Abstrakt algebra


Halqalarning to‘g‘ri yig‘indisi


Download 0.99 Mb.
bet63/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

Halqalarning to‘g‘ri yig‘indisi


Bizga A va B halqalar berilgan bo‘lsin. Ushbu to‘plamlarning A × B dekart ko‘paytmasida quyidagi amallarni aniqlaymiz
(a1, b1) + (a2, b2) = (a1 + a2, b1 + b2), (a1, b1) · (a2, b2) = (a1 · a2, b1 · b2),
bu yerda a1, a2A, b1, b2B bo‘lib, birinchi va ikkinchi komponentalar bo‘yicha yig‘indi va ko‘paytmalar mos ravishda A va B halqalardagi aniqlangan amallardir.

U holda A × B to‘plam yuqorida aniqlangan amallarga nisbatan halqa tashkil qilib, ushbu halqa A va B halqalarning to‘g‘ri yig‘indisi deb ataladi va A B kabi belgilanadi. Ushbu halqada nol element (0, 0) ko‘rinishida bo‘lib, agar A va B halqalar birlik elementli halqalar bo‘lsa, u holda (1, 1) element birlik element vazifasini bajaradi. A va B halqalarning to‘g‘ri yig‘indisi nolning bo‘luvchilariga ega bo‘lgan halqa hisoblanadi, chunki, (a, 0) · (0, b) = (0, 0) ekanligidan (a, 0) va (0, b) ko‘rinishidagi elementlar nolning bo‘luvchisi ekanligi kelib chiqadi.


Biz yuqorida ikkita halqaning to‘g‘ri yig‘indisini aniqlagan bo‘lsak, induktiv tarzda bir nechta R1, R2, . . . , Rn halqalarning ham to‘g‘ri yig‘indisini aniqlash mumkin, ya’ni R1 ×R2 ×· · ·×Rn to‘plamda har bir komponenta bo‘yicha qo‘shish va ko‘paytirish amallarini aniqlash orqali halqa hosil qilish mumkin.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling