Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti fizika fanidan masalalar
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika fanidan masalalar to\'plami 1-qism
1.2. Dinamika
Dinamikaning asosiy qonuni (Nyutonning ikkinchi qonuni) tenglama bilan ifodalanadi. Agar massa o‘zgarmas bo‘lsa, u holda bu yerda, – massasi bo‘lgan jismning kuch ta’sirida olgan tezlanishi. masofani o‘tishda kuchning bajargan ishi quyidagi formula yordamida ifodalanadi: bu yerda, – kuchning siljish yo‘nalishidagi proyeksiyasi, – yo‘l qismining kattaligi. Integral butun yo‘l bo‘yicha olinadi. Agar kuchning miqdori hamda uning siljish yo‘nalishi bilan hosil qilgan burchagi o‘zgarmas bo‘lsa, yuqoridagi formula ko‘rinishida bo‘ladi, bunda – kuch va siljish orasidagi burchak. Quvvat formula bilan ifodalanadi. Quvvat o‘zgarmas bo‘lsa 21 bo‘ladi, bunda – vaqt ichida bajarilgan ish. Xuddi shuningdek quvvat quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin: ya’ni, quvvat harakat tezligini kuchning harakat yo‘nalishiga bo‘lgan proyeksiyasining kattaligiga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi. tezlik bilan harakatlanayotgan massali jismning kinetik energiyasi quyidagiga teng: Potensial energiyaning formulalari ta’sir etuvchi kuchlarning xarakteriga qarab turlicha ifodalanadi. Yopiq tizimdagi barcha jismlar harakat miqdorining vektor yig‘indisi o‘zgarmay qoladi, ya’ni: Massalari va bo‘lgan ikki jismning bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab noelastik markaziy urilishidan keyingi ularning umumiy tezligi quyidagi formuladan topiladi: bu yerda, va – mos ravishda birinchi va ikkinchi jismlarning urilishdan avvalgi tezliklari. Elastik markaziy urilishdan keyin jismlar turlicha tezliklar bilan harakatlanadi. Birinchi jismning urilishdan keyingi tezligi: va ikkinchi jismning urilishdan keyingi tezligi 22 Egri chiziqli harakatda moddiy nuqtaga ta’sir etuvchi kuchni ikkiga: tangensial va normal tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. Normal tashkil etuvchisi markazga intilma kuchdan iboratdir. Bu yerda, – massasi bo‘lgan jismning chiziqli tezligi va – trayektoriyaning berilgan nuqtadagi egrilik radiusidir. Elastik deformatsiyalovchi kuch deformatsiyasining katta- ligiga proporsionaldir, ya’ni: bu yerda, – deformatsiya koeffitsiyenti bo‘lib, bir birlikda defor- matsiyalovchi kuchga miqdor jihatdan tengdir. Elastik kuchlarning potensial energiyasi: Ikki moddiy nuqta (ya’ni o‘lchamlari ularning o‘zaro oraliqlariga nisbatan juda kichik bo‘lgan jismlar) bir-biriga quyidagi kuch bilan tortiladi: bu yerda, – tortishish doimiyligi yoki gravitatsion doimiyligi bo‘lib, ga tengdir; va lar o‘zaro ta’sir qiluvchi moddiy nuqtalarning massalari; – ular orasidagi masofa. Tortishish kuchining potensial energiyasi: 23 “Manfiy” ishora o‘zaro ta’sir qiluvchi ikki jismning potensial energiyasi bo‘lganda nolga teng bo‘lishini ko‘rsatadi; bu jismlar yaqinlasha borganda potensial energiyasi ortadi. Keplerning uchinchi qonuni quyidagi ko‘rinishga egadir: bu yerda, va – planetalarning aylanish davri, va – planetalar orbitalarining katta o‘qlari. Orbita doiradan iborat bo‘lgan holda, katta o‘qlar rolini orbitaning radiusi o‘ynaydi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling