Analitik kimyo usullarining


Download 105.17 Kb.
bet4/9
Sana17.02.2023
Hajmi105.17 Kb.
#1206214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Analitik kimyo

Optik analiz usullari tekshirilayotgan moddaning optik
ko‘rsatkichlarini o‘lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga ta’sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu o‘zgarishlardan birortasi yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi haqida xulosa chiqariladi.

Texnologik jarayonlar nazoratida optik analiz usullaridan biri
kalorimetrik analiz keng qo‘llaniladi. Boshlang‘ich mahsulot va tayyor mahsulot tarkibidan turli moddalar miqdorini aniqlash shu usul yordamida amalga oshiriladi. Fotokalorometrik analiz o‘ta sezgirligi va analiz o‘tkazish uchun kerakli vaqtning qisqaligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Fotokalorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo‘lgan tarkibiy qism rangli birikmaga o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan tarkibiy qismning miqdori to‘g‘risida xulosa qilinadi.
Elektrokimyoviy analiz usullari. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi
aniqlanayotgan moddaning elektrokimyoviy xususiyatlaridan foydalaniladigan bir qancha analiz usullari mavjud. Potensiometrik, konduktometrik, polyarografik va elektrogravimetrik usullari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga oid laboratoriyalarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelinmoqda. Potensiometrikusul eritmaga tushirilgan elektrodda vujudga keladigan potensialni o‘lchashga asoslangan. Potensialning kattaligi eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga to‘gri proporsional bo‘ladi. Konduktometrik usulda haroratning ma’lum qiymatida eritmadagi elektrolit konsentratsiyasi bilan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi orasidagi bog‘lanishga asoslangan. Odatda eritmaning konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, uning elektr o‘tkazuvchanligi shuncha katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra konduktometrik usuldan miqdoriy analizda samarali foydalanish mumkin. Polyarografik analiz usuli tekshirilayotgan eritmani elektrod sirtida oks-red jarayoniga asoslangan. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementni elektroliz yordamida elektrod yuzasida cho‘ktirishga asoslangan.

Download 105.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling