Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet97/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Absolyut moliyaviy barqarorlikning asosiy sharti noto‘lovlar va ular kelib chiqish sabablarining mavjud emasligidir.
Sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik ichki va tashqi moliyaviy intizomning buzilmasligini taqozo etadi.
Beqaror moliyaviy ahvol moliyaviy intizomning buzilishi (mehnat haqini to‘lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo‘sh turgan o‘z mablag‘lari, rezerv fondlari va boshqa fondlardan foydalanish), hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining uzilishlar bilan tushishi, rentabellikning beqarorligi, moliyaviy rejaning, jumladan, foyda bo‘yicha rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan xarakterlanadi.
Inqirozli moliyaviy holat quyidagi bir necha darajalarga ega:

  • birinchi daraja (1): muddati o‘tkazib yuborilgan bank ssudalarining mavjudligi;

  • ikkinchi daraja (P): 1 + tovarlar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarga muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi;

  • uchinchi daraja (Sh): P + byudjetga nisbatan boqimandalarning mavjudligi.

Inqirozli moliyaviy holatda zaxiralar va xarajatlar ularni shakllantirish manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYuS va bankrotlik arafasidagi chuqur inqiroz to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Bunday vaziyatda pul mablag‘lari, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlari uning kreditorlik qarzlarini va muddati o‘tkazilgan ssudalarni qoplamaydi.
319

  • xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri;

  • davlatning soliq va kredit siyosati;

  • iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining darajasi;

  • jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning umumiy darajasi;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi;

  • XYuS faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari;

  • va boshqalar.

XYuSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin:

  • ichki barqarorlik;

  • tashqi barqarorlik;

  • umumiy barqarorlik.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling