A k a d e m I y a kriminalistik taktika


-§. Tintuvning alohida turlarini o‘tkazish taktikasi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Krim-taktika


3-§. Tintuvning alohida turlarini o‘tkazish taktikasi 
 
Xonadonlarda  tintuv  o‘tkazish.  Xonadonlarda  tintuv  o‘tkazish 
paytida unda bo‘lgan barcha narsalar, uy buyumlari, yordamchi xo‘jalik 
xonalari, tomlar, boshqa bo‘shliqlar detalli ravishda tekshiriladi. 
Polni tekshirganda unda bo‘lgan yangi buzilishlarga e’tibor berish 
kerak bo‘ladi. Kerak bo‘lsa, qon izlarini aniqlash uchun polning taxtalari 
orasidagi  joylar  ko‘zdan  kechiriladi,  chunki  kir  va  chang  bilan 
aralashgan qon izlari topilishi mumkin. 
Xonaning  devorlari  unda  bo‘lgan  yashirin  joylarni  topish  uchun 
tekshiriladi.  Shuning  uchun  qaysi  bir  joyda  yangi  bo‘yoq,  suvoq  yoki 
devorga  yopishtiriladigan  yangi  qog‘ozlar  aniqlansa,  aynan  shu  yer 
yashirish  joyi  bo‘lishi  mumkin.  Tom  ustida  tomning  tagida  bo‘lgan 
bo‘shliqlar, stropilalarning ichki qismi tekshiriladi. 
Shkaf  yoki  servantni,  yog‘ochli  devorni  ko‘zdan  kechirganda 
undan  barcha  narsalarni  olib,  devorlardan  uzoqlashtirib  qo‘yish  zarur. 
Ikki  devorli  mebelni  aniqlash  maqsadida  uni  o‘lchash  yo‘li  bilan  oldin 
tashqi,  keyin  ichki  tomoni  tekshiriladi,  yumshoq  mebel  esa  nayzalar 
asosida tekshirib ko‘riladi. Bundan tashqari, oynaklarning orqa tomonida 
bo‘lgan joylar ham tekshiriladi. Uyda bo‘lgan kutubxonalarni tekshirish 

 
175 
juda  ko‘p  vaqt  oladi,  chunki  har  bir  kitob  tekshirilishi  lozim.  Bunga 
sabab  jinoyatchilar  ularning  orasiga  qurollarni,  pullarni,  qimmatbaho 
qog‘ozlar va  aksiyalarni,  giyohvandlik  vositalarini  qo‘yishlari  mumkin. 
Har bir kitob silkitiladi va har bir varag‘i tekshiriladi. 
Xonada  bo‘lgan  bolalar  joyini  ham  tekshirish  kerak.  Musiqa 
asboblari,  televizor,  radioeshittiruvchilar,  telefon  apparatlari,  motor 
o‘rnatilgan  joylar,  ayniqsa,  sovutgichlarning  motor  o‘rnatilgan  joylari, 
chang yutgichlar, elektr pol yutgichlari birma-bir ko‘rilishi kerak. Har xil 
banka, qutichalar va boshqa shisha buyumlarning ichki bo‘shliqlari qarab 
ko‘rilishi, gullar o‘rnatilgan guldonlarning tuprog‘ini nayza bilan tekshi-
rib,  gullarning  so‘liganiga  e’tibor  berish  zarur.  Hatto  ovqat  to‘ldirilgan 
va olovda turgan qozon va kastrulkalar ham tekshirilishi lozim. 
Tintuv qilinadigan shaxsga tegishli transport vositalari ham tintuv 
qilinadi. Bunday holatda YHXB xodimini taklif etish zarur. 
Aksariyat  hollarda  tegishli  shaxsning  ish  joyida  (korxona,  muassasa 
yoki  tashkilotda)  korxonasida  tintuv  qilishga  zaruriyat  tug‘iladi,  shu  bilan 
birga  tintuv  boshqa  harakatlar  bilan  ham  o‘tkazilishi  mumkin.  Masalan, 
do‘konlarda  tintuv  qilish  turli  ba’zi  o‘lchovchi  asboblarni  tekshirish, 
qoldiqlarni olish harakatlari bilan birgalikda o‘tkazilishi mumkin. 
Ochiq  joylarda  tintuv  o‘tkazish.  Bunday  ochiq  joylarga  turar  joy  va 
hovliga  ega  joylarni  misol  keltirish  mumkin.  Bu  hovli-joylar  (hovli, 
hovlidagi uy, tomorqa) ma’lum bir shaxsga qarashli va ularda ish bo‘yicha 
tegishli obyektlar yashirilgan bo‘lishi mumkin. Tekshirilishi lozim bo‘lgan 
ochiq  joylar  alohida  sektorlarga  bo‘linadi  (uchastka,  kvadratlarga)  va 
ularning  chegaralari  sifatida  butazor  yoki  ariqlar  tanlanadi.  Bayroqchalar 
yoki boshqa bir belgilar ham chegara sifatida xizmat qilishi mumkin. Ochiq 
joylarda tintuv o‘tkazishda ajratilgan sektorlarning har birini puxta tekshirish 
talab  qilinadi.  Tekshirishni  muvoziy  (parallel)  yoki  qarama-qarshi  usulda 
o‘tkazish mumkin. 
Ochiq  joylarda  jinoyatchilar  predmetlarni  yerga  yoki  qorga  berkitib 
qo‘yadilar  va  ularni  har  tomonlama  niqoblaydilar.  Ularni  aniqlash  uchun 
niqoblash  belgilariga  e’tibor  berish  zarur.  Daraxtlarning  kavaklari,  o‘tin-
yog‘ochlar,  qurilish  materiallari  ko‘riladi  va  bir  joydan  ikkinchi  joyga 
taxlanadi. Ularning tagida bo‘lgan yer nayza yoki  metall qidiruvchi asbob 
bilan  tekshiriladi.  Shu  tarzda  tuproq  yig‘ilgan  joylar,  axlat  uyumlari, 
pichanlarlar ham tekshiriladi. 
Maxsus maqsadlarda tayyorlangan yashirin joylar ichki bo‘shliqqa ega 
bo‘lib, o‘zgalar e’tiboridan xoli bo‘ladi va ularda biron-bir narsa saqlanadi. 
Yashirin joy qandaydir bir mebelning ma’lum rangiga qarab niqoblanadi. 

 
176 
Yashirin  joylarni  topish  uchun  ko‘zdan  kechirish  (vizual)  uslubi 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, obyektning ichki va tashqi qismlarini o‘zaro 
solishtirish va (ikki devorchaga ega bo‘shliqni) bo‘shliqni taqillatib aniqlash 
uslubi  hamda  metall  qidiruvchilar,  nayza,  tovush  lokatsiyasi  uchun 
qo‘llaniladigan asboblar yordamida niqoblash belgilari topiladi. 
Shaxsiy  tintuv.  Shaxsiy  tintuvda  shaxsning  tana  qismlarini, 
bo‘shliqlarini,  kiyimini,  sumkasini,  poyabzalini,  hassasini  tekshirish 
ishlari  amalga  oshiriladi.  Alohida  vaziyatlarda  shaxsiy  tintuv 
guvohlantirish  harakati  orqali  o‘tkazilishi  mumkin  va  bu  to‘g‘rida 
asoslangan qaror chiqariladi. 
Shaxsiy  tintuv  ma’lum  ketma-ketlikda,  ya’ni  yuqoridan  pastga 
qarab o‘tkaziladi: bosh kiyimdan boshlanib, poyabzal bilan yakunlanadi. 
Avvalo  cho‘ntaklar  va  kiyimning  boshqa  qismlari,  poyabzal  har 
tomonlama  tekshiriladi.  O‘q  otar  qurol  yoki  sovuq  qurollar,  o‘zini-o‘zi 
zaharlash uchun tayyorlangan moddalar, o‘zga odamga jarohat yetkazish 
uchun o‘tkir predmetlar, giyohvandlik vositalari qidiriladi. Jinoyatchilar 
ba’zan  kiyimlarini  o‘g‘irlik  qilishga  moslab,  maxsus  jihozlaydilar. 
Masalan,  ikki  qavatli  paltoda  narsalarni  osib  qo‘yish  uchun  ilgaklar 
qilingan bo‘ladi va o‘g‘irlangan buyumlar ularga osilib yerga tushmaydi. 
Poyabzalni  tekshirganda  uning  ichki  va  tashqi  tomonlariga  nazar 
solib  tekshiriladi  va  poshnaning  bo‘shliqlari  borligiga  e’tibor  beriladi. 
Badanni  tekshirganda  odamning  og‘zi  va  uning  bo‘shlig‘ini,  burun, 
quloqlar, soch, jinsiy bo‘shliqlariga e’tibor beriladi. Agar tintuv qilinadigan 
shaxsning jarohat joylari bog‘langan bo‘lsa, shuningdek, agar tergovchida 
ushbu  shaxsning  ma’lum  daliliy  ashyolarni  o‘zining  tabiiy  bo‘shliqlarida 
yashirayotganligi  haqida  asosli  taxmin  bo‘lsa,  bunday  hollarda,  tibbiyot 
xodimi  tintuvga  jalb  etiladi.  Shaxsiy  tintuv  paytida  shaxsning  ma’lum 
joyda  bo‘lganligi  to‘g‘risida  tegishli  mikrozarralarni  (tuproq  zarralari, 
bo‘yoq  zarralari  va  boshqa  moddalarni)  va  jinoyat  harakatlaridan  qolgan 
izlar  (qon,  sperma,  buzilgan  to‘siqlar,  maxsus  changlarning  izlari,  qulfni 
kesganda metall qirindilaridan chiqqan tanaga yopishgan chang)ni aniqlash 
mumkin. 
Ushlab  olishdan  so‘ng  shaxsiy  tintuv  o‘tkazib,  atrof-muhitni 
ko‘zdan  kechirib  chiqish  maqsadga  muvofiqdir,  chunki  ushlab  olingan 
shaxs o‘zini qoralovchi predmetlarni otib yuborishi ham mumkin. 
Qayta  tintuv  o‘tkazish  zaruriyati  dastlabki  tintuv  noma’qul 
vaziyatlarda  o‘tganligi  sababli  vujudga  keladi.  Agar  dastlabki  tintuv 
tunda o‘tkazilgan va yoritish chiroqlari xira bo‘lib tintuvda mutaxassislar 
ishtirok etmagan va shunga asosan qidiruv uskunalari ishlatilmagan yoki 

 
177 
tergovchining  taxmini  bo‘yicha  ma’lum  bir  joylar,  predmetlar,  xonalar 
puxta  tekshirilmagan  bo‘lsa,  qayta  tekshiruv  o‘tkaziladi.  Bundan 
tashqari, tergovchi tintuv qilinadigan joyga ish bo‘yicha ahamiyatga ega 
predmet va hujjatlar qaytarilmaganligini bilib, qayta tintuv to‘g‘risidagi 
qarorni chiqarishi mumkin. 
Guruhiy  tintuv  –  bu  bir  necha  jinoyat  ishi  bo‘yicha 
jinoyatchilarning turar joylarida bir vaqtda o‘tkaziladigan tintuv yoki bir 
shaxsga  tegishli  bo‘lgan  bir  necha  joylarda  aynan  bir  vaqtda 
o‘tkaziladigan  tintuvdir.  Bunday  tintuv  yakka  tintuv  tartiblariga  binoan 
o‘tkaziladi, ammo tintuv guruhlari aloqa vositalari bilan ta’minlanishi va 
o‘zaro  aloqaga  chiqib  turishlari  kerak.  Bundan  tashqari,  guruhiy  tintuv 
yagona boshqaruv va yagona reja asosida, ma’lum kun va ma’lum soatda 
o‘tkaziladi. 
Guruhiy  tintuvni  rejalashtirishda  operativ  ma’lumotlardan 
foydalanish, jinoiy aloqalar va jinoyatchilarning qarindoshlari sxemasini 
tuzish hamda aloqa bog‘lash va axborot almashinuv choralarini belgilash 
maqsadga muvofiqdir. 
 
4-§. Olib qo‘yish taktikasi 
 
Olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi JPKning 157, 159-165, 167-
moddalarida  ko‘rsatilgan.  Tintuv  bilan  olib  qo‘yish  orasidagi  farq 
shundaki, olib qo‘yishda olinadigan narsalar va uni saqlash joyi ilgaridan 
tergovchiga  ayon  bo‘lib,  tintuvda  qidiriladigan  narsa  hamda  uning 
qayerda saqlanishi noma’lum bo‘ladi. 
Tergov  jarayonida  muayyan  shaxs  yoki  tashkilotga  tegishli 
predmet,  hujjat,  daliliy  ashyo  ahamiyatiga  ega  qimmatbaho  narsalar  va 
ularga egalik qilishi to‘g‘risidagi faktik ma’lumotlar va bu obyektlarning 
qayerda  aniq  joylashganligi olib  qo‘yish  asosi  sifatida  xizmat  qiladi  va 
ular tergovda aniqlanadi. 
Olib  qo‘yish  tergov  harakatida,  avvalo,  shaxs  yoki  tashkilot 
rahbariga  tegishli  predmetlarni  (hujjatlar,  qimmatbaho  narsalarni) 
chiqarib berishni tavsiya etish lozim bo‘ladi. Agar shaxs yoki tashkilot 
rahbari  tavsiyaga  amal  qilmasa,  majburiy  ravishda  olib  qo‘yiladi.  Agar 
kerakli  predmetlar  yo‘q  bo‘lsa,  ularni  qidirish  mumkin  emas,  chunki 
bunday  harakat  olib  qo‘yish  bo‘lmaydi,  balki  tintuvga  aylanadi.  Bu 
holda, tegishli asoslarga ko‘ra, tintuv to‘g‘risida qaror chiqarilib, tintuv 
o‘tkaziladi.  Shuni  alohida  qayd  etish  joizki,  olib  qo‘yish  tintuvning 
tarkibiy qismi emas va o‘zi mustaqil harakat sifatida ifodalanadi. 

 
178 
Amaliyotda  olib  qo‘yish  ko‘pincha o‘z ixtiyori bilan  taqdim  etish 
bayonnomasi sifatida qayd qilinadi va bu to‘g‘rida hech qanday maxsus 
qaror  chiqarilmaydi.  Bunday  harakatlar  qonunga  to‘g‘ri  kelmaydi, 
chunki olib qo‘yishdan avval albatta qaror chiqarilib, shundan so‘ng olib 
qo‘yish harakatlarini o‘tkazish lozim. 
Agar  olib  qo‘yish  joyida  tergovchi  tegishli  shaxsning  boshqa  bir 
narsani yashirishga urinayotganligini payqasa va bu obyekt ish bo‘yicha 
ahamiyatga ega bo‘lsa, tergovchi bu shaxsni shaxsiy tintuv qilishga haqli 
va bu to‘g‘rida hech qanday qaror chiqarilmaydi. 
Olib  qo‘yish  sud  ekspertizalarini  o‘tkazish  uchun  katta  yordam 
beradi,  negaki  olib  qo‘yish  jarayonida  jinoyatchilarga  tegishli  imzo 
hamda  qo‘lyozma  hujjatlari  olinishi  va  ularni  taqqoslash  uchun 
ekspertizaga  berish  imkoniyati  tug‘iladi.  Bundan  tashqari,  tergovga 
ahamiyatli  barcha  hujjatlar  va  predmetlar,  shuningdek,  mahsulot,  xom 
ashyolar ham olib qo‘yiladi va keyinroq ulardan tergov jarayonida daliliy 
ashyo sifatida foydalaniladi. 
 
5-§. Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd qilish 
 
Tintuv yoki olib qo‘yish harakatlari yakunlangandan so‘ng tergov 
harakatini  o‘tkazish  joyida  tintuv  yoki  olib  qo‘yish  to‘g‘risida  bayon-
noma  rasmiylashtiriladi  (JPKning  63-moddasi)  va  u  bu  tergov 
harakatining natijalarini va jarayonini qayd etuvchi asosiy hujjat sifatida 
xizmat qiladi. Bayonnomada topilgan obyektlar va ularning aniq topilgan 
joylari batafsil bayon qilinadi. Olib qo‘yiladigan predmetlarning umumiy 
va  xususiy  belgilari,  ya’ni  predmetning  (hujjatning)  ta’rifi,  kattaligi, 
shakli,  rangi,  soni,  markirovkalari,  raqamlari,  o‘ziga  xos  belgilari, 
o‘ralishi, buzilgan joylari yoki holatining ayrim xususiyatlari ta’riflanadi. 
Agar bir turdagi predmetlar olinsa, ularning soni ko‘rsatiladi. 
Qimmatbaho qog‘ozlar, aksiyalar, obligatsiyalar, omonat daftarcha-
lari, chek kitobchalari, kredit chiptalari, akkreditivlar va boshqa hujjatlar 
olib  qo‘yilganda  ularning  rekvizitlarini  ko‘rsatish  lozim.  Chet  el 
valutalari  va  O‘zbekiston  Respublikasining  so‘mlari  olib  qo‘yilganda, 
ularning umumiy miqdori, turi va soni bayonnomada ko‘rsatiladi. Agar 
ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, pullarning har 
bir  kupurasi  seriyasi  va  raqamini,  ulardagi  har  xil  belgilar  (masalan, 
dog‘lar, har xil yozuvlarni va hokazolar)ni ko‘rsatish lozim. 
Agar biror omborxonani ochish kerak bo‘lsa, bayonnomada ularni 
ochish  sabablari  ko‘rsatilishi  lozim.  Yashirin  joylarni  tavsif  etganda 

 
179 
ularning  tuzilishi,  kattaligiga  e’tibor  berish  lozim,  chunki,  yashirib 
qo‘yilgan  obyekt  bilan  birga  yashirin  joylarning  borligi  daliliy  ashyo 
sifatida  xizmat  qilishi  mumkin.  Bayonnomada  qanday  predmetlarni 
shaxsning o‘zi ixtiyori bilan chiqarib berganligi ham ko‘rsatiladi. 
Tintuv  paytida  texnik  vositalar  ishlatilgan  bo‘lsa,  ularni  ishlatish 
natijalari va qanday texnik vositalar ishlatilganligi ko‘rsatiladi. 
Bayonnomaning  yakunlovchi  qismida  qanday  obyektlar  olinganli-
gi, ular nimaga o‘ralganligi, kimga va nima uchun berilgani (ya’ni saq-
lash uchun berilganligi) ko‘rsatiladi. Tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi 
uch  nusxada  tuziladi.  Asosiy  hujjatning  barcha  varaqalari  va  nusxalari 
tintuv  o‘tkazgan  shaxs  va  xolislar,  tintuv  qilingan  shaxs  hamda 
tintuvning boshqa qatnashchilari tomonidan imzolanishi kerak. 
Tintuv paytida tekshirishning ketma-ketligi va yashirin joylar reja 
yoki sxemada qayd etilishi kerak. Ba’zi  bir holatlarda fotosuratga olish 
yoki videoga yozish harakatlarini o‘tkazish lozim. 
Agar  daliliy  ashyolar  o‘zining  kattaligi,  og‘irligi  yoki  boshqa 
sabablarga ko‘ra jinoyat ishi materiallarida saqlanishi mumkin bo‘lmasa, 
u  holda  ularni  fotosuratga  tushirib,  tergovchi  belgilagan  joyda  o‘ralgan 
va muhrlangan holatda saqlash maqsadga muvofiq. 
Tintuv yoki olib qo‘yish yakunlangandan so‘ng pullar va qimmat-
baho  narsalar  ichki  ishlar  organining  moliya  bo‘limiga,  buyumlar  esa 
daliliy ashyolarni saqlash xonasiga bir kun ichida topshirilishi zarur. 
Tintuv  va  olib  qo‘yish  natijasida  tergovchi  tomonidan  olingan 
obyektlar ish bo‘yicha yig‘ilgan boshqa dalillar bilan birga baholanadi. 
Ular boshqa tergov harakatlarini o‘tkazishda (masalan, shaxslarni so‘roq 
qilishda,  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishda  va  shu  kabilar)  ishlatilishi 
mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
180 
 
 
XI bob. MAXSUS BILIMLARDAN FOYDALANISH TAKTIKASI. SUD 
EKSPERTIZALARINI TAYINLASH VA O‘TKAZISH TAKTIKASI  
 
1-§. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda maxsus 
 bilimlardan foydalanish shakllari va maqsadlari 
 
Dastlabki  tergov  jarayonida  maxsus  bilimlarni  ishlatishning  eng 
muhim  shakllaridan  biri  tergovchi  tomonidan  jinoyatlarni  tergov 
qilganda, ya’ni jinoyat hodisasi va uni sodir etgan shaxslarni aniqlashda, 
bevosita  tegishli  faktik  ma’lumotlardan  foydalanish  alohida  o‘rinni 
egallaydi.  Tergovchining  maxsus  bilimlari  –  bu  hozirgi  zamon  talab-
lariga  mos  keluvchi  nazariy  bilimlar  va  amaliy  ko‘nikmalar  yig‘indisi 
bo‘lib, (huquqiy sohadan tashqari) texnika, san’at va ustachilikda maxsus 
ta’lim  olish  yoki  mutaxassislik  tajribasiga  tayangan  holda  jinoyatlarni 
ochish va tergov qilish maqsadlarida ishlatiladi. 
Protsessual  shakl  jihatidan  maxsus  bilimlarning  ishlatilishi 
ekspertizasini  tayinlash  va  o‘tkazishga  taalluqlidir.  Ilmiy-texnika 
taraqqiyoti jinoyatchilik bilan kurashda yaratilgan yangi kashfiyotlarning 
muvaffaqiyatli ishlatilishini ta’minlaydi va bu jarayon maxsus sohalarga 
doir  tergov  o‘tkazishda  ularni  sud  ekspertiza  shaklida  ishlatilishiga  va 
natijali xulosalar chiqarilishiga yaqqol dalolat sifatida xizmat qiladi. 
JPKning  172  va  173-moddalarida  sud  ekspertizalarini  tayinlash 
asoslari va shartlari qayd qilingan. 
Maxsus  bilimlarni  ishlatishning  yana  bir  shakli  bu  mutaxassis-
larning  tergov  harakatlarida  ishtirok  etishidir.  Tergov  amaliyoti  shuni 
ko‘rsatadiki, mutaxassislarning tergov harakatlarida kam ishtirok etishi, 
ayniqsa  hodisa  sodir  bo‘lgan  joylarni  ko‘zdan  kechirish  harakatlarida 
ularni  taklif  etmaslik  jinoyatlarning  ochilish  jarayoniga  salbiy  ta’sir 
qiladi.  Ular  ishtirok  etganda  esa  tergov  qilish  jarayonida  jinoyatni  faol 
tarzda ochish hollari ko‘payadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  tomonidan  tayyorlangan  qarorlarda 
ham  hodisa  sodir  bo‘lgan  joylarda  ko‘zdan  kechirish  harakatlarini  olib 
borishda  hamda  og‘ir  jinoyatlar  bo‘yicha,  ayniqsa,  qotilliklar,  katta 
miqdordagi o‘g‘irliklar, avtoto‘qnashuvlar va yong‘inlarni tergov qilgan-
da mutaxassislar yordamidan keng foydalanish kerakligi uqtirib o‘tilgan. 
Mutaxassis – bu ma’lum sohada maxsus bilimlar va ko‘nikmalarga 
ega  jismoniy  shaxs  bo‘lib,  tergovchi,  surishtiruvchi  tomonidan  tergov 

 
181 
harakatlarida  ishtirok  etishga  jalb  qilinadi,  dalillarni  aniqlashda,  qayd 
qilishda va olib qo‘yishda ularga yordam beradi. JPK talablariga asosan 
mutaxassisning  burchi  quyidagilar  bilan  bog‘langan:  tergovchining 
chaqirig‘iga binoan yetib kelib, tergov harakatini o‘tkazishda tergovchi-
ga yordam berishi, tergov harakatida bevosita ishtirok etishi, tergovchi-
ning  e’tiborini  ish  bo‘yicha  ahamiyatga  ega  dalillarga  qaratib,  ularni 
aniqlashda, qayd qilishda va olib qo‘yishda yordam ko‘rsatishi, shu bilan 
birga o‘zining harakatlarini tergovchiga tushuntirib, uni amalga oshirishi 
lozim.  Mutaxassisning  huquqlariga  kelsak,  u  bayonnomaga  oid  va 
dalillarni  aniqlash,  qayd  qilish  hamda  olib  qo‘yish  bilan  bog‘liq 
masalalar bo‘yicha o‘zining fikr va mulohazalarini aytishga haqli. 
Mutaxassis  tergov  harakatlarining  barcha  turlarida,  jumladan, 
guvohlantirish,  eksgumatsiya  qilish,  tintuv,  olib  qo‘yish,  eksperimentni 
o‘tkazish namunalarini qiyosiy tadqiqot uchun olish, voyaga yetmaganni 
so‘roq  qilish  harakatlarida  bevosita  ishtirok  etishi  mumkin.  So‘nggi 
yillarda tergov amaliyoti mutaxassislarning ishtirok etishini kengaytirish 
yo‘lidan  bormoqda.  Masalan,  ularning  gumon  qilinuvchining  tana  va 
kiyimidan mutaxassislik nuqtai nazariga asosan to‘g‘ri bo‘lgan mikrozar-
ralarni olishga imkoniyatlari bor, tanib olishda tegishli obyektlarni to‘g‘ri 
tanlab berishga kuchlari yetadi, fotosuratga olishda, video yozuv harakat-
larini  amalga  oshirishda,  so‘roq  qilishda  texnologiya  sohasiga  bog‘liq 
bo‘lgan  masalalarni  yechishda  va  so‘roq  qilinuvchini  bu  masalaga  oid 
(yolg‘on ko‘rsatuvlarini fosh qilishda yoki buxgalteriya hisobi bo‘yicha) 
jinoyat ishlarini to‘g‘ri hal etishda bevosita yordam berishga qodirlar. 
Mutaxassislarning tergov harakatlarida ishtirok etishi bu harakatlar-
ning  natijali  yakunlanishiga,  olinadigan  faktik  ma’lumotlarning  sifatini 
yanada  aniqroq  va  mustahkamroq  bo‘lishiga,  maxsus  bilimlarning 
protsessual  shaklda  ishlatilishi  ularning  foydalilik  koeffitsiyentini  eng 
baland  darajaga  ko‘taradi,  chunki  bu  shaklda  maxsus  bilimlarni 
ishlatganda, olingan ma’lumotlar bevosita daliliy kuchga ega bo‘ladi. 
Kriminalistika  sohasida  mavjud  bo‘lgan  maxsus  bilimlar  jinoyatlarni 
ochishda va tergov qilishda keng ishlatiladi. Daktiloskopik va boshqa krimi-
nalistik hisoblarni ishlatish orqali jinoyatchining shaxsini aniqlashda, hodisa 
sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘rganda  dastlabki  daliliy  ashyolarni  topishda  va 
olingan  ma’lumotlarni  jinoyatchini  qidirish  uchun  ishlatganda,  hodisa 
joyining ko‘zdan kechirilishi sifatini ko‘tarishda, jinoyatchining shaxsi to‘g‘-
risida oriyentirlash axborotini olishda va hodisa joyidan topilgan izlar va da-
liliy ashyolarni o‘rganib, jinoyatning sodir etilishi tarzi to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarni shakllantirishda bu bilimlardan foydalanish katta yordam beradi. 

 
182 
2-§. Ekspertiza tayinlash taktikasi 
 
Ekspertiza – protsessual harakat bo‘lib, tergovchi (surishtiruv idorasi) 
yoki  sud  topshirig‘iga  ko‘ra,  jinoyat,  protsessual  qonuni  talablariga  rioya 
qilgan  holda  mutaxassislar  tomonidan  xilma-xil  obyektlarni  o‘rganish  va 
ushbu tadqiqotga doir maxsus savollar bo‘yicha xulosalar berish. 
Ekspertiza asosida olinadigan xulosalar dalil manbalari bo‘lib, ularda 
bor  bo‘lgan  faktik  ma’lumotlar  esa  dalil  sifatida  tan  olinadi.  Ekspertiza 
tergovchining  qaroriga  yoki  sud  ajrimiga  binoan  tayinlanadi  va 
qo‘zg‘atilgan  ish  bo‘yicha  uni  o‘tkazish  uchun  tegishli  mutaxassisga 
topshiriladi. 
JPK  173-moddasida  ko‘rsatilgan  ekspertiza  tayinlashning  zaruriy 
holatlaridan  tashqari,  tergov  amaliyoti  quyidagi  holatlarda  ekspertiza 
tayinlanishini  maqsadga  muvofiq  deb  biladi:  tanosil  kasalligi  borligini 
aniqlashda,  pullarni  soxtalashtirish  faktini  o‘rganishda,  giyohvand 
moddaning  tarkibini  bilishda,  aybdor  shaxs  g‘ayriqonuniy  ravishda  olib 
yurgan, saqlagan, ishlab chiqargan yoki sotib yuborgan yoxud o‘g‘irlagan 
narsalar,  o‘q-dorilar  yoki  portlatish  moddalari  bo‘lganligini  aniqlashda. 
Ma’lum  mulkning  davlat  belgilagan  sotuv  narxlari  bo‘lmagan  holda 
o‘g‘irlash,  unga  zarar  yetkazish  yoki  yo‘q  qilish  natijasida  kelib  chiqqan 
zarar miqdorini bilib olishda, spirtli ichimlikka yoki giyohvand moddalarga 
berilgan  shaxsning  majburiy  davolanishga  muhtojligini  aniqlashda 
ekspertiza tayinlash kerak. 
Ekspertiza ma’lum soha egalari, jumladan ichki ishlar organlarining 
maxsus  ekspert  muassasalari  xodimlari  yoki  adliya  va  sog‘liqni  saqlash 
sohasida ish ko‘rayotgan mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi va sud bilan 
tergovni  qiziqtirayotgan  savollarni  hal  etishda  o‘z  layoqatini  ko‘rsatadi. 
Ekspert  sifatida  fan,  texnika,  san’at  yoki  ustachilikda  maxsus  bilimlarga 
ega shaxslar ham jalb etilishi mumkin. 
Kriminalistik  ekspertizalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar 
vazirligining  ekspert-kriminalistik  bo‘lim  va  bo‘linmalarida  olib  boriladi 
hamda  ular  tegishli  vazirlik,  bosh  boshqarma,  boshqarma  hamda  ichki 
ishlar bo‘limiga mansubdirlar. Ular maxsus bilimlardan foydalanib, o‘z ish 
faoliyatida  bevosita  jinoyatlarni  ochishda  va  tergov  qilishda,  tergov 
xodimlariga  bu  savollarni  yechishda  keng  ko‘lamda  (bevosita)  yordam 
ko‘rsatishadi. 
Ichki  ishlar  organlarining  ekspert-kriminalistik  xizmatini  tashkiliy-
uslubiy  jihatdan  boshqarish  Ichki  ishlar  vazirligining  ekspert 
kriminalistik bo‘limiga yuklatilgan. 

 
183 
Ichki  ishlar  organlarining  ekspert-kriminalistik  bo‘limlarida  turli 
kriminalistik  (fizik,  kimyoviy,  biologik,  avtotexnik,  yong‘in-texnika  va 
giyohvand  vositalar  hamda  oziq-ovqatlar  bo‘yicha)  ekspertizalar 
o‘tkaziladi. 
Ekspertiza  tadqiqotlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligining  akademik  Hadicha  Sulaymonova  nomidagi  Toshkent  Sud 
ekspertizalar  ilmiy-tekshirish  institutida  olib  boriladi.  Bu  dargohda 
kriminalistik,  fizik,  kimyoviy,  avtotexnik,  buxgalterlik  va  boshqa 
ekspertizalar o‘tkaziladi. 
Kriminalistik  adabiyotda  sud  ekspertizalarini  turi  bo‘yicha  10  ta 
sinfga taqsimlash qabul qilingan: 
I  sinf  –  kriminalistik  ekspertizalar.  Bu  sinfga  sud-daktiloskopik  va 
sud-xatshunoslik  ekspertizasi,  hujjatlarning  sud-texnik  ekspertizasi,  sud-
trasologik ekspertizasi va sud-ballistik ekspertizasi (qurollar, o‘q-dori, o‘q 
otish  izlari  va  portlash  uskunalari  ekspertizasi),  sud-portret  ekspertizasi 
(fotosuratlar  bo‘yicha  ekspertiza),  shuningdek,  boshqa  kriminalistik 
ekspertizalar kiradi (masalan, o‘chirilgan, kesilgan, o‘rilgan, o‘zgartirilgan 
raqamni  tiklash  ekspertizasi,  pullarning  ekspertizasi,  sovuq  qurol  eksper-
tizasi).  So‘nggi  yillarda  yangi  kriminalistik  ekspertizalar  vujudga  keldi. 
Masalan,  muallifshunoslik,  hujjat  muallifini  aniqlash  ekspertizasi,  fonos-
kopik ekspertiza  (shaxsning ovozi va nutqi bo‘yicha  aynanligini aniqlash 
hamda ovoz yozuvchi va video yozuvchi uskunalarni va magnit tasmalarni 
identifikatsiya  qilish),  foto-texnik  ekspertiza  (fototasmalarda  bor  bo‘lgan 
tasvirlarni  tadqiq  qilib,  ularni  qanday  vositalarda  olinganligini  aniqlash 
maqsadidagi)  shular  jumlasidandir.  Hozirgi  paytda  odorografik 
ekspertizalarni  tashkil  etish  masalalari  bo‘yicha  tadqiqotlar  olib 
borilmoqda. Ular hid izlarini identifikatsiya qilishda yordam beradi; 
II sinf – tibbiy, ruhiy va fiziologik ekspertizalar (tibbiy, psixiatrik, 
psixologik ekspertizalar); 
III  sinf  –  iqtisodiy  ekspertizalar  (iqtisodiy,  moliyaviy,  auditorli, 
buxgalterlik va boshqa ekspertizalar); 
IV sinf – biologik ekspertizalar (tuproqshunoslik, botanik, zoologik, 
ixtiologik va shu kabi ekspertizalar);  
V  sinf  –  qishloq  xo‘jaligi  ekspertizalari  (agrotexnik,  veterinar  va 
shu kabi ekspertizalar); 
VI  sinf  –  ekologik  ekspertizalar  (atrof-muhit  hayvonot  va 
o‘simliklik  olamini  himoya  qilish  darajasi  bo‘yicha  va  shu  kabi 
ekspertizalar); 

 
184 
VII  sinf – muhandislik-transport ekspertizalari (avtotexnik, temir-
yo‘l va boshqa xil muhandislik-transport ekspertizalari); 
VIII  sinf  –  muhandislik-texnik  ekspertizalar  (texnika  xavfsizligi, 
transport-texnik,  portlash  texnologiyasi  bo‘yicha  ekspertizalar  va 
hokazo); 
IX sinf – muhandis-texnologik ekspertizalar (tovarshunos, material 
va texnologik jarayonlar bo‘yicha ekspertizalar); 

sinf –  materialshunoslik ekspertizalari  (materiallar,  moddalar 
va buyumlar, ya’ni yonilg‘i, yonilg‘i-moy, lak-bo‘yoq materiallari, tola, 
oynak,  polimer  va  plastmassa,  giyoh  va  tamaki  kabi  obyektlar 
ekspertizasi). 
Sud  ekspertizalari  obyektlarni  tadqiq  qilish  ketma-ketligi  bo‘yi-
cha  dastlabki  va  takroriy  ekspertizalarga  bo‘linadi.  Tadqiqot  qilish 
hajmi bo‘yicha – asosiy va qo‘shimcha ekspertizalarga, ekspertlarning 
soni  bo‘yicha  –  yakka  va  komission  ekspertizalarga,  qo‘llaniladigan 
bilimlar  bo‘yicha  –  bir  sohadagi  tadqiqot  ekspertizasi  va  bir  necha 
sohalarni qamrab olgan hamda bir necha bilim sohalari ishlatiladigan 
kompleks  ekspertizalarga  bo‘lib  o‘rganiladi.  Dastlabki  ekspertiza 
jinoyat  ishi  bo‘yicha  birinchi  marotaba  o‘tkaziladi.  Qayta  ekspertiza 
jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi marotaba o‘tkazilib, birinchi ekspertizada 
tadqiq qilingan obyekt va aynan o‘sha savollar qayta tadqiq qilinadi. 
Agar jinoyat ishi bo‘yicha yangi ekspert tadqiqotini talab qiluvchi 
hollar  aniqlansa  yoki  ma’lum  savollar  yetarlicha  tadqiq  qilinmagan 
bo‘lsa,  qo‘shimcha  ekspertiza  tayinlash  kerak  va  uni  dastlabki 
ekspertizani o‘tkazgan ekspert olib boradi. 
Agar  boshlang‘ich  ekspertiza  xulosasi  jinoyat  ishi  bo‘yicha 
aniqlangan  boshqa  dalillarga  zid  va  voqelikda  aniqlangan  faktlarga 
qarama-qarshi  bo‘lsa  yoki  xulosa  asossiz  bo‘lib,  shubha  uyg‘otsa,  u 
holda  takroriy  ekspertiza  tayinlanadi.  Bu  ekspertiza  boshqa  ekspertga 
(ekspertlarga)  topshiriladi  va  ularga  ekspertiza  tayinlash  to‘g‘risidagi 
qaror,  ekspert  tadqiqotini  o‘tkazish  uchun  tegishli  obyektlar,  kerak 
bo‘lgan namunalar hamda dastlabki ekspertiza xulosasi yuboriladi. 
Qo‘shimcha ekspertiza yangi savollarni hal qilish uchun tayinlanadi 
va avval tadqiqotga berilgan obyektlar yana tadqiqotga yuboriladi hamda 
bu ekspertiza dastlabki ekspertiza xulosasini aniqroq, muayyanlashtirish 
maqsadlarida o‘tkaziladi. 
Yakka  tartibdagi  ekspertiza  yagona  ekspert tomonidan, komission 
ekspertiza  esa  bir  sohaga  mansub  bo‘lgan  ekspertlar  tomonidan  olib 

 
185 
boriladi.  Amaliyotda  ko‘pincha  tergovchi  qayta  ekspertizalar 
o‘tkazganda komission ekspertizalar uchrab turadi. 
Kompleks ekspertiza muayyan savollarni bir necha bilim sohalariga 
tayanib  hal  qiladi  (ya’ni  aynan  o‘sha  savollar  har  xil  fan  sohalarining 
mutaxassislari  tomonidan  ekspertiza  qilinadi).  Ushbu  ekspertiza  kom-
pleks tadqiqot o‘tkazilishini taqozo etadi va shunda bir necha fan ma’lu-
motlari  ishlatiladi.  Ko‘pincha,  bunda  chegaradosh  sohalarga  mansub 
bo‘lgan  savollar  ham  hal  qilinadi.  Kompleks  ekspertizani  o‘tkazgan 
ekspertlar yagona ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradilar. 
Ekspertizalar  o‘tkazilish  joyiga  qarab  ekspert  muassasasida 
o‘tkaziladigan  va  ekspert  muassasasidan  tashqari  joyda  o‘tkaziladigan 
ekspertizalarga bo‘linadi. 
Jinoyat-protsessual  qonunida  ekspertiza  tayinlash  uchun  yagona 
tartib o‘rnatgan. Kriminalistika esa ekspertizani tayinlashda uning ba’zi 
bir taktik qoidalarini ishlab chiqadi. 
Shunga asosan, ekspertizani avvalo o‘z vaqtida o‘tkazish lozim (uni 
o‘z  vaqtida  tayinlash  va  tegishli  ekspertga  ekspertiza  tayinlash 
to‘g‘risidagi  qarorni  yuborishi  kerak).  Lekin  ekspertiza  tayinlashdan 
avval tergovchi qo‘yidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur: 
1)   ekspert  tadqiqotini  o‘tkazishga  jinoyat  ishi  bo‘yicha  qiziq-
tirgan obyektlarni yig‘ish va ekspertiza tadqiqoti uchun tanlash
2)   tegishli ekspert muassasasini yoki ekspertni tanlash; 
3)   ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarish va jinoyat ishi 
bo‘yicha  manfaatdor  shaxslarning  iltimosnomalarini  (ekspertiza 
o‘tkazish to‘g‘risida) qonuniy ravishda qondirish
4)   qarorni bajarish – qarorni ekspert muassasasi yoki ekspertga 
tadqiqot qilinadigan obyektlar bilan yuborish. 
Tergov jarayoni tergovchiga, odatda, qaysi vaqtda ekspertiza tayin-
lanishi  maqsadga  muvofiqligini  bildiradi  va  shunga  asosan  tergovchi 
ekspertizaga kerak bo‘lgan materiallarni yig‘adi va tayyorlab qo‘yadi. 
Qo‘shimcha ekspertiza jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng (masalan, 
yo‘l-transport hodisasini tergov qilganda, badanga jarohatlar yetkazilganda 
va  shu  kabilarda)  o‘tkaziladi.  Ba’zi  paytlarda  ekspertiza  tayinlash  vaqti 
obyektlarning ta’rifi bilan belgilanadi. Masalan, oziq-ovqatlar ekspertizasi 
oziq-ovqatlarning sifati yo‘qolmasligidan avval o‘tkazilishi lozim. Ekspert 
muassasasini tanlaganda tegishli ekspertning turini va ekspert oldida qan-
day  savollar  qo‘yilishi,  ekspert  muassasaning  ilmiy  imkoniyatlari, 
ekspertning layoqatliligi va boshqa omillarni hisobga olish kerak. 

 
186 
Ekspert  o‘z  oldiga  qo‘yilgan  ekspertiza  tayinlash  to‘g‘risidagi 
qarorda  tegishli  savollarning  ilmiy  nuqtai  nazardan  to‘g‘ri  shakllan-
ganligiga e’tibor berishi lozim. Shu bois, ko‘pincha tergovchilar bunday 
savollarni to‘g‘ri ifodalash  maqsadida oldin ekspert-mutaxassislar bilan 
maslahatlashib, keyin tegishli qaror chiqaradilar. 
Ekspertning asosiy vazifasi – oldiga qo‘yilgan savollarga obyektiv 
va to‘liq javob berish. Ekspertning butun faoliyatiga qonunchilikka rioya 
qilish  tamoyili  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  u  tadqiqot  o‘tkazganda 
protsessual qonunga bo‘ysunadi. 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling