Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Ilmga e’tiborsizlik va nodonlik (jaholat)ning avj olishi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


22-bob. Ilmga e’tiborsizlik va nodonlik (jaholat)ning avj olishi 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: 



«Ilmga e’tiborsizlik, johillik, araqxo‘rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog‘i qiyomat 

alomatlaridandir». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Men sizlarga bir hadis aytib beray. Mendan keyin 



buni sizga hech kim aytib bermaydi. Rasululloh quyidagilar qiyomat alomatlaridir, 

deganlar»,— dedilar: 

- ilmning susaymog‘i; 

- jaholatning kuchaymog‘i; 

- zinoning avj olmog‘i; 

- xotinlarning ko‘paymog‘i; 

- erkaklarning ozaymog‘i. Hatto 50 nafar xotinga 1 nafar erkakning boshchilik (erlik) 

qilmog‘i».  

 

23-bob. Ilm fazilatlari haqida 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh aytganlar: «Tushimda 



menga bir idishda sut keltirildi, qongunimcha ichdim, hatto tirnoqlarim ostidan sut 

chiqqanini ko‘rdim, so‘ng qolganini Umar ibn Xattobga berdim». Sahobalar so‘radilar: 

«Yo Rasulalloh, sutni nimaga yo‘ydingiz?» «Ilmga»,— dedilar Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam.  

 

24-bob. Biror ulov minib yoki boshqa narsa ustida turib fatvo aytmoq 

 

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



odamlarning savollariga javob bermoq uchun Minodagi (qurbonlik qilinadigan joydagi) 

Hajjat ul-Vido’ oldiga kelib to‘xtadilar. Bir kishi kelib dedi: «Yo Rasulalloh, qurbonlik 

qilmoqdan oldin bilmay sochimni oldirib qo‘yibman». Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam: «Endi so‘yaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Boshqa bir kishi kelib dedi: «Shaytonga 

tosh otmasdan avval bilmasdan qurbonlik qilib qo‘yibman». «Endi otaver, zarari yo‘q»,— 

dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning «bunday qilib qo‘yibman, 

unday qilib qo‘yibman» degan savollariga javob berdilar.  

 

25-bob. Fatvo so‘ragan odamga bosh yoki qo‘l bilan ishora qilib javob 



berishning mumkinligi 

 

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Hajjat ul-Vido’da turganlarida so‘radilar: 



«Shaytonga tosh otmasdan avval qurbonlikka atalgan ko‘yimni so‘yib qo‘yibman!» 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

Rasululloh «zarari yo‘q» ma’nosida qo‘llari bilan ishora qildilar. Birov so‘radi: «Qurbonlik 



qo‘yni so‘ymasdan avval soch oldiribman?» Rasululloh «zarari yo‘q» deb qo‘llari bilan 

ishora qildilar. 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh: «Ilm yo‘qoladi, nodonlik 

kuchayadi, fitnalar sodir bo‘ladi, harj ko‘payadi» dedilar. «Yo Rasulalloh, xarj nima?»—

deb so‘radilar. Rasululloh «Qotillik» degan ma’noda qo‘llarini bo‘g‘izlari ustidan 

yurgizdilar.  

Asmo (Abu Bakr qizi) bunday deganlar: «Oisha singlimnikiga bordim. Namoz o‘qiyotgan 

ekan. Odamlarga nima bo‘ldi, desam, osmonga ishora qildi (odamlar kun tutilganda 

namoz o‘qishayotgan ekan). «Bu (qiyomat) belgisimi?»—dedim. «Ha»,— deb boshini 

qimirlatib qo‘ydi. Men ham ko‘zim tinib ketguncha namoz o‘qidim, so‘ng (o‘zimga 

kelishim uchun) boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 

hamdu sano aytib dedilar: «Birorta ko‘rmagan narsam qolmadi, illo mana shu tik turgan 

joyimda hamma narsani, hatto jannat va do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga: «Sizlar 

qabrlaringizda Dajjol fitnasidek yoki shunga o‘xshash bir sinovdan o‘tasizlar»,— degan 

vahiy keldi. Sinov vaqtida: «Bu kishini taniysanmi?» — deb so‘raladi. So‘roq qilinayotgan 

odam chin iymonli bo‘lsa, «Bu kishi Muhammad sollallohu alayhi va sallam, bizga 

Allohning hidoyatini olib kelgandir, mo‘‘jizalar ko‘rsatgandir, biz qabul qilganmiz»,— 

deydi va yana uch marta «Muhammad alayhissalomdir»,— deb qaytaradi. «Qilgan 

yaxshiliklaring rohatini ko‘rib uxlayver, biz chin iymonli ekaningni bildik»,— deyiladi. 

Ammo so‘roq berguvchi munofiq bo‘lsa, «Bilmayman, odamlardan nimadir eshituvdim, 

shuni aytdim-da (ya’ni, bu kishi payg‘ambar, deb aniq ayta olmaydi)»,— deydi».  

 

26-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Abdul-Qays qabilasidan 



kelgan mehmonlarga iymon va ilmni ehtiyot qilish kerakligini aytganlari va bu 

to‘g‘rida «kelgusi avlodni ham xabardor qilingiz!»—deganlari 

 

Sahoba Molik: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Boringiz endi, uyingizga kaytib, 



oila a’zolaringizni ham o‘rgatingiz!» — deb bizga aytdilar»,— degan. 

Abd ul-Qays qabilasidan kelgan mehmonlar: «Biz Rajab oyidagina kela olamiz, jannatga 

kirgizadigan bir amalga buyuring!» — deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 

to‘rt narsaga amal qilmoqni va to‘rt narsani qilmaslikni buyurganlari to‘g‘risidagi hadis 

shu o‘rinda takroran keltirilgandir.  

 

27-bob. Vujudga kelgan masalani so‘rab, bilib olish uchun safar qilish va 



qaytgach, oila a’zolariga ham o‘rgatish haqida 

 

Uqba ibn Hars raziyallohu anhu sahoba Abu Ihobning qiziga uylandi. Shunda bir xotin 



kelib, Uqbaga: «Men seni ham, sen uylanayotgan qizni ham emizganman»,— dedi. «Men 

sizning meni emizganingizni bilmayman, menga aytgan ham emassiz»,— dedi Uqba. 

Shundan so‘ng, Uqba Madinaga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga 

borib, bu to‘g‘rida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qanday xotin qilasan, 

razoi emikdosh singling deb senga aytibdi-ku axir!?» — dedilar. Ajratib qo‘ydilar, qiz 

boshqa erga tegib ketdi.  

 

28-bob. Navbat bilan ilm olmoq 

 

Umar ibn Xattob aytadilar: «Men va Baniy Umayya ibn Zayd qabilasidan bir ansoriy 



qo‘shnim Rasululloh huzurlariga galma-gal qatnar edik. Bir kun men borardim, bir kun u 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

24

borardi. Men borsam, qaytib kelgach, qo‘shnimga o‘sha kuni payg‘ambarimizga kelgan 



vahiy va boshqa xabarlarni aytib berar edim. U borsa, qaytib kelgach, menga aytib berar 

edi. Bir kuni (shu kun qo‘shnimning navbati edi) qo‘shnim eishgimni qattiq taqillatib, 

«Umar bormi?» — dedi. Men qo‘rqib ketdim, shoshib oldiga chiqdim. «Juda qiziq voqea 

sodir bo‘ldi— dedi u — Madinaga borib, qizim Hafsani ko‘rgani kirdim. Hafsa yig‘lab 

o‘tirgan ekan. «Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?»—dedim. «Bilmayman»,— dedi. 

Rasululloh huzurlariga kirdim, tik turib: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. 

Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. «Allohu akbar»—dedim (ansorlar haqida bilmay nomaqbul 

gap aytib qo‘ygani uchun Rasululloh xotinlariga: «Bir oy aloqa qilmayman»,—degan 

edilar).  

 

29-bob. Va’z aytayotgan va ilm o‘rganayotgan kishining yoqtirmagan narsani 



payqaganda g‘azablanishi joiz ekanligi haqida 

 

Abu Mas’ud (Ansoriy) raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallamga bir kishi: Yo Rasulalloh, falonchi namozni cho‘zib yuborganidan namozimni 

buzib qo‘yishimga oz qoladi»,— dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning va’z 

aytayotganlaridagi shu kungidan ko‘ra g‘azabliroq holatlarini ko‘rmaganman. O’shanda 

dedilar: «Ey odamlar, ba’zi biringiz xalqni bezdirmoqdasizlar (qochirib 

yubormoqdasizlar), endi kimki odamlarga imom bo‘lib (namoz) o‘qiydigan bo‘lsa, yengil 

qilib o‘qisin, chunki ular ichida kasal, zaif va hojatli kishilar bordir». 

 

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhu aytdilar: Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallamdan bir kishi topib olingan narsa to‘g‘rida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam dedilar: «Bir yilgacha pul topib olganingni e’lon qilasan. Egasi kelsa, berasan. 

Agar kelmasa, o‘zing foydalansver». U kishi aytdi: «Yo‘qolgan tuyani-chi?» Janob 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunchalik g‘azablandilarki, hatto yuzlari qizarib 

ketdi: «Tuyaga tegma, u suvsiz ham uzoq yura oladi, oyog‘i bor, suvini topib ichgadi, 

o‘tini topib yeydi, egasi uni topib olguncha tegma!» Boyagi kishi dedi: «Yo‘qolgan qo‘yni-

chi?» Rasululloh dedilar: «U seniki yoki birodaringniki va yohud bo‘rinikidir». 

 

Abu Muso raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan yomon 



ko‘rgan narsalari to‘g‘risida ezmalanib so‘radilar. Savol ko‘payib ketgach, g‘azablari keldi 

va dedilar: «Og‘zingizga kelgan narsani so‘rayveringlar!» Bir kishi dedi: «Mening otam 

kim, yo Rasulalloh?» «Otang — Huzofadir»,— dedilar. Ikkinchi bir kishi turib so‘radi: 

«Mening otam-chi?» «Otang — Salim, ozod qul»,— dedilar. Hazrat Umar raziyallohu 

anhu Rasulullohning yuzlaridagi g‘azabni ko‘rgach: «Biz Alloh azza va jallaga tavba 

qilamiz (sizni xafa qilib qo‘yganimiz uchun)»,— dedilar».  

 

30-bob. Imom yoki muhaddisning huzurida tiz cho‘kib o‘tirishning afzalligi 

 

Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (jamoat) oldiga chiqdilar 



(odamlar ezmalanib savol beraverdilar). Abdulloh ibi Huzofa turib: «Mening otam 

kimdir?» — dedi. «Otang — Huzofa»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam: «So‘rayveringlar, so‘rayveringlar!»—dedilar. Shunda Umar ibn Xattob 

raziyallohu anhu tiz cho‘kib o‘tirdilar-da: «Allohni rabbimiz deb bildik, islomni dinimiz 

deb tan oldik, Muhammad sollallohu alayhi va sallamni payg‘ambarimiz deb tanidik»,— 

dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘azablaridan tushdilar».  

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

25

 



31-bob. Tushunarli bo‘lsin uchun har bir gapni uch bor qaytarishning afzalligi 

 

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Gunohi azimlardan bittasi — yolg‘ondan 



guvohlik bermoqdir»,— deb takror-takror aytaverardilar. Ibn Umar bunday deganlar: 

«Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh topshiriqlarini sizga yetkazdimmi, 

deb uch karra qaytarib aytdilar». 

 

Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biror so‘z aytsalar, 



tushunarli bo‘lsin uchun uch bor qaytarardilar. Salom bersalar, uch marta salom 

berardilar». 

 

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



safarga chiqqanimizda orqada qoldilar. Namozi asr vaqti edi, biz tahorat olayotgan edik. 

Shu payt yetib keldilar, oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizni ko‘rib, baland ovoz 

bilan: «O’t azobidan oyoq kaftlarining holiga voy!» —deb uch bor nido qildilar».  

 

32-bob. Kishi o‘z oila a’zolari va qo‘l ostidagilarga (cho‘risiga) ta’lim 



bermog‘ining afzalligi 

 

Abu Burda otasi Abu Musodan eshitib, bunday degan: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam aytdilar: «Alloh taolo uch kishiga ikki barobar ko‘p savob bergay: 

- kimki ahli kitob (o‘z samoviy kitobiga ega bo‘lgan dinlardan biriga e’tiqod qiluvchilar) 

bo‘la turib, ham o‘z payg‘ambariga, ham Rasulullohga iymon keltirgan bo‘lsa; 

- qul bo‘lsa-yu, Alloh va xo‘jayini oldidagi burchini ado etgan bo‘lsa; 

- kishi o‘z cho‘risiga yaxshi odob-axloq o‘rgatib, odobli va ilmli qilsa, keyin ozod qilib, 

unga uylansa». 

 

Omir ash-Sha’biy Solih nomli kishiga aytdi: «Biz senga bu hadisni sendan hech narsa 



talab qilmay beryapmiz, arzimagan masalani hal qilish uchun ham Madinaga tuya minib 

(ya’ni, aziyat chekib) borilar edi».  

 

33-bob. Imomning ayollarga va’z aytmog‘i va ularga dindan ta’lim bermog‘i 

(mustahabligi) 

 

Ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Bilol bilan birga ayollar qoshiga 



chiqdilar. Bilol: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollar gapini eshitmay 

qoldilar»,—deb o‘ylovdilar. Lekin Rasululloh ayollarga va’z aytdilar, so‘ng ularni sadaqa 

berishga da’vat qildilar. Ayollar sirg‘a va uzuklarini yechib, Bilolning etagiga tashlay 

boshladi».  

 

34-bob. Hadis ilmini o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lishning afzalligi 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yo 



Rasulalloh, qiyomat kunida shafoatingizga loyiqroq odam kim?»—deb so‘radim. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Hurayra, hadisga ishtiyoqmandligingni 

ko‘rib, sendan oldin hech kim bu to‘g‘rida so‘ramasa kerak, deb o‘ylovdim. Chin dildan, 

ixlos bilan «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh» degan odam qiyomat kunida 

shafoatimga muyassar bo‘lguvchidir»,— dedilar».  


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

26

35-bob. Ilm qanday yo‘qoladi? (kishilar dilidan ilmning ko‘tarilib ketishi 



to‘g‘risida) 

 

Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Hazmga bunday deb yozgan edi: «Rasululloh sollallohu 



alayhi va sallam aytgan so‘zlardan nimaiki bo‘lsa, hammasini ko‘rib chiqib, yozib 

yuborgin, chunki men ulamolarning vafotidan so‘ng ilmning yo‘q bo‘lib ketishidan 

qo‘rqayapman. Faqat Rasululloh hadislari qabul qilinsin! Ulamolar ilm o‘rgatishga, ilm 

tarqatishga kirishsinlar, bilmaganlarga o‘rgatsinlar, zero ilm sir tutilmas ekan, halokatga 

uchramaydi!» 

 

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 



«Alloh taolo ilmni bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib 

oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni 

o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar. 

O’zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,—deb 

aytgan.  

 

36-bob. Ayollarga ilm o‘rgatmoq uchun alohida kun tayinlasa bo‘ladimi? 

 

Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Ayollar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: 



«Erkaklar sizdan har kuni ilm o‘rganishadi, bizga ham bir kun ajrating»,— deyishdi. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kunni tayinlab, o‘sha kun kelgach, ularga va’z-

nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: «Ey xotinlar, orangizda uchta bolasi 

o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mobodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib 

do‘zax o‘tidan asraydi»,— dedilar. Shunda bir xotin: «ikkita bo‘lsa-chi?» — dedi. 

Rasululloh: «ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgay)»,— dedilar (bu gap otaga ham 

taalluqlidir)». 

 

Shu mazmundagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Balog‘atga yetmagan uchta 



farzand»,— deb rivoyat qiladilar.  

 

37-bob. Eshitganini yaxshilab bilib olmoq uchun qaytadan so‘rashning joizligi 

 

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jufti 



halollari — Oisha onamiz Rasulullohdan bir narsani eshitsalar, yaxshi tushunib olish 

uchun yana qayta so‘rar edilar. (Bir kuni) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim 

oxiratda hisob-kitob qilinsa, azob tortadi»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Alloh taolo 

oyati karimasida «Keyin hisobi yasir (engil hisob) qilgaymiz» degan emasmidi?» — 

dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bandalarga bir eslatib qo‘yishdir. 

Ammo kimki hisob-kitobga ro‘baro‘ qilinsa, halokatga uchragay»,— dedilar».  

 

38 bob. Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi 

 

Sahoba Abu Shurayhdan: «Abu Shurayh Amr ibn Sa’idga, u Makkaga vakillar 



yuborayotganda, bunday dedi: «Gapirishga izn ber, ey Amr! Makka fath (zabt) qilingan 

kunning ertasiga Rasululloh aytgan so‘zlarni senga aytib beray, bu so‘zlarni 

aytayotganlarida ikki ko‘zim ko‘rib, ikki qulog‘im eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qilgan. 

Rasululloh Allohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng,» dedilar: «Makkai Mukarramani 

Alloh taolo muqaddas qilgandir, bu yerda odamlar jinoyat (gunoh) qilgan emaslar, shu 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

27

boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to‘kmog‘i va daraxtlarini 



sindirmog‘i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh 

urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o‘zining Rasuliga izn bergan, 

bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga ham bu yerda kunduzi bir 

soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o‘z o‘rniga qaytdi. 

Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!» 

 

Abu Shurayxdan «O’shanda Amr senga ne dedi?»—deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh



men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni 

qutultirmaydi, o‘g‘rini ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada 

Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifaligini tan olmasdan bosh ko‘targanini osiylik deb 

hisoblab, unga qarshi qo‘shin yubormoqchi bo‘ldi». 

 

Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab, Rasululloh 



bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni 

talamangiz, qoningiz va obro‘yingizni to‘kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga 

yetkazsinlar!»  

 

39-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida yolg‘on gap to‘qigan 



odamnivg gunohi to‘g‘risida 

 

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening to‘g‘rimda 



yolg‘on so‘z aytmangiz, kimki aytsa, do‘zaxga tushsin!» deganlar»,— deb aytganlar. 

 

Abdulloh ibn Zubayr otasiga: «Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida 



falonchi va pistonchi kabi so‘zlamayapsiz»,— dedi. Zubayr: «Ammo men haqiqatan 

Rasulullohdan ajralmaganman, birga bo‘lganman, o‘zlaridan eshitganman»,— dedi. 

«Kimki mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» 

deganlar»,— dedi Abdulloh. 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men sizlarga ko‘p hadis aytib berardim-ku, lekin 



Rasululloh aytgan bir so‘zlari meni shashtimdan qaytaradi, u kishi: «Kimki mening 

to‘g‘rimda yolg‘on so‘z to‘qisa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— 

deb aytganlar. 

 

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 



«Kim mening nomimdan aytmaganimni aytsa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» 

deganlar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 



«Farzandlaringizga ismimni qo‘yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo‘ymangizlar! Kimki 

meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, 

kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» 

deganlar».  

 

40-bob. (Din) ilmini (kitob qilib) yozmoq 

 

Abu Juhayfadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga aytdilar: «Sizda Allohning Kitobidan 



boshqa kitob bormi?» Ali: «Yo‘q, faqat Allohning Kitobi, musulmon kishiga beriladigan 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

«Fahm risolasi» va mana bu sahifadagi narsa bordir»,— dedilar. Abu Juhayfa dedi: «Bu 



varaqdagi nima?» Ali dedilar: «Xun hukmi, asirni ozod qilmoq va kofir uchun 

musulmondan qasos olmoqning haromligi (to‘g‘risida)». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Makka fath qilingan yili Xuzo’a qabilasi Bani Lays 



qabilasidan bir kishini o‘ldirdi (johiliyat davrida qabiladoshlaridan bir kishini o‘ldirishgani 

uchun qasos olishdi). Bu xabar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazildi. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyalariga minib va’z aytdilar: «Alloh taolo 

Makkayu Mukarramadan o‘limni bartaraf qildi (yoki fil askarlarini), Rasululloh sollallohu 

alayhi va sallamning hamda mo‘‘minlarning qo‘lini baland aylab, ularni mag‘lub etdi. 

Ogoh bo‘lingiz! Makkada urush qilmoq va o‘ldirmoq mendan avval ham biror kishiga 

ruxsat etilmagandir (halol bo‘lmagandir) va mendan keyin ham biror kishiga ruxsat 

qilinmaydi (halol bo‘lmaydi). Kunduzi bir soatgagina (halol bo‘ldi) izn berildi, urush 

qilmoq va o‘ldirmoq shu soatdan e’tiboran haromdir (man’ etiladi). Makkaning tikani 

ham yulinmaydi, daraxti ham kesilmaydi, tushib qolgan (yo‘qotilgan) narsasi ham 

olinmaydi, faqat odamlarga ma’lum qilmoq uchun olinadi. Kim o‘ldirilgan bo‘lsa, uning 

qarindoshi ikki yo‘ldan birini tanlaydi,"yo xunini oladi, yo qasosini oladi». Yamanliklardan 

biri kelib: «Yo Rasulalloh, menga yozib bering!»—dedi. Rasululloh: «Falonchiga yozib 

beringiz!»—dedilar. Quraysh qabilasidan bir kishi dedi: «Yo Rasulalloh, tikanlari 

yulinmaydi, daraxtlari kesilmaydi dedingiz, biroq izxir (xushbo‘y o‘simlik) o‘rilsa, mayli 

deng! Yo Rasulalloh, biz izxirni o‘rib, uylarimizga olib boramiz va qabrlarimizga 

qo‘yamiz». Rasululloh: «Izxir o‘rilsa, mayli»,— dedilar». 

 

Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari orasida 



hadislarni mendan ko‘ra ko‘proq biladigan kishi yo‘qdir. Yolg‘iz Abdulloh ibn Amrgina 

ko‘proq bilar edi, chunki u yozishni bilardi, men esa bilmas edim». 

 

Ibn Abbos bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (og‘riq) kasallari 



zo‘raygach: «Qog‘oz keltiringiz (daftar-qalam), sizlarga biror narsa yozib beraman, keyin 

adashmaysizlar»,— dedilar. Hazrat Umar (yonidagi sahobalarga): «Rasululloh sollallohu 

alayhi va sallamni (og‘riq) dard yengib qo‘ydi, bizda Allohning Kitobi bor-ku, bizga shu 

kifoya qiladi»,— dedilar. Shunda sahobalar o‘rtasida g‘ovur-g‘uvur boshlanib, gap 

ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni xoli qo‘yingiz (oldimdan 

chiqingiz), mening qoshimda janjal qilmangiz!» dedilar. Ibn Abbos tashqariga chiqib: 

«Bu zo‘r baxtsizlikdir, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yozib beramen, degan 

narsalariga to‘sqinlik qilmoq — zo‘r baxtsizlikdir!» — deb aytdilar.  

 

41-bob. Tunda ilm (ta’lim) berish va va’z aytish xususida 

 

Ummu Salamadan: «Kunlardan bir kuni kechasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



uyg‘onib dedilar: «Subhonalloh, bu kecha qanchadan-qancha fitnalar nozil qildiykin va 

qanchadan-qancha rahmat xazinasi eshiklarini ochdiykin. Hujralarda uxlab yotganlarni 

(ibodatga) uyg‘otingiz, bu dunyoda kiyimlik — oxiratda yalang‘ochdir!»— dedilar».  

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling