Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


42-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish 

 

Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi marta 



biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Ikki taraflariga salom berganlaridan so‘ng, 

o‘rinlaridan turib: «Bilasizmi, bu kechani? Shu kechadan boshlab to‘liq 100 yil o‘tgach, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar». 



 

Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida 

yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan 

kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach, 

uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola 

uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga 

turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. 

Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar, hatto men 

pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar».  

 

43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish 

 

Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi. 



«Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas 

edim»,— degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va 

hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar 

(mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi). 

Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy 

birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi. Abu Hurayra esa Janob 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib 

olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi. 

Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi». 

 

Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo 



Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim. 

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek) 

Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga 

bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan 

chiqarmaydigan bo‘ldim». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish» 



(narsa) yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar 

sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar 

edi, ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi).  

 

44-bob. Ulamolarga jim turib quloq solishning ma’qulligi 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haj-jat ul-Vido’da turganlarida Jarir ibn 



Abdullohga: «Odamlarni jim qilg‘il, tinglasinlar!»— dedilar. So‘ngra: «Mendan keyin bir-

biringizni o‘ldiradigan kofirlar bo‘lib ketmangiz!»—deb qo‘shib qo‘ydilar.  

 

45-bob. «Odamlarning eng olimi qaysi?»,— deb so‘ralganda, «Olim kishini 

Alloh bilgaydir»,— deb javob qilishning ma’qulligi 

 

Sa’id ibn Jubayr Abdulloh ibn Abbosga: «Navfal Bakoliy: «(Xizr bilan uchrashgan) Muso 



— Baniy Isroil payg‘ambari emas, balki boshqa Muso bo‘lgan, deb da’vo qilayotir»,— 

deganda, Abdulloh ibn Abbos: «Yolg‘on aytibdi, u Allohning dushmani ekan»,— dedilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

30

Ubay ibn Ka’b Rasululloh xususlarida bunday rivoyat qilganlar: «Muso alayhissalom 



Baniy Isroil qavmiga va’z aytib turgan edilar, «Odamlarning eng olimi kim?»—deb 

so‘rashdi. Muso alayhissalom: «Men hammadan olimroqman»,— dedilar. «Alloh 

biladi»,—demaganlari uchun Alloh taolo u kishiga tanbeh berib, «Ikki dengizning bir-

biriga qo‘shiladigan yerida bir bandam bor, u sendan olimroqdir»,—degan vahiy yubordi. 

«Yo rabbiy, qanday qilib u kishi bilan uchrashaman»,— dedilar. «Bir savatga baliq solib 

ol, so‘ng o‘sha tomonga qarab yur, agar baliqni yo‘qotsang, Xizr o‘sha yerda bo‘ladi»,— 

deyildi. Muso alayhissalom Yusha’ degan g‘ulomlari bilan savatga baliq solib olib, yo‘lga 

chiqdilar. Katta qoyatosh oldiga borganlarida, savatni qo‘yib, uyquga ketdilar. Baliq 

savatdan chiqib, dengizga tushib, suzib ketdi. Muso alayhissalomning g‘ulomlari 

taajjubda qoldi (chunki o‘sha baliq o‘lik edi). Kechaning qolgan qismida va kun bo‘yi yo‘l 

yurdilar. Ertasiga tong otgach, Muso alayhissalom yigitga: «Nonushtani keltirg‘il, bu 

safarimizda mashaqqat tortdik»,—dedilar. Muso alayhissalom tayinlangan joyga yetib 

borgunga qadar boshqa mashaqqat chekmadilar. Yigit dedi: «Ko‘rdingizmi, qoyatosh 

oldida dam olganimizda baliqni yodimdan chiqaribman (yo‘qolibdi)». «Biz istagan narsa 

ham xuddi shu edi»,— dedilar Muso alayhissalom va g‘ulomlari orqaga, qoyatosh 

tomonga yo‘l olishdi. U yerga yetib kelishganda, kiyimini yopinib yotgan kishini ko‘rdilar. 

Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr: «Salom bermog‘ingning o‘rni emas»,— dedilar. 

Muso dedilar: «Men Musoman». Xizr dedilar: «Baniy Isroil Musosimi?» «Ha, Alloh 

bildirgan ilmingizdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?»—dedilar 

Muso. «Menga ergashmoqqa sabringiz chidamaydi, ey Muso»—dedilar Xizr. «Alloh taolo 

sizga bir ilm o‘rgatganki, uni men bilmasman. Menga bir ilm o‘rgatganki, uni siz 

bilmassiz. Inshoalloh, men sabrli bo‘lgayman, ko‘rasiz, sizga osiylik qilmasman»,— 

dedilar Muso alayhissalom. So‘ng daryo sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Kemalari yo‘q edi, 

bir kema o‘tdi, kemadagilardan (o‘zlarini) olib ketishni so‘radilar. Ular Xizrni tanib, haq 

olmasdan olib ketdilar. Kema chetiga bir chumchuq kelib qo‘ndi, bir-ikki cho‘qib, suv 

ichdi. Xizr Musoga dedilar: «Sen bilan men bilgan ilm chumchuq dengizdagi suvni 

cho‘qilab ozaytirolmagani kabi, Alloh ilmini ham hech kamaytirolmagay». Xizr kema 

taxtasidan biriga tiralib, sindirib qo‘ydilar. Shunda Muso dedilar: «Haq olmasdan bizlarni 

olib ketayotganlarning kemasini teshib, odamlarni g‘arq qilmoqchimisiz?» Xizr dedilar: 

«Aytmadimmi, sabr qilmassiz». Bu Muso alayhissalomning (Xizr so‘zlarini) birinchi bor 

unutishlari edi. So‘ng jo‘nab ketishdi. Bir joyda Xizr o‘ynab turgan bolalardan birining 

boshini qo‘llari bilan uzib tashladilar. Muso dedilar: «Begunoh odamni nahaq 

o‘ldirdingiz». Xizr dedilar: «Aytmadimmi sizga, men bilan yurmoqqa sabr qilolmassiz 

deb!» Abu Sufyon: «Xizr shunday deb ta’kidladilar, keyin jo‘nab ketishdi»,— deydi. Bir 

qishloq ahli mehmon qilmoqdan bosh tortdi. Qishloqda ular yiqilayozgan bir devorni 

ko‘rdilar. Xizr «tuzatib qo‘yaman» degan ma’noda qo‘llari bilan ishora qildilar. Devorni 

to‘g‘irlab qo‘ydilar. Muso dedilar: «Agar xohlasangiz, shunga haq olingiz» Xizr dedilar: 

«Mana bu (so‘zingiz) siz bilan mening ajralmog‘imizga sababdir». 

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh taolo Musoni rahmat qilsin! Juda ham 



yaxshi ko‘rar edik u kishini, agar sabr qilganda (juda ajoyib narsalarni ko‘rar edi), 

ikkalalari o‘rtasida bo‘lgan ishlarni bizga hikoya qilib berishar edi»,— deb aytdilar».  

 

46-bob. O’tirgan olimdan tik turgan holda masala so‘rashning mumkinligi 

 

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam huzurlariga kelib, dedi: «Yo Rasulalloh, qaysi jang Alloh yo‘lida qilingan jang 

hisoblanadi? Bittamiz g‘azabdan urushamiz, bittamiz qarindoshlarimizni himoya qilib 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

31

urushamiz». Janob Rasululloh so‘rovchiga boshlarini ko‘tarib qaradilar. So‘rovchi tik 



turganligi uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib dedilar: «Kimki 

Allohning so‘zini yuqori (ustun) bo‘lsin deb jang qilsa, u jang Alloh yo‘lida qilingan 

jangdir!»  

 

47-bob. Ramy ul-Jummorda (shaytonga tosh otadigan joyda) savol va fatvo 



so‘rash 

 

Abdulloh ibn Amrdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Jamrat ul-aqabada 



(shaytonga tosh otadigan yerda) ko‘rdim, bir kishi: «Yo Rasulalloh tosh otmasimdan 

avval qurbonlik qilib qo‘yibman? — deb so‘rayotgan edi. «Otaver, zarari yo‘q»,— dedilar. 

Boshqasi dedi: «Yo Rasulalloh, qurbonlik so‘ymasdan avval sochimni oldirib qo‘yibman?» 

«So‘yaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Avval yo keyin qilingan haj amallaridan nimaiki 

so‘ralsa, «Qilaver, zarari yo‘q»,— deb javob berdilar».  

 

48-bob. Alloh taoloning «Sizlarga juda ham oz ilm berildi» (Isro:85) degan 



oyati karimasi xususida 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan 



Madinaning xarobaroq yerida ketayotgan edik. Rasululloh qo‘llarida xurmo yog‘ochidan 

qilingan xassa tutib olgan edilar. Bir to‘da yahudiylar yonidan o‘tayotganimizda ulardan 

ayrimlari: «U kishidan ruh to‘g‘risida so‘ranglar»,— deb aytishdi. Ba’zilari esa: 

«So‘ramanglar, sizlar inkor qilgan narsa haqida javob aytmaydi»,— deyishdi. Yana 

ba’zilar: «Albatta so‘raymiz»,— deyishdi. Shulardan biri turib: «Yo Abulqosim, ruh 

nima?» —dedi. Janob Rasululloh jim qoldilar. Men o‘zimcha: «U kishiga vahiy nozil 

bo‘layapti»,— dedim. Rasulullohni yahudiylardan pana qilib (o‘rtada) turdim. O’zlariga 

kelgach: «Sendan ruh to‘g‘risida so‘rashmoqdalar, ruh rabbimning ishi (o‘zi biladi), bu 

to‘g‘rida (odamlarga) juda oz bilim berilgan, deb ayt!»,— dedilar. 

 

Al-A’mash: «Bizdagi (nusxada) shunday o‘qiladi»,— degan.  



 

49-bob. Ba’zilar noto‘g‘ri tushunmasin, deb o‘zi ixtiyor qilgan narsalardan voz 

kechish 

 

Asvad an-Nahildan: «Abdulloh ibn Zubayr menga: «Oisha onamiz senga ko‘p sir 



aytadilar, Ka’ba to‘g‘risida senga qanday hadis aytdilar?» — dedi. Men unga Oisha 

onamiz bunday deganlar, dedim: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, 

agar qavm kufrdan yangi chiqqan (endigina musulmon) bo‘lmaganda edi, Ka’bani teshib, 

eshigini ikkita qilar edim. Biridan kirib, ikkinchisidan chiqadigan qilar edim». 

 

Keyinchalik Abdulloh ibn Zubayr Rasulullohning niyatlarini amalga oshirgan (bu 



Ka’baning 4-ta’miri edi. 5- ta’mir Hajjoj davrida bo‘lgan).  

 

50-bob. Tushunishni istamagan qavm o‘rniga tushunadigan qavmga ilm 



o‘rgatish xaqida 

 

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Odamlarga aqli yetadigan narsani gapiringiz. Alloh va 



uning Rasulini yolg‘onga chiqarishlarini istarmisiz?»—degan ekanlar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabalni ulovlariga 



mingashtirib ketayotganlarida bunday dedilar: «Ey Muoz!» «Labbayka, yo rasulalloh va 

sa’dayka (men shu yerdaman, xizmatingizga tayyorman)»,— debdi Muoz. «Ey Muoz!» — 

dedilar yana. «Labbayka yo rasulalloh va sa’dayka»,— deb javob beribdi Muoz. (Shu 

gapni uch bor qaytarganlaridan ) keyin, «Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna 

Muhammadan abduhu va rasuluhu» ni chin qalbdan aytgan, odamgagina Alloh taolo 

do‘zax o‘tini harom qilg‘ay», dedilar. Muoz dedi: «Yo Rasulalloh, umidvor bo‘lsinlar, deb 

odamlarga buni xabar qilaymi?» Rasululloh: «Agar umidvor bo‘lsalar...»,— deb gaplarini 

oxirigacha aytmadilar. Muoz bu gapni o‘limi oldidan (hadisni yashirib gunohkor bo‘lib 

qolishdan qo‘rqib) to‘la-to‘kis aytib bergan. 

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muozga: «Kimki Alloh taologa shirk keltirmay 



ro‘baro‘ bo‘lsa, jannatga kirgay»,— degan ekanlar. Shunda Muoz: «Odamlarga bu . 

xushxabarni aytaymi?» — degan edi, «Yo‘q, qattiq umid bog‘lashlaridan qo‘rqaman»,— 

dedilar Rasululloh (ya’ni, odamlar: «Allohga shirk keltirmasak bas, jannatga kirar 

ekanmiz»,— deb noto‘g‘ri o‘ylamasinlar»,— degan ma’noda bo‘lsa kerak).  

 

51-bob. Ilm o‘rganishdan uyalmoq 

 

Mujohid aytganlar: «Uyalgan kishi ilm. ololmaydi. Uyalgan kishi va mutakabbir kishi ilm 



ololmaydi». 

 

Oisha onamiz aytganlar: «Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollar. Dinni teran 



o‘rganmoqlari uchun ularga hayo mone’lik qilmadi». 

 

Ummu Salama bunday deydi: «Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 



huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Alloh taolo haqiqatni aytmoqdan uyalmaydi 

(shuningdek, men ham uyalmasman). Ayol kishi agar ihtilom bo‘lib (bulg‘anib) qolsa, 

g‘usl vojib bo‘ladimi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar nam 

(maniy) chiqqanini ko‘rsa»,— dedilar. Ayol yuzini (uyalib) berkitdi-da: «Yo Rasulalloh, 

ayol kishi ham ihtilom bo‘ladimi?»—dedi. Rasululloh: «Xa, bo‘ladi (ayolda ham maniy 

bor), nechun bola onasiga o‘xshaydi!» — dedilar». 

 

Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasida bir 



daraxt bordir, bargini tashlamaydi, u musulmonga o‘xshaydi, aytingiz-chi, bu qaysi 

daraxt?» —dedilar. Odamlar qishloqlaridagi bor daraxtlarni sanab chiqdilar. Mening 

ko‘nglimdan «xurmo daraxti» degan fikr o‘tdi. Lekin (aytishga) uyaldim. Odamlar: «Yo 

Rasulalloh, o‘zingiz aytib bering!»—dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U 

xurmo daraxtidir»,— dedilar. Men ko‘nglimga kelgan boyagi fikrni otam Umarga aytdim. 

Shunda otam (Umar): «O’shanda aytganingda-ku, menga falondaqa-pistondaqa ishlar 

nasib bo‘lib, yaxshi bo‘lar edi»,— dedilar».  

 

52-bob. So‘rashdan o‘zi uyalsa, birov orqali so‘rashning joizligi to‘g‘risida 

 

Hazrat Ali raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Men maniyi ko‘p (shahvati tez) 



odam edim. Al-Miqdodga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shahvati tezlikning 

hukmini so‘ragin»,— deb buyurdim. U kirib so‘radi. Rasululloh: «Maniy kelganda tahorat 

olmoq lozim bo‘ladi»,— deb aytdilar».  

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

53-bob. Masjidda ilmdan so‘zlashmoq va fatvo aytmoqning joizligi 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi masjidda tik turgan 



holda: «Yo Rasulalloh, tahlilni («lo iloha illallohu» deb aytishni) qaerdan boshlab 

aytaylik?» — dedi. Rasululloh: «Madina ahli Zul-hulayfadan boshlab, Shom (Suriya) ahli 

Juhfadan boshlab, Najd (Iroq) ahli Qarn degan joydan boshlab aytadilar»,— dedilar». 

 

Ibn Umar: «Ayrim kishilar, Rasululloh Yaman ahli Yalamlamdan boshlab tahlil aytadi, 



deganlar, deb ta’kidlashadi. Men Rasulullohning bunday deganlarini sira eslay 

olmayman»,— der edi.  

 

54-bob. Masala so‘ragan odamga so‘raganidan ko‘proq javob qaytarishning 

joizligi 

 

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir 



kishi so‘radi: «Ehromga kiruvchi odam (haj vaqtida) nima kiyadi?» «Ko‘ylak kiymaydi, 

salla o‘ramaydi, shim kiymaydi, burnus (choponga o‘xshash) kiymaydi, vars va za’faron 

ila bo‘yalgan kiyim ham kiymaydi (oq en mato bilan tanasini o‘raydi). Agar shippak, 

ya’ni, oyoq oshig‘idan past oyoq kiyimi topmasa, mahsini oshiqdan yuqorisini kesib 

tashlasin, toki oyoq kiyimi oshig‘idan pastda bo‘lsin!»—dedilar».  

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

34

ÉΟó¡Î0



 

«!$#


 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

 



TAHORAT KITOBI 

 

1-bob. Olloh taoloning quidagi oyati karimasi mazmuni haqida 

 

Olloh taolo oyati karimasida:"Ey mo'minlar, agar namozga tursangiz, yuzingizni, 



qo'lingizni(tirsakkacha) yuvib, boshingizga" mash tortingiz, oyog'ingizni to'piqqacha 

(to'pq bilan qo'shib) yuvingiz ,-deydi. 

 

Abu ABdulloh(Imom Buhoriy) bunday deydilar:"Janob Rasululloh sallolohu alayhi 



vasallam tahoratning farzi-bir martadan yuvish ,deb tushuntirganlar, o'zlari tahorat 

olganlarida ikki va uch marta ham yuvganlar, lekin bundan oshirmaganlar. Ulamolarga 

suvni isrof qilmaslikni buyurganlar(ya'ni, uch martadan ortiq yuvishni man qilganlar)".  

 

2-bob. Namoz tahoratsiz qabul qilinmag'ay. 

 

Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Tahorati singan kishining, tahorat olmaguncha 



namozi qabul qilinmag'aydir",-dedilar. Hazramavtlik bir kishi dedi:"EY Abu Hurayra, 

tahorat sinish degani, nima degani?" Abu Hurayra:"Ovozsiz yoki ovozli yel",-dedilar. 

 

3-bob. Tahorat fazilati va (qiyomat kunida) tahorat ta'siridan yuvilgan 

a'zolarning yarqirashi(al-g'urr ul-muhajjalun) 

 

Mujmir raziallohu anhu dedilar:" Abu Hurayra raziallohu nahu bilan birga masjidning 



orqasiga o'tdik. Abu Hurayra tahorat oldilar, keyin u mishi bunday dedilar:"Rasululloh 

sallolohu alayhi vasallam :"Ummatlarimni qiyomat kuni tahoratning ta'siridan g'urran 

muhajjalin holda chaqirgaydirlar. Qay birovkim o'z yarqirog'ini ko'paytirishga qodir ersa, 

ko'paytirsin!"- dedilar(bu dunyoda tahorat qilib yurganlarning badanlari qiyomat kuni 

yarqiraydi)".  

 

4-bob. Tahorati singanini abiq bilmaguncha qayta tahorat olmaslik haqida 

 

Ibod ibn Tamimning amakisi Rasululloh sallolohu alayhi vasallamga bir kishi ustidan 



shikoyat qilib:"Namoz vaqtida uning orqasidan yel chiqqandek bo'ldi",-dedi. Rasululloh 

sallolohu alayhi vasallam :"Bunday holda yelning ovozini eshitmaguncha yoki hidini 

sezmaguncha namozni buzmaslik kerak",-dedilar.  

 

5-bob. Tahorat olishni osonlashtirish to'g'risida. 

 

Ibn Abbos raziallohu anhu bunday dedilar:"Rasululloh sallolohu alayhi vasallam 



uxladilar, hattoki pishilladilar ham, keyin turib namoz o'qidilar. Balkim, 

Sufyon:"Rasululloh yonboshladilar, hattoki pishilladilar ham",-deb aytgan edi shekilli. 

Keyinchalik Sufyon shu hadisni bizga bir necha marta rivoyat qilib bergandi". 

Ibn Abbos r.a. yana shunday dedilar:"Holam maymunanikida bir kecha tunab qoldim. 

Janob Rasululloh sallolohu alayhi vasallam kechasi namozga turdilar. Tunnong bir qismi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

o'tgan edi. Devorga osig'liq bir meshdan suv olib, yengil tahorat oldilar. Keyin turib 



namoz o'qiy boshladilar. Ulardan keyin men ham tahorat olib, chap tomonlariga kelib 

turdim. Meni o'ng tomonlariga o'tkazib qo'ydilar, keyin Olloh xohlagancha namoz 

o'qidilar, keyin yonboshladilar, hatto pishillagan ovozlari ham eshitildi. Keyin muazzin 

kelib, azon aytdi va birgalikda namoz o'qishdi. Janob Rasululloh (bu gal) tahorat 

olmadilar. Amr ibn Dinor :"Odamlar Janob Rasulullohning ko'zlari uxlaydi-yu, lekin dillari 

uxlamaydi, deyishadi",-deb bizga aytgandilar. Amr shunday deydilar:"Ubayd ibn 

Umar:"Payg'ambarlarning tushlari ham vahiydir",-dedi-da,"Tushimda men seni qurbonlik 

qilayotgan ekanman(Ibrohim alayhissalom o'g'illari Ismoil alayhissalomga shunday 

deganlar)" degan oyatni o'qidi".  

 

6-bob. Tahoratni mukammal olmoq 

 

Ibn Umar: «Tahoratni mukammal olmoq degani, toza yuvmoq deganidir»,— deganlar. 



 

Ibn Abbos Usoma ibn Zayddan bunday deb eshitgan ekanlar: Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam Arafotdan qaytayotib Sha’b degan joyga kelganlarida (tuyalaridan) tushib, 

tahorat ushatdilar, keyin tahorat oldilar, lekin mukammal olmadilar. «Namozgami, yo 

Rasulalloh?»—dedim. «Namoz oldingdadir (ya’ni, hali namozga vaqt bor)»,— dedilar, 

so‘ng tuyalariga mindilar. Muzdalifa degan joyga kelganda (tuyalaridan) tushdilar, so‘ng 

tahorat oldilar, bu gal mukammal oldilar. Keyin namozga chaqirildi. Shom o‘qidilar. 

Keyin har bir kishi tuyasini o‘z joyiga cho‘ktirdi. Keyin xuftonga chaqirildi, xufton 

o‘qidilar. Shom bilan xufton o‘rtasida boshqa namoz o‘qimadilar».  

 

7-bob. Bir hovuch suv bilan ikki qo‘llab yuz yuvmoq 

 

Ato ibn Yasor bunday deydilar: «Ibn Abbos tahorat oldi, yuzlarini yuvdi. Bir hovuch suv 



olib, og‘iz va burun chayqadi. Keyin bir hovuch suv olib, mana bunday qilib ikkinchi 

hovuchiga ham qo‘yib, ikki qo‘llab yuzini yuvdi. Keyin bir hovuch suv oldi, u bilan o‘ng 

qo‘lini yuvdi, keyin bir hovuch suv oldi, u bilan chap qo‘lini yuvdi, keyin (suv olib) mash 

tortdi, keyin bir hovuch suv oldi, o‘ng oyoqlarini yuvdi, keyin bir hovuch suv olib, chap 

oyoqlarini yuvdi. Keyin: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday 

tahorat olayotganlarini ko‘rganman»,— dedi».  

 

8-bob. Har qanday holatda va jimo’ (jinsiy aloqa) oldida ham bismilloh 

aytmoqning sunnatligi 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu deydi: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar 



birortangiz xotiningizga yaqinlik qilmoqchi bo‘lsangiz, «Bismillohi, Allohumma 

jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona ma rozaqtana (Allohning ismi bilan 

boshlayman. Ilohi, bizdan shaytonni yiroq qilgin va shaytonni bizga berajaging 

farzanddan yiroq qilgin!)» — deng! Shundan so‘ng sizga farzand taqdir etilsa (bola 

bo‘lsa), unga shayton zarar yetkazmaydi» — deganlar».  

 

9-bob. Hojatxonaga kirayotganda nima deyiladi? 

 

Abdulaziz ibn Suhayb Anas bunday degan edi, deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh 



sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirsalar: «Allohumma inni a’uzu bika min al-

xubsi va l-xobaais (Ilohi, men sendan erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling