Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni
qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.
Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali
aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.
Jins – psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak
yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir.
Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda
uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko’payib ketsa, u holda bu
homilada erkak jinsiy a’zolarining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek,
o’g’il bolalarda jinsiy yetilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi
tezlashishi kuzatiladi
Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar
(ozuqa, xavf va shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi.
Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular
tug‘ma bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi.
Retseptorlar – hissiy yoki sensor hujayralar bo‘lib, ular, ya’ni, bu
ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo‘lishidan qat’iy nazar, u haqidagi
axborotni qabul qilgandan so‘ng, o‘zgartirib, asab tizimiga etkazib beruvchi
maxsus tuzilmalardir.
Ruh – falsafa va din borasidagi chuqur tushuncha. Ko’plab
falsofa va diniy yo’nalishlarda, inson ruhi-o’lmas, mavhum deb
hisoblangan, uning asosiy xususiyatlari his- tuyg’u, tafakkur ong,
kechinma va irodadan iboratdir.
Eksperimental psixologiya- bu barcha turdagi ilmiy-psixologik
izlanishlarning umumlashuvidir .
Fiziologiya (grekchadan – tabiat haqida fan) – jonli borliq
haqidagi fan bo’lib, hayotning me’yoriy va g’ayritabiiy o’zgarish
jarayonlarini o’rganadi.
Refleks – (lotin tilidan olingan bo’lib , orqaga qaytadigan, aks
ma’nolarini bildiradi) – bu organizmlarning atrof-muhitga bo’lgan
ixtiyorsiz javob deb ataladi, u keying faktlardan iborat:
58
Do'stlaringiz bilan baham: |