Aloqalarini va o‘zaro bog‘liq1igini ilmiy o‘rganishdir


Download 0.86 Mb.
bet21/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1583087
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik. Umurzakov U.P 194-254

Tadbirkorlik kapitali biznes korxonalarga to‘g‘ri yoki portfel investitsiyalari usulida kiritilgan kapitaldir. Kapitalning bunday qo‘yi1masi foyda olishga va korxonani boshqarish huquqiga ega bo‘lishga qaratiladi. Bunday holat hissadorlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda amalga oshiriladi.
Jalb qilingan kapital (qarz kapitali, ssuda kapital) qaytarilishi shart bo‘1gan va ma’lum bir bahoga ega bo‘1ib qarzga berilgan kapitaldir. Bunday kapital biror-bir korxonaga investitsiya sifatida berilmaydi, balki boshqa bir tadbirkorga yoki investorga vaqtincha foizli foyda olish uchun beriladi.
Moliyaviy resurs manbalariga foyda amortizatsion to‘lovlar; korxona ixtiyorida doimiy ravishda bo‘1gan kreditorlik qarzi; qimmatli qog‘ozlarning sotilishidan tushgan mablag‘1ar; mehnat kollektivining, huquqiy va jismoniy shaxslarning ulush va badal to‘1ovlari; kredit va zayomlar; sug‘urta hujjatlari ixtiyoriy yordam badal to‘lovlari va boshqalar.
Ba’zi hollarda moliyaviy resurslarning o‘ziga xos manbasi sifatida “nou — xau” (inglizcha “nou — xau” - qandayligini bilaman) deb ataladigan tushuncha ham ishlatiladi. Ru texnik bilimlar va tijorat sirlarining majmuasidir. «Non - xau»larga avtorlik bnivohnomasi yoki patentlar olinmaydi va u biror-bir huquqiy yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘ladi. Xuddi shu mulk olish-sotish obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Agar sotib oluvchi «nou- xau» bilan tanishish niyatini bildirsa, unga asosiy jihatlargina namoyish qilinadi, aks hoJda uning egasi «nou - xau»ni yo‘qotib qo‘yishi ehtimoli yuzaga keladi.
Kredit qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag‘lari manbai bo‘lib, tijorat banklari, shuningdek
budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisoblanadi. Ular xususiy tadbirkorlikni, kichik biznes subyektlarini rivojlantirishga yordam berish uchun maxsus tashkil etilgan. Tadbirkorlikni krcdit orqali xorijiy valyutada qo‘llab quvvatlash mahalliy tijorat banklarining valyuta mablag‘lari tomonidan, shuningdek xorijiy va xalqaro moliyaviy institutlarining kredit liniyalari hisobiga amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari vakolatli banklar, ya’ni fondlar bilan kerakli bitimlarga cga bo‘1gan banklar orqali ajratiladi. Shuning uchun, istal@a n holda tadbirkor kredit yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat etadi va o‘zining krcdit dasturini tayyorlash hamda amalga oshirish bo‘yicha barcha o‘zaro aloqalami u yoki bu back tizimi bilan amalga oshiradi.
Respublika hududida xo‘jalik subyektlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan qaytarib berish, to‘lov, ta’minlanganlik, inuddatlilik va ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning maqsadli ishlatilishi sharti asosida amalga oshiriladi. Kredit berish niijozning bank hisob varag‘i mavjud bo‘lgan joyda amalga oshiriladi. Ajratilish muddatiga ko‘ra kreditlar qisqa muddatli va uzoq niuddatlilarga bo‘linadi. Qisqa muddatli kredit — 12 oygacha muddatga beriladigan ssuda bo‘1ib, uning muddati kreditlanadigan tadbirlar muddatidan, qoplanish muddatidan va boshqa shartlardan kelib cfiiqadi. Uzoq muddatli kredit — 1 yildan ko‘p muddatga, ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi obyektlami qurish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan sannoyali maqsadlar uchun beriladi.
Kredit olish uchun qarz oluvchi o‘zining moliyaviy va ishlab h iqarish imkoniyatlarini baholashi va o‘xi uchun qiiyidagilami
.iiiiq belgilab olishi shart: o‘z mahsulotini sotish bozorini (talab xa t.ik lilni o‘rganish); loyihaning ishlashi uchun kerak bo‘ladigan

  • •x .ir-moddiy boyliklarni, shuningdek tayyor mahsulotni sotish ii' nun zarur bulgan shartnomalarning mavjudligi; kreditlanayotgan

  • •. ilianing samaradorligi; hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib

  • -lii.shining davriyligi; kreditni va u bo‘yicha foizlarni so‘ndirish iiilialari; kredit uchun to‘1anadigan to‘lovni hisoblash va uning ri vlIt›l. Shuningdek, o‘tgan yil (chorak, oy) uchun o‘z

moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlilini tayyorlab qo‘yish va joriy davr uchun kelgusini belgilash (biznes-reja) kerak bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsati1gan tahliliy va kelgusini belgilash ma’1umotla- ridan kelib chiqib, qarz oluvchi kredit olish uchun ariza va iltimosnoma tayyorlaydi. Iltimosnomada kredit olish zarurligi, uning samaradorligi, qaytarilishi, to’1ov1igi va ta’minlanganligi, o‘z kapitalining tarkibi va bu kapitalning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki keng ta’rif1anadi. Kreditni so‘ndira olmaslik tavakkalidan qutilish uchun qarz oluvchi foydalanish mumkin bo‘lgan ta’minlanganlikka ega bo‘1ishi kerak.
Ta’minlanganlikning asosiy turlari bo‘1ib, mulk va qimmat- baho qog‘ozlar garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi, shuningdek, qarz oluvchi kreditni so‘ndirmas1igi tavakkalining sug‘urtasi hisoblanadi. Ta’min1angan1ikning asosiy shakli bo‘1ib mulk garovi hisoblanadi. Garov predmeti bo‘lib istalgan mulk, shu jumladan, qarz oluvchining shaxsiy mulki bo‘lgan va uning to‘1iq xo‘jalik yuritishida unga qarashli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risidagi” Qonuniga ko‘ra garov predmeti bo‘la oladigan narsalar va mulkiy huquqlar (aylanishdan chiqarilgan narsalardan tashqari) hisoblanadi. Qarz oluvchining mulk va ta’minlanganlikning boshqa shakllari bo‘yicha Bank oldidagi majburiyatlari quyidagi talablarni qondirishi kerak: Boshqa garovdan ozod bo‘lishi; yuqori likvidlikka ega bo‘lishi, bunda aktivlarning pul mablag‘1ariga aylanish qobiliyati tushuniladi; Uzoq muddat saqlanish qobiliyatiga egalik. Bcrilayotgan kredit miqdori garovga qo‘yilgan va sug‘urtada baholangan mulkning ma’lum foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Garovga quyilgan mulkdan qarz oluvchi foydalanadi va uning mablag‘i hisobiga sug‘urta tashkilotlarida bank-benefisar foydasiga sug‘urta qilinadi. Garov bahosining kredit summasidan ortiqligini yo‘qotish, zarar ko‘rish, mulk bahosining o‘zgarishida kredit tavakkalining badali bo‘lib hisoblanadi. Tez sotish mumkin bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar ham garov predmeti bo‘lishi mumkin (davlat qimmatbaho qog‘ozlari, aksiyalar, obllgatsiyalar, b3Shqa emitentlaming depozit sertifikatlari).
Kreditning ta’min1angan1igi sifatida tovarlar, valyuta mablag‘ lari, shuningdek, avtotransport qabul qilinishi mumkin. Bu holda garovga qo‘yilgan mulk bankka kafillik uchun beriladi. Kadilik ham, shuningdek, garov shartnomasi bila. rasmiylashtiriladi va u notarial tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Kreditning ta minlanganligi bo‘lib uchinchi shaxsning qarz oluvchi to‘1ashga layoqatsiz bo‘lgan paytda, uning qarzini so‘ndirishga root ekanligi to‘g‘risidagi majburiyati xizmat qiladi va u mustaqil kafillik majburiyati sifatida rasmiylashtiriladi. Kafillikka oluvchining majburiyati qarzdorning qarzi summasi va u bo‘yicha hisoblangan foizlar bilan cheklanadi. To‘lov layoqati subyekti sifatida benuqson obro‘ga ega bo‘lgan ham yuridik, ham jismoniy shaxslar kafil bo‘1ishi mumkin. Ularning hammasi O‘xbekist‹ n iqtisodiyotining xususiy sektorini rivojlantirishga yordam berish maqsadida amal qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridagi biznesni rag‘batlantiruvchi imtiyozli kreditlar beradi: dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo‘jalik texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish.
Xomashyo va materiallami birlamchi qayta ishlash. Q:sh1oq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash. Ko‘p mehnatni talab qiluvchi kichik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati mahsulotlarini ishlab chiqarish. Servis xizmatlari va aholiga xi -' ko‘rsatish. Sayyohlik sanoatini rivojlantirish. Xususiy medisina a farmatsevtikani rivojlantirish. Mahalliy sanoatni rivojlantirish. Qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati. Eksportga yo‘naltiri1gan va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarnJ qishloq joylarda ko‘proq tashkil etish.
O‘zbekistonda biznesni yuritishga mablag‘ jalb etishning yana bir yo‘na1ishi mikrokreditlar hisoblanadi. Unga hukumat tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan katta e’tibor berilmoqda. Mikrokreditlar bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha Siz uchun qulaydir: kredit olish qoidasi birmuncha soddalashtirilgan, gaTov ta minotining barcha shakllari hal etilgan, kredit pullarining bir qismi naqd shaklda olinadi,
aylanma rcsurslar xaridi asosida lcredit berish masalalari nisbatan oson hal etiladi va boshqalar.
Qonunchilikda mikrokrcditlarni olishning ikkita asosiy tartibi belgilab qo‘yilgan: yuridik shaxs bo‘lgan kichik biznes subyektlari va yuridik shaxs bo‘1may o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘ja1iklari. Dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar imtiyozli kredit resurslari hamda Dehqon va fermer xo‘ja1iklarini qo‘l1ab- quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro‘yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining
150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda beriladi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1 6 qismini tashkil etadi. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Dastlabki (boshlang‘ich) sannoyani shakllantirish uchun berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat o‘tgach undiriladi. Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) solig‘i hisoblash bazasiga kiritilmaydi. Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘1gan kichik biznes subycktlariga imtiyozli lizing xizmati ko‘rsatiladi. Bunda lizing
foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi, uning 2*1 qismi Mikrokreditbank marjasini tashkil etadi. Oilaviy tadbirkorlik jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyati bo‘lib, er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan umumiy mol-mulk negizida amalga oshiriladi. Oilaviy tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda er-xotindan qaysisining nomiga ro‘yxatga olingan bo‘lsa, u oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ishni olib boradi. Mikrokredit olish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladilar: kam ta’minlangan oilalar; tarkibida nogironlar bo‘lgan oilalar; tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a’zolari mavjud oilalar; boquvchisini yo‘qotgan oilalar; yosh oilalar.
Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorini tashkil etadi va ular 2 yilgacha muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Oilaviy tadbirkor *kni tashkil etish uchun mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi. (O‘zR AV 08.08.2006-y. I 548-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarc" tahriridagi band). Mikrokreditlarni qaytarish, 6 oylik imtiy
£ ilVlTli ko‘zda tutgan holda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshlig‘i va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida hclgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Rudjetdan tashqari jamg‘armalaming kredit liniyalari lii•obidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini -i•
li i’ish maqsadlari uchun mikrokreditlar O‘zbckiston Respublikasi i •,idcntlari bo‘lgan kichik biznes subyektlariga berilishi mumkin. lliiiida xodimlarining 50 foizi va undan ortig‘ini nogironlar, shu lllll .ltlan, Ko‘zi ojizlar jamiyati a zolari tashkil etgan kichik biznes iib• 'k tlari, qishloq joylarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini
› l‹• • oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari, ushbu kredit liii ij :ilari hisobidan mikrokredit olishda ustuvorl ikka ega
bo‘ladilar. (O‘zR AV 08.11.2007-y. 1548-2-son bilan ro‘yxatga e!ingan O‘zR MBB va MV Qarori tahriridagi xat boshi). Budjetdan ishqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘1magan dehqon xo‘jaliklariga cng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi. (O‘zR AV 08.11.2007 y. 1548-2-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori tahriridagi band). Budjetdan tashqari jamg‘arma1arning kredit liniyalari hisobidan beriladigan ushbu mikrokrcditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan investitsiya loyihalarining yo‘nalishidan kclib chiqqan holda. quyidagi miqdorlarda belgilanadi : dehqon va fcrmcr xo‘jaliklarini rivojlantirish va kcngaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish, fcrmerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1 3 qismi miqdorida; bevosita ishlab chiqarish sohasi, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasana- chilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida; xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‘rsatish, avtomobillar va boshqa texnika ta’miri bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, transport xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorigacha. (O‘zR AV 08.11.2007-y. 1548-2-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori tahriridagi xat boshi).
Aholi bandligini ta’min1ashning hududiy va maqsadli dasturla-
riga kiritilgan yuridik shaxslarga ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 000 AQSH dollarining so‘mdagi ekvivalentidan ortiq miqdordagi kreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash
stavkasining 50 foizi miqdorida. (O‘zR AV 08.08.2006 y. 154b-1- son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori tahriridagi xat boshi).
Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan berilayotgan ushbu mikrokreditlar bo‘yicha bank marjasi imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi o‘rnatilgan imtiyozli foiz stavkalari miqdorining oshishiga olib kelmaydi. Dehqon va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘ja1igi ishlab chiqarishini tashkil etishga beriladigan mikrokreditlar, qoida tariqasida, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan beriladigan boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo‘1gan muddatga beriladi.
Budjetdan tashqari jamg‘arnialar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlarning qaytarish mudda- tini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
O‘zbekistonda kredit kapitali bozorining alohida bo‘g‘ini xorijiy valyutadagi kreditlar hisoblanadi. Bu valyuta ishlab chiqa- rishni tashkil etishga zamonaviy yuqori texnologik jihozlami j‘«lb qilish, import xom-ashyo va materiallarni xarid qilish uchun muhimdir. Valyutadagi kredit, umuman olganda mahalliy tijorat banki tomonidan ham berilishi mumkin. Biroq bunday amaliyot keng tarqalmagan va odatda tadbirkorlar xorijiy va xalqaro moliyaviy tuzilmalar kredit liniyalariga murojaat qiladilar, jumladan, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YETTR), Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (XMK), Germaniya Banki KFW va boshqalar. Mazkur holda tadbirkor bcvosita xorijiy kreditorga murojaat qilmaydi, balki o‘z ishini mahalliy bank kredit liniyasining ijrocliisi bilan birgalikda olib boradi. U loyihani ckspertiza qilish va uni xorijiy sherik tasdiqlash uchun taqdim etishga butunlay vakolatlidir. Respublikadagi bir necha banklar xorijiy kredit liniyalari bilan ishlaydilar. Jumladan, TIF Milliy banki, “Asaka Bank”, “Mikrokreditbank” va boshqalar.


    1. Download 0.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling