Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


Ot: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam qo'ydim. («Oz-oz o'rganib, dono  bo'lur»)  2.Otlashgan sifat


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

1.OtEy ustod, men buyuk ishlarga qadam qo'ydim. («Oz-oz o'rganib, dono 
bo'lur») 
2.Otlashgan sifatShunday demaysizmi, azizim! 
3. Otlashgan sonTo'rtinchi, birinchiga javob bering. 
4. Otlashgan sifatdosh: Ey musobaqada g'olib chiqqanlar, sizlarga shon-
sharaflar bo'lsin; 
5. Undov so'zlar: Beri keling! 
6. Iboralar bilanHoy, yiqit tushmagur, nima qilib qo'yding!
 
Undalma gapda barcha bo’laklarining muqobili bo'lishi mumkin: 
1. Kesim: Do'stim, ishonganim sensan; 
2. Ega: Oybek, sen maktabga kechikyapsan; 
3. Hol: Halim, sen tufayli murodimga yetdim
4.Aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbatin dilingda pinhon; 
5. To'ldiruvchi: Qarchig'ay changalim, senga yo'l bo'lsin. 
Undalma qo'llanganda ko'pincha muqobil bo'lak tushib qoladi:
Kel, ey Furqat, (sen) suxanni muxtasar qil.
UNDALMANING MORFOLOGIK-SINTAKTIK IFODALANISHI 
Hozirgi o'zbek adabiy tilida undalmaning morfologik-sintaktik ifodalanishi juda 
ham xilma-xildir. Lekin o'zbek tilida mavjud darslik va qo'llanmalarda 
undalmaning ifodalanishi to'la yoritilmagan. 
Undalmaning morfologik-sintaktik ifodalanishi, gap bo'laklarining material 
tomondan ifodalanishiga bir qadar o'xshaydi. Gap bo'laklaridan biri— ega material 
tomondan asosan bosh kelishikdagi ot va otlashgan so'zlar bilan ifodalansa, 
undalma ham ega singari material tomondan bosh kelishikda kelgan ot va 
otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi. 


Ega maʼnosi, ifodalanishi va vazifasi jihatidan undalmadan farq qiladi. Ega 
material tomondan deyarli hamma so'z turkumlari bilan ifodalansa, undalma 
hamma so'z turkumlari bilan ifodalana olmaydi. Ega vazifasida kelgan so'zlar har 
uchala shaxsni birlik va ko'plikda ko'rsata oladi, undalma bo'lib kelgan so'zlar esa 
asosan ikkinchi shaxsni ko'rsatadi. 
Undalma ko'pincha shaxslarga qaratilganligi uchun ot bilan ifodalanadi. 
Undalmaning ot bilan ifodalanishida tekislik, baravarlik yo'q. U baʼzi otlar bilan 
(shaxs nomlari bilan) ko'proq, baʼzi otlar bilan esa kamroq ifodalanadi. Undalma 
otlashgan so'zlar bilan ifodalanganda, otlashgan so'zlarning maʼnosi torayadi. 
Undalma, shuningdek, olmosh, undov hamda so'z birikmasi bilan ham ifodalanishi 
mumkin. 
Undalmaning morfologik-sintaktik ifodalanishini quyidagi guruhlarga bo’lib 
tekshirish lozim. 
I. Ot bilan ifodalangan undalmalar. 
II. Otlashgan so'zlar bilan ifodalangan undalmalar. 
III. Olmosh yoki undov bilan ifodalangan undalmalar. 
IV. So'z birikmasi bilan ifodalangan undalmalar. 
I. O t bilan ifodalangan undalmalar 
"Undalma otning semantik tomondan atoqli va turdosh, konkret va abstrakt, jonli 
va jonsiz, to'da va tur, yakka va jamlovchi kabi turlari bilan ifodalanadi. 
1. Undalmaning atoqli otlar bilan ifodalanishi.
Atoqli otlar yakka shaxs-predmetlar nomini bildiradi. Bular ham o'z navbatida 
ikkiga bo'linadi: 
a) onomastika; 
b) toponimika 
Undalmalar onomastikalar (yoki onomastik otlar) bilan ifodalanganda quyidagicha 
bo'ladi: 


Kishi nomlari
:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling