Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


UNDALMANING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

UNDALMANING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI 
Undalma so'zlovchining nutqi qaratilgan obyektni bildiradi. Bu o'rinda obyekt 
so'zining maʼnosi keng bo'lib, u kishi otlari, jonli va jonsiz predmetlar nomi, tabiat 
hodisalari kabi tushunchalarni bildiradi. Shunday qilib, so'zlovchining nutqi 
qaratilgan obyektning ifodasi bo'lgan so'z va so'z birikmalari undalma bo'lib 
keladilar. Undalmaning leksik-semantik xususiyati hozirgi o'zbek adabiy tilida juda 
ham xilma-xildir. Shunday bo'lishiga qaramasdan, o'zbek tilida mavjud darslik va 
qo'llanmalarning ko'pida undalmaning leksik-semantik xususiyatlari haqida deyarli 
hech nima deyilmagan. Faqat A. G'. G'ulomov va A. H. Sulaymonovlar bu haqda 
qisqacha maʼlumot beradilar. 
Filologiya fanlari doktori A. G'. G'ulomov shunday yozadi: «Undalma kishi otlari, 
qarindoshlik otlari, yoshga qarab ishlatiladigan nomlar, holat, amal va shu 
kabilarni bildiruvchi so'zlardan iborat bo'ladi». 
Filologiya fanlari kandidati A. H. Sulaymonov esa undalma haqida quyidagilarni 
yozadi: «Undalmalar ko'pincha shaxslarning ism-familiyasi, unvoni, taxallusi, 
laqabi kabilardan iborat bo'ladilar yoki qarindoshlik munosabatlarini, shaxslarning 
kasbini, yoshini va boshqa shu kabilarni bildiruvchi so'zlardan bo'ladilar». 
Akademik A. M. Peshkovskiy, A. A. Shaxmatov kabi rus olimlarining asarlarida
shuningdek, SSSR Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti tomonidan nashr 
etilgan «Grammatika ruskogo yazmka» (tom II, chastь II, 1954, str. 123) asarida 
ham undalma, uning leksik-semantik xususiyatlari haqida anchagina fikrlar bayon 
qilingan. 
Undalma bo'yicha to'plangan materiallarni o'rganish va misollarni analiz qilish 
nutq qaratilgan obyekt nuqtai nazaridan undalmani dastlab uch asosiy gruppaga 
bo'lib tekshirish zarurligini ko'rsatadi: 
20 А. Ғ. Ғ у л о м о в, Содда гап, Тошкент, 1955, 98-бет. 
21 А. Ҳ. С у л а й м о н о о, Узбек тилида атов гап, ундалма ва вокатив гаплар, 
УзДУ асарлари, янги серня, № 66, Самарқанд, 1956. 


22 А. М. П е ш к о в с к и й, Русскнн синтакспс в паучном освешении,
Изд. 7. М., 1956. 
23 А. А. Ш а х м а т о в. Сннтакснс русского язьгка, пзд. 2, Л., 1941. 
25 
I. Shaxslarga qaratilgan undalmalar. 
II. Jonli predmetlarga qaratilgan undalmalar. 
III. Jonsiz predmetlarga qaratilgan undalmalar. 
I. Shaxslarga qaratilgan undalma so'zlovchi bilan tinglovchining munosabatini 
bildiradi. So'zlovchi o'z nutqiga tinglovchining diqqatini jalb qilish maqsadida 
unga murojaat qiladi. So'zlovchi tinglovchini ishga undashi, daʼvat etishi, 
jamiyatdagi yangiliklardan xabardor va xursand qilishi, qistashi va koyishi 
mumkin. 
So'zlovchining shaxslarga undashi adabiy tilda, jonli tilda, xalq ogzaki ijodida, 
ko'pincha chaqiriqlarda, buyruq va xitobnomalarda uchraydi. Shaxslarga undash 
undalmaning boshqa turlariga nisbatan ko'p qo'llaniladi. Shuning uchun bu 
gruppaga kiruvchi undalmalar ikkinchi va uchinchi guruhdagi undalmalarga 
qaraganda asosiy o'rinni egallaydi. 
Shaxslarga qaratilgan undalmalar dastavval ikki katta guruhga bo'linadi. 
1. Yakka shaxsga qaratilgan undalmalar. 
2. Umumshaxsga qaratilgan undalmalar. 
1. Yakka shaxs maʼnosini bildiruvchi undalmalar yolg'iz shaxsga (bir shaxsga) 
qaratilgan bo'ladi. Bu undalmalar so'zlovchining tinglovchiga undashi shuningdek, 
o'z-o'ziga murojaat qilishini ko'rsatadi. Yakka shaxsga qaratilgan undalmalar 
ko'pincha notiqlar nutqida, shaxsiy yozishmalarda, dialoglarda, o'zaro suhbatlarda 
qo'llaniladi. 
Yakka shaxsga qaratilgan undalmalarning o'zi ham ikkiga bo'linadi: 
a) tinglovchiga qaratilgan yakka shaxs undalmalar;
b) so'zlovchining o'ziga qaratilgan yakka shaxs undalmalar. 


Tinglovchiga qaratilgan yakka shaxs undalmalar so'zlovchining suhbatdoshga 
(tinglovchiga) undashini bildiradi. 
Tinglovchiga qaratilgan yakka shaxs undalmalar ham o'z navbatida ikkiga 
bo'linadi: 
So'zlovchining nutqi bevosita tinglovchiga qaratilgan 
yakka shaxs undalmalar: Jon o'g'lim, senga nima bo'ldi,— 
xotiningni qarindoshlari oldida erga qaratmoqchimisan? (S. Abdulla).  
Xabardor bo'ling, yaxshi yigit, itingiz 
talamasin,— deb otliq qo'rqa-qo'rqa oldin yurdi (S. A yniy).
Shovqin solma, jiyanim, sestralarning shovqinidan 
qulog'imda quloq qolgani yo'q. Endi sen ham bormi? (A. Q a hhor)
So'zlovchining nutqi bavosita (sirtdan) tinglovchiga qaratilgan yakka shaxs 
undalmalar yozma nutqda (xat, varaqa, xitob, shior kabilarda) qo'llanadi: 
 J o' r a aka! Agar Sizga malol kelmasa, bitta movut beretka olib yuborsangiz, 
chunki Toshkent qizlarining hammasiga beretka kiyish rasm 
bo'lib ketgan (G'. G'ulom). 
Tinglovchiga qaratilgan yakka shaxs undalmalar leksik-semantik xususiyatiga 
ko'ra quyidagi maʼnolarni bildiradi: 
Konkret ism
Yulduzxon, ishoning axir, bu sovg'a 
sizga chin yurakdan, ishoning... (R. Fayziy).
Yodlash keyin bo'lar, gaplashib o'tiring, Muhammadjon! (S. Abdulla).

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling