Ajiniez nomidagi nukus davlat pedagogik instituti tarix fakul
MAVZU: ERON 1918-1945 YILLARDA
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- 5 MAVZU: TURKIYA 1918-1945 YILLARDA REJA
4 MAVZU: ERON 1918-1945 YILLARDA REJA: 1.
I jahon urushidan keyin Eronning iqtisodiy va siyosiy ahvoli. 2.
Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Eron 3.
II – jahon urushi yillarida Eron. Urushning Eron uchun yakunlari. 4.
AINK va Eron
1.
Vsemirnaya istoriya v 10 tom. M., 1961-1965gg 8-10 2.
Xrestomatiya po noveyshey istorii v 3-x t. M., 1960 t.1-2 1961g 3-t 3.
Aktualno'e problemo' noveyshey istorii M., 1991 4.
Dementyev I.P., Patrushev A.I. Istoricheskaya nauka v XX veke. Istoriografiya istorii novogo i noveyshego vremeni stran Yevropo' i Amerik Izd- vo. «Prostor» M., 2002 g 5.
Yaz'kov YE.F. Istoriya noveyshego vremeni stran Yevropo' i Ameriki 1945-2000 Izd-vo «Prostor» M., 2002 g 6.
stran Yevropo' i Ameriki V 3-x chastyax 2 chast 2-3 M., izd-vo «Vlados» M., 2000 g
7.
Rodriges A.M. Noveyshaya istoriya zarubejno'x stran XX vek. Izd-vo «Vlados» M., 2001 g 8.
Rodriges A.M., Ponomarev M.V. Noveyshaya istoriya stran Yevropo' i Ameriki XX v. V 3-x.2 «Vlados» M., 2001 g 9.
vremen do nachala XXI v. Izd-vo «KnoRus» M., 2002 g 10.
Munchayev SH.N., Ustinov V.M. Istoriya Sovetskogo gosudarstva Izd-vo «Infra -M» M., 2002 g 11.
Xidoyatov G.A. Vsemirnaya istoriya (1914-1945) CH-1 Uchebnik dlya X klassov T., 1999 g 12.
Xidoyatov G.A.,. Gulomov X.G. Vsemirnaya istoriya. Noveyshiy period Yevropa i SSHA posle vtoroy mirovoy voyno' (1945-1999) Uchebnoye posobiye dlya studentov R.U.T., 1999 Eron-G'arbiy Osiyodagi davlat. Eron shimoldan sobiq SSSR, G'arbdan Turkiya va Iroq, sharqdan Afg'oniston va Pokiston bilan chegaradosh. Shimolda Kaspiy dengizga tutash, janubdan Fors va Ummon qo'ltiqlari bilan bog'langan. (shu qo'ltiqlardagi Kegim, Xurmuz, Xark va boshqa orollar Eronga qarashli). Maydoni 1848 ming km2. Poytaxti – Texron shahri. Ma'muriy jihatdan 14 oston (viloyat)ga 9 bosh gubernatorliklarga bulingan. Eronda 30 dan ortiq xalq yashaydi. Axolisining 75%ga yaqini eron tillari guruhiga kiruvchi xalqlar: forslar, ishonlar, mozandaronlar, kurdlar, lorlar, baxtiyoriylar, balujlar, tomillar, tatalar, xazorlar, jamshidlar, afg'onlar, tijiklar va boshqalar. Rasmiy til -fors tili,. Xukmron din – islom dini. Musulmonlarning 90%i shialar, bir qismi suniylar.
19 1930 yillarga kelib Rizo Shox imperialistik mamlakatlar siyosatini qo'llab- quvvatlab, ular bilan yaqinlasha boshladi. 1933 yilda ingliz-eron neft kompaniyalarining yangi kelishuvi imzolandi. Bu kelishuvga asosan tulovlar 1993 yilga qadar to'lanishi kerak edi. (AINK). Bu davrga kelib Rizo Shox tashqi siyosatda ochiq-oydin Sovet davlatiga qarshi chiqa boshladi. 1937 yilda Eron Sovet Ittifoqiga dushmanlarcha qarama-qarshiligini bildirib, Sadobod paktiga imzo chekdi. (Saadobod Texron yaqinidagi Eron shohining yozgi qarorgohi) Urush boshlanishi arafasida Rizo Shoh fashistik Germaniya bilan yanada yaqinlashdi. Germaniya esa Eron II – jaxon urushida g'alaba qozonishda plasdari bulishini ko'zlagan edi. Urush arafasida Eronning Germaniyadan qarzi yillik tashqi savdoning 40-45%ini tashkil qildi. Germaniya temir yo'l va og'ir sanoat uskunalari bilan Eronni ta'minladi. Nemislar Eronda aerodom qurdi, xarbiy zavodlarni nazorat qildi. Shunga uxshash bir qancha zavod va fabrikalar qurib berdi. II-jaxon urushi boshlanib Germaniya SSSRga xujum boshlagach Eron xukumati betaraflik siyosatini tutib, uzini meytral deb e'lon qildi.Rizoshohning bevosita yordami bilan Eron O'rta Sharqda gitlerchilarning asosiy asosiy bazasiga aylandi. Minglab josuslar va xarbiy texnikalar Eronda SSRga qarshi tayyorgarlik ko'rib, faoliyat ko'rsatdilar. Gitlerchilar agar SSSRga karshi urush aytilgan natija bermasa, Eronda xarbiy tuntarish qilajagini bildirdi. 1941 yil iyul – avgustida sovet hukumati 3 marta Eron hukumati SSSRga qarshi xavf bu Eronga ham xavfli ekanligini aytib ogohlantirdi. 1921 yilda sovet qo'shinlari Eronga kiritilgan edi. 1941 yil 25 avgustida Eron uni olib chiqishi Sovet ittifoqiga bildirdi, lekin bir vaqtning o'zida ingliz armiyasini Eronga kiritdi. Ko'plab nemis agentlari yashirinib Eronda o'z ishlarini davom ettirdilar. Shunday qilib Germaniya va uning xamtovoqlari Eronda qolaverdi. Mamlakatda o'z obro'sini yo'qotgan Rizo Shox 16 sentabrda (1941) mamlakatni tashlab ketadi va uning o'rniga shox etib uning o'g'li Muhammad Rizo e'lon qilindi: 1942 yil 29 yanvarda Texronda SSSR. Buyuk Britaniya Eronning o'zaro ittifoqi to'g'risidagi shartnomani imzoladi. Unda ittifoqchilar bir-birini chegarasini xurmatlash, Eron mustaqilligini tan olgan holda Germaniya va boshqa agresserlar tajovuzidan uni ximoya qilish kelishib olindi. Sovet qo'shinlarining Eronga kirishi 1942 yilad Germaniya Eronni asoratga solishini oldini oldi. Hamda Eronni gitlerchilar koalisiyasiga kirib qolishidan saqladi. Ingliz – sovet –eron shartnomasiga ko'ra SSSRga Eron orkali kurol aslaha olib o'tib turish kelishib olingan edi. 9 sentabr 1943 yilda Eron Germaniyaga rasman urush e'lon qildi, lekin qo'shinlarini urushga kiritmadi. Ittifoqchilarning 1943 yil 1 dekabrdagi konferensiyasida Eronga iqtisodiy yordam berish ko'zlandi. Urush davom etishiga qaramasdan SSSR Eronga oziq-ovqat mollari, medisina yordami ko'rsatdi. AQSH ekspansiyasi imperialistik mamlakatning boshqa bir davlat bosib olishga urinishi 1942 yil avgustidan 1943 yilgacha fevralgacha Kavom-As-Sulton besh vazir lavozimida ishlay boshladi. U AKSH bilan Eron-amerika savdo shartnomasi tuzib, amerika mollarini Eronga olib kirishga keng yo'l ochib bergan edi.
20 1942 yilda AKSH o'z qo'shinlarini Eronning Bendor-Shoxpur va Xurramshaxr partlariga keltirib, be portlarni va Transeron temir yo'lining janubiy qismini nazorat qila boshladi. 1943 yilda Eronga ikkinchi marta amerikalik iqtisodchi «maslaxatchi» Eron moliya ma'muriyatining a'zosi Mel'spo Eronga keladi. Buni esa Kavom chakirtirgan edi. U bilan bilan birga amerikalik maslaxatchilar Eron armiyasiga ko'maklashish uchun jandarmler, polisiyachilar, sog'liqni saqlash va iqtisodchi maslaxatchilar taklif qilingan edi. Melsponing talabi bilan Eron majlisi 1943 yil 4 mayda uni favqulotda vakil etib sayladi. Ichki va tashqi savdoni boshqarish maxsulot tayyorlash, uni saklash, davlat, fabrika va zavodlari ish xaqi hamma- hammasi Melspoga ishonib qo'yildi. Natijada 1943-1945 yil narx- navo 3,2 barobar ko'tarildi. Bundan tashkari Melspo amerika kompaniyalarini neft bilan ta'minlashga urindi. Xatto mamlakatning siyosiy ishiga aralasha boshladi. Xullas Eron hukumati 1945 yil yanvarda Melspoga iste'fo beriladi va u tezda Erondan chikib ketishi aytiladi. 1945 yilda demokratik xarakatga karshi reprissiya yanada kuchaytirildi. Isfaxonda, Texron va boshqa shaharlarda xarbiy holat e'lon kilindi. Demokratik xarakat boshliklari ommaviy tarzda qamoqqa olindi. Gazeta va jurnallar yopib qo'yildi. II jaxon urushi oxiriga kelib amerika-angliya imperialistlari Eronda urushgacha bo'lgan antidemokratik xolatni tiklashga urindilar. Butun mamlakat polisiya terrori, qurolli jandarmlar bilan tulib ketdi. Ayniqsa, Eron-Ozarbayjonda bu narsa keng yoyildi. Milliy tengsizlik kuchaydi. 1945 yil yozida Eron Ozarbayjanida aholining xamma urtasida yosh ishchilar sinfi Ozarbayjon demokratik partiyasini tuzdi. Ular Eron hukumati oldiga Ozarbayjonga avtopomiya berish, ularning milliy madaniyati 0 , Ozaarbayjon tilini tiklashga imkon berishini so'radilar. Partiya a'zolari soni juda tez o'sa bordi va 1945 yil oxirida ular soni 70taga yetdi. Maxalliy yirik feodallar, ommaviy terrorchilik, qurollangan bandalar demokratik xarakatni bug'ib tashlashga urindi, ammo bu muvaffaqiyatsiz tugadi. Ozarbayjonning Tabrez, Ardebeli, Xoyi, Marage va boshqa punktlaridagi Eron qo'shinlari qurollarini topshirib, demokratik partiyaga tan berishdi. Ozarbayjon tilini o'qitish to'g'risida rasman qaror qabul qilindi. Davlat yerlari dehqonlarga bepul taqsimlab berildi (257 ming gektar yer 209 ming kishiga berildi). 1946 yil aprelda xosilni bo'lib berish to'g'risida qonun qabul qilindi. Demokratlar yangi gilam tuqish fabrikasi, har-xil ustaxonalar, artellar ochdilar. Tabrozda Ozarbayjon davlat universiteti ochildi. Madaniyatni, sog'liqni saqlash, sosial ta'minot, shaharlarni qayta ta'mirlash borasida ko'pgina ishlar amalga oshirildi. 1945 yil oxirida Shimoliy Qurdistonda progressiv kayfiyatdagi kurd savdogarlari, intellegensiya, dindorlari Qurdiston demokratik partiyasini tuzdilar. Demokratik – harakat Eronning boshqa joylariga Movandaron, Xurosan, Isfaxon, Karmana, Fors va Xuzestanga yoyildi. Ko'p minglab dehqonlar o'z ittifoqlarini tuzdilar. Xalq partiyasi va demokratik kasaba soyuzlar obrusi tez o'sa bordi. 1946 yil 4 aprelda Texronda SSSR va Eron urtasida shartnoma imzolandi. Unda Shimoliy Eronda neftni razvedka va ekspluatasiya qilishning sovet-eron qo'shma 21 jamiyati tuzilib ish boshladi. Kelishuvga binoan Eronning mustaqilligini tan olib iqtisodiy siyosiy faoliyatini hurmatlash ko'zda tutildi. Ingliz – amerika Erondagi demokratik xarakatni to'xtatish uchun xarakat qildi, AINK hamkorlari «Xuziston qabilalar Ittifoqini» tuzdilar. Janubiy Eron qabilalari ingliz qurollari bilan ta'minlanib, Eron portlari Xurramshaxr va Obodon ingliz sudiga yuborildi. Eron chegara rayoni bo'limi Basrada bir qancha ingliz diviziyalari keltirildi. 1946 yil 14 iyulda AINK ishchilari umum ish tanlash qilib kuchaga chiqdilar. Xuzistonda xarbiy xolat e'lon qilinib, ish tashlash xarbiy qurol kuchi bilan bostirildi. 1946 yil kuziga kelib xarakat ochiqchasiga davom etdi. 22
REJA: 1.
1918 – 1923 yillrada Yaqin va O”rta Sharqda 1 – Respublika tashkil topishi. 2.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya. 3.
Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Turkiya 4.
Ikkinchi jahon urushining Turkiya uchun yakunlari. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.
Vsemirnaya istoriya v 10 tom. M., 1961-1965gg 8-10 2. Xrestomatiya po noveyshey istorii v 3-x t. M., 1960 t.1-2 1961g 3-t 3. Aktualno'e problemo' noveyshey istorii M., 1991 4. Dementyev I.P., Patrushev A.I. Istoricheskaya nauka v XX veke. Istoriografiya istorii novogo i noveyshego vremeni stran Yevropo' i Amerik Izd- vo. «Prostor» M., 2002 g 5. Yaz'kov YE.F. Istoriya noveyshego vremeni stran Yevropo' i Ameriki 1945-2000 Izd-vo «Prostor» M., 2002 g 6. Ponomaryov M.V., Smirnova S.YU. Novaya i noveyshaya istoriya stran Yevropo' i Ameriki V 3-x chastyax 2 chast 2-3 M., izd-vo «Vlados» M., 2000 g 7. Rodriges A.M. Noveyshaya istoriya zarubejno'x stran XX vek. Izd-vo «Vlados» M., 2001 g 8. Rodriges A.M., Ponomarev M.V. Noveyshaya istoriya stran Yevropo' i Ameriki XX v. V 3-x.2 «Vlados» M., 2001 g 9. Derevyanko A.P., Shabelnikova N.A. Istoriya Rossii s drevneyshix vremen do nachala XXI v. Izd-vo «KnoRus» M., 2002 g 10. Munchayev SH.N., Ustinov V.M. Istoriya Sovetskogo gosudarstva Izd-vo «Infra -M» M., 2002 g 11. Xidoyatov G.A. Vsemirnaya istoriya (1914-1945) CH-1 Uchebnik dlya X klassov T., 1999 g 12. Xidoyatov G.A.,. Gulomov X.G. Vsemirnaya istoriya. Noveyshiy period Yevropa i SSHA posle vtoroy mirovoy voyno' (1945-1999) Uchebnoye posobiye dlya studentov R.U.T., 1999
Mamlakatning Osiyo qismi bilan Yevropa kismini Marmar dengizi, Bosfor va Dardanel burezlari ajratib turadi. Poytaxti Ankara, davlat tili turk tili, dini islom dinidir. Turkiya xalqning milliy ozodlik harakati 1918-1923 yillarda Yaqin va o'rta Sharqda birinchi burjua respublikasining tashkil topishiga olib keldi. Turk hukumati 30-yillarda bir qancha takliflarni amalga oshirishda davom etdi. Uning fikricha bu ijtimoiy muammolarni hal etishda, ichki siyosiy holatni barqarorlashtirishga, bir kancha feodal an'analarni yo'qotishga va mamlakatda burjua tartib qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilmog'i kerak edi. Turkiya 1932 yilda Millatlar Ligasiga a'zo bo'ldi. Bu esa uni G'arb davlatlari bilan yaqinlashtirdi. 1934 yil iyunda VNST (1920 yilda Turkiyada eng oliy qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi Buyuk Millat Yig'imi) familiyalarni joriy etish to'g'risida qonun qabul qildi. Ilgarilari turklar faqat ismlarga ega edilar. Bu qonun
23 shuningdek, eski yorliqlar va munosabatlarni, ya'ni podshoh, boy, afandi kabilarni ham muomaladan olib tashlashganligini rasmiylashtirdi. 1934 yil 24 noyabrda Mustafo Kamol poshsho VNSTdan Otaturk (familiyasini) sharifini oldi. 1934 yil 17 dekabr qonuniga ko'ra Mustafo Kamol poshshodan tashqari hech kim bu familiyani qabul qilishi mumkin emas edi. 26 noyabrda Kamol otaturk Ismat poshshoga Inyonyu familiyasini berdi, bu Ismat poshshoning greklar ustidan g'alaba qozongan joy nomidan olingan edi. Familiyalarning joriy etilishi fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soldi. 1934 yil dekabrdan boshlab majlis xotin- qizlarga Majlisga saylov va saylanish xuquqini berdi. Xuddi shuningdek, turk ayollarining huquqlari rasmiy jihatdan erkaklar bilan tenglashtirildi. Mana shu o'zgarishlarning natijasi sifatida 1935 yilgi saylovlarda Buyuk Millat Majlisiga 399 deputatdan 17 tasi xotin-kizlardan saylandi. 1935 yil mayda Anqarada Xalq Respublika partiyasining I s'yezdi bo'lib o'tdi. S'yezd yangi programmasi tasdiqladi, unga ko'ra milliy burjuaziya diktaturasi mustahkamlandi. S'yezd qaroriga ko'ra partiya davlat boshqaruvi bilan birlashtirildi. Shunday qilib, XRPsining bosh sekretari ichki ishlar vaziri, viloyat partiya tashkilotlarining rahbarlari, viloyatlarning gubernatorlari bo'ldi. Xuddi shu vaqtda Buyuk Majlis orqali xokimiyatni yanada markazlashtirish va joylarda nazoratni kuchaytirish to'g'risida bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1934 yil dekabrida 1926 yil qonunlariga o'zgartirishlar kiritildi, endi xar bir viloyatda bosh ma'muriy yig'im saylanadigan bo'ldi. 1936 yil yanvarda uukumat Sharqiy Anatoliyada 5 ta yangi viloyatga asos soldi.: Chorux, Xakkyari, Bitlis, Bingyol, Gunjeli. Bu viloyatlarning asosiy auolisi kurdlar edi. Ammo shunga qaramay yana mamlakatda kurd muamosi avj oldi,majlis bir qator qonunlar qabul qildi. Turk uukumati bu safar Dereimda yashovchi kurdlarni butunlay buysundirishga uarakat qildi, chunki bu uudud auolisi uzlarining ichki uayotlariga oid muammolarini uzlari mustaqil ual qilar edilar. Ular Tuijeli, Elyazig, Bingyolga kurd vatanparvari Said rizo boshchiligidagi buysunmas kurd qabilalariga karshi turk qushinlari yubordilar. Turk qushinlarining Dersini egallash uchun olib borgan uarakati 1938 yil kuzigacha davom etdi.Kurdlarning Said Rizo boshchiligidagi raubarlari qulga olindi, sud qilinib qatl etildi. Bir qancha ma'lumotlarga qaraganda Dersim voqealari jarayonida asosan ayollar, bolalar va qariyalardan iborat 70 000 kishi uldirildi. 1937 yil yanvarda Turkiyaning boshkarv apparatida katta uzgarishlar bulib utdi .Xokimiyat tepasiga Jalol Bayor xukumat tepasiga keldi . 1938 yil Buyuk millat majlisi ,Jamoat birlashmalari tugrisida konunlar kabul kildi .1938 yilda xukumat matbuot tugrisida konun kabul kildi . 1938 yilda jinoyat kodeksiga uzgartirishlar kiritildi. Turk respublikasi tashkil etilganligining 15 yilligi munosobati bilan 150- kora ruyxatga (milliy ozodlik harakatiga qarshi kurashganlar kiritilgan) kirganlarga amnistiya berish to'g'risidagi konunni kabul kilishga erishdilar.Bu reaksion konunni kabul kilinishida Mustafo Kamol Otaturk yuk edi.1939-yilda Ismat Inyonning tarafdorlari Rafik Saydam bosh vazir kilib tayinlandi.1939 yilning martida gi saylovda prezident kilib Ismat Inonyu saylandi,bosh vazir lavozimiga esa Rafik Saydam saylandi. 24 Shunday kilib garchi sanoat rivojlangan bulsada kishlok xujaligi ancha orkada edi.1939 yilda Germaniya Turkiya bilan yakinlashish yulini tutdi .Turkiyaga juda katta mikdordagi zayomlar berdi .(87.mln.lira,48%.)Shunday kilib Germaniya uzining ideologiyasiniTurkiyaga kiritmokchi buldi.Ammo,Angliya ,Fransiya,AKSH kabi davlatlar xam Turkiyaga uz ta'sirini utkaza boshladi. Ularning maksadi Turkiyani uz ta'siriga utkazmokchi buldi.1939 yil19 oktabrda Ankarada Angliya va Fransiya bilan shartnoma imzoladi .Bunga kura agar biror mamlakat Turkiya bilan xamkorlik kilmokchi bulsa, avval Germaniya va Angliya bilan maslaxat kilishi kerak edi .Turkiya ingliz-fransuz blokiga kirdi. 1941 yil baxorida deyarli butun Garbiy Yevropa va Janubiy – Sharqiy Yevropa mamlakatlarini bosib olishiga karamasdan passiv urush olib borayotgan edi. Shu bilan birga Turkiya 1941 yil 18 iyunda Germaniya bilan 10 yillik 4 dustlik va betaraflik to'g'risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning imzolanishi Turkiyaning tashqi siyosatida muhim o'zgarishlar bo'lganligining ko'rsatar edi. Germaniya o'zini janubdan xavfsizlantirib 1941 yil 22 iyunda sobiq SSSR ga xujum boshladi. 25 iyunda esa turk hukumati o'zining betarafligi e'lon qildi. Bu «betaraflik» Turkiyaga butun II jaxon urushi davrida o'zining Germaniya manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosatini amalga oshirish imkonini berdi. Reaksion tashqi siyosat turklarning ekspluatatorlariga boylik olib kelgan bo'lsa, mexnatkash xalq ommasini tobora qashshoqlanishiga olib keldi. 1940 yil 18 yanvarda Buyuk Millat Majlisi «Milliy mudofaa to'g'risida» qonun qabul qildi. Qonun turk hukumatining butun urush davomidagi harakat dasturiga aylandi. Bu qonun natijasida urush davri munosabati bilan bir qancha viloyatlarda xujaliy va siyosiy ahamiyatga ega bo'lganligi uchun nazorat kuchaytirildi. Shu qonunga asosan hukumat umumiy mexnat majburiyati e'lon qildi, tashkilotlarda ish soatlari uzaytirildi, bolalar mexnatidan shaxtalar va zavodlarning kechki smenalarida foydalanishga ruxsat berildi. Bir qancha tashkilotlar uch smenadan faoliyat ko'rsatdilar. Garchi Turkiya urushda ishtirok etmasa ham juda katta armiya saqlardi. 1939 yilda turk armiyasiga 207 000 kishi xizmat qilgan bo'lsa, 1940 yilda u 700 000 kishiga, 1942 yilda esa I mln kishiga yetdi. Shunday qilib turk armiyasi urush arafasidagiga nisbatan 5 barobar oshdi. Butun urush davomida turk armiyasi harbiy tayyorgarlik maromida turdi. Mamlakatning militaristik siyosati dastlab juda katta miqdordagi harbiy xarajatlarda o'z aksini topdi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 1938-39 yillarda to'g'ridan-to'g'ri xarbiy xarajatlarga 94,4 mln lirani, 1939-40 yillarda 169,9 mln lirani 1944-45 yillarda 554,2 mln lirani tashkil kildi. Turkiyaning urushdagi xarbiy xarajatlarga Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSH tomonidan berilgan summasi 4 mlrd liraga yetdi. Armiyani ta'minlash uchun iqtisodning hamma sohasi bo'ysundirildi. Bu mamlakat xujalik xayotini yanada izdan chiqishiga olib keldi. Ekin maydonlarining qisqarishi va donli ekinlarning miqdori ya'ni hosil chuguning pastligi mamlakatda keskin ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligiga olib keldi. 1942 yilda rasmiy ma'lumotlarga qaraganda 500 000 tonna don olish o'rniga 250 000 tonna don olindi. Bozorda nonning narxi oshib ketishiga qarshi 1941 yil oxiri 1942 yil boshlarida dastlab Istambul va Anqaradan so'ng boshqa shaharlarda kartochka
25 sistemasi joriy etildi. Mamlakatda birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan hamma maxsulotlarning narxi juda tez ko'tarilib ketdi. nArxlarning ko'tarilib ketishi muomalada pul massasining oshishiga olib keldi. Armiyaga qilinayotgan xarajatlarning ko'payishi, narxlarning keskin ko'tarilib ketishi, inflyasiyaning o'sishi natijasida turk hukumati alohidan soliqlar yig'ishni ko'paytirdi. 1942 yil noyabrda Buyuk Millat Majlisi «Daromaddan soliq olish to'g'risidagi qonuni» tasdiqladi. 1942 yil hukumat dehqonlarning non extiyojlarini tortib olish maqsadida, hosilning 20-50 %ini davlatga eng past narxlarda berishga majbur qildi. Bularning hammasi axolining qashshoqlashuviga va mamlakatda umumiy norozilikka olib keldi. 1940 yil aprel oyining oxirlarida Buyuk Millat Majlisi «Bosma to'g'risidagi qonun»ga o'zgarishlar kiritdi. Maxalliy hukumat organlari turk xukumatini fosh kilgan har kanday nashrni yopib kuyish hukukini oldi. Xuddi shu yilning may oyida hamma nashrlar ustidan yagona nazorat o'rnatildi. 1940 yil noyabrda turk hukumati butun urush davomida Istambul, Edirna, Qirqlaroli, Tekirdag, Chanakkam, Kodjali kabi viloyatlarda xarbiy favqulotda xolat deb e'lon qildi. Maxalliy xokimiyat organlariga xukumatga karshi xar kanday norozilik xarakatini cheklamagan vakolatdan foydalanib bostirish xukuki berildi. Polisiya apparatidagi chinovniklar Germaniyada stajirovka utab, Gestopanin urgangan metodlarini Turkiyada qo'lladilar. Turk xukumati kommunizmga karshi repressiyalar uyushtirib, sud prosesslarini amalga oshirdilar. 1940 yilda Izmirdagi lisey o'quvchilari «kommunistik yacheyka» tuzishda ayblanib qamoqqa olindilar. 1941-42 yilda mamlakatning Zandulak va boshqa shaharlaridagina triistlar kommunizm tashviqot qilganda ayblanib, jazolandilar. 40 yillar boshlanishida turk xukumatida o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Bu mamlakatda reaksiyaning kuchayishiga olib keldi. 1942 yilda xukumatga SH.Sarajoglu raxbarlik kildi. U Rafik Saydamning o'rniga keldi. SH.Sarajoglu 1942 yil 5 avgustda o'z programmasida Turkiya o'z siyosatini davom ettirishni, u Angliya bilan ham Germaniya bilan xam dustlik alokalarini davom ettirishini aytdi. Saylovga arafasida SH. Sarajoglu tashvikotni kengaytirish maksadida maorif sistemasini rivojlantirishni o'z oldiga maksad kilib kuyganligini aytdi. Shunga karamasdan urush oxiriga kelib Turkiyaning 82% axolisi savodsiz edi. 1943 yil fevralda Buyuk Millatlar Majlisiga saylovlar bo'lib o'tdi. Majlisga yuristlar, xarbiylar, yer egalari, savdogarlar, moliyachilar, turli chinovkalar kirdi. Biror bir ishchi yoki dexkon deputat bulmadi. Turkiya Respublikasi Prezidenti qilib yana Ismat Inyokyu saylandi. Bosh vazir esa Shyukryu Sarajoglu bo'ldi. O'z dasturida u oldingi xukumatning ishlarini davom ettirishini e'lon kildi. Turkiyada Angliya va AQSH o'zlarining rejalarini amalga oshirishga xarakat kilib, 1943 yil oxirida Kairda Ruzvelt va Chorchillning Ismat Inyokyu bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bunda Turkiyaning Bolkon urushlarida katnashishi muhokama kilindi. Ingliz – amerikanlarning g'oyasiga asosan Turkiya Bolkonda reaksion rejimlarning himoyachisi va milliy-ozodlik harakatini bostiruvchi kuch sifatida urushga kirishi kerak edi. Ammo bu reja amalga oshmadi. 1944 yil kuzida Bolkon mamlakatlari qizil armiya tomonidan ozod qilindi. Amerika – ingliz qo'shinlari faqat reaksiya rejimini Gresiyada saqlab qolishga erishdilar. II jaxon urushidan so'ng butun xalkaro vaziyatda tubdan o'zgarishlar bulib 26 o'tdi. Jaxon miqyosida yangi sosialistik tuzum mustaxkamlandi, kapitalistik mamlakatlarda sinfiy kurashlar avj oldi. Mustamlakachilik imperializmi yemirila borib, milliy ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. 1945 yil 11 iyunda Buyuk Millat Majlisi «Yer isloxoti to'g'risida qonun» qabul qildi. Unga ko'ra dehqonlarga davlat fondidan va pomeshchiklarning 2 oylik pulini to'lab, yer sotib olish hukukini berdi. 1946 yilda ishchilarning sosial straxovaniyasi konun kabul kildi, mexnat birjasi tuzishga, hunarmandlar jamiyatini tuzishga, mexnat vazirligini ta'sis etishga, qaysiki u ishchilar va tadbirkorlar o'rtasidagi muammolarni hal etishi kerak edi, ruxsat berdi. Buyuk Millat Majlisi «Kasaba uyushmalari to'g'risida qonun» qabul qildi va u 1963 yil iyun oyigacha amal qildi. Progressiv doiralar demokratik gazetalarni nashr qilishni («Gyun», «Yeni dyunya», «Geryugiler», «Merhum - pasha») boshladilar. Demokratik nashrlar chiqishini to'xtatish maqsadida 1945 yil dekabrda xukumat talaba yoshlar ichidan reaksion guruhlarni namoyish o'tkazishini tashkil qildilar, natijada ular demokratik nashrlar chop etiladigan binoni yoqib yubordilar. Tipografik mashinalarni buzib tashladilar, shuningdek, namoyishchilar sovet adabiyoti sotiladigan kitob magazinlarini ham yoqib yubordilar. 1946 yildan boshlab yana demokratik gazeta va jurnallar («Ses», «Norlu») chop etila boshlandi. Bu demokratik nashrlar mamlakatda yakka partiyaviylikni tanqid ostiga oldilar. Shu bilan birga XRPsining o'zida ham turli guruhlar vujudga kela boshladi. Mamlakatda reaksiyaga qarshi, mamlakatda keyingi yillardagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xayotidan norozi bo'lgan kishilar to'dasi vujudga kela boshladi. Mana shunday sharoitda hukumat siyosiy partiyalar tuzishga ruxsat berdi. Ammo bundan ilgarirok 1945 yil 18 iyulda yangi Milliy Tiklanish Partiyasi vujudga keldi. Bu partiyaning bosh rahbari tadbirkor Nuri Demirag edi. Bu partiya boyib ketgan milliy burjuaziya, milliy musulmon elementlarining qarashlarini uzida ifoda etgan edi. Bu partiya mamlakat iqtisodiy xayotini mustaxkamlashga va'da berdi. Mamlakatda bu davrda yangi burjua pomeshchik partiyalar, diniy va milliy partiyalar vujudga kela boshladi. Liberal Demokratik Partiya aprelda – Fermer va dexkonlar partiyasi, iyunda Vatan uchun partiyasi, Ergenekonning ishchi dexkon partiyasi, Poklanish va himoya diniy partiyasi, iyulda-Islomni himoya qilish partiyasi, avgustda-Vatanparvarlar partiyasi, 1947 yil iyulda Islom turk konservativ partiyasi, 1948 yil avgustda-Demokratlar partiyasi, Ozodlik demokratik partiyasi vujudga keldi. Shuningdek, sul partiyalar ham vujudga keldi. 1946 yil fevralda – Ijtimoiy adolat partiyasi, aprelda Turkiyaning sosialistik va ishchi partiyasi, iyunda – Turk ishchi dexkon partiyasi, Turkiya sosialistik ishchi dexkon partiyasi vujudga keldi. 1946 yil yanvarda XRP si Jalol Bayor boshchiligida Demokratik partiyaga asos soldi. Bu partiya tez orada mamlaktaning siyosiy hayotida kuzga kurinarli partiyalarning biriga aylandi. Bu partiyaga boyib ketgan bankirlar, yirik savdogarlar, sanoatchilar va pomeshchiklar kirgan. DP uz programmasida demokratik erkinliklarni ta'minlanishini, ishchilar uchun partiyalar va kasaba uyushmalari tashkil qilishni, sanoatchilar va qishloq xujaligi ishchilari uchun xam shunday imkoniyatlar berilishini talab qildilar. Bu partiya a'zolarining fikricha 27 mamlakatda xususiy kapitalning erkin harakat qilishiga katta imkoniyatlar yaratib berish kerak, shu asosda chet el kapitalining suqilib kirishini oldini olish kerak edi. Umuman olganda DP yirik burjuaziya va pomeshchiklarning manfaatlarini ifodalar edi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatning siyosiy xayotining qaytadan jonlanishi, yangi siyosiy partiyalarning vujudga kelishida faollashuvi sharoitlarida 1946 yil iyulda Buyuk Millat Majlisiga saylovlar bo'lib, qaysiki, u birinchi marta teng xukuklilik asosida amalga oshirildi. Bu saylovlarning farqli jihati shundaki, birinchi marta epozision partiya ishtirok etdi. Saylovlar natijasida XRP – 396 o'rin, DP – 61 o'rin, «Mustaqilliklar» -7 o'rin egalladi. Ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, Istambul okrugida DP g'alaba qozondi, 18 ta o'rinni egalladi, XRP 5 ta o'rinni egalladi. Demak, DP XRPning xavfli raqibiga aylandi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling