Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli


Download 32.48 Kb.
bet1/6
Sana03.01.2023
Hajmi32.48 Kb.
#1075896
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
referat

Termiz Davlat Pedagogika Insituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti sirtqi 22\11 guruh talabasi Qulsoxatov Zoirning Ona tili va O’qish savodxonligi fanidan tayyorlagan referati.


ADABIY TILNING OG’ZAKI VA YOZMA SHAKLI.

Millat uchun umumiy bo`lgan til milliy til deb hisoblanadi.Hozirgi o`zbek milliy tili o`zbek millatining hammasi uchun umumiy va yogona tildir. Tarixdan ma`lumki o`zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan biri


bo`lib , uning tili XI-XII asrlarda turli tarixiy sabablarga ko`ra xalq tili sifatida shakllana boshladi. Jamiyatning muayan bir
bosqichida urug` qabila, elat tillari xalq tiliga, xalq tillari esa milliy tillariga aylanadi. Demak , milliy til millatning paydo bo`lishi bilan uyzaga keladi, u shu tilning adabiy til shaklini va uning barcha mahalliy ko`rinishlarini o`zida aks ettiradi:
Adabiy til deb qoidalashtirilgan ma`lum qonunlarga bo`ysundirilgan til ko`rinishiga aytiladi. Adabiy tilning ikki shakli bor; 1) og`zaki; 2) yozma. Adabiy tilning og`zaki shakli nisbatan ancha qadimiydir. U nutq tovushlari , ohang , urg`u kabi vositalarga asoslanadi va uni to`g`ri talaffuz qoidalari belgilab beradi.
Adabiy tilning yozuv shakli harfiy vositalarga asoslanadi va uning qoidalarini orfografiya (imlo) belgilab beradi. O`zbek milliy adabiy tili O`zbekiston Respublikasining Davlat (rasmiy )tili hisoblanadi.
O` z b e k milliy t i l i uch l a h j a n i o`z ichiga o l a d i :

  1. qorluq lahjasi; 2) qupchoq lahjasi ; 3) o`quv lahjasi . Ularning har qaysisi o`nlab shevalarni o`z ichiga oladi va o`ziga xos fonetik , leksik -grammatik xususiyatlarga ega. Hozirgi o`zbek adabiy tili, asosan , Toshkent, Farg`ona kabi tayanch shahar shevalariga asoslanadi.

Leksikologiya grekcha (leksikos)“lug`at (so`z)ga oid (logoz) ”ta`limot”, “fikr” kabi tushunchalarni anglatadi. Leksikologiya tilshunoslikning lug`at tarkibini tekshiradigan bo`limidir. O`zbek tili leksikologiyasi esa o`zbek tili lug`at boyligini o`rganadi.
Demak, tildagi so`zlar yig`indisi leksika va uni o`zgaruvchi ta`limot esa leksikologiya deb yuritiladi. Turg`un iboralar ham o`z xususiyatiga ko`ra leksikologiyada tekshiriladi.
L e k s i k a atamasi adabiy tilning lug`at tarkibi ma`nosida ham, biror sheva so`zlari (Toshkent shevasi), biror kasb- hunar (kashta do`zlik yoki bog`dorchilik), ayrim shoir uoki yozuvchi asarlari (G`. G`ulom) leksikasi ma`nosida ham ishlatilaveradi. Leksikologiya so`z larni ichki va tashqi tomondan tekshirish xususiyatiga ko`ra bir qancha sohalarga bo`linadi.

Download 32.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling