Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. O’ljaning(mehnatsiz topilgan molning) beshdan birini (Bayt ul-Molga)
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42-bob. Amallar niyat va ixlosga qarab qabul qilinishining bayoni.
- 2-bob. So’zga mashg’ul bo’lib turgan odamdan ilm(bilim) so’ralganda, uning so’zni tamomlab, keyin javob berishi to’g’risida.
- 3-bob. Biror ilmni(bilimni) baland ovoz bilan aytmoqning mumkinligi haqida.
- 4-bob. Hadis aytgan odamni(muhaddisni) “bizga hadis aytdi,habar berdi,habar qildi”,- degan so’zlar bilan ifodalash to’g’risida.
- 5-bob. Imomning kishilar ilmini sinash uchun biror masalani o’rtaga tashlashi.
- 6-bob. Ollohning ilm to’g’risida nozil qilgan kalomi.
- 8-bob. Qur’on va hadislarni boshqa mamlakatlarga tarqatish joizligi to’g’risida.
- 9-bob. Davraga kelgan odamning bo’sh joyga yoki davraning bir chekkasiga borib o’tirmog’i zarurligi to’g’risida.
- 10-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning “Shoyad, mendan eshitgan odamdan ko’ra, keyin eshitgan odam yodida tutguvchiroq bo’lsa”,-degan
- 11-bob. Bir ishni qilishdan ham,so’zlashdan ham avval ilm darkorligi to’g’risida.
- 12-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning odamlarga malol kelmasin deb, muayyan kunlarni ilm va va’z aytish uchun belgilab qo’yganlari
- 13-bob. Ilm o’rganuvchilar uchun ma’lum kunlarni belgilagan kishi to’g’risida.
- 14-bob. Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih qilgay
- 15-bob. Ilmni fahmlash (teran tushunish)
- 16-bob. Ilmu hikmatni orzu qilmoq
- 17-bob. Muso alayhissalomning dengiz bo‘ylab Xizr huzurlariga borganlari
- 18-bob. Rasululloh sallalloqu alayhi va sallamning «Ilohi, bu yigitga Qur’oni Karimni yod olmoqni va uni (teran) tushunmoqni nasib aylagaysan!»—deb duo
- 19-bob. Qay hollarda yosh bolaga tanbeh berish to‘g‘ri bo‘ladi
- 20-bob. Ilm olmoq niyatida safar qilish
41-bob. O’ljaning(mehnatsiz topilgan molning) beshdan birini (Bayt ul-Molga) berishlik iymondandir
Abu Jamra aytadilar:”Ibn Abbos bilan birga uning so’richasida o’tirar erdim. Menga dedi:”Mening huzurimda qolgin, qisman molimdan ham bo’lib beray”. Xo’p, deb u kishi huzurida ikki oy yashadim(men forscha bilar erdim,u kishining forslar bilan muomalasida tarjimonlik qilib turdim). Bir xotin kishi kelib so’radi:”Ko’zada qilingan nabis(shirin musallas)dan ichsak maylimi?”.Ibn Abbaos uni ichishdan qaytardilar va dedilar:”JAnob Rasululloh huzurlariga Abd ul-Qays qabilasidan bir jamoa keldi. Sallolohu alayhi va sallam:”Bu qaysi jamoa?”,-deb so’radilar.Mehmonlar:”Biz Rabiya qavmidanmiz”,-deb aytishdi.”Xush kelibsizlar,marhamat,hijolatsiz kelaveringiz!”,-dedilar Rasululloh.”Yo Rasululloh, biz sizning oldingizga rajab oyidagina kela olurmiz(arablarda rajab oyida qabilalararo urishmoq man qilingan).Siz bilan bining o’rtamizda kofirlar qabilasi bordir.Shuning uchun bizga ajrim bir narsa buyursangiz. Biz bu to’g’rida kela olmaganlarga ham aytsak va unga amal qilib, jannartga kirsak”,-deyishdi.SHundan so’ng ichimliklar to’g’risida ham so’rashdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ularga to’rt narsa buyurib va to’rt narsadan qaytardilar.Yolg’iz Ollohga iymon keltirishni buyurib,bunday dedilar:”Bilurmisiz,Ollohning yolg’iz o’ziga qanday iymon keltirilu?”.”O’zingiz aytib bering”,-dedilar. Rasululloh Kalimai Tayyibani aytdilar, so’ng ularga namoz o’qishni, zakot berishni, Ramazon ro’zasini tutishni, o’ljadan 1/5 qismini berishni buyurdilar hamda hintam, dibo, naqir, muzaffat(o’sha davrda musallas qilinadigan idishlar nomi)dan qaytarib,”Bu so’zlarni yodlab olingiz, eshitmaganlarga yetkazingiz!”,-dedilar”,-dedi”.
Har kimning niyatidagi bo’lgaydir. Imom Buhoriy aytadilar:”Bu so’zga iymon ham, tahorat ham, namoz ham, zakot ham, haj ham, muomalotmi, nikohmi,umuman barcha hukmlar kirur. Olloh taolo oyati karimasida:”Har bir kishi niyatiga va o’ziga yarasha amal qilg’aydir,degil!”,-degan.Kishining savod umid etib, o’z oila a’zolariga sarflagan nafaqasi ham sadaqadir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”Makka fath qilingandan keyin hijrat(ko’chish) yo’q, lekin jihod qilib yoki yaxshi niyatda ko’chish mumkindir”,- deganlar”. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :”Amallar niyatga qarab qabul qilinur,kim qanday niyat qilg’aydir, shunga erishgusidir. Kimki Olloh va uning Rasuli uchun hijrat qilga ersa, Olloh va Rasul uchun ko’chganlik savobini olur. Kimki mol-dunyoga erishmoq yoki biror xotin olmoq niyatida hijrat qilgan ersa, o’sha niyatigagina erishmog’i mumkin(ammo savob bo’lmaydir)”. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :”Agar kishi savod umid etib, o’z oila a’zolariga mol sarflag’aydir, unga sadaqa qilgan savobi yozilur”,-deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar :”Olloh yo’lida sadaqa qilsang, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 16 albatta buning uchun Ollohdan ajr olursen, hatto xotiningning og’ziga solib qo’ygan bir luqma taoming uchun ham”.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :”Din Olloh va uning Rasuli, musulmonlarning imomlari va barcha musulmonlar yo’lida qilinadirgan nasihatdur”,-deganlar.”Agar Olloh va uning Rasulini deb nasihat qilg’aylar, yaxshilik hosil bo’lg’usidir”,-deyilgan oyatda. Jarir ibn Abdulloh aytadilar:”Besh vaqt namoz o’qurmen, zakot berurmen va har bir musulmonga yaxshilik qilg’aymen, deb Rasulullohga bay’at(qasam) qildim”. Ziyod ibn Abdulloh aytadilar:”Mug’ira ibn Shu’ba o’lgan kuni Jarir ibn Abdulloh o’rnidab turib hamdu sano aytdi, so’ng dedi:”Ollohning yolg’iz o’zidan qo’rqing, Ollohning sherigi yo’qdir. O’lgan amiringiz o’rniga yangi amir kelguncha, og’ir, bosiq bo’ling. Marhum amiringizning ham fuqarolarining xatosini kechirmog’iniyaxshi ko’rar erdi”. Keyin, Jarir so’zda davom etib dedi:”Men rasululloh huzurlariga kirib, sizga yaxshi musulmon bo’lishga bay’at(qasam) qilmoqchiman”,-dedim. Rasululloh menga:”Har bir musulmonning foydasiga ish tutg’aysen”,-deb shart qo’ydilar, men shunga bay’at qildim. Shu xonai Ka’ba egasiga qasamyod etib ayturmenkim, men barchangizning foydangizga ish tutg’aymen”. Jarir sozining oxirida istig’for aytib, minbardan tushdi. Olloh taolo nomi zikr qilingan hamma ulug’ zotlarni mag’firat aylasin!”.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 17 ÉΟó¡Î0 «!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# ILM KITOBI 1-bob. Ilm fazilati to’g’risida.
Olloh taolo oyati karimasida:” Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab,martabasini ulug’ qilg’aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir ”,-deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa:”Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb ayt! ”-deyilgan.
so’zni tamomlab, keyin javob berishi to’g’risida.
Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir majlisda o’z qavmlariga so’z so’zlab turgan edilar. Bir a’robiy(badaviy) kelib:”Qiyomat qachon?”,-deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarida davom etaverdilar.Ba’zi sahobalar:”Rasululloh uning so’zini eshitdilar-ku,lekin yoqtirmadilar shekilli”,-deb o’yladilar. Ayrimlari esa:”So’zini eshitmadilar”,-deb o’yladilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarini tugatgach:”Qiyomat to’g’risida so’ragan odam qani?”,-dedilar.A’robiy:”Mana men, yo Rasululloh”,-dedi.”Omonat(halollik) o’rtadan ko’tarilganda qiyomatni kutaverg’il”,-dedilar.”Buni qanday bilsa bo’lur?”-dedi a’robiy.”Ishing(kuning) nopok odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!”,-dedilar”.
Sahoba Abdulloh ibn Amr aytdilar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir safar vaqtida bizdan orqada qoldilar.Asr namozi o’qiydigan vaqtda bizga yetib oldilar.Biz tahorat olayotgan edik.Oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizda(suzni kam ishlatish maqsadida) Rasululloh baland ovoz bilan:”O’t azobidan oyoq kaftlarning holiga voy!”- deb uch marta nido qildilar”.
Sahobalar va tobeunlar(sahobalarning zamondoshlari) hadislarni rivoyat qilishda “bizga habar qildi,aytdi, falonchidan eshitib gapirib berdi, eshitdim-ki”,degan so’zlar bilan ifodalaganlar. Masalan: Sahoba Ibn Mas’ud hadis aytmoqchi bo’lsalar :” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga so’zlab berdilar” yoki “Rasulullohdan eshitganman”,-deb gap boshlaganlar va hokazo
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, bargini tashlamaydir, u musulmonga o’xshaydir(ya’ni, musulmonlik daraxtning bargi- iymondur). Aytingizchi, bu qaysi daraxtdir?” Odamlar o’z qishloqlaridagi barcha Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 18 daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar:”Ko’nglimga, bu xurmo daraxti bo’lsa kerak, degan fikr keldi(uyalib aytmadim,aytishga uyaldim)”.Odamlar:”O’zingiz aytib bering, yo Rasululloh”,-deyishdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”U xurmo daraxtidir”,-dedilar.
Olloh taolo oyati karimasida:”Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb so’ra!”,-deydi. 7-bob. Qur’on qiroatini muhaddis ko’rigidan o’tkazib olish lozimligi to’g’risida.
Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik:”Bu joizdir”,-deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa’laba degan sahoba kelib aytdi:”Olloh sizga besht vaqt namoz o’qimoqni buyurdimi?” “Ha”,-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so’zni Zimom o’z qavmiga borib, Rasulullohdsn deb rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba’zi kishilar Qur’on muallimiga o’zlari bilgan oyatlarni o’qib berib,tasdiqdan o’tgach, falonchidan Qur’on o’rgandim, deb unga nisbat beradir(quidagi hadis bining dalilidir). Anas ibn Molik aytadilar:”Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o’tirgan erdik.Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho’ktirib, tushovladi.Keyin dedi:”Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?” Rasululloh sahobalar o’rtasida suyanib o’tirgan erdilar. “Mana bu suyanib o’tirgan oq yuzli kishi”,-deb ko’rsatdik. Rasulullohga qarab:”Mutallibning o’g’limisiz?”-deb so’radi.”Ha”,-dedilar.Shunda u Rasulullohga qarab:”Men sizdan ba’zi bir narsalarni jiddiy so’raydirmen,mendan hafa bo’lmangiz”,- dedi.”So’rayvering”,-dedilar Rasululloh.”Sizning va sizdan avvalgilarning rabbinic o’rtaga qo’yib so’raydirmen,sizni Olloh odamlarning barchasiga payg’ambar qilib yubordimi?”- deb so’radi.”Ha”,-dedilar Rasululloh.”Ollohga qasamyod etib sizdan so’raydirmen,5 vaqt namoz o’qimog’imizni Olloh buyurdimi?”-dedi.”Ha”,-dedilar Payg’ambarimiz.”Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,boylardan zakot olib, faqirlarga bo’lib bermoqni sizga Olloh buyurdimi?”-dedi.”Ha ”,-dedilar.”Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,yilda biro y ro’za tutmoqni Olloh buyurdimi?”,-deb so’radi.”Ha”,-dedilar.Shundan so’ng u kishi dedi:”Men siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim.Men o’z qavmim yuborgan vakildirmen,ismim Zimom ibn Sa’laba, Sa’d ibn Bakr qabilasidanmen”.
Sahoba Anas ayutadilar:”Usmon raziallohu anhu Mushaf(Qur’on)ni ko’paytirib,atrofdagi mamlakatlarga yubordilar”. Abdulloh ibn Umar, Yahyo ibn Sa’id va Imom Molik:”Shundoq qilmoq joiz”,-dedilar. Bir necha Hijoz ulamolari Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning hadislarini maktubga qo’shib, maxfiy ishlar boshlig’iga berdilar va “Falon joyga yetib borganingdan keyin o’qirsen”,-dedilar. Tayinlangan joyga borgach, u maktubni odamlarga o’qib berdi va ularni payg’ambarimizning amrlaridan boxabar qildi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir xat yozib,uni Bahrayn boshlig’I orqali fors boshlig’iga yetkazmoqni buyurdilar. Fors boshlig’I xatni o’qib yirtib tashladi.
borib o’tirmog’i zarurligi to’g’risida.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam majlisda o’tirgan erdilar. Uch kishi kirib keldi. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 19 Ulardan ikkitasi Rasulullohga yuzlanib, to’xtab qoldi, bittasi esa, qaytib ketdi.Qolgan ikki kishidan biri davradagi bo’sh o’rinni ko’rib, o’sha yerga borib o’tirdi. Ikkinchisi esa, davraning chekkasiga asta kelib o’tirdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlab bo’lgach, dedilar:”Uch kishi to’g’risida sizlarga xabar aytaymi? Birinchisi Olloh Rasuluning majlisidan joy oldi. Olloh taolo unga oxiratda (Arsh soyasidan) o’rin bergaydir, ikkinchisi esa(qaytib ketishdan uyaldi), Olloh taolo ham (uni azoblashdan) uyalgaydir. Ammo uchinchisi majlisdan yuz o’girdi. Olloh taolo ham undan yuz o’girdi”.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam jilovini bir kishi ushlab turgan tuya ustida o’tirgan xolda va’z aytdilar:”Bugun qaysi kundir?”-dedilar. Hammamiz jim qoldik va bugunning boshqa nomini aytsalar kerak, deb o’yladik. “Qurbon hayiti kuni emasmidir?”-dedilar. “Ha,shunday”,-dedik. “Bu oy qaysi oydir?”-deb so’radilar. Hammamiz jim qoldik. Biz bu oyning boshqa ismini aytsalar kerak, deb o’yladik. “Zulhijja oyi emasmidir?”-dedilar. “Ha, shunday”-dedik.Rasululloh dedilar:”O’zaro qon to’kishingiz, talon-taroj qilishingiz,obro’ingizni to’kishingiz, xuddi shu kun va shu oyda va shu joyda yomonlik qilish qanday harom bo’lsa, shunday haromdir. Eshitganlar, eshitmaganlarga shu xususda yetkazsinlar! Chunki shu yerda bor kishi o’zidan ko’rqa hadisni yodda saqlovchiroq kishiga yetkazsa, ajab ermas”.
Olloh taolo oyati karimasida:”Bilgil, Olloh yakkayu yagonadir”,-degan so’zini ham “bil” degan so’z bilan boshlagan. Olimlar—payg’ambarlarning merosho’rlari, ilmi payg’ambarlardan o’rganishadi.”Kimki ilm olgan bo’lsa, payg’ambar alayhissalomdan to’liq meros olibdir”,-degan hadisda ham ilm olish kerakligi uqtirilgandir.”Kimki ilm istab qadam qo’ysa, Olloh taolo unga jannat yo’lini oson qilg’aydir”,-deyiladi boshqa hadisda. Olloh taolo oyati karimasida:”Ollohdan uning olim bandalari haqiqatdan ham qo’rqqaydirlar”,-deyilgan. Ikkinchi bir oyatda :”Bu so’zlarni faqat olimlar tushingaydir”,- deyilgan bo’lsa, boshqalarida “Do’zaxiylar:”Agar tinglab, fikr yuritganimizda erdi, do’zax ahlidan bo’lmagan bo’lur erdik”,-deyishadi”, “Bilganlar birlan bilmaganlar tengmi?”- deyilgan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”Kimgaki Olloh taolo yaxshilikni ravo ko’rgaydir, uni din ilmidan bahramand qilg’aydir,ilmga ilm olmoq yo’li birlan erishilg’aydir”,- deganlar. Sahoba Abu Zarr:”Agar qilichni mana bunga(bo’yinga) qo’ysangizu bo’ynimni uzib yubormasingizdan avval men Rasulullohdan eshitgan so’zlarimdan birortasiniaytib ulgurmog’imni bilsam, ayitb olar erdim”,-degan ekanlar. Ibn Abbos:”Kunu rabboniyna!”, ya’ni “Rabboniy bo’lingiz!”,-degan Olloh buyrug’ini “Halim va faqih bo’lingiz!”,-deb tarjima qildilar. Imom Buhoriy:”Rabboniy degani odamlarni katta ilmlardan avval kichik ilmlar birlan tarbiyalagan kishidir”,-deganlar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 20 Ibn Mas’ud raziallohu anhu aytganlar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga malol kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo’ygan edilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz, qiziqtiringiz, nafratlantirmangiz(o’zingizdan bezdirmangiz)!”-deganlar”
Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga payshanba kuni va’z aytar edilar.Bir kishi ularga dedi:”Ey Abdulloh, har kuni va’z aytishingizni juda ham istardim”. Abdulloh dedilar:”Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va’z aytishdan meni qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va’z aytganlaridek,men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va’z ayturmen”.
Muoviya raziyallohu anhu xutbada turib ushbu so‘zni Rasulullohdan eshitganman, deb aytdilar: «Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih (din olimi) qilgay, qasamyod qilib aytamanki, Alloh buni menga nasib aylaydi. Islom ummati Haq dini yo‘lida sobit bo‘lsa, toki Alloh taoloning o‘zi istamas ekan, ularga dushmanlik qilayotganlarning zarari tegmaydi».
Mujohid bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo‘lda u Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi: «Rasululloh yonlarida edik, xurmo yog‘i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga o‘xshaydi»,— dedilar. Men: «Xurmo»,— deb aytmoqchi bo‘ldim-u, lekin hammadan yosh bo‘lganim uchun indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidir»,— deb aytdilar».
Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: «Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar».
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri — kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi :— kishiga Alloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa»,— deganlar.
Muso alayhissalomning Xizr bilan uchrashganlari xususida Alloh taoloning oyati karimasida bunday deyilgan: «Alloh bergan ilmdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?»
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 21 Ibn Abbos bilan al-Harr ibn Qays Muso alayhissalom bilan uchrashgan kishiga (ya’ni, Xizrga) qiziqib qoldilar. Ibi Abbos: «Xizr bilan uchrashganlar»,— dedi. Shu payt ularning yonidan Ubay Ibn Ka’b o‘tib qoldi. Ibn Abbos uni chaqirib: «Biz Harr bilan ikkimiz Muso alayhissalomga yo‘liqqan kishi to‘g‘risida tortishib qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shu to‘g‘rida eshitganmisiz?» — dedi. «Ha, eshitganman,— dedi Ubay,— Muso alayhissalom Baniy Isroil qavmlaridan bir to‘dasining ichida turgan ekanlar, bir kishi kelib: «O’zingizdan olimroq biror kishi borligini bilasizmi?»,— deb so‘rabdi. Muso alayhissalom: «Yo‘q» deb javob berdilar. Alloh taolo Musoga: «Ha, Xizr degan bandam bor»,— deb vahiy qildi. Muso alayhissalom Xizr bilan uchrashmoq yo‘lini so‘radilar. Alloh taolo hut uchrashuv alomati bo‘lajagiii bildirdi. «Hut ko‘zingdan g‘oyib bo‘lgach, orqangga qayt, Xizr bilan uchrashgaysan»,—deyildi. Muso alayhissalom dengiz bo‘ylab hut ortidan keta bashladilar. Bir vaqt Muso alayhissalomga g‘ulomlari: «Qoyatosh oldiga borib to‘xtaganimizda, meni shayton adashtirib, hutni yo‘qotdim»,— dedi. Muso alayhissalom: «Bizga xuddi shu kerak edi»,— dedilar. Xizrni izlab orqaga, qoyatosh tomonga qarab yurdilar. U yerda Xizrni topdilar va Qur’oni Karimda Alloh aytib bergan Muso va Xizr voqeasi sodir bo‘ldi».
Karimni yod olmoqni va uni (teran) tushunmoqni nasib aylagaysan!»—deb duo qilganlari
Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni quchoqlab turib: «Ilohi, bunga Qur’oni Karimni yod olmoqni va tushunmoqni muyassar aylagaysan!» —deb duo qildilar».
Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Minoda (Makkada qurbonlik keltiriladigan joyda) namoz o‘qib turgan edilar, qibla tomon to‘sib qo‘yilmagan edi. Men balog‘atga yetay deb qolgan yigitcha edim. Bir urg‘ochi eshak minib, namoz o‘qiyotganlar oldidan o‘tdim, keyin eshakni o‘tlatgani qo‘yib yubordim-da, namoz o‘qidim. Shu qilmishim uchun hech kim menga tanbeh bermadi».
Sahoba Mahmud ibn Rabi’ aytganlar: «5 yoshimda Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning paqirdan bir xo‘plam suv olib, yuzimga purkab yuborganlarini eslayman».
Bu xususda Muso va Xizr alayhissalomlar qissasi Qur’oni Karimda bayon qilingan. 21-bob. Ilm o‘rganmoq va ilm o‘rgatmoqning fazilati
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 22 ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling