Abduhamidov F. A


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

funksiyasi xisoblanadi. Xar doim gaz berilgan xolatda bo’lsa, uning ichki 
energiyasi gaz qaysi xolatdan va qanday usul bilan bu xolatga o’tganligidan 
qat’iy nazar shu xolatga xos qiymatni qabul qiladi. 
REAL GAZLAR ICHKI ENERGIYASI. 
 
Real gazlar molekulalari bir-biri bilan o’zaro tasirlashadi va shuning uchun 
potensial energiyaga ega. Shunday ekan, real gazning ichki energiyasi 
molekulalalar xaotik xarakatining kinetik energiyasi bilan o’zaro tasir 
potensial energiyalarining yig’indisiga teng: 
k
p
U
E
E


Biroq, molekulalarning bir – biri bilan o’zaro tasir potensial energiyasi ular 
orasidagi masofaga va gaz egallagan xajmga ega bo’ladi. 
Shuning uchun, real gazlar ichki energiyasi faqat temperaturagagina emas, 
balki gaz egallagan xajmga xam bog’liq bo’ladi. 
Real gaz molekulalari ilgarilanma xarakatidan tashqari, aylanishi va 
tebranishi xam mumkin. Shu xarakat tufayli shuningdek, molekulalar shakliga 
bog’liq malum energiya mavjud bo’ladi. Molekulalar shakli molekula 
tarkibiga kiruvchi atomlar soniga va ularning joylashishiga xam bog’liq. 
Shunday qilib, real gaz ichki energiyasi uning temperaturasiga, xajmiga va 
molekulalar strukturasiga bog’liq bo’ladi. Buni qisqartirilgan shaklda 
quyidagicha yozish mumkin: 


26 
Abduhamidov F.A. 
.
3
2
r g
p
ayl
teb
U
NkT
E
E
E




Issiqlik uzatishda ichki energiyaning o’zgarishi 
 
Sistemani o’zgartirish bilan, ichki energiyani o’zgartirish mumkin. Buning 
uchun issiqroq jismga yoki sovuqroq jismga tekkizish yetarli. Masalan, agar 
sovuq suvga qandaydir isitilgan jism tushurilsa, u xolda biror vaqtdan keyin 
bu jism va suv orasida termodinamik muvozanat qaror topib temperaturalari 
bir xil bo’lib qoladi. Temperaturalarning tenglashishi isigan jism o’zining bir 
qism ichki energiyasini suvga berishidan dalolat beradi. 
Bir-biriga tegib turgan turli temperaturali jismlarda ish bajarilmasdan ichki 
energiya almashinuvi jarayoni issiqlik almashish deb ataladi. 
Issiqlik almashish jarayonida uzatilgan energiyaga issiqlik miqdori deyiladi 
va u Q xarfi bilan belgilanadi. 
Jismning boshlang’ich xolatdagi ichki energiyasi U
1
bilan, oxirgi 
xolatdagisini U
2
bilan belgilaymiz. U xolda issiqlik almashish jarayonida 
uzatilgan Q issiqlik miqdori jismning ichki energiyasi o’zgarishiga teng. 
Bu xolda ish bajarilmagani uchun quyidagini yozish mumkin: 
Q
U
 
Shunday qilib, issiqlik miqdori deb, issiqlik almashinish jarayonida jism 
yoki jismlar sistemasi olgan (yoki bergan) energiyaga aytiladi. 
Issiqlik almashinish jarayoni faqat ikkita jism tushuntirilganda emas, balki 
nurlanish orqali xam sodir bo’lishi mumkin. Masalan, gulxan yoqilganda 
atrofidagi barcha jismlar isiydi. Xuddi shunday quyosh nurlari tushayotgan 
jismlar xam isiydi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling