Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARSNING BORISHI
- III. YANGI MAVZU BAYONI. Hans Kristian ANDERSEN 1805-1875
Mashg’ulot jihozi:
2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari 3. Doska, bo’r, daftar, ruchka Mashg’ulot jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH 1.Liliputiya va Blefusku mamlakatlari o'rtasidagi ixtilofning sababi nimada? 2.Svift nima uchun asar voqealari kechgan mamlakatlarni to'qib chi- qarishga majbur edi? 3.«Gulliverning sayohatlari» romani asosida yaratilgan badiiy film bilan romanning o'zi orasida qanday farqlarni ko'rdingiz? III. YANGI MAVZU BAYONI. Hans Kristian ANDERSEN 1805-1875 B olalar, darsligingizning ertaklarga bag'ishlangan qismida muallifi aniq ertaklar, ularni yaratgan adiblar haqida so'z yuritgan edik. Darhaqiqat, jahon adabiyotidagi ertaknavis adiblar ijodi adabiyotning, ayniqsa, bolalar adabiyotining oltin xazinasi hisoblanadi. Hozirda asarlari bolalar va kattalar orasida qo'lma-qo'l bo'lib kelayotgan Sharl Perro, Ernst Teodor Amadey Gofman, aka-uka Grimmlar, Vilgelm Gauf, Hans Kristian Andersen, Oskar Uayld, Aleksandr Pushkin, shu- ningdek, sevikli shoir va adiblarimiz Hamid Olimjon, Sulton Jo'ra, Shukur Sa'dullalar ana shunday ertaknavis ijodkorlardir. G'arb adabiyotidagi ertakchi adiblar orasida daniyalik buyuk ertaknavis Hans Kristian Andersen alohida o'rin tutadi. Andersen 1805- yil 2- aprelda Daniyaning Odens shahrida kamba- g'al etikdo'z oilasida dunyoga keldi. Andersen oilasi muhtojlikda kun kechiradi. Bo'lajak ertakchining bolaligi muhtojlik va yupunlikda o'tadi. Biroq yupun va nochor ahvoliga qaramay yosh Andersen ko'proq o'qish, o'rganish payidan bo'ldi. Otasi vafot etgach, o'n to'rt yoshli Andersen Daniya poytaxti Kopengagenga keladi. Bu yerda ham o'qish, izlanishda bo'ladi. Dastlab u teatrga qiziqadi. Bu sohada jiddiy shug'ullanishga ahd qiladi. Aktyor bo'lish rejasi amalga oshmagach, o'zicha kichik-kichik sahna asarlari yozadi, ularni shahar teatrlariga taklif qilib ko'radi. Kopengagen teatrlaridan birining direktoriga uning yozganlari ma'qul bo'ladi shekilli, u pyesalarni sahnalashtirmasa-da, qaysidir mulohaza bilan yosh muallifni qo'llab-quwatlashga qaror qiladi. Andersen uning tavsiyasi bilan teatrdan stipendiya oladi va unga Lotin maktabida bepul tahsil olish huquqi beriladi. So'ngroq Andersen Kopengagen universitetida o'qiydi. O'qish-o'rganishda suyagi qotgan yosh Andersen uzoq-uzoqlarga sayohat qiladi. U Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlarida bo'ladi. O'zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab ko'rmaguncha ko'ngli joyiga tushmasdi. Bundan tashqari, sayohatlari davomida zamonasining mashhur shoir va adiblari, san'atkorlari bilan uchrashdi. Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne, Rossini, Vagner, List kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo'ldi. 1835- yilda adib o'zining birinchi yirik asari - «Improvizator» romanini e'lon qiladi. Roman o'quvchilar orasida mashhur bo'lib ketadi. Biroq bu mashhurlik bundan keyingi muvaffaqiyatlar oldida hech narsa bo'lmay qoladi. Gap shundaki, adibning o'sha yili bosib tarqa- tilgan dastlabki ertaklar to'plami kutilmaganda unga katta shuhrat keltiradi. Boshda ertaklarini o'quvchilar yoqtirishiga o'zi ham ishon- magan yosh ertaknavis adib bu to'plamdan so'ng bolalar va kattalar birday qiziqib o'qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligiga amin bo'ladi va bundan keyingi umrini ijodning shu sohasiga bag'ishlaydi. Unga yaratgan ertaklari olamshumul shuhrat keltirdi. «Bolalarga aytil- gan ertaklar», «Yangi ertaklar», «Tarixlar», «Yangi ertaklar va tarix- lar» to'plamlari Andersen nomini dunyoga mashhur qilib yubordi. Bugun hassos ertakchining «Qor malikasi» va «Bulbul» ertaklari to'g'risida fikr yuritsak. Awalo «Qor malikasi» haqida. «Qor malikasi» Andersenning eng mashhur ertaklaridan biridir. Ertak bir jodugarning g'alati ko'zgu yasagani, bu ko'zguda barcha yaxshi, go'zal narsalar yomon, xunuk bo'lib ko'rinishi, barcha yara- mas, xunuk narsalar esa aksincha, chiroyli, go'zal bo'lib ko'rinishi haqidagi voqea bilan boshlanadi. Jodugarning shogirdlari bu ko'zguni butun dunyo bo'ylab olib yuradilar. Juda katta kashfiyot qilindi, endi dunyo butunlay yangicha ko'rinadigan bo'ladi, deb jar soladilar. Bu bilan Andersen bir bema'ni, qabih narsa paydo bo'lsa va uning oldi olinmasa, u butun dunyoga, barcha odamlarga salbiy ta'sirini ko'r- satishi mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Darhaqiqat, jodugarning shogirdlari bu ko'zguni osmonga ham olib chiqmoqchi, ya'ni uni ilo- hiylashtirmoqchi bo'ladilar. Biroq yovuzlikning umri uzoqqa cho'zil- maydi. Ko'zgu ham qancha yuksakka ko'tarilsa, shuncha qiyshayib boradi va oqibatda sinib, million-million bo'laklarga parchalanib ketadi. «Bir chimdim tuz bir xum asalni buzar» degan naql bor xalqimizda. Ana shu ko'zguning kichik bir zarrasi kimning ko'zi-yu yuragiga tushsa, shu kishi loqayd, sovuqqon, atrofdagilarga befarq bo'lib qoladi. Uning ko'ziga barcha go'zal, yaxshi narsalar xunuk, yomon ko'rina boshlaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling