Analitik kimyo usullarining
Download 105.17 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ele m ent anali z ida
Xromatografik usul. Xromatografiya modda aralashmalarini, ularni
tashkil etuvchi tarkibiy qismlarga ajratishning fizik-kimyoviy usuli bo‘lib, u adsorbentlarning turli moddalarni tanlab adsorbilashiga asoslangan. Molekulyar analizda- analiz etiluvchi modda tarkibidagi molekulalar sifat jihatdan topiladi va murakkab moddaning molekulyar tarkibi aniqlanadi, ya’ni analiz qilinayotgan ob’yekt qanaqa molekulalardan va qanday nisbatlarda tarkib topganligi aniqlanadi. Molekulyar analiz asosan organik moddalarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, benzin tarkidan benzolni aniqlash yoki odam nafasidan atsetonni aniqlashda. Element analizida - modda tarkibida qanaqa elementlar va qanday nisbatlarda borligi aniqlanadi. Kimyoviy sifat element analizining vazifasi tahlil etiluvchi modda tarkibidagi elementni (uning oksidlanish darajasidan va qanday birikma tarkibida bo‘lishidan qat’iy nazar) topish, ya’ni mavjudligini isbotlashdan iboratdir. Masalan, sifat element tahlili natijasida modda tarkibida C, H, N, S elementlari borligini bilib olamiz, miqdoriy element tahlil natijasida elementlarning miqdoriy nisbatlarini aniqlaymiz (1:4:2:1) va aynan CH4N2S formulaga mos nisbatda ekanligini bilib olamiz. Ammo bunday tarkib, tiokarbamid (H2NCSNH2) va ammoniy tiosianat (NH4SCN) larga yoki ular aralashmasiga ham bir xilda mansub. Binobarin analiz qilinadigan moddaning tabiati haqida fikr yuritish uchun faqat element tahlilning o‘zi kifoya qilmas ekan, chunki natija tiokarbamid, ammoniy tiosianat yoki ularning aralashmasi uchun ham birdek bo‘ladi. Bunday holda funksional tahlilni amalga oshirish talab qilinadi. Hozirgi o‘qitiladigan analitik kimyokursida asosiy e’tibor element va molekulyar analizga yo‘naltirilgan bo‘lib, izotop, fazaviy, struktur, - guruh va boshqa analiz usullariga ham e’tibor qaratilgan. Oldiga qo‘yilgan vazifa turiga ko‘ra molekulyar va element analizi usullaridan tashqari izotop, funksional, struktur, fazaviy analiz usullari ham mavjud. Izotop analiz-modda torkibidagi bitta elementning turli izotoplarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, suvdan vodorodni H, D va T izotoplarini aniqlash yoki namuna tarkibidan uglerod izotoplarini aniqlash. Download 105.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling