Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


To'rtinchi! To'rtinchi! Yigirmaga


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

To'rtinchi! To'rtinchi! Yigirmaga quloq sol. Mana, o'rtoq polkovnik (Ya sh i n). 
3. Otlashgan sifatdoshlar bilan: 
Parchalandi u tuzilish, yuzin ochdi tekis turmush. 
E z i l g a n l a r! Endi yo'qdir ustingizda dahshatli musht: (Oybek) 
III. Olmosh yoki undov bilan ifodalangan undalmalar.
Undalmaning olmosh bilan ifodalanishi haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar 
mavjud. A. G'ulomov bu haqda shunday deydi: «Ikkinchi shaxs (birlik, ko'plik — 
sen, siz) olmoshlari hech qachon undalma bo'lmaydi». 


Turkiy tillar grammatikasida, masalan, yakut va ozarbayjon tillari grammatikasida 
undalmaning olmosh bilan ifodalanishi ko'rsatiladi. Shuningdek, undalmaning 
olmosh bilan ifodalanishi haqida rus tili grammatikasida ham har xil qarashlar bor.
I. V. Ustinov, A. M. Finkel, N. M. Bajenovlar esa hozirgi rus adabiy tilida 
undalmalar kishilik olmoshlari bilan ifodalanmaydi degan fikrni ilgari suradilar. 
So'zlovchi tinglovchining maʼlum bir harakatidan xafalanib, xursand bo'lib, yoki 
tinglovchiga mensimaslik bilan qarab murojaat qilishi, undashi mumkin. Bunday 
vaqtlarda undalma olmosh bilan ifodalanib keladi. Undalmaning olmosh bilan 
ifodalanishi ot va otlashgan so'zlar bilan ifodalanishiga qaraganda kam uchraydi. 
Undalma olmoshning barcha turlari bilan ifodalanmaydi, faqat birlik va ko'plik 
sondagi ikkinchi shaxs kishilik olmoshlari (sen, siz) bilangina ifodalana oladi.
Misollar: 1. Ey sen, dangasa! Nega sen soyada yotibsan? (Afandi latifalari). 
2. Ay siz, mening kichik do‘stlarim, 
Vataningiz sevar shunchalar (Diyor). 
IV. So‘z birikmasi bilan ifodalangan undalmalar . 
Undalma sintaktik birikmalar va ularning har bir turi bilan ifodalana oladi. 
1. Undalmaning sintaktik erkin birikmalar bilan ifodalanishi: 
E chamanning bulbuli, gulshanga kir, gul sayriga, 
Zeb borib, orolanib, husnini chandon etdi gul (S. A b d u l l a). 
2. Undalmaning sintaktik turg'un birikmalar bilan ifodalanishi:
Mashina traktor stansiyalarining xodimlari! Barcha qishloq xo'jalik ekinlarining 
hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini oshirish uchun kurashingiz! 
Shunday qilib, hozirgi o'zbek adabiy tilida undalmalar morfologik-sintaktik 
jihatdan bosh kelishikda kelgan ot, otlashgan so'zlar, olmosh, undovlar
shuningdek, so'z birikmalari bilan ifodalanadi. Bulardan ot, so'z birikmasi bilan 
ifodalanishi otlashgan so'zlar, olmosh yoki undov bilan ifodalanishiga qaraganda 
ko'p uchraydi.
Masalan, Abdulla Qahhorning «Og'riq tishlar» asarida 172 ta undalma bo'lib, 
shundan 124 tasi ot bilan, 31 tasi so'z birikmasi bilan, 7 tasi otlashgan so'zlar bilan, 


10 tasi olmosh yoki undov bilan ifodalangan. Shuningdek, Bahrom Rahmonovning 
«Surmaxon» asarida esa 158 ta undalma bo'lib, 95 tasi ot bilan, 54 tasi so'z 
birikmasi bilan, 8 tasi otlashgan so'zlar bilan, bittasi olmosh bilan ifodalangan. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling