Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratilgan undalmalar
- Uyushgan undalmalar
3. Murakkab undalmalar.
Undalmalar murakkab bo'lishi ham mumkin. So'zlovchi o'z suhbatdoshiga murojaat qilib, uni turlicha ataydi va unga nisbatan o'zining munosabatini bildiradi. Natijada, so'zlovchining nutqi qaratilgan bir obyekt har xil nomlanadi. Bunday vaqtda undalma bir obʼektning turli xil xususiyatlarini ifodalovchi so'zlardan iborat bo'ladi. Bu undalmalar murakkab undalma bo'lib, ikki va undan ortiq yolg'iz undalmalardan tarkib topadi. Masalan: Kel, hayotim, shavkatim, ot o'ynatib, mardona kel! (U y g' u n). Mehnat, muhabbatning, sharaf, nomusning xalqimiz qalbida tantanasi-chun, sipqoring, a z i z l a r, d o' s t l a r, yo r o n l a r... (G'. G' u l o m). Bu gaplarda hayotim, shavkatim; azizlar, do'stlar, yoronlar murakkab undalmadir. Birinchi gapdagi murakkab undalma ikki yolg'iz undalmadan, ikkinchi gapdagi murakkab undalma esa uch yolg'iz undalmadan tuzilgandir. Murakkab undalmalar bir shaxs yoki predmetning turli xususiyatlarini bildiruvchi bir necha yolg'iz undalmaning o'zaro birikib kelishidan hosil bo'ladi. Bu undalmalar ko'pincha lirik sheʼrlarda uchraydi va nutqdagi his-hayajonni, emotsionallikni kuchaytiradi. Masalan: Ol qasos, yerlarga yanchib qil uni motamsaro, Yovni enggan pahlavonning nomi ketsin xalqaro, Qahramonim, arslonim, mehribonim, b o' l omon (H. O l i m j o n). Ajratilgan undalmalar. Undalmalar ajratilgan holda ham kelishi mumkin. Ajratilgan undalmalar o'zidan oldin kelgan undalmani izohlab keladi. Misollar: Dehqonboy, b o l a m, siz ham. Mavlonning maslahati bilan ish tuting (A. Qahhor). Uyushgan undalmalar. Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin. Uyushgan undalmalar ikki va undan ortiq undalmalardan iborat bo'lib, so'zlovchining bir vaqtda bir necha shaxs va obyektga undashini bildiradi. Bu undalmalar undash obyektining miqdoriga ko'ra murakkab undalmalardan farq qiladi, yaʼni uyushgan undalmalarda undash obyekti ko'p, murakkab undalmalarda esa undash obyekti bitta bo'ladi. Uyushgan undalmalar bog'lovchilar va intonatsiya yordami bilan o'zaro birikadilar. Bu undalmalar tarkibidagi elementlar bir-biri bilan mazmunan mustahkam birikkan bo'lsa, ko'pincha bog'lovchilar bilan, mustahkam birikmagan bo'lsa, intonatsiya orqali bog'lanadi. Misollar: P a r a n ji va ch i m m a t! Tezroq kelgan joyingga qayt.... (H. H. N i yo z i y) Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling