Abralov, N. S. Dunyashin
Kislorod hallonining venlili
Download 4.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atsetilen ventili
- Propan ballonining ventili
- Propan-butanli balloni uchun ventil
- Kislorodli (a) va atsetilenli (b) reduktorlar
- Redufctorning tuzilish va ishlash sxemasi
Kislorod hallonining venlili
(9.3-rasm) kislorod muhitida ishlaganda korroziyaga chidamli latundan tayyorlanadi. Reduktor jo'mrakka o‘naqay rezbali tashlama gayka vositasida biriktirilgan. Kislorod ventili, ayniqsa yog* va moylar bilan ifloslanmasligi kerak. Kislorod ventillarini azot, argon, siqilgan havo va karbonat angidridli ballonlar uchun ham ishlatish mumkin. Atsetilen ventili (9.4-rasm) po‘latdan yasaladi, chunki tarkibida 70% dan ortiq mis bo‘lgan mis qotishmalari uzoq muddat atsetilenga tegib turganda atsetilenli mis birikma hosil boMadi oqibatda portlash xavfi tug‘iladi. Atsetilen reduktori ventilga xomut vositasida biriktiriladi, ventil esa maxsus toresli kalit bilan ochiladi vayopiladi. Propan ballonining ventili (9.5-rasm) konstruksiyasi jihatidan kislorod ventiliga o'xshash, lekin undan farqli shundaki, reduktor ventilga chapaqay rezbali tashlama gayka vositasida tutashtiriladi. 127 9.4-rasm. Atsetilen balloni uchun ventil: 1 - shpindel; 2 - klapan; 3 - salnik uchun zichlama; 4 - filtr. 9.5-rasin. Propan-butanli balloni uchun ventil: 1 - korpus; 2 - klapan; 3 - rezinali manjet; 4 - shpindel. Ventil quyrug‘ining rezbasi turlicha bo‘ladi, bu ballonga o ‘zinikidan boshqa ventilni o ‘rnatish mumkin emas. 9.4. Reduktorlar Reduktor ballondagi yoki tarmoqdagi gaz bosimini ish bosimigacha pasaytirish hamda ballon yoki tarmoqdagi gaz bosimidan qat’iy nazar. ish bosimini avtomatik ravishda o'zgarmas kattalikda saqlab turish uchun xizmat qiladi. 128 Vazifasiga va o‘matilish joyiga qarab ballon reduktorlar, rampali, tarmoqli, markaziy va yuqori bosimli markaziy universal reduktorlarga ajratiladi. Ishlash prinsipiga nisbatan reduktorlar to ‘g‘ri ishlaydigan va teskari ishlaydigan reduktorlarga bo'linadi. To‘g‘ri islilaydigan reduktorlarda kelayotgan gaz bosimi klapanni ochishga intiladi, bu klapan orqali gaz reduktorining ish kamerasiga kiradi. Teskari ishlay digan klapanlarda bu bosim klapanini berkitishga intiladi. To‘g ‘ri ishlaydigan reduktorda ish bosimi ballondagi gaz sarflanishi bilan biroz pasayadi. Bu reduktoming pasayuvchi tavsifidir. Teskari ishlaydigan reduktoming tavsifi o'suvchi, ballondagi gaz bosimi kamayishi bilan gazning reduktordan chiqishdagi ish bosimi ortadi. Teskari ishlaydigan reduktorlar qulay va ishlatishda xavfsiz. Gaz turi bo‘yicha reduktorlami kislorodli, atsetilenli (9.6-rasm), propan-butanli va metanli reduktorlarga bo‘linadi. 9.6-rasm. Kislorodli (a) va atsetilenli (b) reduktorlar Ular tashqi tomondan bo‘yalishi bilan farq qiladi, uning rangi gaz uchun mo'ljallangan ballon rangiga mos kelishi kerak. Kislorod reduktori - havorang, atsetilen reduktori - oq rang, propan reduktori - qizil rang bo‘ladi. Bulardan tashqari, farqi - bu reduktorlami ballonga mahkamlash uchun biriktimvchi konstmksiyalaridadir. Reduksiyalash sxemasi bo‘yicha reduktorlar bir pog‘onali (bir kamerali) va bosim ikki bosqichda pasayadigan ikki bosqichli (ikki kamerali) sifatida ishlab chiqiladi. Hamma reduktorlaming ishlash prinsiplari bir xil (9.7-rasm). Reduktorda ikkita: yuqori bosim (2) va past bosim (6) kamerasi bor. Yuqori bosim kamerasi (2) bevosita ballonga tutashadi va undagi gaz bosimi ballondagi gaz bosimiga teng bo'ladi. Birinchi va ikkinchi kameralar orasida klapan (1) bo‘lib, unga prujina (3) va (8) lar ta’sir qiladi. Gaz, klapan (1) dan o‘tib katta qarshilikni yengadi va bosimni 129 yo‘qotadi. Bu pruj malar siqish kuchlarining nisbatiga qarab klapan yopiq (prujina (3) kuchi prujina (8) kuchidan katta) yoki ochiq (prujina (8) kuchi prujina (3) kuchidan katta) boiadi. Prujina (8) qancha ko‘p siqilgan b o lsa, klapan (1) shuncha katta ochiladi va kamera (6) dagi bosim shuncha yuqori bo‘ladi. a b 9.7-rasin. Redufctorning tuzilish va ishlash sxemasi: a - ishlamayotganda, b - ishlayotganda. Prujinaning siqilish kuchi rostlash uchun vint (9) ni burash kerak bo‘ladi. Vint (9) burab kiritilganda prujina siqiladi, vint burab chiqarilganda prujinaning siqilish kuchi kamayadi. Klapan (1) ni yopish uchun prujina (8) ni batamom bo‘shatish kerak. Reduktorda saqlash klapani (4) mavjud. Ikkala kameradagi bosim manometrlar yordamida o ‘lchanadi. Agar vint (9) ning qandaydir holatida sarflangan va reduktorga kelgan gaz miqdori teng bo‘lsa, u holda ish bosimi o ‘zgarmas boMadi va membrana (7) bir vaziyatda turadi. Agar reduktordan olinayotgan gaz miqdori unga kelgan gaz miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda kamera (6) da bosim pasayadi. Bunda siquvchi prujina (8) uzaya boshlaydi va membrana (7) ni deformatsiyalaydi; klapan (1) ochiladi, natijada kamera (6) ga keladigan gaz miqdori ortadi. Ish jarayonida gaz sarfming kamayishi reduktor kamerasi (6) dagi bosimning oshishiga sabab bo iadi, membrana (7) ga ta’sir etayotgan kuch ortadi, membrana qarama-qarshi tomonga bukiladi va prujina (8) ni siqadi. Klapan (1) bekila boshlaydi va gaz kelishi kamayadi. Shunday qilib, membrana gaz bosimini avtomatik ravishda saqlab turishini ta’minlaydi. 130 Agar payvandlash vaqtida biror sabab bilan yonilg‘i aralashmasining oqib chiqish tezligi uning alangalanish tezligidan kam bo'lib qolsa, o ‘ta qizib ketsa yoki gorelkaning «mundshtuki» kanali ifloslanib tiqilib qolsa, u holda teskari zarb yuz berishi - gorelka kanallarida yonilg‘i aralashmasi alangalanishi va alanganing yonilg‘i gaz shlanglari bo‘yicha tarqalishi hosil bo‘lishi mumkin, bu alanganing atsetilen generatori yoki gaz magistraliga o‘tishiga olib keladi. U holda portlash sodir bo‘ladi. Bu hodisaning oldini olish uchun saqlagich tambalardan foydalaniladi. 9.5. Saqlagich tam b alar Download 4.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling