Mashg'ulot:
Er, suv endi, dehqon, seniki,
Quyosh singgan zamon seniki!
(Oybek).
Sizga bag'ishlanur, o' q u v ch i m,
Ijodimning eng asl bobi
(U y g' u n).
U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifoda etiladi. Bu jihatdan
undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan
grammatik jihatdan
bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga undash intonatsiyasi, pauza (to‘xtash) bilan
aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi, ya’ni ega kesim bilan shaxs
va son(birlik va
ko‘plik)da
moslashadi, undalma esa moslashmaydi:
Karimjon ertaga keladimi
gapida (ega -3-shaxs,
birlikda) (kesim – 3-shaxs birlikda)?
Karimjon, ertaga kelasizmi
gapida (undalma –
3-shaxs, birlikda) (kesim - 2-shaxs, ko‘plikda) ayrim
hollarda,
ayniqsa, she’riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning
nomini bildirgan
so‘zlar ham undalma bo‘la oladi:
Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding. (U.Nosir).
She’riy asarlarda shoir ba’zan o‘ziga, ya’ni
so‘zlovchiga ham qarata murojaat etishi mumkin:
Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon.
Undalmalar quyidagicha ifodalanadi: