Abstrakt algebra


Download 0.99 Mb.
bet5/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

BOB 1


Gruppalar nazariyasiga kirish

Sonlar to‘plami va ularda aniqlangan qo‘shish va ko‘paytirish amallari algebraik sistemalarga eng dastlabki misollar bo‘la oladi. Masalan, natural, butun, rat- sional, haqiqiy va kompleks sonlar to‘plami qo‘shish va ko‘paytirish amallari bilan birgalikda algebraik sistema tashkil qiladi. Lekin barcha sonlar to‘plami ham ushbu amallarga nisbatan algebraik sistema bo‘lavermaydi, masalan manfiy son- lar to‘plami ko‘paytirish amaliga nisbatan algebraik sistema emas, chunki ikkita manfiy sonning ko‘paytmasi musbat son bo‘ladi. Shuningdek, irratsional sonlar to‘plami qo‘shish amaliga nisbatan algebraik sistema bo‘lmaydi, chunki ikkita irratsional sonning yig‘indisi ratsional son bo‘lib qolishi mumkin. Haqiqiy son- lar ustidagi qo‘shish va ko‘paytirish amallari binar amallar hisoblanib, gruppa tushunchasi ham biror to‘plamda aniqlangan binar amal yordamida kiritiladi. Umiman olganda algebraik amal deganda nafaqat binar amal, balki n-ar amallar ham tushuniladi.




    1. Binar amal, yarim gruppa, monoid va gruppalar


Bizga bo‘sh bo‘lmagan A to‘plam va A × A dekart ko‘paytma berilgan bo‘lsin. A × A dekart ko‘paytmani A to‘plamga o‘tkazuvchi ∗ : A × A A asklantirish berilgan bo‘lsa, u holda A to‘plamda binar amal aniqlangan deyiladi. Ushbu (A, ∗) juftlikka esa algebraik sistema yoki gruppoid deb ataladi. Odatda (a, b) elementning bu akslantirishdagi qiymati a b, a · b yoki ab kabi belgilanadi.

1.1.1-misol.


      • Bizga biror A to‘plam berilgan bo‘lib, ushbu to‘plamdan olingan ixtiyoriy x va y elementlar uchun x y = x ko‘rinishda aniqlangan amali binar amal bo‘ladi.

      • N natural sonlar to‘plamida quyidagi amallar binar amal bo‘ladi:

+, ·, max, min, EKUB, EKUK,
7


ya’ni qo‘shish, ko‘paytirish, ikki sonning maksimumi, minimumi, eng katta umumiy bo‘luvchisi va eng kichik umumiy karralisi.

      • Z butun sonlar to‘plamida qo‘shish (+) va ko‘paytirish (·) amallari binar amal bo‘ladi.

      • [a, b] kesmada uzluksiz bo‘lgan barcha funksiyalar fazosi C[a, b] da ixtiyoriy f, g C[a, b] funksiyalar uchun (f g)(x) = f (g(x)) kabi aniqlangan amal binar amal bo‘ladi.




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling