Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


UNDALMANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

UNDALMANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Hozirgi o'zbek adabiy tilida bir guruh so'zlar borki, ular gap tarkibida kelib, 
gap bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv, bitishuv yo‘llari orqali aloqaga 
kirmaydi, gapning umumiy mazmuni bilan bog’lanib, gapga va uning bo'laklariga 
tegishli bo'lib, so’zlovchining o'z suhbatdoshiga murojaatini, aytilayotgan fikrga 
munosabatini bildiradi, gap bo'laklaridagi maxsus ohang bilan ajratib aytiladi. 
Bunday so'z va so'z birikmalari grammatikada gap bo'laklari bilan 
____________________________________________________________⁵
«Грамматика русского язика», том II, часть 2, М„ Изд-во АН СССР, 1954, 
стр. 134.

grammatik bog'lanmagan so'zlar termini bilan yuritiladi. 


Gap bo'laklarn bilap grammatik bog’lanmagan bo'laklar haqida fikr yuritar 
ekanmiz, dastavval, gap bo'laklari haqida qisqacha bo'lsa ham to'xtalib o'tishga 
to'g'ri keladi. 
Gap qurilishida qatnashgan, maʼlum bir so'roqqa javob bo'lgan har bir 
mustaqil so'z gap bo'lagi bo'la oladi. Gap bo'laklarining har biri mazkur gapning 
boshqa bir bo'lagi bilan adoqaga kirishadi. Yordamchi so'zlar alohida o'zi gap 
bo'lagi bo'la olmaydi, ular gap bo'laklarining o'zaro sintaktik munosabatga 
kirishishlari uchun xizmat qiladi. 
Gap bo'lgklari bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga bo’linadi. Bosh bo'laklar 
ega va kesimdan iborat bo'lib, gapning asosini tashkil qiladi. Ikkinchi darajali 
bo'laklar to'ldiruvchi, hol va aniqlovchidan iborat bo'lib, bosh bo'laklarda ifoda 
qilingan asosiy fikrni to'ldiradi va harakatning o'rinini, maqsadini bildiradi. 
Gap bo'laklari gapning boshqa bir bo'lagi bilan o'zaro yo moslashuv, yo boshqaruv
yo bitishuv yo'li bilan aloqaga kirishadi va o'zaro zich bog'lanib, turli 
munosabatlarni anglatuvchi so‘z birikmalarini tashkil qiladi. 
Masalan: Maktab o'qituvchilari nazariy konferensinlarga aktiv qatnashmoqdalar. 
Bu gapda ega bilan kssim (o’qituvchilar qatnashmoqdalar), qaratqich bilan 
qaralmish (maktab o‘qituvchilar) moslashuv, to'ldiruvchi bilan kesim 
(konferensiyalarga qatnashmoqdalar) boshqaruv, sifatlovchi bilan sifatlanmish 
(nazariy konferensiya), hol bilan kesim (aktiv qatnashmoqdalar) bitishuv orqali 
aloqaga kiradi. 
Gap bo'laklari bilan grammatik bog'lanmagan bo'laklar esa gap bo'laklari kabi 
maʼlum bir so'roqqa javob bo'lmaydi, ulardek moslashuv, boshqaruv, bitishuv 
orqali aloqaga kirishmaydi. Demak, ganning bosh va ikkinchi darajali bo'lagi bo'la 
olmaydi. 
Gap bo'laklari bilan grammatik bog'lanmagan bo'laklar kirish bo'lak, gap boshida 
keluvchi tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo'q so'zlari va undalmadan ibaratdir. 
Kirish bo'lak so’zlovchining gapida aytilayotgan fikrga munosabatini bildiradi. 
Kirish bo'laklar aytilayotgan fikrning kimga qarashliligini, yoki avvalgi fikr bilan 
bog’liqligini, ikki yoki bir necha fikrning tartibi, ishonch va tasdiq, achinish, 
taajjub kabi maʼnolarni anglatadi. Bular gapning har qayerida keladi va og'zaki 
nutqda maxsus intonasiya bilan aytiladi, yozma nutqda esa tinish belgilari bilan 
ajratiladi. 



Tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo'q so'zlari gap boshida kelib, so'zlovchining 
aytilayotgan gapdan anglashilgan fikrga munosabatini, yaʼni fikrning tasdiq yoki 
inkor ekanligini ko'rsatadi. Ha, yo'q so'zlari gap bo'laklaridan pauza bilan ajratiladi. 
Undalma so'zlovchi bilan tinglovchining o'zaro munosabatini bildiradi. U gap 
tarkibiida kelib, o'zi ishtirok etgan gapning mazmuniga tegishli bo'ladi. Undalma 
gap bo'laklaridan maxsus intonatsiya bilan ajratib aytiladi. 
Undalma, kirish bo'lak, javob bo'laklari o'zlarining umumiy xususiyati bilan bir 
kategoriyani tashkil qilsa ham, ammo ularning har biri o'ziga xos xususiyatlari 
bilan bir-birlaridan ajralib turadi. Masalan: Undalmaning kirish bo'lak va javob 
bo'lak bilan umumiy tomoni gap tarkibida kelib, gap bo'laklari bilan moslashuv, 
boshqaruv, bitishuv orqali aloqaga kirmasligi, gapning bosh va ikkinchi darajali 
bo'lagi vazifasida kelmasligi bo'lsa, leksik-semantik xususiyatlarini, ifodalashni, 
stilistik roli, asosan ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'lishi uning o'ziga xos 
xususiyatlaridir. 
Undalma so'zlovchi bilan tinglovchining o'zaro munosabatini bildiradi. 
So'zlovchining tinglovchiga bo'lgan munosabati murojaat qilish, undash orqali 
bo'ladi. So'zlovchining bu xil munosabatini, undashini ifodalovchi so'z 
grammatikada undalma hisoblanadi. 
Undalma orqali so'zlovchining nutqi shaxslarga qaratiladi. Maʼlum bir maqsadni 
amalga oshirish uchun so'zlovchi tinglovchiga undaydi, unga murojaat qiladi. 
Murojaat qilingan, undalgan shaxsning ifodasi bo'lgan so'z undalma bo'lib keladi. 
So'zlovchi yoki yozuvchi lisonda mavjud bo'lgan xususiyatlarni baʼzan hayvonlar, 
parrandalar kabi jonli predmetlarga ko'chiradi. Shu jonli predmetlarning ifodasi 
bo'lgan so'zlar undalma bo'lib keladi. 
Masalan: Sayra, qushcham, sayra. Qushda sayrash qobiliyati bor, lekin unda ongli 
ravishda gapga tushunish, iltimos yoki buyruqni bajarish xususiyati yo'q. Demak, 
bu misolda insonga xos xususiyatlar qushga ko'chirilgan.
Undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z birikmasi undalma 
deb ataladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratiladi. Undalma boshqa gap 
bo‘laklari bilan faqat mazmunan bog‘langan holda bo‘ladi.



O’zbek tilshunosligida undalma olimlar A.Sayfullayev, Z.Akbarovalar
tomonidan monografik tadqiq qilingan. Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan 
grammatik jihatdan bog‘lana olmaydi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling