A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. Murdaning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guvohlantirish
3-§. Murdaning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish Murdaning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish u aniqlangan va hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida amalga oshiriladi. Agar ko‘zdan kechirish sharoitlari noma’qul bo‘lsa, u holda boshqa joyda ko‘zdan kechirish harakati o‘tkaziladi (ko‘pincha bu o‘likxonalarda o‘tkaziladi), ammo bunday ko‘zdan kechirish sud-tibbiy ekspertizasi tarkibiga kirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 138-moddasiga binoan, murdani ko‘zdan kechirishda tergovchi ushbu harakatni o‘tkazish uchun sud-tibbiyot mutaxassisini jalb qiladi. Ko‘zdan kechirishga tergovchi 77 rahbarlik qiladi va sud-tibbiyot mutaxassisi uning boshqaruvida ishlaydi. Mutaxassisning ishtiroki tergovchining shaxsiy ko‘zdan kechirish harakatini o‘tkazish majburiyatini undan soqit qilmaydi. Murdani ko‘zdan kechirish umumiy va detalli bosqichdan iborat. Umumiy ko‘zdan kechirish paytida quyidagilarni tadqiq qilib, ularni bayonnomada qayd qilish lozim: – murdaning jinsi, uning topilgan joyi, boshqa predmetlarga nisbatan joylashishi, umumiy ko‘rinishi va holati (uning alohida jismlarining bir-biriga nisbatan joylashishi); – murdani ko‘zdan kechirgandan so‘ng uning boshqa joyga olib o‘tilganligi; – murdaning qanday kiyimda aniqlanganligi; – murda bilan birgalikda qurol yoki jarohat yetkazish predmeti borligi va holati; – tan jarohatlarining umumiy ta’rifi, ularning tanada, kiyim ostida (lokalizatsiyasi) yoki ochiq tana joylarida joylashishi. Shundan so‘ng murda detalli ravishda ko‘zdan kechiriladi va uning belgilari tadqiq etilib, batafsil qayd qilinadi. Dastlab murdaning yotgan joyi, qanday holatdaligi aniqlanadi, keyin u boshqa joyga olib o‘tiladi, chunki murdani sudrab boshqa joyga olib qo‘yganda uning tagida mavjud bo‘lgan predmetlar buzilishi mumkin. Eng oxirida murdaning kiyimi tekshiriladi. Agar sharoit taqozo etsa, yechintiriladi va uning har bir kiyimi alohida ko‘zdan kechiriladi. Kiyimni ko‘zdan kechirganda uning rangi, materialining nimadan ekanligi, jabrlanuvchining kattaligiga qarab tikilganligi, cho‘ntaklarida nima borligi va shu kabi boshqa o‘ziga xos belgilari borligini aniqlash lozim. Kiyimlarda bo‘lgan jarohatlanish belgilariga, ya’ni tirab o‘q otish belgilariga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi va undan hosil bo‘lgan kirlanishlarga diqqat bilan qaraladi. Kiyimda bo‘lgan barcha taajjubli holatlar qayd qilinadi: tashqariga chiqarilgan cho‘ntaklar, ochilgan yoqalar, kiyimning ayrim qismlari yo‘qligi (masalan, qishki paytda odamning bosh kiyimi yoki poyabzali yo‘qligi), murdadagi kiyimning va ichki kiyimning noto‘g‘ri kiyilganligi holatiga (ayniqsa ayollarda) katta e’tibor beriladi. Murdani ko‘zdan kechirganda uning qo‘llarida kiyimning tolalari, tuproq va o‘simliklarning zarralari hamda boshqa mikroobyektlarning bor yoki yo‘qligini aniqlash lozim bo‘ladi. Agarda qo‘llari mushtum shaklida aniqlangan bo‘lsa, uning tagiga oq qog‘oz qo‘yib, mushtni ochish zarur va shunda uning kaftida va barmoqlarida bo‘lgan zarralar qog‘ozga tushadi. Bundan tashqari, qog‘ozga tushgan zarralar o‘ralib, 78 alohida konvertda saqlanishi lozim. Konvert esa tergovchi va xolislarning imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi. Unda zarralarning qayerda va qachon olinganligi bayon qilinib, jinoyat ishining raqami ko‘rsatiladi. Ish jarayoni shunday harakatlar bilan cheklanib qolmaydi, chunki tergovchi murdaning tirnoqlari tagida qanday zarralarning borligini aniqlash uchun ularni maxsus qaychi bilan oladi va tirnoq taglarida bo‘lgan zarralarni har bir barmoq uchun olingan alohida probirkalarga solib, po‘kak bilan yopadi va tegishli yozuvlarni qayd etib, xolislar bilan tasdiqlaydi. Jarohatlangan tanada aniqlangan mikroobekt- larning : sud-tibbiyot mutaxassisiga topshirilishi maqsadga muvofiqdir. Biroq bu harakatlarni laboratoriya sharoitlarida o‘tkazish kerak. Ba’zi hollarda mikroobyektlar (changlar, har xil kirlar, o‘simlik zarralari) odamning sochlari va quloqlarida qoladi va ular shaxsning ma’lum joyda bo‘lganligini ta’riflash mumkin. Ularni sochlardan ajratish uchun paxtali taroq bilan tarash lozim. Paxtada tegishli zarralarning moddalari yopishib qoladi, taraganda bosh tagiga oq qog‘oz yoki polietilen mato yozish lozim. Shundan so‘ng bu qog‘oz yoki polietilen mato o‘raladi. Quloqlardan esa zarralar paxtali tampon yordamida olinadi. Agar murda o‘likxonaga yuborilgan bo‘lsa, o‘likxona xodimlariga murdaning kiyimlarini alohida joyga olib, saqlab qo‘yish haqida yo‘riqnoma beriladi. Tergovchining ishtirokisiz murdaning kiyimini qoqish, tozalash mumkin emas. Olingan kiyimni shu zahotiyoq ko‘zdan kechirish lozim. Eng yaxshisi bu ko‘zdan kechirishni xonada o‘tkazish hisoblanadi. Agar kiyim ho‘l yoki nam bo‘lsa, uni avvalo xonaning haroratiga qarab quritiladi. Ko‘zdan kechirishdan avval ehtiyot choralarini amalga oshirish zarur, chunki kiyimda tasodifiy obyektlar bo‘lmasligi kerak. Shuni esda tutish lozimki, tergovchi va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari o‘z kiyimlari bilan murdaning kiyimiga tegmasdan uni ko‘zdan kechirishlari lozim. Murdaning kiyimi oq yuzalik ustiga qo‘yiladi. Bu yuzalik esa polietilen tasmasiga ega bo‘ladi va kiyimda bo‘lgan barcha zarralar shu tasmaga yopishadi. Mikroobyektlarning aniq joylashgan o‘rnini belgilash uchun kiyimni silkitish mumkin emas yoki kiyimni bekorga taxlab, ichki tomonga ag‘darish man etiladi. Kiyimning har bir predmeti alohida ko‘zdan kechiriladi. Kiyimni ko‘zdan kechirishda uning ko‘zga tashlanuvchi belgilari aniqlanadi. Mikroobyektlar aniqlaganda, agar ular oddiy ko‘z bilan kuzatilsa yoki lupa yordamida aniqlansa, ko‘zdan kechirish bayonnomasida qayd etiladi. Bundan tashqari, ularning shakli, kattaligi, 79 olib yurish predmetidagi joylashishi ko‘rsatiladi. Agar mikroobyektlar kiyimda mustahkam turgan bo‘lmasa, ularni ajratib, alohida o‘rab qo‘yish kerak. Mustahkam mikroobyektlar, ya’ni kiyimga yopishgan zarralarni (agar qon izlari yoki begona tolalar kiyimning tolalari bilan bog‘lanib qolgan bo‘lsa) ajratish kerak bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda mikrozarralar kiyimning cho‘ntaklarida, yoqalarning orqa qismlarida, etaklarning tagida bo‘lishi mumkin. Ulardan topilgan chang, qum, o‘simlik zarralari odamning biron-bir joyda bo‘lganligini anglatadi. Cho‘ntaklarda ular bor bo‘lgan predmetlarning (masalan, o‘g‘irlangan narsaning mikroobyektlari, qurolning yoni) mikroobyektlari bo‘lishi mumkin. Ko‘zdan kechirish paytida kiyimning shu joylarida mikroobyektlarning borligiga ishonch hosil qilish lozim va ularni joyidan qo‘zg‘atmasdan saqlab, kiyimni laboratoriya tadqiqotiga yuborish kerak. Tanilmagan murda fotografik suratga signalitik usulda qayd etiladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasidan tashqari, murdaning holati bo‘yicha tegishli sxema chizib, unda murdaning jarohatlari qanday aks etganligini ham ko‘rsatish zarur. Agar murdani qayta ko‘zdan kechirish yoki qayta sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish zarur bo‘lsa, u holda murdaning ko‘milgan joyi eksgumatsiya qilinadi va bundan avval tergovchi tegishli qaror chiqaradi. Ko‘milgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning qarindoshlaridan, tanishlaridan yoki qabristonning dafn etish kitobi ro‘yxatidan aniqlash mumkin. Eksgumatsiya (murdani ko‘milgan joyidan chiqarib olish) tergovchi, xolislar va sud tibbiy xodimi ishtirokida o‘tkaziladi. Xristian qabristonlarida eksgumatsiya qilganda yog‘ochli tobut chiqariladi, musulmon qabristonida esa eksgumatsiya qilinganda jasadning o‘zi chiqariladi va ko‘zdan kechiriladi. Barcha aniqlangan obyektlar jasadni eksgumatsiya qilish va ko‘zdan kechirish bayonnomasida qayd etiladi (JPKning 141, 151-moddalari). 4-§. Ko‘zdan kechirishning boshqa turlari Predmet va hujjatlarni ko‘zdan kechirish. Agar daliliy ashyo bo‘la oladigan predmet va hujjatlarni ko‘zdan kechirish hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, ushbu obyektlarning barcha belgilari hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida aks ettiriladi. Bir qator vaziyatlarda (masalan, predmet yoki hujjatni ixtiyoriy topshirilganda va uni tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazilganda) ular mustaqil ravishda ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirish 80 predmetni umumiy ko‘rinishidan boshlanadi, uning nomlanishi aniqlanadi, nima maqsadlarda ishlatilishi va holati, o‘ziga xos belgilari, buzilishlari va xususiyatlari ko‘rsatiladi, chunonchi, predmetning muayyan shaxsga tegishli bo‘lishi, uning ishlatilganlik darajasi (yangi ishlatilgan buyum), tergov qilinayotgan hodisaga aloqasi, unda qo‘l izlarining borligi, har xil yozuvlar mavjudligi va shu kabilar o‘rganib chiqiladi. Hujjatlarni ko‘zdan kechirganda uning mazmuni, tashqi ko‘rinishi, shakli, rekvizitlari, nimada va qanday obyektda ijro etilgani, imzolari, muhr va shtamplarning yasalishi va boshqa belgilariga ahamiyat beriladi. Soxtalashtirish belgilarini aniqlash uchun kriminalistika sohasida ishlab chiqilgan usul va vositalar qo‘llaniladi. Shubhali vaziyatlarda hujjatni kriminalistik ekspertizaga yuboriladi. Hayvonlar va ularning jasadlarini ko‘zdan kechirish. Bunday ko‘zdan kechirish harakatining maqsadi biror-bir hayvonlarni ma’lum xo‘jalik yoki muayyan shaxsga tegishli bo‘lishi to‘g‘risidagi belgilarni aniqlab, ularning aynanligini topishdan iborat. Hayvonlarni ko‘zdan kechirganda uning turi, zoti, rangi, jinsi, yoshini aniqlash lozim. Bundan tashqari, hayvonning tamg‘asi, taqalash uslubi, ma’lum bir belgilangan predmeti (masalan, bo‘yin boylagich)ning borligi, o‘ziga xos belgilari, rangi, jarohatlardan qolgan izlariga qarab, uning ma’lum xo‘jalikka yoki muayyan shaxsga tegishli bo‘lishini aniqlash mumkin. Ko‘rsatilgan belgilarni aniqlash va tegishli so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish maqsadida ko‘zdan kechirishga mutaxassisni (masalan, veterinar yoki zootexnikni) jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hodisa sodir bo‘lmagan xonalar va ochiq joylarni ko‘zdan kechirish (ko‘pincha, bunday joylarga omborxonalar, savdo, ishlab chiqarish yoki turar joylar kiradi). Bunday ko‘zdan kechirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar xizmat qiladi: – xonaning qayerda joylashganligi, undan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad nimadan iboratligi, qo‘riqlash tizimi va tergov uchun muhim bo‘lgan boshqa belgilarini aniqlash; – ochiq joyni ta’riflaydigan belgilarni, o‘simlik qatlamini, tuproq turini, suvli joylar borligini, binolar, yo‘llar, sun’iy yoritish chiroqlarining borligi kabilarni bilish; – joyning qanday belgilarga egaligi va obyektlarning qanday holda joylashishini o‘rganish. Bunday talab tegishli shaxsning joy to‘g‘risidagi bilim darajasini aniqlash maqsadida o‘rganiladi. Masalan, gumon qilinuv- chi o‘zining alibisiga (aybsizligini bildiruvchi holatiga) tayanib, bo‘lgan joyini ta’riflab beradi. Tergovchi ushbu joyni ko‘zdan kechirib, gumon qilinuvchining ko‘rsatmasi voqelik bilan to‘g‘ri emasligini aniqlaydi. 81 Transport vositalarini ko‘zdan kechirish quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: mashinaning o‘ziga xos belgilarini uning tipi, modeli, davlat raqami, avtomashinaning benzin baki va motorining raqamini, ta’mirlash izlarini, benzin baki yoki kuzovining boshqa rangga bo‘yalganligini, dizayn holati buyum-suvinerlarning borligini aniqlash; – avtomashinaning boshqa transport vositalari yoki odamlar bilan o‘zaro to‘qnashuvidan kelib chiqqan izlarni aniqlash; – jabrlanuvchi va boshqa shaxslar tomonidan qoldirilgan izlar va buyumlarni tadqiq etish; – avtomashinaning texnik holatini aniqlash maqsadida rulning holati, tormoz va yoritish tizimi, g‘ildiraklarning rezina qatlamini (rezina bo‘shliqlarida bo‘lgan bosim, protektorlarning holati, g‘ildiraklardagi barcha bo‘limchalar va rezina qatlamida ignasimon nayzachalarning borligini) tekshirish; – g‘ildiraklarning o‘zaro yaqinlashib (yoki uzoqlashib) ketishi, mashina agregatlarining holati, kardan, salbsimon asbob va ressorlar, orqa ko‘zguning mustahkam o‘rnatilishi, oyna yuvgichlar, oldingi va orqa oynalarning o‘rnatilishi, benzin bakining yaxshi o‘rnatilganligi va elektron tizim holati va shu kabilar o‘rganiladi. Avtomashinada mikroobyektlarni qidirishga va ularning aniqlani- shiga e’tiborni qaratish lozim. Bunday mikroobyekt – qon, bosh miya zarralari, suyuqlik zarralari, kiyim yoki jun zarralari bo‘lishi mumkin. Ularni odatda g‘ildiraklardan, ressorlardan, suv sepgichlardan, bamperl- ardan topish mumkin. Avtomashinaning tagida ham bunday obyektlar bo‘lishi mumkin. Transport vositasini ko‘zdan kechirish paytida bu tergov harakatida ishtirok etish uchun mutaxassis-kriminalist, avtomashinalar bo‘yicha mutaxassis va mashina haydovchisi jalb etilishi mumkin. Odatda, avtomashina aniqlangan joyida ko‘zdan kechiriladi. Bunga nisbatan yanada to‘laroq ko‘zdan kechirish bu harakatni o‘tkazishga qulay- roq bo‘lgan joyda, masalan, garajda yoki avtomashinalar hovlisida olib boriladi. Guvohlantirish ko‘zdan kechirishning alohida bir turi bo‘lib, ayb- lanuvchi, gumon qilinuvchi, guvoh yoki jabrlanuvchining badanini ko‘zdan kechirib, hodisaning belgilari va alohida belgilarni topishdan iborat. Shunga asosan, tirik shaxsni guvohlantirish uning jismoniy daxlsizligiga aloqador huquqlarining cheklanishi bilan bog‘liq. Shuning uchun bu harakat tergovchining qaroriga binoan o‘tkaziladi. 82 Tergov guvohlantirishi sud-tibbiy guvohlantirishidan farq qiladi, chunki sud-tibbiy guvohlantirish sud-tibbiy ekspertizasining bir turi hisoblanadi. Sud-tibbiy guvohlantirishida quyidagi masalalarni hal etish, ya’ni tan jarohatlari yetkazilganligining aniq vaqti, ularning qayerda joylashganligi, jarohatlanish darajasi, jismoniy buzilishlarning tug‘ma yoki jarohatdan kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi. Tergov guvoh- lantirishida esa odam badanining qayerida jarohatlar borligi, hodisa joyidan qolgan bo‘yoq zarralari, tuproq va boshqa zarralarning badanda qolganligi, transport vositasi yoki kiyimdan qolgan zarralarning bor- yo‘qligi, badanda qanday belgilar mavjudligi (masalan, tatuirovka, chan- diq, so‘gal, kuyish izlari va ularning qayerda joylashganligi) aniqlanadi. Agarda guvohlantirish badanning ma’lum joylarini ochib ko‘rishdan iborat bo‘lsa, u holda xolislar va bu tergov harakatini o‘tkazuvchi tergovchi guvohlantiriladigan shaxsning jinsiga mansub bo‘lishi lozim. Guvohlantirish paytida (shaxsning qadr-qimmatini kamsituvchi yoki sog‘ligiga zarar yetkazuvchi harakatlarni qilish yoki shu kabi harakatlarni o‘tkazish man etiladi. 83 V bob. SO‘ROQ QILISH VA YUZLASHTIRISH TAKTIKASI 1-§. «So‘roq qilish» tushunchasi: turlari va ahamiyati O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual qonunchiligida ilk bor nomdosh kodeksda so‘roq qilishning umumiy qoidalari belgilanib, alohida ko‘rsatilgan (JPKning X bobi). So‘roq qilish – bu tergov va sud harakati bo‘lib, jinoyat ishining to‘g‘ri hal qilinishi maqsadida so‘roq qilinuvchidan unga ayon bo‘lgan va ish bo‘yicha ahamiyatga ega ma’lumotlarni olishdan iborat. Shunga asosan, so‘roq qilish harakati: – jinoyat-protsessual qonuni tomonidan boshqariluvchi protsessual harakat sifatida ko‘riladi; – kriminalistik jihatdan qonun va ma’naviyat chegaralarida o‘ziga xos taktikasiga ega; – tergov qilinayotgan voqeaga nisbatan olinadigan axborot bilan cheklangan bo‘ladi. So‘roq qilish – eng ko‘p tarqalgan tergov va sud harakatidir. Har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi va sud tomonidan guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va sudlanuvchilar so‘roq qilinadi. So‘roq yordamida jinoyat to‘g‘risidagi axborotning asosiy qismi tekshiriladi va tegishli axborot olinib, jinoyatning sabablari va maqsadlarini aniqlashda, uning kelib chiqishiga ko‘makdosh bo‘lgan holatlarni yuzaga chiqarishda ishlatiladi. Nihoyat, so‘roq – bu so‘roq qilinuvchiga bevosita tarbiyaviy jihatdan ta’sir etish vositasidir. O‘zining ta’rifi bo‘yicha so‘roq qilish – bu ko‘p rejali, murakkab, jinoyat-protsessual, kriminalistik, tashkiliy, ruhiy va ma’naviy jihatlarga ega harakat. So‘roq qilishda kriminalistik taktika, sud psixologiyasi, mantiq, pedagogika va sud etikasi bilimlaridan keng foydalaniladi. So‘roq qilish harakati yig‘indi (kompleksi) ta’rifga ega. So‘roq qilish jarayonini to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin: 1) so‘roq qilinuvchidan axborotni talab qilib olish; 2) olingan axborotni yanada aniqroq qilish, muayyanlashtirish; 3) olingan axborotga baho berish va uni maydalashtirish; 4) olingan axborotni bayonnomada qayd etish. So‘roq qilish harakati bir nechta turlarga bo‘linadi. 84 So‘roq qilinuvchining jinoyat-protsessual holati bo‘yicha: – gumon qilinuvchini so‘roq qilish; – ayblanuvchini so‘roq qilish; – jabrlanuvchini so‘roq qilish; – guvohni so‘roq qilish. Shaxsning yoshi bo‘yicha so‘roq qilish: – voyaga yetmaganni so‘roq qilish; – voyaga yetganlarni so‘roq qilish. So‘roq qilish ketma-ketligi va axborot hajmi bo‘yicha: – dastlabki so‘roq; – qo‘shimcha so‘roq; – qayta so‘roq qilish. Tergov holatining ta’rifi bo‘yicha: – ziddiyatli tergov holatida so‘roq qilish; – ziddiyatsiz tergov holatida so‘roq qilish. So‘roq qilish harakatining gumon qilinuvchi qatnashchilari bo‘yicha so‘roq so‘roq qilinuvchi shaxsdan tashqari boshqa shaxslarni taklif etmasdan so‘roq qilish hamda so‘roq qilinuvchi shaxs bilan birgalikda boshqa shaxslarni (himoyachi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, pedagog, voyaga yetmaganning onasi yoki otasini yoki qonuniy vakillarni, prokuror, tergov bo‘limining boshlig‘i, tergovchilar guruhining rahbarini) taklif qilib so‘roq qilishga bo‘linadi. So‘roq qilish joyi bo‘yicha so‘roq qilish tergovchining xonasida so‘roq qilish va boshqa joyda so‘roq qilishga bo‘lib o‘rganiladi. So‘roq qilishning ketma-ketligi va hajmi bo‘yicha bo‘linishi shundan iboratki, dastlabki so‘roqda shaxs ilk bor so‘roq qilinadi. Agar so‘roq qilinuvchi shaxs ba’zi bir savollar bo‘yicha to‘liq hajmda axborot bermagan bo‘lsa, u holda uni qo‘shimcha so‘roq qilish lozim bo‘ladi. Tergovchini qiziqtirgan holat (obyekt) bo‘yicha so‘roq qilinuvchi bergan ko‘rsatuv tergovchida shubha uyg‘otsa yoki bu haqiqatga to‘g‘ri bo‘lmasa, u holda tergovchi shaxsni qayta so‘roq qiladi. Ziddiyatsiz tergov holatida so‘roq qilinuvchi tergovchiga voqelikka to‘g‘ri keluvchi ko‘rsatuvlarni bayon etadi va ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashda yordam beradi. Ziddiyatli tergov holatida so‘roq qilish tergov- chi va so‘roq qilinuvchi shaxsning manfaatlariga qarama-qarshi bo‘lib, so‘roq qilinuvchi to‘g‘ri ko‘rsatuv berishdan u yoki bu darajada bosh tortadi, faktlarni tavsif etganda voqelikka to‘g‘ri bo‘lgan holatdan yoki uni to‘liq ta’riflashdan o‘zini tortadi. Tergovchi esa haqiqatni aniqlashga intilib, so‘roq qilinuvchi shaxs bilan ziddiyatli holatga borib qoladi. 85 So‘roqning natijali bo‘lishi tergovchining so‘roq qilinuvchi shaxs to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lishiga bog‘liq. Tergovchi so‘roq beruvchi shaxsning o‘rniga fikran o‘zini qo‘yib, xatti-harakatlarini bashorat qilishi lozim va qonun hamda ma’naviyat chegaralarida o‘zida bor bo‘lgan dalillarni va axborotlarni ishlatishi zarur. So‘roq qilinuvchini jinoyat-protsessual holati bo‘yicha so‘roq qilish turlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlariga ega va ular taktik usullardan iborat. So‘roq qilinuvchining esdan chiqargan hodisa lavhasini yodiga keltirishga yordamlashish, yolg‘on ko‘rsatuv berish paytida uni fosh etish ham taktik usullarga tegishli. So‘roq qilishni boshqa asoslarga ko‘ra ham tasniflash mumkin. So‘roq qilish haqiqatni aniqlash bo‘yicha haqiqatga to‘g‘ri so‘roq va yolg‘on (soxta) so‘roqqa bo‘linadi. Yolg‘on so‘roq, o‘z navbatida, so‘roq qilinuvchining o‘ziga o‘zi ayb qo‘yish holati va ushbu shaxsga nisbatan qoralovchi uydirmalar qo‘yish holatiga bo‘linadi. Bunday tasnif so‘roq qilishning taktik jihatdan to‘g‘ri natijalarga ega bo‘lishi maqsadida ishlab chiqilgan. So‘roqning qonunga to‘g‘ri bo‘lishi uning asosli ravishda va qonun talablariga rioya qilib o‘tkazilganligini bildiradi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng tergovchi quyidagi shaxslarni so‘roq qilishga haqli: – jabrlanuvchini (JPKning 54, 114-121-moddalari); – guvohni, agar ushbu shaxsda tergovni qiziqtiradigan faktlar va ma’lumotlar borligi taxmin etilsa (JPKning 66, 114-121-moddalari); – jinoyatni sodir etishda gumon qilinuvchi shaxsni (JPKning 47, 109-112-moddalari); – ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsni (JPKning 45, 109-112, 442-moddalari); – alohida topshiriqqa ko‘ra so‘roq qilinadigan guvohni (JPKning 36, 347-moddalari). So‘roq qilishda qonun talablariga rioya etish deganda, uning protsessual qonunning barcha talablariga muvofiq kelishi tushuniladi va tergovchi o‘z harakatlarini shu talablarga asoslab amalga oshiriladi. Masa- lan, voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishda uning himoyachisi ishtirok etishi zarur, tergovchining ruxsati bilan qonuniy vakil yoki (JPKning 553-moddasi), tarjimonning ishtirok etishi mumkin (JPKning 20-moddasi), so‘roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda 8 soatdan oshmasligi lozim (JPKning 107-moddasi), so‘roq qilinuvchi ko‘rsatmalarini o‘z qo‘li bilan yozish huquqiga ega (JPKning 106- 86 moddasi). Yuqoridagi kabi holatlar ana shu qonun talablaridan kelib chiqadi. Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarning tarqalib ketishiga olib keladigan, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlarni qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi (JPKning 17-moddasi). So‘roqning voqelikka to‘g‘ri bo‘lishi, uning har tomonlama va to‘liq aks etishi bu harakatning qonuniylik talablariga to‘g‘ri bo‘lishini ko‘rsatuvchi kafolat sifatida namoyon bo‘ladi. Co‘roq qilishda qonunchilik talablariga rioya etilishi so‘roq qilinuvchilarni va sud zalida hozir bo‘lgan jamoani qonunga hurmat ruhida tarbiyalaydi. Qonunchilik va ma’naviyat o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq tushuncha- lardir. Jamiyat qonunchiligi ma’naviy asos va ma’naviy jihatni qamrab olgan. Ma’naviylik qonuniylik talablariga aniq rioya qilishni taqozo etadi. Jinoyat-protsessi qonunlarining buzilishi ma’naviy normalarning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun tergov jarayonida bajariladigan tegishli harakatlar qonun bilan adolatning uzluksiz bog‘liqligini yaqqol ko‘rsatadi. Bularga quyidagilar kiradi: – guvohni ko‘rsatuv berishdan bosh tortishi yoki yolg‘on ko‘rsatuv berishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirish; – ayblanuvchiga har bir dalilni, shuningdek, ekspert xulosasining ahamiyatini obyektiv ravishda tushuntirish; – gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga chin ko‘ngildan aybini o‘z bo‘yniga olish holatini uning aybini yumshatuvchi holat sifatida har tomonlama tushuntirish; – so‘roq qilinuvchining ma’naviy va diniy e’tiqodlarini hurmat qilish; – so‘roq jarayonini vaqt bo‘yicha cheklash; – dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilmaslik va shaxsning shaxsiy hayoti to‘g‘risida hech kimga ma’lum qilmaslik hamda uning maxfiyligini saqlash; – iltimosnomalarni qabul qilish to‘g‘risida qarorga kelgandan so‘ng tergovchi o‘zining vakolatlarini mohirona ishlatishi; – ma’naviy tamoyillarga asosan ruhiy aloqa bog‘lash; – tergovchining xatti-harakatlari o‘zga shaxsning qadr-qimmatini past- ga urmasligi va kishilar bilan muloqotda odob-axloq normalariga tayanishi. Tergovchi so‘roq qilganda baqirmasligi, shaxsni haqorat qilmasligi kerak. So‘roq qilinuvchiga nisbatan tergovchi odob va ehtirom ko‘rsatib, 87 sabr-matonat bilan o‘zining yuqori madaniy yuksakligini namoyon qilishi, kerakli so‘zlarni topib, so‘roq qilinuvchi bilan o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etishi lozim. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling