Abstrakt algebra
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binar amal, yarim gruppa, monoid va gruppalar
- 1.1.1-misol.
BOB 1Gruppalar nazariyasiga kirish Sonlar to‘plami va ularda aniqlangan qo‘shish va ko‘paytirish amallari algebraik sistemalarga eng dastlabki misollar bo‘la oladi. Masalan, natural, butun, rat- sional, haqiqiy va kompleks sonlar to‘plami qo‘shish va ko‘paytirish amallari bilan birgalikda algebraik sistema tashkil qiladi. Lekin barcha sonlar to‘plami ham ushbu amallarga nisbatan algebraik sistema bo‘lavermaydi, masalan manfiy son- lar to‘plami ko‘paytirish amaliga nisbatan algebraik sistema emas, chunki ikkita manfiy sonning ko‘paytmasi musbat son bo‘ladi. Shuningdek, irratsional sonlar to‘plami qo‘shish amaliga nisbatan algebraik sistema bo‘lmaydi, chunki ikkita irratsional sonning yig‘indisi ratsional son bo‘lib qolishi mumkin. Haqiqiy son- lar ustidagi qo‘shish va ko‘paytirish amallari binar amallar hisoblanib, gruppa tushunchasi ham biror to‘plamda aniqlangan binar amal yordamida kiritiladi. Umiman olganda algebraik amal deganda nafaqat binar amal, balki n-ar amallar ham tushuniladi.
Bizga bo‘sh bo‘lmagan A to‘plam va A × A dekart ko‘paytma berilgan bo‘lsin. A × A dekart ko‘paytmani A to‘plamga o‘tkazuvchi ∗ : A × A → A asklantirish berilgan bo‘lsa, u holda A to‘plamda binar amal aniqlangan deyiladi. Ushbu (A, ∗) juftlikka esa algebraik sistema yoki gruppoid deb ataladi. Odatda (a, b) elementning bu akslantirishdagi qiymati a ∗ b, a · b yoki ab kabi belgilanadi. 1.1.1-misol.
+, ·, max, min, EKUB, EKUK, 7 ya’ni qo‘shish, ko‘paytirish, ikki sonning maksimumi, minimumi, eng katta umumiy bo‘luvchisi va eng kichik umumiy karralisi.
Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling