Abyssal-abissal
ВУЛЬФЕНИТ VULFENIT — WULFENITE VULFENIT
Download 1.11 Mb.
|
LUG\'AT 185
- Bu sahifa navigatsiya:
- ВЫВЕТРИВАНИЕ VЫVETRIVANIE — WEATHYERING NURASH
ВУЛЬФЕНИТ VULFENIT — WULFENITE VULFENIT — m-l. Kimyoviy ifodasi — R(M 0O4). Avstriya mineralogi F. Vulfen sh arafiga atalgan. Tetragonal singoniyali. Rangi sariq, to‘q sariqdan qizil ranggacha; ba’zan kulrang, och kulrang turlari ham uchraydi. Olmosga o‘xshab yaltiraydi. Chizig’ining izi oq, och kulrang. Qat. 3. Mo‘rt. Kristall donachalari yupka, plastinkasimon va piramida shaklida uchraydi. S. og’.6,9. qo‘rg‘oshin va molibden konlarining oksidlanish zonasida hosil bo‘ladi. O‘zbekistonda qo‘rg‘oshin va qalay konlaridan (Olmaliqda va b. joylardan) topilgan.
ВЫВЕТРИВАНИЕ VЫVETRIVANIE — WEATHYERING NURASH, Yer yuzidagi t. j. lari va minerallarning atmosfYera, Yer osti va Yer usti suvlari hamda organizmlar, mexanik vositalar ta’sirida buzilish va yemirilishi jarayoni. N. fizik (mexanik), kimyoviy va organik turlari ma’lum. Fizik N. haroratning keskin o‘zgarib turishiga bog’liq. Yer yuzasidagi jinslarning qizishi va sovushi, t. j . lari yoritslaryning ko‘plab bo‘lishi va suvning muzlab kolishi va issiqdan Yerishi natijasida jinslardagi yoriklarning kengayishi va ularning sinishi sodir bo‘ladi. Qutb atrofi viloyatlarida t. j . larining sovuqdan nurashi ko‘proq yuzaga keladi. Bunday N. natijasida chaqiq jinslar uyumi hosil bo‘ladi. Kimyoviy N. d a ko‘pincha kislorod, suv, harbonat angidrid va har xil biokimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi. Bunda kislorod oksidlanishga, S02 esa suvda vodorod ionlari harakatchanligini tezlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari, N. baktYeriyalarning o’sishi bilan ham bog‘lik . Kimyoviy va fizik N. Yer yuzasida bir vaqtda sodir bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, ammo tabiiy sharoitga (iqlim,harorat va h.) qarab N .ning u yoki bu turi ustunlik qiladi. Mae., tog‘li o‘lkalarda, sazfo va cho‘llarda fizik N. ko‘proq tarqalgan, subtropik o‘lkalarda esa kimyoviy N. ning axamiyati ko‘prok va yaqqolroq kuzga tashlanadi. Har xil turdagi N. jarayonlari natijasida N. po‘sti vujudga keladi. U o‘zgargan va yangi hosil bo‘lgan yumshoq, g’ovaksimon poydevor t. j. lari bo‘lib, ko‘pincha gilli minerallardan iboratdir (k. Nurash pusti).Organik (biologik) N. o‘simlik va organizmlarning t. j . lariga ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Bunda Yer yuzasidagi o‘simliklar asosiy omillardan hisoblanadi. O‘simliklarning ildizi t. j . orasiga yorib kirib, ularni turli bulaklarga ajratadi va darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan kirgan suv t. j . larida muzlab N. jarayonini tezlashtiradi. Tor jinslari tarkibidan suvda Yeriydigan, emiriladigan moddalar (tuzlar, ohak toshlar va b.) ning yuvilib chiqishidir. T. j . larida ishkorning yuvilib chiqishi natijasida ular g’ovak-g’ovak builb koladi. Qatta hajmdagi yuvilish joyi qarst deb ataladi; t. j. lari tarkibidan bir yoki bir necha moddaning yuvilib chiqishi issiq gidrotermal Eritmalar hisobiga (Yer qobigi ichida) va suv hisobiga (Yer ustki qatlamida) kechishi mumkin. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling