Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


 .  Nerv tizimi va endokrin


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

.1 . 
Nerv tizimi va endokrin 
tizimining inson organizmi va 
xulq atvoridagi ahamiyati. 
Hozirgi 
zamon 
fanida 
jadal 
rivojlanib, 
katta 
qiziqish 
uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga 
chuqurroq kirib borishga muvaffaq 
bo‘lgan soha asab tizimini tadqiq etish 
hisoblanadi. 
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishini nerv 
hosilalarining to‘plamlari ta’minlab beradi. 
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. 
Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya 
organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni 
ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan 
boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari – ko‘rish, eshitish, 
ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.[1] 
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik 
nervlar majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki 
organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ 
asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. (3.1 rasm) 


59 
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan 
vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat 
hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi 
milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi 
muhitdan axborot qabul qiladilar. 
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba 
Tomas Uillis (1621-1675) qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-
1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb 
nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.[2] 


60 
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va 
umurtqa pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning 
asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa 
miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib
tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, 
tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini 
muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va 
qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi. 
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha 
organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki 
sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan 
faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, 
vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa 
gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi. [2] 
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet 
mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan 


61 
holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. 
Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling