Analitik kimyo usullarining
Download 105.17 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analiz usullarining anali z ob’yektlari bo‘yicha sinflanishi
- T exni k analiz
- Analiti k k imyoning anali z usullari
Analiz ob’yekti va aniqlanuvchi ob’yekt tushunchalari. Analiz qilish va aniqlash to‘shunchalarini farqlay bilishimiz kerak. Masalan, qonning tarkibidagi shakar miqdorini aniqlashda, qon analiz ob’yekti, shakar esa aniqlanuvchi ob’yekt hisoblanadi. Shakar tarkibidan boshqa qo‘shimchalarni aniqlash talab etilgan holda shakar analiz ob’yektiga aylanadi
Analiz usullarining analiz ob’yektlari bo‘yicha sinflanishi. Inson faoliyatininghar bir sohasi analizning an’anaviy ob’yektlari bo‘lib hisoblanadi. Masalan, texnik analiz, agrokimyoviy analiz, klinik analiz, kriminalistik analiz, formassevtik analiz, gidrokimyoviy analiz, oziq-ovqat mahsulotlari analizi, biokimyoviy analiz. Texnik analiz-sanoatda boshlang‘ich, yarimtayyor va tayyor mahsulot hamda ishlab chiqarish chiqindilari tekshiriladi. Agrokimyoviy analiz ob’yektiga to‘proq, o‘g‘itlar, yem-xashak, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kiritish mumkin. Klinik analiz- tibbiyotda klinik analiz ob’yektlariga qon, oshqozon shirasi, inson nafasi va boshqalar kiradi. Kriminalistikadagi analiz ob’yekti, tipografik bo‘yoqlar, narkotik moddalar, turli qotishmalar baxtsiz hodisa yuz bergan joydan topilgan buyum siniqlari va boshqalar hisoblanadi. Analitik kimyoning analiz usullari asosida formassevtik analiz, ya’ni dorixona va sanoatda tayyorlanadigan dorilar hamda dori vositalarining sifatini aniqlash amalga oshiriladi. Formassevtik analiz: dorivor moddalar, dori xom ashyosi analizi va dori ishlab chiqarishni nazorat qilish; toksikologik analiz (ozuqadagi zaharli yoki zararli moddalar miqdorini aniqlash), sud-kimyo analizini o‘z ichiga oladi. Formassevtik analiz, odatda, kimyo formassevtika zavodlari, fabrikalar va institutlarning nazorat tahlil laboratoriyalarida bajariladi. Dori vositalarini nazorat qilish uchun tahlilni formakopeya usullari, ya’ni davlat tomonidan tasdiqlangan formakopeya yoki dori vositalaring me’yoriy sifatini belgilovchi, majburiy, umumdavlat standartlar to‘plami - Davlat formakopeyasiga kiritilgan usullardan foydalanadi. Rivojlangan har bir mamlakat o‘z formakopeyasiga ega. Biror dori substansiyasiga (dori vositasi tayyorlanadigan dastlabki formakologik faol modda), birorta dori shakliga (kukun, tabletka, kapsula, eritma, shamcha va boshqalar) va birorta ham dori preparatiga (doridagi shifobaxsh, formakologik faol moddalar, shuningdek qo‘shimchalar) sifat va miqdoriy tarkibini aniqlovchi analiz usullari ishlab chiqilmasdan, amalda qo‘llanishi uchun ruxsat berilmaydi. Bu analitik usul va uslublar har bir konkret holat uchun ishlab chiqilib, qayta-qayta tekshirilgach Formakopeya davlat standartlariga kiritiladi. Mufassal va mukammal ekspertiza qilinib, Davlat Formakopeya qo‘mitasi (AQSh da — Formakopeya Konvensiyasi) tomonidan tasdiqlangach, ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qatnashuvchi (saqlovchi, iste’molchiga yetkazuvchi, dorini amalda qo‘llovchi) tashkilotlarning barchasi uchun rioya qilinishi shart bo‘lgan hujjatga aylanadi. Shunday qilib, formassevtik analiz— Formakopeya talablari yoki hali Formakopeyaga kiritilmagan alohida davlat standartlari asosida dori xomashyosi, substansiyasi, dori shakllari sifatini nazorat etishdan iboratdir. Tekshiriladigan ob’yekt tabiatiga ko‘ra analizni quyidagi tasniglari mavjud. Ob’yektning agregat holatibo‘yicha; Ob’yektning kimyoviy tabiati bo‘yicha; Ob’yektning hosil bo‘lishi (kelib chiqishi) bo‘yicha; Ob’yektning tarqalish darajasi va muhimligi bo‘yicha; Ob’yektning tozalik darajasi bo‘yicha. Download 105.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling