Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


tabek, siz javob beringiz, Akram hoji bilan bo'lgan majlisingiz kimnikida edi?  (A.Q o d i r i y).  Tojixon


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

0tabek, siz javob beringiz, Akram hoji bilan bo'lgan majlisingiz kimnikida edi? 
(A.Q o d i r i y). 
Tojixono'rtog'ingizga tushuntirib qo'ying, men unaqa mayda, engiltak yigitlardan 
emasman (Uyg'un).
Oftobxon, juda ham o'jar ayol ekansiz, ko'zingiz uyquda, quloq soling (Yashin). 
Hayvonlar va qushlarga qo'yilgan nomlar: 
Aytchi, Xumo, soyang biror odamning boshiga tushganday bo'lsa, u kishi tez 
orada podshoh bo'larmish, deyishadi — ,shu to'g'rimi? (Hind ertaklari). 
Astronomik nomlar: 
Sen bilan babbaravar uyg'onoldim, e y q u yo sh, 
Tong otardan kechgacha sen har kun menga yo'ldosh (G'. G' u l o m). 
Undalmalar toponimikalar (toponimik otlar) bilan ifoda qilinganda, quyidagicha 
bo'ladi: 
O‘lka va viloyat nomlari: 
Guli sumbul, suvi shakar, quyoshli nurli F a r g' o n a, 
Sen oltin vodiysan, har bir toshing gavhar va durdona 
(Akmal Po'lat). 
Ey quyosh o'lkasi, hur O‘zbekiston, 
Ulug' oilada teng, aziz o'g'lon, 
Daryoda suving mo'l, ering bepoyon
Shahar, qishloqlaring obod, charog'on, 
Omon bo'l, omon! 
(Ramz Bobojon). 
Shahar va qishloq nomlari: 
Moskva, Moskva, go'zal Moskva 
Seni yuragim der shahar, qir, uva 


 
II. Otlashgan so'zlar bilan ifodalangan undalmalar.  
Otlashish boshqa turkumdagi so'zlarning, yaʼni sifatlar, sonlar va sifatdoshlarning 
ot vazifasida qo'llanishidir. Ot vazifasida qo'llanilgan so'zlar bir tushunchani 
ifodalaganda, ularning ma’nolari torayadi. Chunonchi, go'zal so'zining maʼnosi 
keng bo'lib, u bir qancha tushunchalarni bildiradi. 
Masalan: go'zal bog', go'zal manzara, go'zal tabiat, go'zal joy, go'zal shahar, 
go'zal haykal, go'zal bola, go'zal qiz kabi.
Go'zal so'zi otlashganda, uning maʼnosi torayadi va u bir predmet tushunchasini 
ifoda etadigan bo'ladi.
Masalan: Jonlatay, so'zlatay varaqlarni, 
Ey go'zal, o'ynama, sekin tingla (H. Olimjon). 
Bu gapdagi go'zal so'zi aslida sifat bo'lib, bu o'rinda otlashib kelgan. Misolimizdagi 
go'zal so'zi bir predmet tushunchasi, yaʼni shaxs tushunchasini bildiradi. 
Undalma quyidagicha otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi. 
1. Otlashgan sifatlar bilan: 
Semurg' dedi: Ey,botir 
Kel endi o'rningdan tur (H. O l i m j o n). 
2. Otlashgan sonlar bilan: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling