekvizitlarga ega bo‘lishiga diqqat bilan qaraladi va ko‘zdan kechiriladi. «Tergov harakatlari» tushunchasiga kelsak, tergovchining proses- sual harakatlari jinoyat ishini har tomonlama, to‘liq va obyektiv hal etishga qaratilgan. Shu ma’noda tergovchining barcha jinoyat-protsessual harakatlarini tergov harakatlari deb atash mumkin bo‘ladi. Ammo tergov harakatlari jinoyat protsessual harakatlariga nisbatan (ish bo‘yicha tegishli qarorlar chiqarish, ehtiyot chorasini qo‘llash, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari va burchlari to‘g‘risida tushuntirish va hokazo) qisman farq qilib, isbot-dalillarni aniqlashga, ularni tekshirishga va mustahkamlashga qaratilgan. Shunday qilib, tergov harakatlari – bu jinoyat protsessi qonunlari tomonidan belgilangan va davlatning majburlash kuchi bilan ta’minlangan hamda jinoyatlarni tergov qilishda ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar to‘g‘risida faktik ma’lumotlarni aniqlash, qayd etish, tekshirish va baho berish maqsadlarida xizmat qiladigan operatsiya va usullar yig‘indisi sifatida ta’riflanishi mumkin. Har bir tergov harakati ma’lum turdagi isbotlovchi axborotni aniqlashga va aks etishda ishlatiladigan o‘ziga xos o‘rganish usullari sifatida namoyon bo‘ladi. Agar jinoyat ishini tergov qilishda amalga oshirilgan tergov harakatlari jinoyat protsessi qonunlariga zid ravishda o‘tkazilsa, bu harakatlar natijasida olingan dalillar o‘z kuchini yo‘qotadi. 22 II bob. KRIMINALISTIK TUSMOLLAR VA TERGOVNI REJALASHTIRISH 1-§. «Kriminalistik tusmol» tushunchasi, asosiy belgilari, turlari va ishlatish shakllari Isbotlash va o‘rganish jarayoni sifatida namoyon bo‘lgan tergovning xususiyatlari. Jinoyatlarni dastlabki tergov qilish yoki ish bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish layoqatli organlarning huquq normalari tomonidan tartibga solingan faoliyati bo‘lib, ularning maqsadi «jinoyatlarni tez va to‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berish hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi» uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunni to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iboratdir (JPK 2-moddasi). Jinoyat protsessida isbotlash o‘rganish bilan birgalikda ko‘riladi, ammo o‘rganish predmeti isbotlash predmetidan keng bo‘lib, isbotlanishi lozim bo‘lgan faktlarni aniqlashdan tashqari boshqa faktlar va axborot manbalarini aniqlashdan iborat: o‘rganish tergovchining bilimiga bog‘liq bo‘lib, isbotlash vositasiga aylanadi hamda ish bo‘yicha o‘tadigan shaxslarga oid har bir xulosaning asoslanishini talab qiladi. Jinoyat to‘g‘risidagi ma’lumot bir zumda qo‘lga kirmaydi. Bu faktlarni o‘rganish va dalillarni har tomonlama, sinchkovlik bilan tekshirish natijasida shakllanadi. Tergovning dastlabki bosqichida ko‘pgina faktlar to‘g‘risida muayyan bo‘lmagan, ehtimollik darajasiga ega bo‘lgan fikrga kelish mum- kin. Masalan, ko‘pincha tergovning boshida jinoyat bo‘lganmi, bo‘lmagan- mi, go‘yoki jinoyat sodir etilgan deb mish-mish tarqatilganmi yoki jinoyat o‘rniga baxtsiz hodisa ro‘y berganmi degan masala ko‘ndalang bo‘ladi. Bundan tashqari, muayyan jinoyat kim tomonidan sodir etilganligini aniq aytish qiyin bo‘lib, uning qanday maqsadlarda, qachon, qayerda, qanday vaziyat va shart-sharoitlarda, qanday holatlarda sodir etilganligini aniqlash masalasi qo‘yiladi. Bu haqda faqat ehtimollik jihatidan fikr yuritish mumkin. Jinoyat to‘g‘risidagi bilimlarning shunday ehtimollikka doir ta’rifi tergovning dastlabki bosqichida dalil bo‘yicha axborotlarning noto‘liqligi, ziddiyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Faktlarni asta-sekin tahlil etish, ularni tekshirish, voqelikka to‘g‘ri bo‘lgan axborotning to‘planishi bilan ehtimollik ta’rifiga ega fikrlar to‘liq va aniq bo‘lgan ma’lumotlar bilan almashadi, taxminlar o‘z o‘rnini aniq xulosalarga bo‘shatib beradi. 23 Ehtimollikdan aniq ma’lumotga (bilimga) o‘tish – o‘rganish jarayonning qonuniyati bo‘lib, u jinoyatlarni tergov qilish faoliyatiga ham mansubdir. Ushbu qonuniyat asosida o‘rganish uslublari ishlab chiqiladi. Ularning ichida tusmollarni tuzish va tekshirish uslubi o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Tusmol jinoyatni tergov qilish jarayonida layoqatli shaxs tomonidan o‘rganiladigan hodisaning mohiyatini tushuntirib beruvchi, asoslangan, voqelikda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yoki hodisaning, ayrim hollarning, faktlarning kelib chiqishini va ular o‘rtasidagi aloqalarni ta’riflovchi taxmin sifatida ifodalanadi. Ushbu ta’rifga ko‘ra, tusmol fikr yuritish shakli, faktlarni tushuntirib berish va o‘rganish uslubi rolini bajarib, ehtimollikka oid bilimning aniq bilimga aylanishini ta’minlaydi. Tusmolning mohiyatiga bilish uchun uni har tomonlama, ya’ni psixologiya, mantiq, modellashtirish nazariyasi, sud dalillari nazariyasi nuqtai nazaridan o‘rganish lozim bo‘ladi. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda, tusmol – tasavvurning murakkab mahsuli bo‘lib, voqelik to‘g‘risida bevosita qabul qilib olingan obrazlar va tasavvurlarning yangi obrazlariga ko‘chib, bevosita kuzatishdan tashqari muayyan axborotga aylanishidir. Masalan, hodisa sodir bo‘lgan joyda buzilgan eshikdagi izlar aniqlan- ganda, tergovchining tajribasi va maxsus bilimlarga asoslanadigan bo‘lsak, taxminga ko‘ra, jinoyatchining nima harakat qilgani, qanday qurollar ishlat- gani va ularni qayerdan qidirish kerakligi hamda xonadonga shu qurollar bilan kirish tarzini qanday bartaraf etish to‘g‘risidagi tasavvur shakllanadi. Boshqariladigan tasavvur qilish qobiliyati tergovchi, ekspert, tezkor xodimning zaruriy kasbiy xususiyatlaridan biri bo‘lishi lozim. Tasavvur asossiz bo‘lmasligi uchun u tegishli faktlarga asoslangan voqelikka to‘g‘ri bo‘lishi hamda tajriba va maxsus bilimlar orqali boshqarilishi kerak. Mantiq jihatdan tusmol – gipotezaning bir turi bo‘lib, bevosita kuzatilmagan faktlar, ularning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ehtimol tutilgan taxmin sifatida ifodalanadi. Uning tuzilishi quyidagilardan iborat: – tusmolning asoslari (ya’ni ma’lum axborotga ko‘ra tusmol ko‘riladi); – hodisaning mohiyati, uning kelib chiqishini va faktlarning o‘zaro bog‘liq bo‘lishini tushuntirib beradigan taxminiy fikr (tusmolning mazmuni); – tusmolni ilgari surishda ishlatiladigan fan ma’lumotlari yoki tajriba nizomlari (jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini umumlashtirish asosida). 24 Masalan, «xonadonda o‘g‘irlik qanday tarzda sodir etilgan» degan savolga «kalitni tanlab yoki qulfni ochish uskunasi asosida» degan tusmol bevosita kuzatilmagan o‘g‘irlik haqida, uning sodir etilishi tarzi to‘g‘risidagi taxminiy fikr sifatida ifodalanadi. Bunday fikrga kelish uchun, bir tomondan, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va jabrlanuvchini so‘roq qilish natijalari asos bo‘lsa, boshqa tomondan, tajriba ma’lumotlari, kriminalistika nizomlari ularni to‘ldiradi. Tusmol gipotezaning turi sifatida aniqlangan faktlarga nisbatan zid- diyatsizligi, tekshirishga imkoniyat borligi, oddiyligi, tergov jarayoniga aloqasi bo‘lgandan so‘ng yanada keng hodisalarni tadqiq etilishi uchun ularni tahlil qilishga imkon yaratib berishi lozimligi kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Modellashtirish nazariyasiga tayanib, tusmolni hodisaning fikran axborot beruvchi modeli elementi sifatida qabul qilish mumkin. Tusmol modelda fikran «o‘ziga xos ildizni» shakllantirib, o‘sha ildiz atrofida axborot to‘planadi, ushbu axborot baholanadi va u yoki bu faktning dalil sifatida ishlatilishi to‘g‘risidagi savollar hal etiladi. Tusmollar har xil asoslarga ko‘ra tasniflanishi mumkin: – taxminning mazmuni bo‘yicha (jinoyat hodisasiga aloqador tusmollar); – ta’riflanadigan faktlarning hajmi bo‘yicha (umumiy va xususiy); – ishlatish muhitida va tusmollarni tuzgan subyektlar bo‘yicha (tergov, ekspert, tezkor-qidiruv va sud tusmollari); – voqelikda yuz berish darajasi bo‘yicha (voqelikda yuz berishi muammoli yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan tusmollar); – tusmollarni tuzish vaqti bo‘yicha (dastlabki bosqichdagi, kelgusi bosqichdagi tusmollar); – isbotlash predmetiga munosabati bo‘yicha (ayblov tusmoli, oqlov tusmoli). Yuqoridagilardan tashqari, tusmollar tasniflanishining boshqa asoslari ham mavjud. Umuman butun hodisaning mohiyati va mazmunini ta’riflovchi tus- mollarni umumiy tusmollar deb ataladi. Hodisaning ayrim jihatlari, ular- ning kelib chiqishi, holatlaridagi bog‘lanishlarni (ya’ni jinoyat kim tomo- nidan sodir etilgani, jinoyatchining maqsadi nimadan iborat bo‘lgani va uning harakatlariga nimalar ta’sir qilgani, jinoyatchining aybi va boshqa holatlarni) ta’riflaydigan tusmollar xususiy tusmollar deb yuritiladi. Tusmollarning umumiy va xususiyga bo‘linishi taxminan qilingan harakat va uning elementlari, epizodlari, ayrim faktlari orasidagi 25 munosabatni aniqlashga yordam beradi. Bu tasnif isbotlash predmeti va uning chegaralarini aniqlashda, dalil bo‘luvchi axborot manbalarini qidirib topishda, ularni tadqiq etishda hamda dalillarning hodisaga aloqadorligini oydinlashtirishda ko‘maklashadi. Bu bo‘linish faktlarni bir-biridan ajratib, har birini alohida tadqiq etishga, ular orasidagi o‘zaro munosabatni aniqlashga, dalillarni baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo xususiy tusmolning tasdiqlanishini umumiy tusmolning to‘liq tasdiq- lanishi deb oldindan aytish noto‘g‘ri. Chunki isbotlash predmetini to‘liq ravishda ta’riflab beruvchi umumiy tusmolning tasdiqlanishi uchun uning har bir elementi tasdiqlanishi kerak. Shunga asosan «tipik» tusmollar to‘g‘risida gapirib o‘tish lozim, chunki ular muayyan vaziyatga doir alohida faktlar va umuman butun voqelik to‘g‘risidagi eng ko‘p uchraydigan taxminiy fikrlar sifatida ifodalanadi. Ushbu tusmollar asosida dastlabki muayyan axborotning eng kichik hajmi yotadi va u ilmiy jihatdan baholangan bo‘ladi. Bundan tash- qari, amaliyotning umumlashtirilishiga tayanadi. Ushbu umumlash- tirishlar aniq va to‘g‘ri bo‘lgan qoidalar ta’rifiga ega bo‘lib, muayyan vaziyatga nisbatan tipik tusmollar rolini bajaradi. Masalan, yong‘in bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirganda, bu harakat «o‘t qo‘yish», «o‘z-o‘zi- dan yonib ketish vaziyati», «olov bilan o‘ynashish yoki olovga ehtiyot- sizlik bilan qarash», «yong‘inga qarshi qoidalarga rioya qilmaslik» oqi- batida kelib chiqqan hodisa va shu vaziyatga xos bo‘lgan tipik tusmollar asosida tekshiriladi. Bunday yondashish tergovning voqelikka to‘g‘ri bo‘lishini, uning to‘liq va har tomonlama olib borilishini, bu esa, o‘z navbatida, yetarli ravishda bir yoki bir necha tusmollarga nisbatan axbo- rot olishni va ularning har birini alohida sinchiklab, detalli tekshirilishini ta’minlab beradi. Tusmollarni jinoyat protsessining har qanday ishtirokchisi (jumla- dan, begona shaxs ham) tuzishi mumkin, ammo bu tusmol tergovchi (prokuror, tezkor xodim, ekspert, sudya) tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa, tekshiruvga qo‘shilmaydi. Demak, uni kriminalistik tusmol deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. Tusmollarni tuzish vaqti bo‘yicha tasniflash ushbu jarayonning davomiyligini ko‘rsatadi va har bir tusmolni undan avvalgi tusmolga, uning mazmuni va tekshirish natijalariga qarab baholanishini taqozo etadi. Ammo shuni aytish lozimki, «eski» tusmollar vaqti o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Qandaydir sabablarga ko‘ra, ular voqelikda yuz berishi muammoli bo‘lgan tusmollar guruhidan o‘rin olib, tasdig‘ini topmagan bo‘lsa-da, ular to‘g‘risida unutish maqsadga muvo- 26 fiq bo‘lmaydi, chunki to‘xtatib qo‘yilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni qayta tiklash davrida ulardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Tusmollarning voqelikda yuz berish darajasi bo‘yicha voqelikda yuz berishi mumkin bo‘lgan tusmollarga bo‘linishi tergovchi faoliyatida faktlarni baholash masalasi bilan bog‘langan. Tergovchi va ishdagi boshqa qatnashchilarning taxminlari voqelikni har xil in’ikos qiladi: ba’zilari voqelikka yaqinlashadi, boshqalari esa voqelikni to‘liq in’ikos qilmaydi. Tergovning dastlabki bosqichida qaysi bir tusmol voqelikka yaqin bo‘lishini aniqlash qiyin masala bo‘lib, bu muammo tergov yakunida hal etiladi. Voqelikda yuz berish darajasidan qat’i nazar barcha tusmollar parallel tekshirilishi kerak. Ayrim hollarda voqelikda yuz berishi muammoli bo‘lgan tusmollar jinoyatning ochilishiga sabab bo‘lgan. Tusmollarni tasniflashda ularning asosiy va qarama-qarshi tusmollarga (yoki kontur tusmollarga) bo‘linishi hollari uchraydi. Masalan, birinchi tusmollar qatoriga ayblov tusmolini ilgari surish mumkin, ya’ni bu tusmol jinoyat hodisasini taxminiy jihatdan ta’riflaydi. Ushbu tusmolga qarab qarama-qarshi tusmolni tuzish kerak bo‘ladi va u jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning aybsizligi to‘g‘risidagi kontur tusmol sifatida ifodalanadi. Ularni tekshirish natijalari qaysi bir tusmolning voqelikda bo‘lgani va qaysi bir tusmolning voqelikka to‘g‘ri kelmaganligi to‘g‘risida dalolat beradi va agarda ayblov tusmoli tasdiqlansa, uni ayblash fikrida to‘liq ifodalashga imkon tug‘iladi. Tusmollar tergov jarayonida, tezkor-qidiruv faoliyatida, ekspertizalarni o‘tkazishda va sud majlisida ishlatiladi. Ko‘rsatilgan tusmollarni ishlatish shakllarining har biri o‘z xususiyatlariga ega. Ammo tusmollar tabiatiga ko‘ra, prinsipial holda o‘zgarmasdan qoladi, chunki ular har qanday vaziyatlarda taxminiy fikr sifatida shakllanib, faktlarni tushuntirish va o‘rganish uslubi sifatida ehtimollik bilim darajasidan haqiqiy bilim darajasiga o‘tadi. Shunga ko‘ra, jinoyatlarni ochish va tergov qilishda tusmollarning kriminalistik ta’rifga ega bo‘lishi ular asosida vujudga kelgan vazifalarning yechilishiga asos bo‘ladi. Agar jinoyat ishining qo‘zg‘atilishiga tezkor-qidiruv faoliyati yetakchilik qilgan bo‘lsa, u holda dastlab tezkor-qidiruv tusmoli yuzaga keladi. Ushbu tusmollarning mazmuni hodisaning ta’rifi, axborot manbalarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Ma’lum shart-sharoitlarda ushbu tusmol tergov tusmoliga aylanadi va tezkor xodim tomonidan tekshirish uchun asos bo‘lishi mumkin. Ekspert tusmoli bir qator vaziyatlarda, masalan, xulosa ehtimollik darajasiga ega bo‘lganida 27 tergovchi tomonidan qabul qilinadi va tekshiriladi. Sud ham jinoyat ishi bo‘yicha tusmollarini tuzishga haqli bo‘lib, ularni sud majlisida tekshirishga yoki tergovchiga tekshirish uchun topshiriq berishga haqli hisoblanadi yoki ishni qayta tergovga yuborishi mumkin. Tusmollarning bir muhit faoliyatidan boshqa muhit faoliyatiga o‘tishi qonunga muvofiq- dir. Ular tergovchi, ekspert, surishtiruv organi o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarni aks ettiradi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling