Abstrakt algebra


Download 0.99 Mb.
bet61/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

Isbot. Zaruriylik. Aytaylik, M maksimal ideal bo‘lsin. R/M halqa ham kommutativ biri bor halqa bo‘lib, ixtiyoriy noldan farqli a + M R/M element

olsak, a / M bo‘ladi. Agar ⟨M, a⟩ idealni qarasak, M ⊂ ⟨M, a⟩ ⊂ R bo‘lib,


M maksimal bo‘lganligi uchun ⟨M, a⟩ = R bo‘ladi. Demak, 1 ∈ ⟨M, a, ya’ni shunday m M va r R elementlar topiladiki, m + ra = 1 bo‘ladi. Bu esa
m + ra + M = 1 + M, ya’ni ra + M = 1 + M ekanligini bildiradi. Bundan esa (a + M )(r +M ) = 1 +M ekanligini, ya’ni a +M elementning teskarilanuvchiligini hosil qilamiz. Demak, R/M halqa kommutativ biri bor halqa bo‘lib, uning ixtiyoriy elementi teskarilanuvchi bo‘ladi, ya’ni R/M maydon.
Yetarlilik. Aytaylik, R/M maydon bo‘lsin. U holda M /= R. Agar I ideal uchun M I bo‘lsa, u holda a I \ M element uchun a + M element R/M
maydonning noldan farqli elementi bo‘ladi. Maydonning ixtiyoriy noldan farqli elementi teskarilanuvchi bo‘lganligi uchun shunday r R \ M element mavjudki, (a + M ) · (r + M ) = 1 + M, ya’ni 1 − ar M. Bundan esa, 1 = m + ar I ekanligini, ya’ni I = R tenglikni hosil qilamiz. Demak, M maksimal ideal.
Endi yana bir muhim ideal bo‘lgan primar ideal tushunchasini kiritamiz. Pri- mar ideal tushunchasining kiritilishini butun sonlar halqasidagi ⟨pk⟩ ko‘rinishidagi halqalar bilan bog‘lash mumkin. Ma’lumki, arifmetikaning asosiy teoremasiga

ko‘ra ixtiyoriy n butun sonni n = pα1 pα2 . . . pαs
ko‘rinishida ifodalash mumkin.

1 2 s
Bu yerdagi pi tub sonlar orqali hosil qilingan ⟨pi⟩ ideallar Z halqaning birlamchi

i
ideallari bo‘lsa, ⟨pαi ⟩ ideallar esa primar ideallar bo‘ladi.
5.4.7-ta’rif. Aytaylik, R kommutativ halqaning Q ideali berilgan bo‘lsin. Agar
ab Q, a / Q shartni qanoatlantiruvchi ixtiyoriy a, b R elementlar uchun
shunday n natural son topilib, bn Q bo‘lsa, u holda Q ideal primar(primary)
ideal deb ataladi.

Ta’rifdan ko‘rinadiki, ixtiyoriy birlamchi ideal primar ideal bo‘ladi. Quyidagi misolda esa, yuqorida aytilganidek, ⟨pk⟩ ko‘rinishidagi ideallarning butun sonlar halqasida primar ideal bo‘lishini ko‘rsatamiz.




5.4.9-misol. Butun sonlar halqasining pkko‘rinishidagi ideali primar ideal bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, k ≥ 2 bo‘lganda pkideal birlamchi ideal bo‘lmaydi. Biz
uning primar ekanligini ko‘rsatamiz. Aytaylik, ab ∈ ⟨pkbo‘lib, a / pkbo‘lsin.
U holda shunday r ∈ Z son topilib, ab = rpk bo‘ladi. a soni pk ga bo‘linmaganligi
uchun b soni p ga bo‘linishini, ya’ni b = qp ekanligini hosil qilamiz. Bundan esa,
bk = qkpk ∈ ⟨pkekanligi kelib chiqadi. Demak, pkprimar ideal.
5.4.8-ta’rif. Aytaylik, R kommutativ halqa va uning I ideali berilgan bo‘lsin. Quyidagi

k
{a R | a I qandaydir k N uchun}
to‘plamga I halqaning radikali deb ataladi va I kabi belgilanadi.

Ta’kidlash joizki, ixtiyoriy I ideal uchun I ⊆ √I bo‘lib, √I ham ideal bo‘ladi.
Chunki, agar a, b I bo‘lsa, u holda shunday n va m natural sonlari uchu n
an, bm I. Bundan esa, (a b)n+m I ekanligi kelib chiqadi, ya’ni a b I.
Agar r R va a I bo‘lsa, u holda (ra)n = rnan I ekanligidan ra I hosil
bo‘ladi. Demak, I ideal.
5.4.2-tasdiq. Agar R kommutativ halqaning Q ideali primar bo‘lsa, u holda Q
ham primar ideal bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, a, b R elementlar uchun ab Q va a / Q bo‘lsin. U
holda qandaydir n natural son uchun (ab)n Q. Bundan esa, anbn Q, lekin
an / Q ekanligi kelib chiqadi. Q ideal primar bo‘lganligi uchun shunday m ∈ N

son topilib, (bn)m Q. Demak, b Q ya’ni Q primar ideal.
Quyidagi teoremada R kommutativ halqaning I primar idealini R/I faktor halqa bilan xarakterlovchi xossani keltiramiz.
5.4.8-teorema. R kommutativ halqaning I ideali primar bo‘lishi uchun R/I faktor halqadagi ixtiyoriy nolning bo‘luvchisi nilpotent element bo‘lishi zarur va yetarli.
Isbot. Zaruriylik. Aytaylik, I primar ideal bo‘lib, a + I element R/I faktor halqada nolning bo‘luvchisi bo‘lsin. U holda shunday b + I R/I element uchun (a + I)(b + I) = I bo‘ladi. Bundan esa, ab I kelib chiqadi. I halqaning primarligini va b / I ekanligini hisobga olsak, qandaydir n ∈ N natural son uchun an I bo‘lishini hosil qilamiz. Demak, (a +I)n = an +I = I, ya’ni a +I nilpotent. Yetarlilik. Aytaylik, R/I faktor halqadagi ixtiyoriy nolning bo‘luvchisi nilpo-
tent bo‘lib, a, b R elementlar uchun ab I va a / I bo‘lsin. U holda
(a + I)(b + I) = ab + I = I. Agar b + I element nolning bo‘luvchisi bo‘ladi. Bundan esa uning nilpotent ekanligi, ya’ni (b + I)n = bn + I = I bo‘lishi kelib chiqadi. U holda bn I bo‘lib, I idealning primar ekanligini hosil qilamiz.
5.4.10-misol. Ixtiyoriy ideali birlamchi ideal bo‘ladigan butunlik sohasi maydon bo‘lishini isbotlang.
Yechish. Aytaylik, R butunlik sohasi bo‘lsin. U holda ixtiyoriy noldan farqli a R element uchun a2R idealni qaraymiz. Ushbu ideal birlamchi ideal bo‘lganligi uchun a2a2R munosabatdan a a2R kelib chiqadi. Demak, qandaydir, b R element topilib, a = a2b. Bundan esa, a(1 − ab) = 0 tenglikni hamda a /= 0 bo‘lganligi uchun ab = 1 bo‘lishini hosil qilamiz. Demak, R butunlik sohasining ixtiyoriy noldan farqli a elementi teskarilanuvchi ekan, ya’ni R maydon.
Q
5.4.11-misol. xideal Z[x] halqaning birlamchi ideali bo‘lib, maksimal bo‘lmasligini ko‘rsating.


Yechish. Aytaylik, Z[x] halqaning
f (x) = a0 + a1x + · · · + anxn, g(x) = b0 + b1x + · · · + bmxm
elementlari uchun f (x)g(x) ∈ ⟨x⟩ bo‘lsin. U holda a0b0 = 0 bo‘lib, a0 = 0 yoki b0 = 0 bo‘ladi. Bundan esa, f (x) ∈ ⟨x⟩ yoki g(x) ∈ ⟨x⟩ kelib chiqadi. Demak, ⟨x⟩ birlamchi ideal.
Endi ushbu idealning maksimal emasligini ko‘rsatamiz. Agar ⟨x, 2⟩ idealni qarasak, ushbu ideal uchun ⟨x⟩ ⊂ ⟨x, 2⟩ ⊂ Z[x] munosabat o‘rinli bo‘lib, bundan
x⟩ idealning maksimal emasligi kelib chiqadi. Q
5.4.12-misol.x2ideal Z[x] halqaning primar ideali ekanligini ko‘rsating.
Yechish. Aytaylik, Z[x] halqaning
f (x) = a0 + a1x + · · · + anxn, g(x) = b0 + b1x + · · · + bbxb

elementlari uchun f (x)g(x) ∈ ⟨x2⟩ va f (x) ∈/ x2⟩ bo‘lsin. U holda, a0b0 = 0 va


a0b1 + a1b0 = 0 bo‘lib, a0 0 yoki a1 0.
Agar a0 0 bo‘lsa, u holda b0 = b1 = 0, ya’ni g(x) ∈ ⟨x2⟩. Agar a0 = 0 bo‘lsa,
u holda a1 /= 0 bo‘lib, bundan b0 = 0, ya’ni (g(x))2 ∈ ⟨x2⟩ kelib chiqadi. Demak,
x2⟩ primar ideal. Q

      1. Download 0.99 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling