Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet126/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Alisher Navoiy va temuriy shahzodalar» mavzusida suhbat o'tkazing.
2.Alisher Navoiyning o'rta yoshlik yillari hayoti va ijodi haqida so'zlang.
3.Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro do'stligi haqida nimalarni bilasiz?
4.Navoiy she'riyati qanday to'plamlarda jamlangan?
5.Xamsachilik an'analari haqida nimalarni bilasiz? Jahon ada- biyotida qaysi shoirlar «Xamsa» yaratganlar?


III. YANGI MAVZU BAYONI.


SHER BILAN DURROJ (Nasriy bay oni)
To'qayda bir yirtqich sher bor edi. Vahshatda osmon sheridek qo'rqmas edi. U har safar bolalaganda zavqqa to Tar, biroq chumolilar uning bolasini talab o'ldirishardi. Shuning uchun u o'zining ajralmas bu boyligi - farzandini og'zida tishlab asrar edi.
O'sha to'qayda bir durroj ham bo'lib, bu yirtqich sherning vahmidan doim qo'rquvda edi. Sher bo'lsa bolasini og'zida tishlab, dam-badam to'qayning goh u yog'iga borardi, goh bu yog'iga. Sher durroj pusib yotgan joyga borib qolsa, bu notavon piir etib uchar, sher qo'rqqanidan seskanib ketar, bolasiga ham tishi botib ketardi. Tishi bilan o'z bolasini, o'z jigarporasini yarador qilardi.
Doim unga shu g'am ichida g'am, g'am emas, motam ustiga motam edi. Bu tashvishdan ko'ngli ozor topib, u durroj bilan o'rtoq bo'la boshladi. U dedi:
- Mening senga hech qasdim, dushmanligim yo'q. Xotirjam bo'lib, meni o'zingga ishonchli do'st deb bil. Qo'rqishni yig'ishtir, ham- damim, sirdoshim bo'l; aysh va xursandlik vaqtida birga kuylasha- diganim bo'l. Men ham sening kuylaringni eshitib, shod bo'lay;
nag'malaring bilan qayg'udan ozod boTay. Shart shuki, senga bir zi- yon yetsa, falak seni hiyla bilan bandga solsa, marhamat qo'lini senga yordam uchun cho'zay, bitta panjam bilan dushmanni yerga barobar qilay. Sadoqat masalasida o'zimni ko'rsatib, seni dushman tuzog'idan xalos aylay.
Sher ko'p sehr bilan (o'z fikrini tushuntirishga) tirishdi, ham sadoqatli bo'lishga ahd qildi. Oralarida bir-birlariga shunday muhabbat paydo bo'ldiki, bunga osmonning o'zi ham hasad qilardi. Qayerda yirtqich sher dam olib yotsa, atrofida durroj bemalol uchib yurardi. Sultonning tepasida humo qushi aylanganday, sher boshida durroj aylanib parvoz qilardi. Sher uning sayrashini eshitib, kuyida yolg'on borligini fahm qilib, der edi:
- Yolg'on gapirma, yomon bo'ladi. To'g'rilar oldida yolg'on qoralanadi.
Durroj pandni eshitmas, o'zi bilan o'zi mast, ataylab fig'onini hech pasaytirmas edi.
Bir kun bir ovchi uni tutish uchun o'z tuzog'ini yoygan edi, u don bilan suvni ko'rib, uning oldiga borgach, ovchi uning ustiga tuzoqni tortdi. Tuzoqda u baxtsiz qichqirib, bir necha bor: «Dod, meni tutdi- lar!» - dedi.
Bu so'z sher qulog'iga eshitildi, lekin uning bu ashulasini har galgidek yolg'on deb o'yladi. Bunaqa yolg'onlarini ko'p eshitgani uchun chin afg'onini ham yolg'on deb gumon qildi. Qancha u rostaka- miga qichqirmasin, rostini ham yolg'on deb hisobladi. Uni qutqarish uchun iltifot ko'rsatmadi; natijada uning hayoti qirqildi. Kimki xohla- masa ham rost gapirsa, yolg'on gapirganida ham xalq uni rost deydi.
So'zda, Navoiy, nima desang ham rostni gapir; rostni kuylagan ohanglarga tahsin ayt.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling