Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli
S e m a s i o l o g i y a
Download 32.48 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- .E t i m o l o g i y a
- .Onomosiyalogiya
- O`zbek leksikologiyasi
- Morfologik yozuv
- Fonetik yozuv.
1.S e m a s i o l o g i y a .gr. Semasia “belgi”, tamg`a, logos (ta`limot) tushnchalarini bildiradi.U so`z va iboralarning ma`no xususiyatlarini tekshiradi. Masalan, paxta so`zi oq rangdagi yumshoq predmet, texnika o`simligining bir turi ma`nosini bildiradi. Bu esa shu so`zning asosiy belgisidir.
2.E t i m o l o g i y a - g r e k c h a (etymon) haqqiqat va (logos) ta`limot demakdir. So`slarning kelib chiqishi, ularning fonetik va semantik tuzilishida davrlar o`tish bilan qanday o`zgarishlar yuz berganligi, qaysi tilga oid so`z ekanligini tekshiradi. Masalan, apel`sin so`zi aslda inglizcha apel-olma, sin(chin ) Xitoy yani ”Xitoy olmasi” nomini ifodolovchi apelsin tarzida hind-evropa tillaridan bizgacha etib kelgan. 3.Onomosiyalogiya- grekcha (anoma) nom, (logos) ta`limot degan ma`noni anglatadi va hozirgi o`zbek tilshunosligimizda nomshunoslik haqidagi soha hisoblanadi. Bu ta`limot, asosan, atoqli otlarini tekshiradi. Masalan, Safar (safar oyida) juma (juma kunida) tug`ilgan bolalarga qo`yiladi. O`zbek leksikologiyasi davr nuqtai nazaradan ikki turga bo`linadi: tarixiy leksikologiya; hozirgi leksikologiya. Umuman olganda orfografiya adabiy tilning yozuv shakli bilan aloqador bo`lib, u to`g`ri yozish qoidalarini o`rganuvchi ta`limotdir. Insonning hayotida to`g`ri yozish va to`g`ri so`zlashi katta ahamiyatga ega. O`zbek imlosi va uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat. Morfologik yozuv. Bu tamoyilga ko`ra tildagi qo`shimchalar va morfemalar og`zaki nutqdagi aytilishga qarab emas, balki aslicha yoki qabul qilingan qoidalarning biriga ko`ra yoziladi. Masalan, 1) oftob, shitob, kitob, aylab, gulob kabi bir qator so`zlar oxiridagi b undoshi p tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga mivofiq b yoziladi; obod, gulband, dilband, shod, xursand kabi so`zlar oxiridagi d undoshni t sifatida aytilsa ham d yozuladi; seshamba, shanba, chorshanba, aylanma, dumbul,sunbul kabi birqator so`zlar seshanmmi, shammi, chorshami, aylamma, dummul, summul aytilsa ham aslicha yoziladi: uch, to`rt sonlariga- ala qo`shimchasi qo`shilganda uchchala, to`rttala tarzida aytiladi; ammo asliga muvofiq ch va bir t bilan yoziladi. Misollar: maktabga, savod, orenburg kabilar. Hozirgi o`zbek imlosida morfolofik tamoyil asosiy va etakchi hisoblanib, yozuvda muhim o`rin tutadi. Fonetik yozuv. So`z va so`z tarkibidagi qo`shimchalarning talaffuziga ko`ra yozilishi (yozilishi) fonetin tamoyil deyiladi; Masalan, 1) ong so`ziga fe`l yasovchi la qo`shimchasini qoshish bilan yasalgan so`z ongla tarzida emas, balki angla deb aytiladi va shunday yoziladi; to`qi, o`qi, tani kabi fe`l shakllariga -v qo`shilsa, to`quv, o`quv, tanuv safatida aytiladi va shunday yoziladi; Download 32.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling