Abdullayeva sarvinoz
Yaruq–yorug’ holatga kel ma’nosini anglatgan yaru-
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuman
Yaruq–yorug’ holatga kel ma’nosini anglatgan yaru- fe’lidan ot yasovchi –q
qo’shimchasi bilan yasalgan. Keyinchalik q undoshi g’ undoshiga, o’zbek tilida a unlisi a^ unlisiga almashgan: yaru+q=yaruq>yarug’>ya^rug’. Udug’luq, bu saqliqni o’gdi eran. O’sallik bila o’ldi er ming tuman. O’sal bo’lma,saqlan qamug’ ishda san, O’sayuq yarutti ekaguda san. *** Tetiklik va soqlik- bu maqtov ishi. G’ofillikdan o’ldi tuman ming kishi. G’ofil bo’lma, soq bo’l jami ishda san. G’ofil ikki olamda sarson boshi. ( www.ziyouz.com kutubxonasi ) 19 Tuman-“o’n ming” ma’nosini bildiradi.Qadimgi turkiy tilde ham shunday miqdorni bildirgan bu so’z asli to”ma”n tarzida talaffuz qilingan. O’zbek tilida o’ unlisining yumshoqlik belgisi yo’qolgan: to”ma”n>tuma”n. O’Z QATLAM VA O’ZLASHGAN QATLAM SO’ZLARI Hozirgi o`zbek adabiy tilining lug`at boyligi o`zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so`zlarning paydo bo`lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o`z lug`at boyligi va grammatik qurilishiga ega bo`ladi. Lekin xalqlar o`rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o`z ta`sirini ko`rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o`tib, o`zlashib ketadi. Bunday o`zaro ta`sir etish , ayniqsa leksikada kuchli bo`ladi. O`zbek xalqi ham, o`z tarixiy davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, ma- daniy, siyosiy aloqada bo`lganlar va bu xalqlarning tili o`zbek tiliga ma`lum dara- jada o`z ta`sirini qoldirgan. Xususan, boshqa tillardan o`zbek tiliga ko`plab so`zlar o`zlashganini shu ta`sir bilan izohlash mumkin. Natijada o`zbek tili lug`at xazina- sida leksik qatlam ham yuzaga kelgan. 13 O`z qatlam – o`zbek tili leksikasining umumturkiy so`zlar va sof o`zbek so`zlaridan iborat qismlari. Sof o`zbek tili leksikasi qatlamiga o`zbek tilining mustaqil til bo`lib shakl- langan davrdan to bugunga qadar yasalgan so`zlar kiradi. Bu so`zlar faqat o`zbek tilining o`zida paydo bo`lganligi sababli umumturkiy hamda o`zlashma so`zlardan farqlanadi. O`zbekcha so`zlar o`zga tillardan olinmay, o`zbek tilining o`z ichki manbalari asosida yuzaga kelgan. 14 13 Shoabdurahmonov Sh va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili.Toshkent:1980 14 Jalilova N.O`z qatlam asosida qon-qarindoshlik atamalarining shakllanishi”Til va adabiyot ta`limi” jurnali.2009: 1- son.60-bet. 20 1. Umumturkiy so`zlar o`zbek tili leksikasining eng qadimgi lug`aviy birliklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg`iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan; 2. Sof o`zbek tillari – o`zbek tilining o`zida yasalgan leksemalardir. Ular o`z qatlamning ikkinchi qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor: a) semantik usul – ma`no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko`k –rang, ko`k- osmon kabi; b) affiksatsiya usuli – bunda o`zak va affikslar turli til materiallari bo`lishi mumkin, ammo ularning qo`shilishi o`zbek tili tarkibida yuz beradi, o`zbek tilinig so`z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so`zlar o`zbek tilining o`z qatlami birligi sanaladi.Masalan, Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling