Analitik kimyo usullarining


Download 105.17 Kb.
bet2/9
Sana17.02.2023
Hajmi105.17 Kb.
#1206214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Analitik kimyo

Sifat analizining kimyoviy usullari-kimyoviy reaksiyalarga
asoslanadi. Kimyoviy sifat analizini o‘tkazish reaksiyaning tashqi effektini nazorat qilishga asoslangan. Reaksiyaning tashqi effektiga rangning hosil bo‘lishi yoki yo‘qolishi, cho‘kmaning tushishi yoki erishi, gaz ajralishi kiradi. Demak, kimyoviy sifat analizi usullarning barchasida, albatta, kimyoviy reaksiya o‘tkazilishi shart. Analiz jarayonida foydalaniladigan ana shunday kimyoviy reaksiyalar analitik reaksiyalar, ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deb ataladi.
Kimyoviy analiz usullari aniq natija beradi. Lekin ko‘pchilik
kimyoviy usullarning sezgirligi kichik, analiz bajarilishi uchun ko‘p vaqt talab etiladi va avtomatlashtirish qiyin. Kimyoviy reaksiyalarga asoslangan analizning kimyoviy usuli asosan quyidagi uch turga bulinadi:
1). Gravimetrik (tortma) analiz.
2). Titrimetrik (hajmiy) analiz.
3). Gaz analizi.
Tortma analiz. Tekshirilayotgan modda namunasi analitik tarozida
tortiladi, keyin namuna eritmaga o‘tkaziladi, zaruriy aniqlanadigan element cho‘ktiriladi va cho‘kmani filtrlab eritmadan ajratiladi. Cho‘kma o‘zgarmas ogirlikka ega bo‘lguncha quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Cho‘kmaning massasini bilgan holda zaruriy tarkibiy qismning foiz miqdori hisoblab topiladi.
Hajmiy analiz. Bu usul reaksiyaga kirishayotgan eritmalar hajmini
o‘lchashga asoslangan. Ulardan birining konsentratsiyasi ma’lum bo‘lib, ikkinchi eritmaning konsentratsiyasi titrlash asosida hisoblanadi. Titrlashda tegishli indikatorlardan foydalaniladi.
Gaz analizi. Bu usulda gazlar aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi
orqali o‘tkazilganda ayrim tarkibiy qismlarning eritmaga yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi kamayadi. Ana shunga asoslanib aralashmadagi ba’zi gazlarning foiz miqdori aniqlanadi.
Kimyoviy usullar hamisha sanoat ob’yektlarini nazorat qilishda kelib
chiqadigan talablarni qondira olmaydi. Kimyoviy usullarning sezgirligi kichik bo‘lganligi sababli turli ob’yektlar tarkibidagi juda kam miqdor elementlarni aniqlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tortma analiz usullarini bajarish uchun ko‘p vaqt sarflanadi, hajmiy analizni esa loyqa yoki rangli moddalar mavjud eritmalar sharoitida ko‘llash mumkin emas. Shuning uchun ham hozirgi davrda juda sezgir analizni otkazish davri qisqa bo‘lgan usullar yaratishga ko‘p e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizikaviy va fizik- kimyoviy usullar katta samara bermoqda.

Download 105.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling